Huquqiy axborot | Lotin
6.27K subscribers
3.66K photos
226 videos
2 files
7.91K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔰 Konstitutsiyaviy sud qarori (KSQ–4-son, 13.03.2023-y.) bilan:

Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qarori Konstitutsiyaga muvofiq deb topildi;

Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar mavjud emas, shuningdek, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini referendumga qo‘yish Konstitutsiyaga muvofiq deb hisoblandi;

Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini qabul qilish va referendumni tayinlash tartibiga rioya etilgan deb topildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish oʻgʻrilik deb belgilandi

Qonun (OʻRQ–822-son, 13.03.2023-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

🔰Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:

🔹 umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish oʻgʻrilik deb belgilandi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.

☑️ Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

▫️BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
▫️yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida taraflar notariuslar huzurida bo‘lishi shart.

❗️ Bunda, mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Yangi_konstitutsiya

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

📥 Yuklab olish

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan qisman ozod etiladi.

❗️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bolani parvarishlash ta'tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

❗️Bu ta'tillar mehnat stajiga, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan 6 yil, shu jumladan mutaxassisligi bo'yicha ish stajiga ham qo'shiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Identifikasiya ID-kartaga ega haydovchilar quyidagilarni YPX xodimiga taqdim qilmaslik huquqiga ega:

🔹yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
🔹transportni ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
🔹transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Toshkent metropolitenidan foydalanishda pensiya oluvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi gi Prezident qarori (PQ–94-son, 15.03.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan Toshkent metropolitenining toʻliq faoliyat koʻrsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat koʻrsatiladi.

⚠️ Eslatib oʻtamiz, ilgari pensionerlar oʻzlarining pensiya guvohnomasiga asosan kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent metropolitenida bepul harakatlanishi mumkin edi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab boʻladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–823-son, 15.03.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi

🔰 Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Oʻzbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:

BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln soʻmdan 15 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

🔘 Shunga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda koʻpi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan Oʻzbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish majburiyatini yuklaydi.

▶️ Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda Oʻzbekistonga qaytarilishini taʼminlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Oʻsha qilmish ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Ushbu normalar mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Navroʻz bayramida necha kun dam olamiz?

Prezident farmoniga koʻra, 2023-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilangan.

➡️ Shunga koʻra, Navroʻz bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.

🔰 Xususan:

18-mart (shanba)5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;
19-mart (yakshanba) – dam olish kuni;
20-mart (dushanba) – dam olish kuni;
21-mart (seshanba) – Navroʻz bayrami;
22-mart (chorshanba) – dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Jurnalist faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida boʻlish hamda maʼlumotlarni zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga ega.

❗️ Shuningdek, jurnalist axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilishga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Asosiy stavka 1 foizga pasaytirildi

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Zotiljam, surunkali bronxit, bronxial astma va boshqa kassaliklar bilan kasallangan 18 yoshga to'lmagan bolalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan davolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qayerlarda hasharlar oʻtkazish taqiqlanadi?

🔰 Qonunchilikka koʻra, hasharlar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

🔹 umumxalq hasharini oʻtkazish toʻgʻrisida faqat Prezidentning tegishli hujjati yoki Hukumat qarori boʻlganda;
🔹 mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qatʼiy rioya etilgan holda;
🔹 jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-taʼmirlash va qishloq xoʻjaligi ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yoʻl qoʻyilmagan holda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, ish oʻrinlarini tartibga keltirish.

🏢 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obyektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.

🚫 Shuningdek, quyidagi joylarda hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish taqiqlanadi:

▫️avtomobil yoʻllarida;
▫️harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalarda;
▫️suv obyektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalarda;
▫️qurilish maydonlarida;
▫️bino va inshootlar tomlarida;
▫️xavfli ishlab chiqarish obyektlarida;
▫️insonlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilishi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, akademik ta'til olishni istagan talabalar o'z ixtiyoriga ko'ra akademik ta'til muddatiga ta'limning sirtqi va masofaviy shakliga o'tkazilib (agar oliy ta'lim muassasasida bunday ta'lim shakllari mavjud bo'lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta'lim olish imkoniyati yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka koʻra, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan, umumiy belgilangan shartlar doirasida 4 va 5-toifa tumanlaridagi kichik tadbirkorlarga quyidagilar taqdim etilishi belgilangan:

🔹 tijorat banklarining kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya;

🔹 tijorat banklari kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Bayram kunlari xodimlarni ishlatish man etiladi

📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Tadbirkorlik faoliyatida toʻsiqlarga duch kelyapsizmi?
b-advice.uz portaliga murojaat qiling!

🌐 Adliya vazirligi tomonidan aholining tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama koʻmak berishga moʻljallangan “Biznesga maslahat” (b-advice.uz) interfaol axborot portali ishlab chiqilgan.

Mazkur portalni yaratishda Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilgan.

🔰 Mazkur portal orqali quyidagi masalalar boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin:

▫️tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va yangiliklar;
▫️biznesni boshlash va yuritish tartib-taomillari;
▫️litsenziyalash va ruxsatnoma olish tartiblari;
▫️soliq, bank va bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʻliq xizmatlari;
▫️kredit va ssuda olish tartiblari.

📲 Shuningdek, portal orqali tadbirkorlarning onlayn murojaatlari qabul qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyatingizni b-advice.uz portali bilan yanada rivojlantiring!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Fuqarolarga ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qaytariladi

O'zbekiston fuqarolari (mahalliy turistlar) uchun “O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika bo'ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) tartibi joriy etilgan.

📲 Sayohat xarajatlarini qaytarish maxsus elektron platforma, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

🔄 Platforma Davlat soliq qo'mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan holda, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid cheki matrisali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko'rsatish orqali sayohatlar ro'yxatdan o'tkaziladi.

🔰 Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o'zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:

▫️avia, temir yo'l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;
▫️joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
▫️madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

🔰Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

🔹aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so'mdan oshmagan miqdorda;
🔹temir yo'lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so'mdan oshmagan miqdorda;
🔹joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so'mdan oshmagan miqdorda;
🔹teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so'mdan oshmagan miqdorda.

☑️ Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlar bank kartalariga qaytariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin