Huquqiy axborot | Lotin
6.28K subscribers
3.66K photos
227 videos
2 files
7.91K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Profilaktika inspektorlari yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud davlat OTMga oʻqishga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin

“Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 30.11.2021-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilinadi:

🔸 Jamoat xavfsizligi universitetiga;
🔸 Toshkent davlat yuridik universitetiga;
🔸 yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bundan mustasno).

➡️ Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga oʻqishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan oʻtkaziladi.

☑️ Tavsiyanomalar OTM oʻrtasida teng taqsimlanadi.

📋 Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablagʻlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.

Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari OTMning sirtqi taʼlim shakliga qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maygacha 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma berilishi nazarda tutilgan.

📌 Tavsiyanoma asosida OTMda sirtqi taʼlim shaklida oʻqigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida 5 yil xizmat oʻtab berish majburiyati yuklatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Ayni damda Umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo‘yicha test jarayonlari davom etmoqda

Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlarning talablari va ularning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda imtihon o‘tkazish muddati bugun soat 15:00 ga qadar uzaytirildi.

Ro‘yxatdan o‘tganlar test sinovlarini 15:00 ga qadar ishlashi mumkin.

)Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari foydalanishga berilmaydi

“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun (O‘RQ–733-son, 30.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

💰 Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, suv isteʼmolchilari uyushmalari o‘z aʼzolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan ko‘p suv olinganida, to‘lovlar vaqtida to‘lanmaganida isteʼmolchilarga suv yetkazishni to‘xtatishga haqli.

Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi.

Ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident Farmoni (PF–27-son, 29.11.2021 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi

👮‍♂️Konsepsiyaga ko‘ra, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

🔄 2022–2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.

☑️ 2022 yil 1 martgacha kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi.

2022 yil 1 maygacha ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimi joriy etiladi.

💼 2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025 yil 1 sentyabrdan qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega xodimlar tayinlanadi.

📝 Farmon bilan shuningdek, 2022–2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

🔰 Strategiyaga ko‘ra, jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;
har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
“Jinoyat o‘choqlari” bo‘lgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Dehqon xo‘jaligi uchun yerlarni ijaraga va ikkilamchi ijaraga berish qoidalari tasdiqlandi

Batafsil infografikalarda👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 50 ming soʻmgacha);

mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha (5 mln 400 ming soʻmdan 6 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash tartibi

📌 “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ichki ishlar organi xodimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, ularni qo‘llash va jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

🔰 Qonunning 23-moddasiga asosan ichki ishlar organi xodimi tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash asoslari quyidagilar hisoblanadi:

👉 fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish;
👉 jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qo‘yish;
👉 ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yish;
👉 jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlash;
👉 qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash;
👉 ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish;
👉 zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilish;
👉 fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish;
👉 haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatish;
👉 jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlash;
👉 muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yish.

☑️ Mazkur moddaning ikkinchi qismiga asosan 1–5, 7, 8 va 11-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollar vujudga kelganda ichki ishlar organlari xodimlari rezina tayoqlardan 8 va 9-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollarda esa transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalaridan foydalanishi mumkin.

Qo‘shimcha tarzda taʼkidlash mumkinki, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Adliya_xabari

“Huquqiy targ‘ibot ishlari aʼlochisi” ko‘krak nishoni o‘z sohiblariga topshiriladi

🎖 Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari xamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔘 Jumladan:

Yadigarova Naima Rustamaliyevna – Namangan viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i;

Xakimov Umidbek Xoshimovich – Andijon viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i;

Aldabergenov Isatay Maratovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i;

Alimov Akmalbek Abdumajidovich – Yoshlar ishlari agentligi Yoshlarga oid qonunchilik tashabbuskorlari va huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘limi boshlig‘i;

Ashurov Dilshod Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Notarial Palatasi raisi;

Nazarova Nilufar Boyqobilovna – Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;

Ganiyev Doniyor Avazovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati;

Agzamxodjayev Muxrimxon Masʼudovich – “Daryo.uz” sayti bosh muharriri;

Axmedova Muhayyo Yulchiyevna – Yangihayot tumanidagi 303-umumiy o‘rta taʼlim maktabi huquq, tarbiya fani o‘qituvchisi;

Umarova Aziza Farxadovna – bloger, iqtisodchi va siyosatshunos, “Smartgov Consulting” MCHJda maslahatchi;

Zafarbek Solijonov Ulug‘bek o‘g‘li – bloger, huquqshunos;

Xvan Leonid Borisovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq institutining Maʼmuriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy fanlar bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari nomzodi;

Murodov Nuriddin Namozovich – Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan.

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.

💵 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

ℹ️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o‘n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o‘n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

📋 Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish tartibi belgilandi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hukumat qarori (727-son, 02.12.2021 y.) bilan 1975 yildagi Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasini qo‘llash haqidagi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga ko‘ra, xalqaro yo‘llarda tashish (XYT) tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar oraliq bojxona organlarida olib kirish yoki olib chiqish uchun boj va soliqlarni to‘lash yoki depozitga qo‘yishdan ozod etiladi.

💰 Bunday bojxona organlarida XYT daftarchasini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

XYT tartib-taomillariga asosan muhrlangan transport vositalarida, muhrlangan trasport vositalarining tarkibida yoki konteynerlarda tashilgan tovarlar oraliq bojxona organlarida bojxona ko‘rigidan ozod qilinadi.

➡️ XYT tartib-taomillari quyidagi holatlarda qo‘llaniladi. Tovarlar:

👉 XYT daftarchasi bilan kuzatib borilsa;
👉 Kafolat uyushmasi kafolati bilan taʼminlansa;
👉 Bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berilgan transport vositalarida, trasport vositalarining tarkibida yoki konteynerlarda tashilganda.

📋 Transport vositalariga “TIR” yozuvli lavha yopishtirilishi lozim.

Har bir XYT daftarchasi uchun 100 000 yevrogacha bojxona to‘lovlari va soliqlarni to‘lash kafolatlanadi.

📌 XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” bojxona kompleksi tomonidan beriladi.

☑️ Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–30-son, 03.12.2021 y.) bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.

📌 Qarorga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

🏢 Institut davlat OTM hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Institutda o‘qishni davom ettiradi.

🔰 Institut, jumladan:

xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantiradi;
ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib o‘quv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshiriradi;
Institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etadi;

🎓 Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko‘riladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi boʻlib oʻtmoqda

➡️ Imtihon jarayonlarini https://youtu.be/rKpiB4uYt2s havolasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Notarial harakatlar uchun davlat boji miqdorini kamaytirish boʻyicha taklif

● koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish
● garov, ipoteka va lizing shartnomalari
● mol-mulkni ijaraga berish

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Notarial harakatlar uchun davlat boji miqdorini kamaytirish boʻyicha taklif

● avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish
● avtomototransport ishonchnomalari

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish takomillashtiriladi

Hukumat qarori (732-son, 03.12.2021-y.) bilan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

📌 Maʼmuriy reglamentga koʻra, rasmiy hujjatga apostil qoʻyish, murojaat etuvchining oʻz xohishiga koʻra, anʼanaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.

Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.

💰 Soʻrovnoma toʻldirilib, uni koʻrib chiqish uchun tegishlicha yigʻim undiriladi:

taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar boʻyicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar boʻyicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
boshqa hujjatlar boʻyicha – BHMning 10 foizi miqdorida.

YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

➡️ Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

🚫 Quyidagilarga apostil qoʻyilmaydi:

🔸 chet elda Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador boʻlgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 Oʻzbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga.

☑️ Rasmiy hujjatga apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qoʻyish rad etiladi:

rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega boʻlmasa.

❗️Mazkur tartib 2022-yil 1-martdan amalga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hokim yordamchisi lavozimida oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganlar ham ishlashi mumkin

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–29-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi.

💼 Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etiladi.

🔰 Mazkur lavozimga:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (shoʻba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;

nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

☑️ Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

👉 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;
👉 tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari.

Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

🎖Farmonga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni taʼsis etildi.

⚠️ Ushbu ko‘krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.

➡️ Farmon bilan shuningdek, Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–31-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi.

💵 Qarorga muvofiq, 2022 yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan taʼminlash bo‘yicha jami 2 trln 159 mlrd 146 mln so‘m subsidiya ajratiladi.

☑️ Shunga ko‘ra, quyidagilar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida beriladi:

● oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar;
● Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan taʼminlash uchun ajratiladigan subsidiyalar.

🔰 Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori quyidagicha belgilanadi:

🔸 xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari (4 mln 932 ming so‘m) miqdorida;
🔸 xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHEKMning 6,5 baravari (5 mln 343 ming so‘m) miqdorida;
🔸 xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHEKning 7 baravari (5 mln 754 ming so‘m) miqdorida.

🏠 Boshqa hududdan kelib ishlayotganlarning turar joy ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi.

➡️ Yil yakuni bo‘yicha yuqori natijaga erishganlarga ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun uy-joyning 50 foizigacha subsidiya beriladi.

🎓 2022/2023 o‘quv yilidan oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari davlat OTMning iqtisodiy taʼlim yo‘nalishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin