Huquqiy axborot | Lotin
6.17K subscribers
3.56K photos
168 videos
2 files
7.63K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, smetana, tvorog, o‘simlik moyi va boshqalar) chiqarishda mahsulotlarni sotuvchining idishidan qaytib umumiy idishga quyishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan:

chorvachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklaridagi yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m;
parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklaridagi tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m;
baliqchilik xo‘jaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hokimliklarning g‘alla yetishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi

G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–10-son, 15.11.2021 y.) qabul qilindi.

📌 Qarorga muvofiq, 2022 yildan ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.

☑️ 2022 – 2024 yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining g‘alla ekilgan har gektar maydon hisobidan o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin sotadi.

➡️ Har yili 1 avgustgacha bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda eʼlon qilinadi.

🔰 Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:

👉 imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga aralashish;
👉 bug‘doyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
👉 g‘allachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma berish.

2021 – 2022 yillarda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–728-son, 15.11.2021 y.).

🔰 Qonunga ko‘ra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

👉 yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;
👉 fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YATTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);
👉 xususiylashtiriladigan davlat obyektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);
👉 bo‘sh turgan yerlar.

☑️ Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;
yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

➡️ Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilgan).

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

● xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;
● yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;
● yerda joylashgan ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
● aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;
● davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror mavjudligi;
● xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;
● arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;
● xususiylashtiriladigan yer puli to‘lanmaganligi.

🚫 Xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi.

☑️ Yerga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun to‘lov qilinganidan so‘ng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

🔘 Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qo‘yish mumkin:

yerga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda;
yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);
yer musodara qilinganda;
yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

⚠️ Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga o‘tkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.

▫️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘rovnoma

Hurmatli fuqarolar!

📝 Adliya vazirligi tomonidan respublika miqyosida ekologiyaga oid munosabatlarda inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkaziladigan so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

⚠️ So‘rovnomani o‘tkazishdan maqsad fuqarolarning ekologiya sohasiga oid huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ekologiya sohasidagi qonunchilikning ijrosi qay darajada ekanligini baholashdan iborat.

📌 Sizning ishtirokingiz kelgusida ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

➡️ So‘rovnoma anketasi mana bu yerda 👇
https://bit.ly/30wUOgg_lotin
#Bilasizmi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan:

chorvachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklaridagi yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m;
parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklaridagi tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m;
baliqchilik xo‘jaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

Hukumat qarori bilan (684-son, 16.11.2021 y.) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

➡️ Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin. (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan)

Ijaraga oluvchida alkololli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki o‘zgacha mastlik aniq ko‘rinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.

🔎 Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini “Maʼmuriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF-14-son, 16.11.2021 y.) qabul qilindi.

📝 Farmon bilan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tasdiqlandi.

🔎 Komissiya paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun arizalarni ko‘rib chiqadi.

Klasterlar komissiyasi xulosasiga asosan Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va talabgor bilan o‘ttiz yilga bitim tuziladi.

🔘 Bitim quyidagi holatlarda faqatgina sud tartibida bekor qilinadi:

● tomonlarning biri qarshi bo‘lganida;
● bitimdagi majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganida;
● qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi klasterlar tomonidan shartnoma shartlari 3 yil bajarilmaganligiga oid murojaatlari bo‘lganda.

📌 Klaster tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxtaning kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvati bo‘lgan talabgorga ustunlik beriladi.

🌎 Klasterlarning yillik paxta hajmi 30 ming tonnadan ko‘p bo‘lganda audit o‘tkazishga xalqaro auditorlar jalb qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (135 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi

Buxoro viloyatida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (685-son, 16.11.2021 y.) qabul qilindi.

📌 Qarorga muvofiq 2022 yildan har 2 yilda 1 marta may oyida Buxoro shahrida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi.

📋 Qaror bilan festivalni o‘tkazish bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

☑️ Festival haqida boshlanishidan 30 kun oldin OAVda eʼlon beriladi.

➡️ Festivalda 30 yoshgacha yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalarning faqat maqom asarlari namoyish etiladi.

Ijrodan raqsdan foyladanish mumkin, barcha asarlar yoddan ijro etiladi.

🧾 Festival 2 ta shartda o‘tkaziladi “Mushkilot” (cholg‘u) va “Nasr” (ashula). Festival g‘oliblari diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘rovnoma

Hurmatli kanalimiz obunachilari!

Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy maʼlumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

Mazkur soʻrovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz👇
Qaysi yoʻnalishdagi huquqiy maʼlumotlar Sizni koʻproq qiziqtiradi?
Anonymous Poll
16%
mehnat
17%
taʼlim
15%
imtiyozlar
16%
tadbirkorlik
5%
bank-moliya
11%
fuqarolik
10%
javobgarlik va jazo
5%
oila
4%
boshqa
Huquqiy maʼlumotlarni qanday koʻrinishda olishni xohlaysiz?
Anonymous Poll
57%
matn shaklida
13%
infografika shaklida
19%
video shaklda
9%
audio shaklda
3%
boshqa
#Kun_tarixi

🇺🇿 18 noyabr“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.

Davlat
bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilish tegishlicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

“Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi (690-son, 17.11.2021 y.).

🔰
Eski haydovchilik guvohnomalari va transportni ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid guvohnomalar quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.

Ilgari 2021 yil 31 dekabrgacha almashtirish majburiy edi.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Bilasizmi

Fohishalik bilan shug‘ullanish BHMning 3 baravaridan (810 ming so‘m) yetti baravarigacha (1 mln 890 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takror sodir etilsa BHMning 7 baravaridan (1 mln 890 ming) 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘m) jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

G‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish, shuningdek fohishaxona tashkil etish, saqlash og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Raqamli ekotizimga ulangan tijorat platformalari uchun foyda solig‘i 50%ga qisqartiriladi

Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yana-da rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-14-son, 17.11.2021 y.) qabul qilindi.

🖥 2022 yil 1 iyuldan elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” to‘liq ishga tushiriladi.

🔄 Elektron kooperatsiya portali markazi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etiladi.

📌 Markaz Raqamli ekotizimni shakllantirish va uning operatori funksiyalarini bajaradi.

🧾 Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida tovarlar va xizmatlar sotish to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.

➡️ 2024 yil 1 yanvargacha Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin