Huquqiy axborot | Lotin
6.27K subscribers
3.66K photos
228 videos
2 files
7.91K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Akademik litseylar faoliyati takomillashtiriladi

Batafsil infografika orqali tanishing ☝️

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 9-yanvar (2018-yil)

Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi tasdiqlangan.

Doktrina harbiy sohada Oʻzbekiston milliy xavfsizligini taʼminlashga doir prinsiplar va yondashuvlarni belgilaydi.

Doktrinaga koʻra, mamlakat mudofaasiga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni Oʻzbekiston Prezidenti — Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qoʻmondoni amalga oshiradi. U Oʻzbekiston mudofaa siyosatining va harbiy qurilishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga 48 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan hamda moddiy yordamni ko‘zda tutadigan mehnat taʼtili beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib belgilandi

“Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (2-son, 08.01.2021 y.) qabul qilindi.

📝 Qaror bilan Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vatinchalik tartib tasdiqlandi.

🔰 Unga ko‘ra, har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin qizlar;
boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar;
uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar;
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joyi mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar;
qaramog‘ida bir yoki undan ortiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar;
tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o‘zi va birgalikda yashovchi oila aʼzolari og‘ir ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli damromad manbaiga ega bo‘lmaganlar);
huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar;
psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).

🔹 “Ayollar daftari” quyidagi tartibda yuritiladi:

🗓 Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari har yarim yil birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurib o‘rganiladi.

🧾 Xotin-qizlarning muammolari anketa-so‘rovnoma orqali aniqlanib, aniqlangan muammolar 3 kundan oshmagan muddatda xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga kiritiladi.

Shunga ko‘ra, 1 kun muddatda individual anketalar ko‘rib chiqiladi.

🔎 Shundan keyin 3 kundan oshmagan muddatda anketa maʼlumotlari idora va tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi hamda ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.

➡️ “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi 7 kundan oshmagan muddatda Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga kiritiladi.

🖥 Tasdiqlangan ro‘yxatlar 3 kundan oshmagan muddatda Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga kiritilib, shu asosda vaqtinchalik tartibda belgilangan xizmatlar ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun kreditlar ajratiladi

💰 Qarorga ko‘ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha (33 mln 450 ming so‘m) miqdorda kreditlar ajratiladi.

🏦 Kreditlarning foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida belgilanadi.

➡️ Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda Xalq bankining tuman (shahar) filiallari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning familiya, ismi, otasining ismi bo‘yicha alfavit tartibida shakllantirilgan qatʼiy navbat asosida ajratiladi.

☑️ Shuningdek, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga BHMning ikki baravaridan to‘rt baravarigacha (446 ming so‘mdan 892 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Bir martalik yordam olgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta kiritilgan hollarda bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.

🏠 Bundan tashqari, sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladi.

Turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan muddatga tuzilib, to‘lovlar ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.

“Ayollar daftari”ga ikki va undan ortiq ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan xotin-qizlarning barcha masalalari to‘liq hal etilgach, daftardan chiqariladi.

📝 Daftardan chiqarilgan xotin-qizlar tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Gidrogeologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

“Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (9-son, 08.01.2021 y.) qabul qilindi.

📋 Qarorga ko‘ra, gidrogeologik xulosa berish hamda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi.

📝 Reglamentga ko‘ra, jumladan, gidrogeologik xulosa Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ikki yildan oshmaydigan davr uchun beriladi.

💰 Davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

☑️ YAIDXP orqali murojaat etilganda ushbu summaning 90 foizi (2 mln 7 ming so‘m) to‘lanadi.

Shuningdek, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma burg‘ilash ishlarini bajarish davriga, lekin ikki yildan oshmaydigan davr uchun beriladi.

💰 Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 30 foizi miqdorida (66 ming 900 so‘m), YAIDXP orqali murojaat etilganda esa ushbu summaning 90 foizi (60 ming 210 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Burg‘i qudug‘ining texnik pasportini ro‘yxatga olish bo‘yicha ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun yig‘im undirilmaydi.

🚫 Davlat geologiya tizimidagi gidrogeologiya korxonalari uchun har yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi doirasida yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash ishlari amalga oshirilganda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (1-son, 07.01.2021 y.) bilan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga muvofiq, soliq organlari quyidagi soliq tekshiruvlarini o‘tkazadi:
● kameral soliq tekshiruvi;
● sayyor soliq tekshiruvi;
● soliq auditi.

🔰 Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
🔸 soliqqa oid qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi bo‘lganida;
🔸 taqdim qilingan soliq hisobotida tafovut yoki xatolar aniqlanganida.

Mazkur tekshiruv soliq organi rahbarining buyrug‘i asosida, 60 kundan oshmagan muddatda o‘tkaziladi.

☑️ Kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha 2 kunda soliq to‘lovchiga talabnoma yuboriladi. Soliq to‘lovchi 10 kunda kamchiliklarni bartaraf qilib tasdiqlovchi hujjatlar bilan soliq organiga berishi kerak.

🔎 Sayyor soliq tekshiruvi 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.

📝 OAVda soliq va valyutaga oid huquqbuzarliklarga oid maʼlumotlar eʼlon qilinsa, sayyor soliq tekshiruvi uchun asos bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishning yana 5 ta asosi mavjud.

Sayyor soliq tekshiruvida hujjatlar va buyumlarni tungi vaqtlarda (23.00 dan 06.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida) olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔰 Soliq auditi quyidagi soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladi:
🔸 soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo‘lgan;
🔸 kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etmasa;
🔸 ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda;
🔸 soliq to‘lovchilarning jinoiy ishlar bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati taftish qilinish doirasida;
🔸 faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

➡️ Nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

🧾 Nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish sohasida taʼlim turlari bo‘yicha litsenziya davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga hujjat topshirish asosida olinadi.

📝 Bunda davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘rtasidagi axborot almashinuvi litsenziya talabgori bo‘lgan yuridik shaxsning elektron raqamli imzosini majburiy tartibda qo‘llash orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

● so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
● belgilanmagan transport vositalarida yetkazib berilgan bo‘lsa;
● veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
● ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi maʼlumotnomasi bo‘lmasa;
● veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi bo‘lmasa;
● oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, parrandalarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
● xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan bo‘lsa;
● veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚠️ Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

☑️ Mazkur harakatlar og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

11 yanvar – Xalqaro minnatdorlik kuni

📌 Har yilning 11 yanvar kuni dunyoning turli mamlakatlarida xalqaro minnatdorlik kuni keng nishonlanadi. Bu kunni bayram qilishdan maqsad insonlar orasidagi samimiy munosabatlarni, do‘stona rishtalarni yana-da mustahkamlashdan iborat.

☑️ Garchi dunyoning turli xalqlarida va tillarida minnatdorlik turli ko‘rinishda ifodalansa-da, chin dildan aytilgan tashakkur har bir insonga xush kayfiyat baxsh etadi. Psixologlar samimiy minnatdorlik inson salomatligiga ham ijobiy taʼsir o‘tkazishini tasdiqlashgan.

🧾 BMT, YUNESKO singari nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotgan bu bayram tobora ommalashib bormoqda. Qator mamlakatlarda bu kunda turli qiziqarli tomoshalar, aksiyalar, fleshmoblar o‘tkaziladi, bayram tadbirlari, tanlovlar tashkil etilib, sovg‘alar, turli tillarda bitilgan bezakli tashakkurnomalar tarqatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Belgilanmagan asoslar bo‘yicha transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlandi

🔰 Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

● yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslamada qayd qilinganda;
● transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasiga aloqador ekanligi haqida maʼlumotlar bo‘lganida;
● yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganligini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisaga oydinlik kiritishga to‘g‘ri kelganida;
● harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarishda;
● transportdan majburiy tartibda foydalanishga to‘g‘ri kelganida;
● maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;
● transportdan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, transport va yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

❗️Boshqa asoslarga ko‘ra transportning to‘xtatilishi taqiqlanadi.

📝 Transport hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirishda aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘riladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Taʼtil berish vaqti haqida xodim taʼtil boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.

🔰 Quyidagi xodimlarga taʼtil ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda berilishi kerak: ⬇️

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
I va II guruh nogironlariga;
1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;
taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga;
jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

💼 Taʼtildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Olis hududlardagi ishga jalb qilingan malakali mutaxassislarga har oylik kompensatsiya to‘lanadi

“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan olis va chekka hududlarda quyidagi imtiyozlar beriladi:

byudjet tashkilotlariga ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun BHMning 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi;

oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilingan shifokorlarga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.

Boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi soliq to‘lovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

Mazkur imtiyozlardan OTMning bakalavriati yoki magistraturasini (taʼlim shaklidan qatʼi nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega.

Bunda uy-joy uchun har oylik pul kompensatsiyasi mutaxassis ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oygacha to‘lanadi.

Oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi tegishliligi bo‘yicha olis va chekka hududda joylashgan bir byudjet tashkilotidan va (yoki) tibbiyot muassasasidan boshqasiga o‘tkazilganida, har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash belgilangan muddat tugagunga qadar davom ettiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Siz va oila aʼzolaringizni, yaqinlaringizni butun xalqimiz tomonidan keng nishonlanayotgan sharafli bayramingiz bilan qutlaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz.

Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi

“Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–663-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

📋 Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

📌 Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ishlarni nazorat tartibida ko‘rish instansiyasi tugatildi.

☑️ Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqqli ekanligi belgilandi.

🏢 Ishlar investitsiyaviy nizo bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ish bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra Oliy sud tomonidan ko‘riladi.

📝 Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

➡️ Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyati bo‘yicha iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli ekanligi belgilandi.

♻️ Nazorat instansiyasi bekor bo‘lgan bo‘lsada, kassatsiya tartibida ko‘rilgan ish takroran ko‘rilishi mumkin.

▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi

“Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–665-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

📝 Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

➡️ Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi.

☑️ Endilikda fuqarolar o‘z hisobidan maʼmuriy bayonnomaning ko‘chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.

📝 Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror ustidan maʼmuriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.

📌 Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.

Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lishi belgilandi.

♻️ Kassatsiya instansiyasi sudi maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘radi.

▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Maʼmuriy ishlar bo‘yicha apellyatsiya muddati uzaytirildi

“Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–662-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartishlar bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi tugatildi.

➡️ Biznes ombudsmanga birinchi instansiya sudining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati taqdim qilish huquqi berildi.

Apellyatsiya shikoyati qaror qabul qilingandan bir oy muddatda berilishi mumkinligi belgilandi (ilgari bu muddat 20 kun edi).

🗓 Apellyatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish masalasini hal etishga oid ajrim haqida ishtirok etuvchi shaxslar 3 kunda xabardor qilinadi (ilgari xabardor qilish ajrim chiqarilgan kunda amalga oshirilgan).

📝 Kassatsiya shikoyati apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilinganidan 1 yilda berilishi mumkin (ilgari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida berilishi mumkin edi).

📌 Shuningdek, manfaatdor shaxslar ishlarni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilishga haqli.

▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Endilikda sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov bo‘yicha olib boriladi

“Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–664-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Jinoyat ishlarini ham nazorat tartibida ko‘rish instansiyasi bekor qilindi.

➡️ Surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisi kotibi maʼlum bir ishda qatnashganidan so‘ng keyinchalik uni qayta ko‘rib chiqish uchun surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi mumkin.

Endilikda sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov bo‘yicha olib boriladi (ilgari haqiqatni aniqlash maqsadida – ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan boshqa shaxslarga nisbatan olib borilgan).

📌 Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash endilikda sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra ham amalga oshiriladi (ilgari ushbu tartib faqat prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshirilgan).

▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Toshkent shahrida yana bir xorijiy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–4942-son, 12.01.2021 y.) bilan Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi.

📌 Sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🔰 Filialda:
taʼlim jarayoni “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi (Universitet) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlari asosida rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi;
kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa taʼlim shaklida kadrlar tayyorlanadi;
taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

🏢 Filialga qabul parametrlari Filial tomonidan tasdiqlanadi.

🧾 Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

➡️ Bunda davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.

📌 To‘lov-kontrakt miqdori Filial tomonidan belgilanadi.

Filialda o‘qish bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

● Filologiya (sharq tillari bo‘yicha);
● Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha);
● Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar).

📋Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–661-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

📝 Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ishlarni nazorat tartibida ko‘rish instansiyasi tugatildi.

➡️ Fuqarolik ishining yakka tartibda va hayʼatda kassatsiya tartibida takroran ko‘rish 5 nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshirilishi belgilandi.

🔎 Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollarida ko‘rishi mumkin.

Shuningdek, prokuror fuqarolik ishlarida boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

☑️ Endilikda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin.

🗓 Apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘lsa apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida berilishi mumkinligi belgilandi.

🏢 Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan ko‘rilishi belgilandi.

▫️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin