Huquqiy axborot | Lotin
6.11K subscribers
3.61K photos
188 videos
2 files
7.75K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 17-iyul kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi. Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (589-son, 15.07.2019-y.)

Qaror bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish Texnoparkning asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qilishlari mumkin.

Unga koʻra, yuridik shaxs roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda (biznes-reja va b.) Direksiyaga ariza beradi.

Direksiya 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi.

Roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, 5 ish kunida Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.

Direksiya shartnoma tuzilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi joylarda majburiy tartibda chiqindi qutilari oʻrnatilishi lozim:

👉 koʻp kvartirali uylarning podyezdiga kirish yoʻlida – 1 ta;
👉 tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo obyektlarining binosiga kirish (chiqish) yoʻlida – 1-2 ta;
👉 metro, yer osti va yer usti oʻtish joylarining har bir kirish (chiqish) yoʻlida – 2 ta;
👉 aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun moʻljallangan obyektlarda (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, skverlar, xiyobonlar va boshqalar) – obyektning har 800 m2-maydonida 1 ta va yoʻlaklar va yoʻlkalar chizigʻi boʻylab oʻrnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
👉 bozorlar va savdo obyektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) – obyektning har 250 m2-maydonida 1 ta va savdo doʻkonlari qatori boʻylab oʻrnatilganda – bir-biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
👉 jamoat yoʻlovchi transport bekatlarida – 1-2 ta;
👉 avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yoʻlida – 1-2 ta;
👉 davolash muassasalarining hovli hududida – obyektning har 700 m2-maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa – bir biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
👉 chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda – 1-2 ta;(daryolar, koʻllar, koʻrfazlar yoki hovuzlar)
👉 plyajlar va suv akvatoriyalari ga tutash rekreatsiya zonalarida – suv boʻlinishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3 – 5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, obyektning har 800 m2-maydonida 1 ta;
👉 koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yoʻlkalarda hamda magistral koʻchalarning piyodalar zonasi boʻylab, shuningdek, koʻpriklarda – hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda – har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda – har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi

Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi
Hukumat qarori qabul qilindi (585-son, 15.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.

Texnoparkning rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xoʻjalik subyektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi va ular keyinchalik texnopark direksiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi.

Qaror bilan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlari Urganch davlat universitetiga berildi hamda kelgusida bu yerda texnopark direksiyasini joylashtirish belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ota-onaga ham aliment toʻlanadi

Qonunchilikka koʻra, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻz ota-onasiga taʼminot berishlari va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramogʻida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularga moddiy yordam koʻrsatish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar oʻz ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan boʻyin tovlasalar, ota-ona talabiga koʻra taʼminot sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.

Bunda ota-onaga aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻrgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.)

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali toʻlanadigan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarga endilikda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga beriladigan nafaqalar va un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash toʻlovlari ham kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3173, 15.07.2019-y.)

Nizom bilan Ixtisoslashtirilgan filialda taʼlim oluvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi, vazifalari, baholash tartibi va mezonlarini belgilandi.

Unga koʻra, ixtisoslashtirilgan filialda taʼlim oluvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari orqali aniqlanadi.

Taʼlim oluvchilarning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida baholanadi va 100 ball nazorat turlari boʻyicha qoʻyidagicha taqsimlanadi:
👉 joriy nazorat – 30 ball;
👉 oraliq nazorat – 20 ball;
👉 yakuniy nazorat – 50 ball.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​#Bilasizmi
“Quvib oʻtish taqiqlangan” yoʻl belgisi amalda boʻlgan hududda soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasini quvib oʻtishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (591-son, 16.07.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Maʼlumki, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish boʻyicha imtiyoz Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrgacha boʻlgan muddatda import qilingan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning soʻyish mahsulotlari ham qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (592-son, 16.07.2019-y.) bilan Umrbek Abdullayevich Ismailov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarmaning asosiy vazifasi kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordam koʻrsatish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka muvofiq, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Bilasizmi
Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini qayta tiklash boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
👉 oʻqishini kuzgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar;
👉 oʻqishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi.

Qayta tiklash boʻyicha qaror qabul qilish:
👉 kuzgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar;
👉 bahorgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi:
👉 tantanali formali kiyim-bosh – rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, OAV bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarida;
👉 dala formali kiyim-bosh – oʻquv-amaliy mashgʻulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy holatda, maxsus operatsiyalarni oʻtkazishda faqatgina Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ) va Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan;
👉 maxsus formali kiyim-bosh – vazifalarini bevosita xizmat xonalarida amalga oshirish vaqtida ichki ishlar organlarining, shuningdek IIV va DBQning kinologiya boʻlinmalari xodimlari tomonidan;
👉 identifikatsiya raqamli metall jetoni, farqlash belgilari va idoraviy ramzlar aks etgan maxsus jiletlarni – Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va inspektorlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida.

Mazkur tartib 2020-yilning 1-yanvargacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qolinadi:
👉 kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari boʻlinmalari xodimlari;
👉 faoliyatini bevosita bojxona postlarida amalga oshiradigan bojxona xizmati boʻlinmalari xodimlari;
👉 boʻlinmalarning sohasidan qatʼi nazar ichki ishlar organlari va bojxona xizmatlarining rahbarlar tarkibi.

IIVga ommaviy va qishloq xoʻjaligi tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash, yoʻl-patrul xizmatining muntazam postlaridagi xizmatni oʻtashda maxsus forma kiyib yurishga ruxsat etiladi.

IIV va DBQ oliy taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga taʼlim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, soliq xodimlari soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, soliq nazoratini amalga oshirish va soliq qarzdorligini undirish vaqtida identifikatsiya raqamli metall jetonni taqib yurish qoidalari joriy qilindi hamda tantanali va kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi bekor qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka koʻra, yoʻlning qatnov qismida, shuningdek piyodalar oʻtish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni koʻrish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot oʻqish, hamda eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Mazkur talablarga rioya etmaslik esa piyodalarning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Adliya_xabari
Hurmatli abituriyentlar!

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari yuridik kollejlar qabul komissiyalari tomonidan 2019-yilning 1-iyunidan 20-iyunigacha (shu kuni ham) qabul qilindi.

Hujjat topshira olmagan koʻplab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari boʻyicha Hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17-avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi.

Shunga koʻra, yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yana boshlanganligini maʼlum qilamiz.

Mamlakatimizning eng nufuzli kollejlaridan biri hisoblangan yuridik kollej oʻquvchisiga aylanish imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang.

Yuridik kollejlarga hujjat topshirishga marhamat!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (596-son, 17.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarni sotib olishga imtiyozli kreditlar beriladi.

Unga koʻra, yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kredit beriladi:
👉 kredit muddati – 5 yilgacha;
👉 dastlabki badal – avtotransport qiymatining 20 foizi miqdorida;
👉 kredit foiz stavkasi – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining plyus 2 foiz miqdorida;
👉 kredit boʻyicha taʼminot – sotib olinadigan avtotransport garovga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (598-son, 17.07.2019-y.) bilan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi ustavi tasdiqlandi

Markazning asosiy vazifasi madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarni amalga oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, Markaz madaniy meros ashyolari bilan loyiha, restavratsiya, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlar ustidan nazorat qiladi va texnik tekshirishni amalga oshiradi.

Hujjat bilan Markazning huquq va majburiyatlari, moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.

Markaz direktori madaniyat vaziri bilan kelishib Jamgʻarma ijrochi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini faqatgina “E-IJRO AUKSION”da elektron auksionlarda ishtirok etish orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
1996-yil 20-dekabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida qabul qilingan Ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi shartnoma 2019-yilning 17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi.

Hozirgi paytda 101 mamlakat va Yevropa ittifoqi BIMTning mazkur ikki shartnomasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Ushbu shartnomalar raqamli muhitda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar himoyasining asosiy mezonlarini belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Turizm toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–549, 18.07.2019-y.)

Qonun bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga turizm obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi hamda ularni targʻib qiluvchi turistik axborot markazlari tashkil etiladi.

Qonunga muvofiq, turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyat hisoblanadi.

Turoperatorlar va turagentlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Ekskursiya xizmatlari koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.

Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar Qoʻmita tomonidan beriladigan sertifikat olganidan keyin, yuridik shaxs tashkil etmasdan mustaqil ravishda xizmatlar koʻrsatishi mumkin.

Qonunga muvofiq, Qoʻmita Oʻzbekistonning Milliy turistik belgisini ishlab chiqadi.

Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin