Huquqiy axborot | Lotin
6.07K subscribers
3.63K photos
210 videos
2 files
7.84K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Buxoro shahrida “Bukhara City” majmuasi quriladi

Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi
Hukumat qarori qabul qilindi (565-son, 08.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.

Qarorga koʻra, “Bukhara City” hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi.

Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar oʻtkazish uchun “Ekspomarkaz”, biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy obyektlarni joylashtirishga ustivorlik beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
👉 taqiqlovchi belgilar va “Xavfli”!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan buylar bilan belgilangan joylarda cho‘milish va suvga sakrash;
👉 to‘sish belgilaridan (buylar, buy yo‘lchalaridan) o‘tib suzish;
👉 motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;
👉 texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto‘siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
👉 sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash;
👉 alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish;
👉 suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish;
👉 yolg‘on trevoga signali berish;
👉 voyaga etmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
👉 suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;
👉 plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;
👉 kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish;
👉 suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;
👉 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi;
👉 shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish;
👉 ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
👉 tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;
👉 qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Toshkent viloyatida “Angren Pask” XK AJ bazasida qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (564-son, 08.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, “Angren Pask” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi “Nikol Pak UK”ga (Rossiya) quyidagi investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda sotiladi:
👉 1-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritish hamda 2019-2020-yillarda “Angren Pask” XK AJ bazasida qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish;
👉 2-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritib 2020-2021-yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish;
👉 3-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiyalar kiritib 2020-2021-yillarda yiliga 300 ming kub metr ekstruzion penopolistirol ishlab chiqarishni tashkil etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qaror bilan Matematika fanini rivojlantirish va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini takomillashtirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli dastur tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, har yilgi “Ilm-fan yetakchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

2020-yildan ilmiy laboratoriyalar va ilmiy xodimlarning faoliyati har yili Fanlar akademiyasi tashkil etadigan maxsus komissiya tomonidan baholanadi.

Institut tuzilmasida Yosh matematiklar o‘quv markazi tashkil etiladi.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.

Kengashning asosiy vazifasi fan va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi xodimlarga taʼtil ularning xohishiga koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda berilishi kerak:
👉 oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
👉 I va II guruh nogironlariga;
👉 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
👉 oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga;
👉 taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotganlarga;
👉 jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (PF–5761, 09.07.2019 y.)

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-avgustdan tabiiy gazni va elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablag‘lardan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar, qo‘shilgan qiymat va aksiz solig‘ini chegirib tashlab, 5 foiz miqdorda amalga oshiriladi.

Ilgari tushgan mablag‘larning 10 foizi o‘tkazilgan.

2019-yil oxirigacha Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanganlar soni 2,5 mlnga yetkaziladi hamda 2020-yil oxirigacha 100 foiz iste’molchilar tizimga ulanadi.

Buning uchun Jamg‘arma mablag‘laridan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

2020-yil 1-yanvardan prokuratura organlari xodimlari bir qismining ta’minoti Jamg‘armadan Davlat byudjetiga o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Kunu-tun, istalgan payt OTMga hujjat topshiring

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oliy taʼlim muassasalarida joylashgan qabul kommisiyalarda uzundan-uzun navbatlar va tartibsizlik yuzaga chiqayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi eslatmoqda:
👉 Toshkent davlat yuridik universiteti;
👉 Qoraqalpoq davlat universiteti;
👉 Guliston davlat universiteti;
👉 Fargʻona davlat universiteti;
👉 Samarqand davlat universitetiga hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin!

Bundan tashqari, yana bir ajoyib yangilik!

Endilikda, yuqorida aytib oʻtilgan OTMlarga hujjatlarni kunning 24 soati davomida, oʻzingizga qulay boʻlgan vaqtda topshirish imkoniga egasiz! Vaqtni besamar sarflamang!

Davlat xizmatlari agentligi qulayliklar yaratishda davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (566-son, 09.07.2019 y.) bilan O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi.

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar – xizmatlar ko‘rsatishni, ishlar bajarishni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan va yollanma mehnatdan foydalanmaydigan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini rasmiylashtirgan shaxslardir.

Mehnat guvohnomasi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra 1 oydan 12 oygacha muddatga, mehnat organlari tomonidan fuqarolarning doimiy yashash joyidan qat’i nazar beriladi.

Arizalar 3 kunda ko‘rib chiqiladi.

Guvohnomada ko‘rsatilgan davr pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga kiritiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga banklardan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armalari hisobiga imtiyozli mikrokreditlar ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (570-son, 09.07.2019 y.)

Qaror bilan Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin bo‘lgan davlat mulki ob’ektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini jamlash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga imtiyozli kredit berish uchun madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalaniladi.

Bundan tashqari, qaror bilan Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va san’at nodavlat muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom nodavlat teatr va sirklar, hayvonot bog‘lari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlariga tatbiq etiladi.

Byudjetdan subsidiyalar madaniyat va san’at nodavlat muassasalari harajatlarining bir qismini qoplash uchun yillik daromadlari va xarajatlari hajmidan, madaniy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalardan kelib chiqib ajratiladi.

Unga ko‘ra, tadbirkor subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Madaniyat va san’at nodavlat muassasasi byudjetdan subsidiya olishga buyurtmanomani hisobot oyidan keyin ikki oy davomida taqdim etishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_tanlov
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlov bo‘lib o‘tadi

Adliya vazirligi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlovni e’lon qiladi.

Tanlov aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yo‘llarini topish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
👉 “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
👉 “Eng yaxshi blogpost uchun”;
👉 “Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun”;
👉 “Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun”;
👉 “Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun”.

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
👉 1-o‘ringa – Samsung Galaxy S10;
👉 2-o‘ringa – noutbuk;
👉 3-o‘ringa – televizor.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod o‘z ijodiy materiallarini nominatsiya nomini ko‘rsatgan holda tanlov Ishchi organiga pasport nusxasi va rezyumesi bilan birgalikda topshiradi.

Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi tanlov Tashkiliy qo‘mitasining Ishchi organi hisoblanadi.

Tanlov BMT Rivojlanish dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Tanlovga materiallar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.

Tanlov natijalari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov uchun materiallarni Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy manziliga yoki x.klichev@adliya.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Batafsil ma’lumot: www.adliya.uz saytida.

Murojaat uchun telefon: 71 233-75-97.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (568-son, 09.07.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlar qoʻriqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga oʻtganligi bois baʼzi obyektlarni qoʻriqlashga Milliy gvardiya organlari masʼul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qoʻriqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.

Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi hollarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

👉 soʻyilishi ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalarida amalga oshirilmagan boʻlsa;
👉 goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan boʻlsa;
👉 veterinariya hujjatlari boʻlmasa;
👉 ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasining F-200 shakldagi maʼlumotnomasi boʻlmasa;
👉 veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (maʼlumotnomasi) boʻlmasa;
👉 oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga boʻlsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan boʻlsa;
👉 xona yoki koʻcha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qoʻyilgan holatda boʻlsa;
👉 veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan boʻlsa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Oʻzbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4390-son, 11.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan “Oʻzbekiston tarixi” telekanali tashkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilab berildi.

Unga muvofiq, telekanalning asosiy vazifasi Oʻzbekistonning koʻhna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan ilmiy, madaniy va maʼnaviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi

Hukumat qarori (573-son, 09.07.2019 y.) bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, kimyoviy texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

2019/2020 o‘quv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan tasdiqlanadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qaror bilan Filial o‘z faoliyatini Yangiyer qurilish va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarida olib boradi.

Mazkur kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.

Shuningdek, Filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Filial uchun ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tayanch doktoranturaga 2020 yildan maqsadli kvotalar ajratilishi ta’minlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi (PF–5763, 11.07.2019-y.)

Farmon bilan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi va uning barcha huquq va majburiyatlari Vazirlikka o‘tdi.

Vazirlik oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

2019 yil 1 avgustdan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi;

Vazirlik markaziy apparatining:
👉 fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 30 foiz;
👉 fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 35 foiz ustamalar belgilanadi.

Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar to‘lanadi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari rektorlari, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda:
👉 xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida alohida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni o‘qitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (o‘quvchilar) sonini belgilaydi;
👉 kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish istagida bo‘lgan xorijiy fuqarolarni o‘qitish muddati, davomiyligi va ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (PQ–4391, 11.07.2019 y.)

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Vazirlik huzurida quyidagilar tashkil etildi:
👉 Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
👉 O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;
👉 Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi.

Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tuzildi.

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritildi.

Qaror bilan:
👉 Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi;
👉 Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi;
👉 Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi;
👉 Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qarorga muvofiq:
👉 oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
👉 davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining rektori bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
👉 davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining prorektorlari oliy ta’lim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Bunda:
👉 o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
👉 yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;
👉 ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

2020-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqarorligi va mutaxassislariga talab yuqoriligini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Endilikda kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan uzaytiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik koʻzda tutilgan?

Oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab boʻladi.

Xususan, bunday noqonuniy harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan: ⬇️
👉 qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etish – 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish – 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin