Huquqiy axborot | Lotin
6.28K subscribers
3.31K photos
152 videos
2 files
7.21K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Shaxsning 16 yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan holda, unga nisbatan zo'rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

📌 O'sha harakatlar zo'rlik ishlatib yoki qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 26-moddasi: “Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o'tkazilishi mumkin emas”.

Inson sha'ni – bu insonning boshqa odamlar oldida o'z ahamiyatini anglashi yoki insonning ma'naviy obro'sidir.

Inson qadr-qimmati – bu shaxsning o'zini o'zi hurmat qilishi, jamiyat a'zosi sifatida o'z mavqei va ahamiyatini anglashidir.

Har qanday holatda ham hech bir shaxs qiynoqqa solinishi va boshqa g'ayriinsoniy ta'sirlarga duchor etilishi mumkin emasligini Konstitusiya taqiqlamoqda.

Shunga ko'ra, davlat organlari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'z faoliyatida har qanday holatda ham inson sha'ni, or-nomusi, va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, kamsitmasligi, aksincha ularga insoniy munosabatda bo'lishlari lozim.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=Hc2iFxZdJDg

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodim roziligisiz mehnat shartnomasida ko'rsatilmagan boshqa ishga vaqtincha o'tkazilishi mumkin.

➡️ Bunda xodim sog'lig'iga qarshi ko'rsatma bo'lgan boshqa ishga o'tkazilishi mumkin emas. Bekor turib qolish sababli xodimni pastroq malaka talab etiladigan ishga vaqtincha o'tkazishga xodimning yozma roziligi bilan yo'l qo'yiladi.

Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodim vaqtincha boshqa ishga o'tkazilgan davrda xodimning mehnatiga haq to'lash bajarayotgan ishiga qarab, biroq avvalgi o'rtacha oylik ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

🚫 Yuqoridagi asoslar bilan xodimni boshqa ishga o'tkazish davri 1 yilda jami 60 kundan oshishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qozog'iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi

📁 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–849-son, 30.06.2023 y.) bilan O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasida O'zbekiston – Qozog'iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to'g'risidagi Shartnoma (Toshkent, 2022 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 27-moddasi: “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.

Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart”.

Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik har bir shaxsning fundamental huquqlaridan hisoblanadi. Shunga ko'ra, shaxs erkinligini cheklaydigan har bir harakat faqat qonun doirasida bo'lishi lozim.

Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo'yicha muhim institutlardan biri “Xabeas korpus akt” xalqaro darajada umume'tirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini ta'minlash yo'lida o'ziga xos yangi davrga asos solgan. Shaxs erkinligini ta'minlashni kuchaytirish maqsadida hibsga olish bilan bog'liq jarayonlar sud qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shaxsni ushlab turish chog'ida unga huquqlari va ushlab turish asoslarining tushuntirilishi – “Miranda qoidasi” – xalqaro huquqda umume'tirof etilgan norma bo'lib, surishtiruv, tergov va sud jarayonlarida qonun buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur qoidaga ko'ra, shaxsning huquqlari u yaxshi tushunadigan tilda tushuntirilishi va bu til aynan uning ona tili bo'lishi shart bo'lmay, shaxs odatda muloqot qiladigan va yaxshi tushunadigan til bo'lishi talab etiladi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=Zkl-SrD-ja4

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Yong'in xavfi mavsumida, ya'ni o'rmonda qor qatlami ketgan paytdan boshlab barqaror yomg'irli kuz ob-havosi kelgungacha yoki qor qatlami paydo bo'lgan davrgacha quyidagi o'rmon joylarida gulxan yoqish taqiqlanadi:

▫️ignabargli daraxt ko'chatlari o'tqazilgan joylarda;
▫️eski kuyuklarda;
▫️o'rmonning ziyon yetkazilgan uchastkalarida;
▫️o'rmonning kesilgan daraxt qoldiqlari va tayyorlangan yog'och-taxta qoldirilgan daraxt kesilayotgan uchastkalarida;
▫️o'tlar qurigan joylarda;
▫️daraxtlar shox-butoqlari ostida.

Shuningdek, qolgan joylarda atrofi kamida 4 metr kenglikda ma'danlashtirilgan maydonchalarda gulxan yoqishga ruxsat etiladi. Zarurat tugashi bilan gulxan puxtalik bilan o'chirilgan bo'lishi kerak.

📌 O'rmonlarda yong'in xavfsizligi talablarini buzish javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra:

🔘 boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarning:

▫️ farzandlari davlat bog'chalariga to'lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
▫️ 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog'chalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.

🔘 to'liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog'chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko'rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;

🔘 kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o'z huzurida bog'cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligi oshiriladi

“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Hukumat qarori (267-son, 29.06.2023 y.) qabul qilindi

Qaror bilan 2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

🔰 Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi 5 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich (3–7 yosh);
2️⃣-bosqich (7–10 yosh);
3️⃣-bosqich (11–17 yosh);
4️⃣-bosqich (18–21 yosh);
5️⃣-bosqich (22–30 yosh).

🔘 Qarorga ko'ra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:

🔹mahallalardagi kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko'rsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlari tashkil etiladi;

🔹“Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiy-sport musobaqalari o'tkaziladi;

🔹Yoshlar o'rtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) “Shunqorlar” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Raqobat to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–850-son, 03.07.2023- y.) yangi tahrirda qabul qilindi

Qonun bilan raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilandi.

🏢 Qonunga ko'ra, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanadi.

📝 Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplaens tushunchasi kiritildi.

Monopoliyaga qarshi komplaens faoliyatning raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo'yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.

🔰 Monopoliyaga qarshi komplaens majburiy tartibda:

🔹respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;

🔹tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarda;

🔹oxirgi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i davlatga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda;

🔹oxirgi 3 yilda tovarlarni realizasiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda;

🔹yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etiladi.

Qonunda ustun mavqeni belgilashning yangi mezonlari kiritildi. Unga ko'ra, tabiiy monopoliya subyektlari ham ustun mavqega ega subyektlar qatoriga qo'shildi.

📁Shuningdek, ustun muzokara kuchi instituti kiritilib, unga muvofiq, ustun mavqega ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizasiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta'sir ko'rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e'tirof etiladi.

☑️ Qonunga ko'ra, davlat xo'jalik yurituvchi subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalanish huquqlarini imtiyozli shartlar asosida berish hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida davlat yordamini berishi mumkin.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Raqobat to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralari kuchaytirildi

🔰Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kirtilgan o'zgartirishga ko'ra:

🔹 Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik yoxud unga bila turib noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etganlik:

fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (990 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha);
mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so'mdan 6 mln 600 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ilgari: fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha jarima qo'llanilgan.

🔹 Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizasiya qilinishini hamda xizmatlar ko'rsatilishini qonunga xilof ravishda cheklash:

BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so'mdan 16 mln 500 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi;

🔹 Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki ro'yxatga olish yoxud akkreditasiyadan o'tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish:

BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so'mdan 16 mln 500 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilinadi

“Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

📝 Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

🔹 kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;

🔹litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

☑️ Shuningdek, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

📊 Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

📁 Oliy ta’lim tashkilotlarining reytingi ta’lim tashkilotining faoliyati va ta’lim jarayoniga aralashmagan holda ma’lumotlarni axborot tizimi orqali olish yo‘li bilan yuritiladi.

🗓 2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;
so‘nggi 5 yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

🗒 2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;
oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

🔘 2023/2024-o‘quv yilidan:

▫️akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

▫️kollej va texnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

▫️abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

▫️talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

▫️oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

🔘 2024/2025-o‘quv yilidan:

🔸OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

🔸umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat granti asosida o'qish uchun qo'shimcha 3 000 ta o'rin ajratiladi

Prezident farmoni (PF–107-son, 03.07.2023 y.) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰 Prezidentning tegishli Farmoniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o'quv yilida davlat granti asosida qo'shimcha 3 000 ta o'rin ajratiladi.

📝 Bunda soha va tarmoqlarning oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan ehtiyoji aniqlanib, oliy ta'lim muassasalari va ta'lim yo'nalishlari kesimidagi takliflar O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasiga 2023 yil 20 iyulgacha taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

“Yuridik kasb rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida yuridik muhokamalar seriyasi tashkil etiladi

Huquqiy suhbatlar doirasida tashkil etiladigan mazkur muhokamada milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi, jumladan:

▫️Akbar Tashkulov O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri;
▫️Kerolin LemmWhite & Case (Washington, DC) hamkori;
▫️Kristof BernaskoniXalqaro xususiy huquq bo'yicha Gaaga konferensiyasi Bosh kotibi;
▫️Urfan XaliqKardiff universiteti birinchi prorektori;
▫️Ibrohim AydinliAnqara Yildirim Boyazid universiteti rektori;
▫️Maria-Chiara Malaguti Katolika universitetining xalqaro huquq bo'yicha professori;
▫️Islambek RustambekovToshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b, moderator.

⚖️ Yuridik muhokama 2023-yil 8-iyul kuni soat 11:00 da Toshkent davlat yuridik universiteti 3-o'quv binosi Katta majlislar zalida boshlanadi.

📝 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/c2fcVPe9PEFeyYpFA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Xodim mehnat shartnomasi o'zgartirilishi noqonuniy deb hisoblaganda shartnoma o'zgartirilishi uchun shikoyat kilishga haqli.

➡️ Mehnat sharoitlari noqonuniy o'zgartirilganda, xodimning avvalgi mehnat sharoitlari tiklab beriladi.

Mehnat sharoitlari noqonuniy o'zgarishi xodimning ish haqi kamayishiga sabab bo'lsa yoki xodimga ma'naviy yoki jismoniy azoblar yetsa, unga yetkazilgan zarar va ziyon o'rni qoplanishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 28-moddasi: “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo'li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o'zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadi.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Hech kim o'ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

Agar shaxsning o'z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo'lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o'ziga nisbatan insoniy muomalada bo'linishi hamda inson shaxsiga xos bo'lgan sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas”.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqiy himoyasini kuchaytirish borasida jinoyat prosessida aybsizlik prezumpsiyasi odil sudlovning muhim prinsipi hisoblanadi.

Shaxsni aybli ekanligiga oid har qanday shubhalar, ayblash uchun yetarli bo'lmagan ma'lumotlar asosida shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emas.

Shaxsni aybdorligini isbotlash mutlaqo surishtiruv va tergov organlarining bevosita vazifasidir. Ayni shu bois ham, Konstitusiyada shaxsni o'zining aybsizligini isbotlashi shart emasligiga oid qoida mustahkamlangan.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog'liq barcha holatlarni aniqlashi shart. Faqatgina shaxsning o'z aybini bo'yniga olish haqidagi ko'rsatmasi uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmasligi lozim. Bunda shaxsni aybdor deb topish va uni jazoga tortish uchun yetarli dalillar to'plangan bo'lishi kerak.

Video:
https://www.youtube.com/watch?v=I_6qI-lEO-s&t=16s

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, yonilg'i quyilayotgan transport vositasi bilan undan keyingi transport vositasi orasidagi masofa kamida 3 metr, navbatda turgan keyingi avtomobillar o'rtasida esa kamida 1 metr oraliq masofa bo'lishi kerak.

☑️ Shuningdek, har bir transport vositasi shoxobcha hududidan chiqib ketish va harakatlanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qarzni o'z vaqtida to'lamaganlik uchun jarima miqdori ijro hujjatidagi summadan oshishi mumkin emas

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–851-son, 04.07.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma'muriy jarima miqdorini belgilashga qaratilgan o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga ko'ra:

🔹BHMning 10 baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan ijro etmaslik:

fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 650 ming so'mgacha);
mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ilgari jarimaning eng kam miqdori qat'iy belgilangan bo'lib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan boshlab jarima qo'llanilgan.

☑️ Shuningdek, ma'muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Qonunga ko'ra, Majburiy ijro byurosi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda ma'muriy jazo choralarini qo'llashga endilikda quyidagilar haqli:

▫️O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi;
▫️
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o'rinbosarlari;
▫️Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'limlari boshliqlari.

Ilgari ma'muriy jazo choralarini qo'llash davlat ijrochilariga tegishli bo'lgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qoida tariqasida, ilgari foydalanishda bo'lgan ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgisi (RO'DRB) takroran foydalanish uchun berilmaydi va belgilangan tartibda yo'q qilinadi.

❗️Bundan quyidagilar mustasno:

🔹oshirilgan to'lov stavkalari bo'yicha avtotransport vositalari uchun RO'DRB;

🔹xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo'lgan oshirilgan to'lov stavkasi bo'yicha avtotransport vositalari uchun RO'DRB;

🔹davlat organlari va tashkilotlari uchun joriy etilgan alohida seriyali RO'DRB.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 29-moddasi:Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko'rsatiladi.

Har bir shaxs jinoyat prosessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e'tiboran o'z tanloviga ko'ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to'g'risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning so'roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog'ida foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.

Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko'rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish to'g'risida iltimos qilish huquqiga ega.

Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta'minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi”.

Jinoyat prosessining har qanday bosqichida advokat yordamidan foydalanish deganda, advokat tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, birinchi instansiya sudida, hukmni ijro etish, apellyasiya va kassasiya tartibida ishlarni ko'rib chiqishda jinoiy ta'qibga olingan shaxs hamda jabrlanuvchi, guvoh va boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi tushuniladi.

Bundan tashqari, mazkur moddada har qanday dalil qonuniy vositalar yordamida olinishi, aks holda, bunday dalillar sudda foydalanilmasligi belgilangan.

Ushbu modda orqali shaxsning sud hukmi ustidan apellyasiya yoki boshqa tartibda qayta ko'rib chiqish bo'yicha talab qo'yish huquqi kafolatlangan.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=Znu6oe-opnA&t=3s

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Tibbiy tez yordamni aldab chaqirganlik uchun javobgarlik bor

▶️ Ichki ishlar organi, yong'inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik 330 ming so'mdan 990 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin