Huquqiy axborot | Lotin
6.23K subscribers
3.65K photos
222 videos
2 files
7.89K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–863-son, 18.08.2023-y.) bilan “Volontyorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🏢 Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

🔰 Agentlik, jumladan:

▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
▫️qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi.

➡️ Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo'yicha vakolatlar berildi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Fuqarolarga pensiya tayinlanishida I guruh nogironiga yoki 18 yoshgacha bo'lgan nogiron bolaga, shuningdek o'zgalarning parvarishiga muhtoj bo'lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko'ra) 80 yoshga to'lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Yaroqlilik muddati yo'q mahsulot sotish taqiqlanadi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jismoniy shaxslar ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so'mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag'larini O'zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlari mumkin.

🚫 Belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag'larining O'zbekistondan tashqariga olib chiqilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Jismoniy shaxslar O'zbekistonga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda, cheklanmagan miqdorda naqd valyuta mablag'larini olib kirishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Yo'nalishsiz taksilar avtobuslar uchun ajratilgan maxsus harakat yo'nalishida harakatlanishi hamda “To'xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to'xtashi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarni 20 avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.

Ta'kidlash joiz, sohada tashabbuskorligingiz, bilim va tajribangiz aholi farovonligini yanada yuksaltirish bilan bir qatorda, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va salohiyatini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mana shunday mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo'lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikda tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹Konstitutsiya: tadbirkorlarga berilgan eng muhim 9 ta kafolat BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlar davlat mulki ijara to'lovidan ozod etiladi BATAFSIL

🔹“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ayrim tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlar ishchilarining daromad solig'i qaytarib beriladi BATAFSIL

🔹Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatiladi BATAFSIL

🔹YTTlar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni yiliga BHMning bir baravarida to'laydi BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug'urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL

🔹Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar qo'llab-quvvatlanadi BATAFSIL

🔹Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig'i 1 foiz etib belgilanadi BATAFSIL

🔹Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi BATAFSIL

🔹“Faol tadbirkor” ko'krak nishoni ta'sis etilgan BATAFSIL

🔹Mo'ynoqdagi tadbirkorlar foyda solig'ini 1 foiz to'laydi BATAFSIL

🔹Qoraqalpog'istondagi tadbirkorlar bir qator soliqlardan ozod qilingan BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarning elektr tarmog'iga ulanish xarajatlarida imtiyoz beriladi BATAFSIL

🔹Tadbirkorlar sudlarda davlat bojidan ozod qilinadi BATAFSIL

🔹Orolbo'yi mintaqasidagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi BATAFSIL

🔹Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarga kreditlari uchun kafillik beriladi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qo'shimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, o'simlik moyi, tuz, oziq-ovqat mahsulotlariga qo'shiladigan 10 foizdan ortiq bo'lmagan konsentrasiyali sirka kislotasi, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Iste'molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo'lsa, haq to'lashi lozim. Ma'naviy zarar uchun to'lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

❗️Ma'naviy zarar uchun haq to'lash mulkiy ziyon va iste'molchi ko'rgan zararning o'rni qoplanishidan qat'i nazar, amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Smenalar o'rtasidagi dam olish 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yo'l qo'yilmaydi.

❗️Foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo'lgan avtobuslarda yo'lovchilarni tashishga lisenziya kartochkalari berilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️ O'zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo'l qo'yilmaydi.

📃 Yerni o'zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O'zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta'minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Ishga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

📣 Yuridik texnikumlarda o'qish uchun Sizda yana imkoniyat bor

📝 Qonuchilikka ko'ra, quyidagi abiturientlar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarisiz, qabul parametrlaridan tashqari to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi:

🔸Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseyni tamomlagan, o'zlashtirish ko'rsatkichi 56 va undan yuqori foizlik natijaga ega bitiruvchilar;

🔸joriy yilda o'qishga kirish uchun respublika OTMning “yurisprudensiya” ta'lim yo'nalishi bo'yicha test sinovlarida ishtirok etib, o'qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlarida o'tish balini to'plagan abiturientlar;

🔸chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abiturientlar.

Ushbu toifadagi abiturientlar joriy yil 25 sentabrga qadar (shu kuni ham) to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi

Hukumat qarori (402-son, 19.08.2023 y.) bilan Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

🏢 Qarorga muvofiq, ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, sertifikatni berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reestrlari yuritish bo'yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.

Ma'muriy reglamentga ko'ra, malaka sertifikatini berish bo'yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladi.

➡️ Buning uchun talabgor:

▫️Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy ma'lumotli;

▫️sohada yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi kerak.

🗓 Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Malaka imtihoni kamida 3 nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko'ra, biroq har chorakda kamida bir marta o'tkaziladi.

📝 Imtihon test ko'rinishida olinadi (jami 50 ta nazariy savol).

🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan shaxsga ekologik auditor malaka sertifikati berilib, sertifikat 5 yil muddatga amal qiladi.

💰 Talabgorning murojaatini ko'rib chiqish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (330 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

📌 Reglamentga ko'ra shuningdek, ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o'tishlari shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlash yo'lga qo'yiladi

➡️ Batafsil: http://surl.li/kiblu

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Avtobuslarda yo'lovchilarni kechasi tashishga ruxsat beriladi

“Transport vositalarida tashishda harakat xavfsizligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (406-son, 21.08.2023 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, avtobuslarda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari bo'lganda yo'lovchilarni tunda shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro muntazam yo'nalishlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga ruxsat beriladi.

2024 yil 1 yanvardan:

▫️shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yo'lovchi tashuvchi avtotransportlar haydovchilarining ish vaqti tabellar, yo'l varaqlari, chiptani hisobga olish varaqlari taxograf ko'rsatkichiga asosan hisobga olinadi;

▫️mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi inspektorlar zarur qurilmalar bilan ta'minlanadi.

📁 Qarorga ko'ra, muntazam yo'nalishlarda yo'lovchi tashish qoidalarini buzganlik, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan bayonnoma tuzish va ma'muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

🔰 Qaror bilan shuningdek, quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🔹sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa to'kiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va og'ir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va o'zi ag'daruvchi avtotransportlarda majburiy tartibda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi to'liq yopilgan tarzda tashish;

🔹“O'zbekiston temir yo'llari” AJning 2023 yil 10 sentabrdan temir yo'l transportida mahalliy yuklarni (tosh ko'mir, qo'ng'ir ko'mir, koks, ma'dan va ma'dan konsentratlari) ichki yo'nalishlarda ochiq turdagi vagonlarda bortidan oshirib yuklanganda, yukni tashishda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan qoplangan holda tashish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_sentabrdan

Aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bog'liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga o'tkaziladi.

▶️ Shuningdek, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma

❗️Ortiqcha hujjat talab qilganlik uchun javobgarlik bor

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta'lim muassasalari tomonidan talabalardan qonunchilik hujjatlariga ko'ra talab qilish taqiqlangan hujjatlar so'ralayotgani haqida ma'lumotlar tarqalmoqda.

🔰 Qonunchilikka ko'ra (PF–6191-son, PF–6269-son) aholidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan:

▫️shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini;

▫️shaxsning belgilangan shakldagi fotosuratini;

▫️jismoniy shaxs tomonidan o'rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta'lim muassasasi yoki umumiy o'rta ta'lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini tasdiqlovchi ma'lumotlarni (hujjatlarni);

▫️kam ta'minlangan oila yoki oila a'zosi sifatida ro'yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma'lumotlarni (hujjatlarni);

▫️soliq to'lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yilganligini tasdiqlovchi ma'lumotlarni (STIR);

▫️oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun imtiyozga ega bo'lgan abiturientlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to'g'risida ma'lumotlarni.

⚠️ Shuningdek, ushbu hujjat va ma'lumotlarning talab qilinishi davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, ularni talab etgan davlat idoralari javobgarlikka tortiladi.

➡️ Hurmatli fuqarolar, agarda Sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligi va hududiy adliya organlarining tegishli telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra (407–son, 21.08.2023-y.) O'zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg'unlashtirilishi munosabati bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritildi

🔰 Shunga ko'ra:

▫️davlat tilida markirovka qilinishi shart bo'lgan import qilinadigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan ham amalga oshirilishi belgilandi (ilgari faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan edi);

▫️yuridik maslahatchilar tashkiloti yuridik maslahatchisi xalqaro huquq bo'yicha maslahat berishi mumkin.

➡️ O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O'zbekiston standartlar instituti standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo'llashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik to'siqlar kelishuvining Vijdonan yondoshish amaliyoti Kodeks talablarini bajarilishini ta'minlaydi.

Mazkur qaror 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️1-kurs talabalari diqqatiga: yotoqxonaga joylashish uchun DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin

📝 Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlangan.

Shunga ko'ra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga o'qishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi.

Arizalar 23-avgustdan qabul qilinadi.

Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo'llanma 10 kunga amal qiladi.

Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin