Huquqiy axborot | Lotin
6.36K subscribers
3.42K photos
158 videos
2 files
7.41K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi
Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik koʻzda tutilgan?

Oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab boʻladi.

Xususan, bunday noqonuniy harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan: ⬇️
👉 qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etish – 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish – 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.

Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

👉 soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

👉 sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

👉 ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi uchun berilgan, sarf qilinmagan va vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;

👉 hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, – ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;

👉 ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;

👉 intizomiy jazo sifatida qo‘llanilgan jarimani undirish uchun.

Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim.

Mazkur cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim.

Kanalga ulanish
👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoyelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3172, 12.07.2019-y.)

Nizomga muvofiq, yirik soliq toʻlovchilar toifasiga quyidagilar kiritiladi:
👉 aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
👉 banklar va ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
👉 “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
👉 mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
👉 yil yakuni boʻyicha mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar.

Yirik soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritilgan yuridik shaxslar viloyat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2019-yilning 1-avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 1,1 (10%) baravar oshirildi.

2019-yilning 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston hududida eng kam:
👉 ish haqi – oyiga 223 000 soʻm;
👉 yoshga doir pensiyalar – 436 150 soʻm;
👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 soʻm;
👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 soʻm miqdorida belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Farmonga koʻra, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:
👉 II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

👉 II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

👉 boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

2019-yilning 1-avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (574-son, 12.07.2019 y.)

Qaror bilan Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
👉 2019/2020 o‘quv yilidan Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan hamkorlikdagi jismoniy tarbiya, sport va turizm fakulteti;
👉 2020/2021 o‘quv yilidan P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakulteti.

Shunga ko‘ra, qo‘shma fakultetlarning asosiy vazifalari belgilandi.

Qo‘shma fakultetlar uchun kontrakt miqdori milliy valyutada, Universitet va tegishli xorijiy universitetlar bilan kelishib belgilanadi.

Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga O‘zbekistonda hamda tegishlicha Belarus Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan diplomlar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (576-son, 12.07.2019 y.) bilan Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, mazkur maktab-internatga o‘quvchilar 5-sinfdan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab qabul qilinadi.

Maktab-internatning asosiy vazifasi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash hisoblanadi.

Maktab-internat Qorako‘l tumanidagi Buxoro viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining bo‘sh bino va inshootlariga joylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (580-son, 12.07.2019 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni istiqbolli vazifalarni samarali hal yetish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy hokimliklarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlaydi.

Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar – Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasi.

Nizom bilan bo‘limning huquqlari va javobgarligi, tuzilmasi belgilab berildi.

Bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, tadbirkorlikni rivojlantiradi va to‘siqlarni bartaraf etadi.

Bo‘lim ishiga uning mudiri rahbarlik qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi

O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi
Hukumat qarori qabul qilindi (577-son, 12.07.2019 y.).

Qaror bilan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, psixologik xizmatning asosiy vazifasi o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishdir.

Psixologik xizmat o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 1-3 shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.

Psixolog kadrlar soni bir nafardan ortiq bo‘lganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.

Ta’lim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan shuningdek, psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari psixolog kadrlari har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari psixolog kadrlari har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.

Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.

Oliy va birinchi malaka toifalariga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 1 baravari (202 ming 730 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (578-son, 12.07.2019-y.) bilan Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, qishloq xoʻjaligi korxonasi lizing tashkiloti yoki bankka qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ariza beradi.

Ariza 3 bank ish kunida koʻrib chiqiladi.

Lizing tashkiloti yoki bank tomonidan ijobiy xulosa qabul qilinsa, mazkur tashkilotlar lizing yoki kreditning 10 foiz punktini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga buyurtmanoma yuboradi.

Subsidiya faqat lizing yoki kredit shartnomasi tuzilgan kunda ishlab chiqarilgan muddati 1 yildan oshmagan yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun ajratiladi.

Jamgʻarma subsidiya ajratish yoki rad jtish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda bu haqida lizing tashkiloti yoki bankni 1 ish kunida xabardor qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (575-son, 12.07.2019-y.) bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, Inspeksiya davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish vazifasini amalga oshiradi.

Inspeksiya qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi.

Shuningdek, nizom bilan Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi, funksiyalari belgilab berildi.

Inspeksiya boshligʻi Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi.

Inspeksiya boshligʻi oʻz faoliyati toʻgʻrisida Hukumat va Prezidentga muntazam hisobot beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (575-son, 12.07.2019-y.) bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, Inspeksiya xodimlariga quyidagi miqdordagi oylik ustamalar belgilanadi:
👉 lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama;
👉 uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga 10 foizdan 60 foizgacha ustama.

Shuningdek, xodimlarga bir qator ragʻbatlantiruvchi va boshqa toʻlovlar toʻlanadi.

Jumladan, yilda 1-marta moddiy yordam, shaxsiy ustamalar, bayramlar uchun mukofotlar, ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun toʻlovlar va boshqalar.

Bundan tashqari xodimning asoslangan arizasiga koʻra quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda xodim lavozim maoshining 3 baravari miqdorigacha moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:
👉 yaqin qarindoshlari vafot etganda;
👉 alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, toʻy, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va boshqalar uchun).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
#vakant_ish_oʻrinlari

Adliya vazirligi tomonidan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasi shakllantirilgan. Mazkur baza orqali ushbu tashkilotlarning yuridik xizmatlaridagi vakant ish oʻrinlari bilan tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, davlat organi va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimi lavozimida faqatgina oliy yuridik maʼlumotga ega yoki Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan shaxslar ishlashi mumkin.

Vakant lavozimlar haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni tegishli tashkilotlarning kadrlar bilan ishlovchi boʻlinmasidan yoki adliya organlaridan olish mumkin.

Vakant ish oʻrinlari bilan tanishish uchun ushbu havolaga oʻting:
👉 http://yurist.adliya.uz/gv/vacancy

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yosh oilalarga quyidagi maqsadlarda mikrokreditlar beriladi:

👉 oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;

👉 mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;

👉 yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.

Kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:

👉 oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi;

👉 ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

👉 moliyaviy iste’mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, smetana, tvorog, oʻsimlik moyi va boshqalar) chiqarishda mahsulotlarni sotuvchining idishidan qaytib umumiy idishga quyishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari oʻtkaziladigan binoda test sinovlari jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi oʻrnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.

Binoda bir nafar abituriyentga qoida tariqasida, 2 m2 dan kam boʻlmagan joy tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka binoan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida quyidagi tibbiy ashyolar boʻlishi shart:

👉 qon toʻxtatuvchi jgut
👉 nosteril tibbiy dokali bint;
👉 steril tibbiy dokali bint;
👉 steril tibbiy dokali salfetkalari;
👉 bakteritsid leykoplastir;
👉 rulonli leykoplastir;
👉 “Ogʻiz-vosita-Ogʻiz” usulida sunʼiy nafas oʻtkazish uchun toʻsiq vositasi;
👉 ammiak eritmasi – 10% (nashatir spirti);
👉 qaychi;
👉 tibbiy qoʻlqoplar;
👉 tibbiyot qutichasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 1-avgustdan maʼmuriy jarimalar miqdori oshishi haqida maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Maʼlumki, qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qoʻyilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga koʻra, turli maʼmuriy jarimalarning miqdorlari ham 2019-yil 1-avgustdan 10 foizga oshadi.

Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori boʻyicha toʻlanadi. Masalan, 28-iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun maʼmuriy bayonnoma tuzildi. 1-avgustdan jarimalar miqdori oʻzgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28-iyulda amalda boʻlib turgan jarimani (608 190 soʻmni) toʻlashi lozim boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi

Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi
Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4375-son, 28.06.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida quyidagi prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi:

👉 Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Mudofaa vazirligi tarkibida);

👉 Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Davlat xavfsizlik xizmati tarkibida);

👉 Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Ichki ishlar vazirligi tarkibida);

👉 Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Milliy gvardiya tarkibida);

👉 Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida).

Qaror bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:
👉 Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
👉 “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizom;
👉 Harbiy-akademik litseyning namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi;
👉 Harbiy-akademik litseylarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining roʻyxati.

Yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va oʻqitish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin