Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
200 videos
2 files
7.79K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda ortiqcha to‘langan to‘lovlar qancha muddatda qaytarib beriladi?
Anonymous Quiz
29%
shu vaqtning o‘zidayoq
26%
1 ish kunida
35%
3 ish kunida
10%
qaytarib berilmaydi
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, 10 yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.

Farzandlikka olishda bolaning roziligi farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi.

Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tomorqa xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va tomorqa xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi. Tomorqa xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi shaxs o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin.

➡️ Tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xususiy mulkdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining:

10 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);

90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

📌 Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Meva-sabzavot yetishtiruvchilarga yangi bog‘, tokzor va issiqxonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun banklar tomonidan ajratiladigan 10 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan foiz stavkasining Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan oshadigan, lekin 8 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya yoki 8 milliard so‘mgacha kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, o‘sha qilmish odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

📍"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha (540 ming so‘mdan 1 mln 80 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik moddiy yordam beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 14-fevral (1483-yil)

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin

🔰 Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning o‘zida quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
🔹 ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lganida;
🔹 hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
🔹 hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;
🔹 ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;
🔹 haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;
🔹 haydovchilar mast bo‘lmasa;
🔹 transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.

📋 Xabarnoma hodisa sodir bo‘lgan joyda darhol ikki nusxada tuziladi.

☑️ Xabarnoma quyidagi hujjatlar bilan 3 ish kunida yuboriladi:

👉 hodisa joyining, transportlarning fotosurati;
👉 haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari;
👉 haydovchilarning mastligini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnoma;
👉 haydovchilarning hujjatlari, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqidagi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Davlat_dasturi

🔰 Dasturga ko‘ra, 2022-yil 1-iyulgacha:

▪️2022-yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlari malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshiriladi;

▪️xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

🧑‍⚕️2022-yil 1-iyuldan “oilaviy shifokor” yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🏅Qonunchilikka ko‘ra, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan bo‘lib, mazkur ko‘krak nishoni bilan:

● jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan;

● o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan;

● sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yilgi Olimpiyada sovrindorlari uchun pul mukofotlari belgilandi

“O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–127, 14.02.2022-y.) imzolandi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

🥇oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;
🥈kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;
🥉bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida respublikada o‘tkazilayotgan sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoa aʼzolarining ishtirokini taʼminlash uchun viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha (temir yo‘l va aviachipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-sentyabrgacha chegirmalar joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚡️“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!

So‘ngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Aziz haydovchilar!

Bu maʼlumot mutlaqo o‘rinsiz!

❗️Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.

❗️Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

❗️
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
● 2010–2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
● 2013–2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihonga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

🔰 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan.

▶️ Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkaziladi.

Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting.

📌 Tanlov shartlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o‘tkazing va sovrinlarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

👉 BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
👉 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
👉 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
👉 6 oygacha ozodlikni cheklash;
👉 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–128-son, 14.02.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.

▶️ 2023-yil 1-yanvargacha “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi.

Inspeksiyada byudjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.

❗️2022-yil 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi.

☑️ 2022-yil 1-noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.

📌 2022-yil 1-noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirildi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Madaniy meros agentligining ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

☑️ Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–754, 15.02.2022-y.) bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:

● takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
● ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
● bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

➡️ O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

⚖️ Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

🔰 Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik:

fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin