#Ijtimoiy_aksiya
❗️Xodim ishdan bo'shash haqidagi arizasini pochta orqali yuborishi mumkin
📝 Xodim ish beruvchini 14 kun oldin yozma ogohlantirib o'z tashabbusi bilan ishdan bo'shashga haqli. Ya'ni, arizani kamida 14 kun oldin yozish kerak.
🔰 Ayrim xodimlar uchun ogohlantirish muddatlari 14 kundan farq qiladi, ular quyidagilar:
▫️tashkilot rahbari uchun – 2 oy;
▫️rahbar o'rinbosari, bosh buxgalter, alohida bo'linmalar rahbarlari uchun – 1 oy;
Alohida bo'linmalar deganda tashkilot filiallari, vakolatxonalari yoki boshqa alohida tarkibiy bo'linmalari tushuniladi.
▫️mavsumiy xodimlar uchun – 3 kun;
▫️mikrofirma hamda YATT xodimlari, uy ishchilari uchun –7 kun;
⚠️ Mikrofirma – ta'sischisi jismoniy shaxs bo'lgan hamda daromadi 1 yilda 1 milliard so'mgacha bo'lgan tadbirkorlar.
❕Arizani berish sanasi uni ish beruvchiga (korxona boshlig'iga, uning muoviniga, qabulxona kotibiga, kadrlar bo'limiga, devonxonaga va b.) topshirgan kun hisoblanadi, ogohlantirish muddati esa keyingi kundan boshlanadi.
➡️ Xodim ishdan bo'shash haqidagi arizasini pochta orqali yuborishi mumkin, bunda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ogohlantirish muddatini hisoblab chiqarish ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan so'ng keyingi kunda boshlanadi.
✅ Xodim va ish beruvchi kelishuviga ko'ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashigacha ham bekor qilinishi mumkin.
📌 Ogohlantirish muddati tugaganidan keyin xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga ishdan bo'shatish haqidagi buyruqning ko'chirma nusxasini, mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirmani berishi hamda u bilan hisob-kitobni amalga oshirishi shart.
🗓 Xodim ogohlantirish muddati tugaydigan vaqtgacha istalgan vaqtda arizasini qaytarib olishi mumkin. Masalan, ogohlantirish muddati 14-iyulda tugasa, xodimning ish vaqti soat 18:00 gacha bo'lsa, xodim shu soatgacha arizasini qaytarib olishga va ishlashni davom ettirishga haqli.
🔘 Ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishdan bo'shatilmasa, xodim ishni davom ettirayotgan bo'lsa, xodimning arizasi o'z kuchini yo'qotadi, keyinchalik xodimni mazkur ariza bilan bo'shatish mumkin emas.
☑️ Xodim o'z ishini davom ettirishi mumkin bo'lmagan hollarda (o'qishga kirganda, pensiyaga chiqqanda, saylanganda va boshqalarda) xodimni u iltimos qilayotgan muddatda ishdan bo'shatish kerak.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Telegraph
Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz
Konstitutsiyamizning 36-moddasi: “O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi”.
Mazkur moddada Konstitusiyaning asosiy prinsiplaridan biri xalq hokimiyatini amalga oshirish mexanizmlari ko'rsatilgan. Unga ko'ra, O'zbekiston fuqarolari jamiyat va davlatni boshqarish jarayonida shaxsan o'zlari yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi mumkinligi belgilangan.
SHuningdek, ushbu moddada jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish shakllari sifatida o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish ko'rsatib qo'yilgan.
Jamoatchilik nazorati 2018 yil 12 apreldagi “Jamoatchilik nazorati to'g'risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Video: https://youtu.be/th4K4hFUSb4

YouTube
Konstitutsiyamizning 36-moddasi
#Bilasizmi
🔰Qonunchilika ko'ra, yo'lovchiga havo kemasi salonida qo'l yukidan tashqari o'zining zarur ehtiyoji uchun kerak bo'ladigan quyidagi shaxsiy buyumlarini tashishga ruxsat beriladi.
📁 Masalan:
▫️portfel;
▫️ayollar sumkachasi;
▫️hujjatlar uchun jild;
▫️soyabon;
▫️hassa;
▫️ustki kiyim;
▫️guldasta;
▫️parvozda o'qish uchun bosma nashrlarni;
▫️bola uchun ozuqa va bolalar yo'l beshigi;
▫️nogironligi bo'lgan shaxslar uchun o'rindiqli aravacha;
▫️jismoniy imkoniyatlari cheklangan yo'lovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlar.

#Adliya_xabari
❗️“Mehnat huquqi” bo'yicha umummilliy imtihon o'tkaziladi
⚖️ Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida “Mehnat huquqi” bo'yicha umummilliy imtihon tashkil etiladi.
📝 Imtihonda qatnashish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (2023 yil 21–24 iyul).
❕Imtihonda Adliya vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi shaxslardan tashqari barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
☑️ Tanlov test sinovi shaklida tashkil etilib, 25-iyulda soat 09:00 dan 15:00 gacha onlayn tarzda – 8-dekabr.adliya.uz saytida bo'lib o'tadi.
📌 Test sinovi 20 ta test, 1 ta ijodiy savoldan iborat.
➡️ Test savollariga eng qisqa muddatda to'g'ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 10 nafari tanlanib, ijodiy savolga javoblari baholanadi.
✅ Shunga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan 3 nafar ishtirokchi g'olib deb topiladi.
🎁 G'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🔰Qonunchilikka ko'ra, qurilish, transport, kommunal, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalaridagi kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo'lgan xotin-qizlarning to'liq davlat granti asosida ta'lim olishlari ta'minlanadi, 3 yoshgacha farzandi bo'lgan talaba-qizlarga masofaviy ta'lim olish imkoniyati yaratilishi belgilangan.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ 18 yoshga to'lmagan shaxsni novvoy sifatida ishlatish mumkin emas
Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og'ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro'yxati tasdiqlandi
🔰 Ro'yxatga ko'ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to'lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:
▫️Ko'mirni boyitish apparatchisi;
▫️Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
▫️Yer osti kon ishchisi;
▫️Tarkibida olmos bo'lgan konsentratlarni me'yoriga yetkazuvchi;
▫️Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
▫️Olmoslar va o'ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
▫️Issiqlik tarmog'idagi uskunalarni ta'mirlash bo'yicha chilangar;
▫️Neft va gaz qazib olish bo'yicha operator;
▫️Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
▫️Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
▫️Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
▫️Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
▫️Gipsni qizdiruvchi;
▫️Asfaltbetonchi;
▫️Novvoy;
▫️Xamir qoruvchi;
▫️Go'sht mahsulotlarini kesuvchi;
▫️Muzqaymoq tayyorlovchi;
▫️Naqqosh;
▫️Yo'lovchi tashuvchi poezd mexanigi-brigadiri;
▫️Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.

❗️Shtat qisqarishi natijasida xodimni ishdan bo'shatishdan avval unga boshqa ish taklif qilinishi kerak
🔰 Xodim ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo'shatilganda ishdan bo'shatish asoslangan bo'lishi kerak, YAngi Mehnat kodeksida quyidagi sabablar bo'lsa, ishdan bo'shatish asosli deb topilishi belgilangan:
🔸 korxona tugatilganligi (ta'sischilar yoki vakolatli organ qarori asosida);
🔸 texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o'zgarishi, ishlar hajmining qisqarishi oqibatida xodimlar soni yoki shtat o'zgarganligi;
🔸 xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi uchun egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;
🔸 xodim o'z mehnat majburiyatlarini muntazam buzganligi;
Mehnat majburiyatini muntazam buzish deganda xodim avval intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoki qandaydir boshqa ta'sir chora qo'llanilgandan keyin 1 yilda yana takroran intizomiy nojo'ya harakat sodir etishi tushuniladi.
🔸 xodim mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzganligi.
Mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzish holatlari (masalan, ishga 1 soat kech kelish, spirtli ichimliklar ichib kelish, korxona mulkiga qasddan zarar yetkazish va h.k.) aniq belgilangan bo'lishi kerak, mazkur holatlar ichki mehnat tartibi qoidalarida, mehnat shartnomasida intizom to'g'risidagi ustavlar hamda nizomlarda belgilanadi.
🔸Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan boshqa sabablar (asoslar).
❕Xodim shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli bo'lmagani uchun ishdan bo'shatilayotganda, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq boshqa ishga o'tkazishni, bunday ish bo'lmaganda esa ish beruvchida mavjud bo'lgan boshqa har qanday ishni taklif etishi shart.
➡️ Xodim taklif etilgan ishni rad etsa, ish beruvchida boshqa ish bo'lmasa, shundan so'ng xodim ishdan bo'shatiladi.
⚠️ Kollej, texnikum, kasb-hunar maktabi bitiruvchilari hamda grantda o'qigan OTM bitiruvchilari o'qishni tugatganidan 3 yilda birinchi bor ishga kirganda ularni ish beruvchi tashabbusi bilan 3 yil ichida ishdan bo'shatish mehnat organlarini xabardor qilish bilan amalga oshiriladi.

☑️ Yengil sanoat korxonalari xodimlari maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta'minlashi lozim.
📌 Shuningdek, turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.

Konstitutsiyamizning 37-moddasi: “O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi”.
Davlat xizmatiga kirishda teng huquqlilik – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, boshqa barcha davlat organlarida xizmatiga kiruvchi fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi tushuniladi.
Bu davlat xizmatiga kirishda nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanishi orqali amalga oshiriladi.
“Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonunning 28-moddasida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish bilan bog'liq cheklovlar belgilangan. Unga ko'ra, quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi:
▫️18 yoshga to'lmaganlar;
▫️sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
▫️sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
▫️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
▫️og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
▫️tibbiy xulosaga asosan sog'lig'ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar.
Video: https://youtu.be/WYyfnaYVl4w

Konstitutsiyamizning 37-moddasi
#Bilasizmi
🔰 Mas'ul vazirlik va idoralar halok bo'lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a'zolari uchun ularning murojaatlariga asosan quyidagilarni ta'minlashi lozim:
🔹O'zbekistondagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog'lomlashtirish oromgohlarida yiliga bir marta bepul sog'lomlashtirish;
🔹shifokorlarning reseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarini (yiliga bir marta), tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash;
🔹og'ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo'lganlarga shifokorlarning reseptlariga muvofiq, yiliga bir marta dori vositalarining 50 foizigacha bo'lgan summasini kompensasiya qilish.

❗️Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo'shatish mumkin emas
🚫 Ish beruvchi xodimni quyidagi holatlarda ishdan bo'shatishi mumkin emas:
1️⃣ Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda belgilanmagan asoslar bilan;
2️⃣ kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (talablar bu yerda);
3️⃣ xodim “bolnichniy”da bo'lganda (ya'ni, kasal bo'lganda), har qanday “otpusk” (ta'til)ga chiqqanida;
4️⃣ xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;
5️⃣ xodim xizmat safarida bo'lganda;
6️⃣ homilador ayollar homiladorlik davrida.
⚠️ Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo'pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo'shatish mumkin. SHtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo'shatish mumkin emas.
❕Korxona tugatilganda esa yuqoridagi holatlardagi cheklovlar qo'llanilmaydi, ya'ni xodim “bolnichniyda”, ta'tilda, xizmat safarida bo'lganda yoki homilador bo'lganda ham ishdan bo'shatilaveradi.

📝 Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro'yxatiga kiritilgan dorilar uchun yozilgan retseptlar dorixonalarda bir yil davomida saqlanadi.
🚫 Bemorga retseptli dorilarni retseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi.
❗️Dorilar va tibbiy buyumlarning savdo jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va 1 oy davomida video-yozuvlarni saqlash mazkur faoliyat uchun litsenziya talabi hisoblanadi.
➡️ Mazkur talabning muntazam bir yil davomida bir martadan ko'p buzilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo'ladi.

Konstitutsiyamizning 38-moddasi: “Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”.
Ushbu moddada fuqarolarga ijtimoiy faolliklarini ommaviy tadbirlar, xususan mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi qarori bilan Ommaviy tadbirlarni o'tkazish qoidalari tasdiqlangan.
Mazkur qoida bilan O'zbekiston hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish hamda ularning ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni o'tkazish obyektlari ma'muriyatlarining, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya bo'linmalari, shuningdek, davlat boshqa organlarining ommaviy tadbirlarni o'tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta'minlash bo'yicha o'zaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlari tartibga solingan.
Video: https://youtu.be/dxsbighfFBQ

Konstitutsiyamizning 38-moddasi
#Bilasizmi
✅ Talabalar o'qishini ko'chirishi uchun arizalar 5-avgustga qadar quyidagi platformalar orqali qabul qilinadi:
▫️davlat oliy ta'lim muassasalariaro – transfer.edu.uz orqali;
▫️xorijiy va nodavlat OTMlaridan – my.uzbmb.uz orqali.
🔰 Davlat oliy ta'lim muassasasining biridan ikkinchisiga o'qishni ko'chirishga quyidagi 2 holatdagina ruxsat beriladi:
1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta'lim muassasasiga o'qishini ko'chirish uchun murojaat qilganda;
2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o'zgargan taqdirda uning turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandi o'qishini ko'chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

🚫 Jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida xodimni ish beruvchi tomonidan ishdan bo'shatishda kasaba uyushmasining roziligini olish belgilangan bo'lsa, kasaba uyushmasi roziligisiz xodimni ishdan bo'shatish mumkin emas.
❕Quyidagi holatlarda kasaba uyushmasi roziligi talab qilinmaydi:
🔹korxona tugatilganda;
🔹ish beruvchi ishdan bo'shatishi mumkin bo'lgan istalgan asos bilan tashkilot rahbari, alohida tarkibiy bo'linma rahbarini ishdan bo'shatishda;
🔹tashkilot mulkdori o'zgarganda tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo'linmasi rahbarini ishdan bo'shatishda, bunda mulkor tashkilotni o'ziga mulk qilib olgandan keyin 3 oyda ularni ishdan bo'shatishga yo'l qo'yiladi.
📝 Kasaba uyushmasi roziligini olish uchun unga taqdimnoma kiritiladi, kasaba uyushmasi 10 kunda uni ko'rib chiqib xulosa beradi, xulosa 1 oy amal qiladi, 1 oydan keyin mazkur xulosa bilan xodimni ishdan bo'shatib bo'lmaydi. O'z vaqtida xulosa berilmasa, xodim kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo'shatiladi.

❗️Sababsiz signal berish 330 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi
☑️ Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin:
🔹aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun;
🔹zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun.
🚫 Yuqorida ko'rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
⏩ Tovush signalini sababsiz berish 330 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi.

✅ Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 4 mln 950 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi.
❗️Ushbu qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
⚠️ Ma'lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Konstitutsiyamizning 39-moddasi: “O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etishi eng asosiy siyosiy huquqlardan hisoblanadi.
Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o'z faoliyati yoki o'qishi turi bo'yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog'liq bo'lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o'z ustavi asosida faoliyat ko'rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi.
Siyosiy partiya – O'zbekiston fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko'ngilli birlashmasi.
Jamoat birlashmasi – o'z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma.
Video: https://youtu.be/9iJWki6RSQc

Konstitutsiyamizning 39-moddasi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi sudlarga murojaat qilganda boj to'lamaydi
Prezident tomonidan imzolangan qonun (O'RQ–855, 13.07.2023 y.) bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi
🔰Kiritilgan o'zgartish va qo'shimchaga ko'ra, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma'muriy sudlarga murojaat qilish chog'ida davlat bojini to'lashdan ozod etiladi.
📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

#2023_yil_1_avgustdan
🔰 Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:
🔹tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
🔹stasionar o'ringa ega bo'lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo'lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;
🔹stasionar o'ringa ega bo'lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo'limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.