Huquqiy axborot | Lotin
6.3K subscribers
3.25K photos
147 videos
2 files
7.08K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Bilasizmi

Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe, oshxona va h.k.) quyidagi soliqlar bo‘yicha 2021 yil 15 avgust holatiga mavjud qarzdorlikni va barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulgacha foizlarsiz kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin:

aylanmadan olinadigan soliq;
foyda solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

➡️ 2003 yil 9 dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan.

📌 2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016 yilda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilingan.

🧾 Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 7 sentyabr kuni Adliya vazirligi O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro reyestrga kiritilgan hamda tegishli sertifikatga ega bo‘lgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

13 yoshga to‘lgan bolalarning jinoiy javobgarligi bekor qilindi

“Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–735, 07.12.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 13 yoshga to‘lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi.

Ilgari 13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.

➡️ 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.

☑️ Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Hokim yordamchisi lavozimida oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar ham ishlashi mumkin

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

2021 yil 31 dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilingan;

2023 yil 1 sentyabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 10-dekabr (1992-yil)

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilingan.

Qonunga koʻra, Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar bepul davolanadi

“Ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–736, 09.12.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Qonun bilan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:

➡️ Fuqarolar yigʻiniga – xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoxud bunday ishlarga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlashda, ushbu shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etish vakolati;

➡️ Fuqarolar yigʻini raisiga – tazyiq va zoʻravonlikka uchragan hamda bu haqda murojaat qilgan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilash, mazkur faktlar toʻgʻrisida tegishli ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga hamda ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berish vakolati berildi.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga kirtirilgan qoʻshimchalarga koʻra:

🔸 Mehnat organlari tomonidan oilaviy muammolarga va zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va kasbga yoʻnaltirishga koʻmaklashish;

🔸 Sogʻliqni saqlash organlari tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga va ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash choralari koʻriladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish (ЗАГС) sohasidagi masalalar" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

Nargiza Tursunova – Yakkasaroy tuman FHDYo bo‘limi mudirasi

Gulandom Mo‘Minova – Yunusobod tuman FHDYo bo‘limi mudirasi


Ovozli chat 10-dekabr soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, maktablardagi uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimi orqali kam taʼminlangan deb topilgan oilalarning farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Hukumat qarori (746-son, 10.12.2021 y.) bilan Tashkulov Akbar Djurabayevich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

A. Tashkulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni sohibi.

A. Tashkulov o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

A. Tashkulov adliya organlari tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2017 yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi A.Tashkulovning bundan keyingi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi

“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–33-son, 09.12.2021 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga muvofiq, 2021 yil 10 dekabrdan:

daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi.

🔄 Shuningdek, farmonga ko‘ra, elektron onlayn-auksion g‘oliblariga yer uchastkasi qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

📌 2022 yil 1 yanvardan pudrat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etishi mumkin.

➡️ 2023 yil 1 yanvargacha sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

🏘 Bundan tashqari, 2022 yilda xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 1 000 ta kvartira sotib olish choralari ko‘riladi.

🏦 Farmonga ko‘ra, 2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun jami 43 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining Feysbukdagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi

Vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi (fb.com/minjustuz)ga o‘xshash sahifalar paydo bo‘lganligi, ular orqali aholini chalg‘ituvchi axborotlar tarqatilayotganligi tufayli maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisi olindi.

Endilikda, sahifa nomidagi maxsus belgi orqali uni oson ajratib olish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari quriladi

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–32-son, 09.12.2021 y.) qabul qilindi

🏡 Farmonga ko‘ra, tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda jami 29 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari quriladi.

☑️ Mazkur massivlarda 619 ta uy-joy (21 ming 312 xonadon), 18 ta maktab, 24 ta bog‘cha, 15 ta tibbiyot muassasasi barpo etiladi.

🔘 Bunda:

● ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida sotiladi;
● uy-joylarga tutash yer uchastkalari mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi;
● massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi;
● elektron onlayn-auksionda g‘olib deb topilgan tadbirkorlar ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi uchun “SSS” va undan yuqori reytingga ega qurilish tashkilotlarini jalb qilishi mumkin.

➡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

2023 yil 1 yanvargacha toifasi o‘zgarayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydonining 5 baravari miqdorida yangi yerlar o‘zlashtiriladi.

👷 Farmonga ko‘ra, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning bo‘sh turgan yer uchastkalarida ham uy-joylarni qurish davom ettiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi

Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–42-son, 10.12.2021 y.) qabul qilindi.

🏢 Qarorga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti etib nomlandi.

💼 Universitetda gidroenergetika, irrigatsiya, kadastr va geoinformatika sohalari uchun muhandis kadrlar tayyorlanadi.

📝 Qaror bilan Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tasdiqlandi.

☑️ Kengash Universitetda yangi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishi mumkin.

➡️ Universitetda Transformatsiya ofisi tashkil etilib unga 2025 yilgacha Universitetni xalqaro 1000 talik ro‘yxatga kiritish vazifasi yuklatildi.

Universitet 2022/2023 o‘quv yilidan mustaqil ravishda o‘quv rejalarini tasdiqlaydi, ilmiy kengashlar tuzadi, tijorat va notijorat tashkilotlar tashkil etadi.

Universitet 2022 yil 1 yanvardan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Shuningdek qaror bilan, 2025 yilgacha Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi va uning xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

🔰 Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

Universitet huzurida Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti;
Universitetning Buxoro filiali negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti;
Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.

Universitet faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

2023/2024 o‘quv yiligacha Universitetda yangi sinov laboratoriyasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi texnoparki tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qarz summasi 2 mln 700 ming so‘mdan ortiq bo‘lsa, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi yozma tuzilishi shart


❗️Fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHMning 10 baravaridan (2 mln 700 ming so‘m) ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.

⚠️ Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

☑️ Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Muammolarga huquqiy yechim topa olmayapsizmi?

Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko‘p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo‘yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilib borilmoqda.

Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo‘lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

O‘z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat dasturlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha shtablar tuziladi

Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–43-son, 10.12.2021-y.) qabul qilindi

🔘 Qarorga muvofiq, 2022-yildan boshlab har yili:

1-aprelgacha joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holati, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha keng jamoatchilik fikri oʻrganiladi;

1-maygacha loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar buyurtmachilar kesimida shakllantiriladi;

yil yakunigacha kelgusi yillar uchun Dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar boʻyicha tanlov (tender)lar eʼlon qilinadi. Bunda, Dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilmagan loyihalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

2022-yil 1-yanvardan konsolidatsiyalashgan byudjet mablagʻlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

🔹 moliyalashtirish manbai aniq boʻlmaganda;
🔹 loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud boʻlmaganda yoki ular qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, yaʼni parallel ravishda olib borilganda;
🔹 pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) oʻtkazilmasdan tanlab olinganda.

☑️ Qarorga koʻra, Davlat dasturlari shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek, ushbu dasturlar doirasida mablagʻlar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi.

➡️ Bunda Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi, hududiy shtablar hamda tuman (shahar) shtablari tuziladi.

🌐 Loyihalar tashabbuskorlari faoliyatida “Byudjet nazorati” elektron dasturidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

🏢 Qarorga koʻra, Bosh prokuratura tuzilmasida Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi tashkil etiladi.

📌 Shuningdek, xatlovdan oʻtkazilgan obyektlarning, shu jumladan kadastr raqami hamda pasportini oʻz ichiga olgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish tizimi yaratiladi.

📋 2022-yil 1-iyungacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa sohalar uchun yangi zamonaviy idoraviy qurilish normalari joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–44-son, 10.12.2021 y.) qabul qilindi.

📌 Qarorga ko‘ra, elektr energetika sohasida 2030 yilga borib respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvati 3 416 MVtga yetkaziladi.

📋 Qaror bilan 2021–2030 yillarda gidroenergetikani yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

🔘 2022 yil 1 yanvardan “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi faoliyat turiga ko‘ra kafolatlangan tarzda II tarif guruhi isteʼmolchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan:

● suv oqimi bo‘yicha ishlaydigan gidroelektr stansiyalarida – 70 foiz miqdorda;
● elektr energetikasi tizimining rejimiga bog‘liq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektr stansiyalarida – 100 foiz miqdorda;
● gidroto‘plash elektr stansiyalarida – 150 foiz miqdorda sotib olinadi.

➡️ Elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalaridan (bundan sanoat ko‘lamidagi 1 MVt yoki undan ortiq quvvatlar mustasno), quvvati 5 MVt gacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalaridan o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgandan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish II guruh isteʼmolchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

Shuningdek, xususiy investorlar (tashabbuskorlar) quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan quyosh, shamol, biogaz va quvvati 5 MVt gacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan bir necha fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalariga imtiyozli subsidiyalar ajratiladi.

Unga koʻra, suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

🔰 Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:

👉 urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
👉 respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
👉 Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
👉 yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
👉 I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
👉 yolg‘iz keksalar;
👉 pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo‘linmalariga topshirilishi lozim:

👉 ariza;
👉 pasport nusxasi;

yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

👉 tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

har yili (navbat asosida):

👉 urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
👉 respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
👉 Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
👉 yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan
👉 shaxslarga;
👉 yolg‘iz keksalarga;

2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):

👉 urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
👉 halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
👉 I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yo‘llanmalar 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar bepul davolanadi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin