Huquqiy axborot | Lotin
6.83K subscribers
3.38K photos
155 videos
2 files
7.33K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston XXI yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogar

Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida
Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 14-may, 401-son).

Qaror bilan yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi hamda uni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Dasturga koʻra, xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha jamgʻarma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi.

Eslatib oʻtamiz, navbatdagi XIX yozgi Osiyo oʻyinlari 2022-yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo oʻyinlari 2026-yil Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtishi belgilangan boʻlib, 2030-yil XXI yozgi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli Oʻzbekiston daʼvogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
“Oilaga huquqiy yordam” aksiyasi nihoyasiga yetdi

Adliya vazirligi tomonidan Xalqaro oilalar kuni munosabati bilan eʼlon qilingan “Oilaga huquqiy yordam” aksiyasi nihoyasiga yetdi.

Aksiya doirasida fuqarolardan 300 ga yaqin savollar kelib tushdi. Reglament doirasida kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar yoʻllandi.

Shuningdek, Adliya vaziri oʻrinbosari Akbar Tashkulov “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob berdi.

Onlayn-muloqotni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: https://bit.ly/2HkZSXq

Reglamentga muvofiq, aksiya soat 18:00 da nihoyasiga yetdi. Ammo fuqarolardan hamon savollar kelishda davom etmoqda.

Reglamentdan tashqari savollar boʻyicha http://advice.uz huquqiy axborot portali orqali onlayn maslahatchi xizmatidan foydalangan holda real vaqt rejimida javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Adliya vaziri buyrugʻi bilan vazirlik tasarrufidagi yuridik kollejlarga 2019–2020 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, 2019–2020 oʻquv yili uchun vazirlikning yuridik kollejlariga tegishli yoʻnalishlar (“Davlat xizmatlari boʻyicha yurist”, “Kadrlar masalalari boʻyicha yurist”, “Notariat boʻyicha yurist”, “Advokatura boʻyicha yurist”, “Ijro ishi boʻyicha yurist”, “Shartnomaviy masalalar boʻyicha yurist”, “Agrar sektorda yurist”) boʻyicha respublika miqyosida jami 3340 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Shundan:

👉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri yuridik kollejlariga – 300 nafardan;

👉 Namangan viloyati yuridik kollejiga – 250 nafar;

👉 Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona, Toshkent viloyatlari yuridik kollejlariga – 210 nafardan;

👉 Andijon, Jizzax, Navoiy viloyatlaridagi yuridik kollejlarga esa 180 nafardan oʻquvchi qabul qilinadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_aksiya
Adliya vazirligi fuqarolarning mulk huquqini himoya qiladi

🔹 Sizning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlaringiz buzilyaptimi?
🔹 Turar joyingiz qonunga xilof ravishda buzildimi?
🔹 Buzilgan imoratingiz uchun kompensatsiya toʻlanmayaptimi?
🔹 Sizga taklif etilgan kompensatsiya turi sizni qoniqtirmayaptimi?
🔹 Koʻchmas mulkka nisbatan egalik huquqini ololmayapsizmi?

Bunga barham berish vaqti keldi!

Adliya vazirligi joriy yilning 10-maydan — 30-iyun kuniga qadar fuqarolarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish boʻyicha AKSIYA eʼlon qiladi.

Buning uchun quyidagi havola orqali murojaat eting va oʻz huquqingiz himoya qilinishiga erishing: https://bit.ly/2YjRnTy

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Davlat xususiy mulkning but saqlanishini taʼminlash va uning koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi fuqarolarni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishga chaqiradi!

🔹Turar joyingizni noturar joyga aylantirmoqchimisiz?
🔹Qurib bitkazilgan obyektingizni foydalanishga qabul qilishmayaptimi?
🔹Murojaatingiz boʻyicha asossiz rad javoblari berilyaptimi?
🔹Sizni ovora qilishdimi yoki ortiqcha hujjat talab qilishdimi?
🔹Davlat xizmatlari oʻz vaqtida koʻrsatilmadimi?
🔹Davlat xizmatlari koʻrsatishda korrupsiya yoki taʼmagirlik holatlariga duch keldingizmi?

Bunday holatda darhol Davlat xizmatlari agentligining 1148 “ishonch telefoni” yoki Telegram messendjeridagi @davxizmataloqa_bot orqali murojaat qiling!

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident Farmoni (PF–5719, 15.05.2019-y.) bilan Navoiy viloyati 2030-yil 1-yanvargacha innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilandi.

Qimmatbaho toshlar va metallarni qayta ishlash sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish Navoiy viloyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

“Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomini olgan Navoiy viloyatidagi korxonalar quyidagilardan ozod etiladi:

👉 yer soligʻi, daromad soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan mulk soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq;

👉 oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlaridan;

👉 respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlaridan.

2019-yil 1-iyundan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar taʼsischilariga respublikadan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan, 3 yil amal qiladigan “investitsiya vizasi” beriladi.

Shuningdek, Farmon bilan “Navoiy” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Chora-tadbirlar doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 67 mlrd 735 mln soʻm mablagʻ ajratiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eʼlon
Notarius lavozimlariga tanlovni onlayn ravishda kuzatib boring

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2019-yilning 17-may kuni soat 10:00 da vakant notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi. Tanlov jarayonlarini Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti www.minjust.uz va Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Adliya bilan muloqot” sahifalari orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Mulkdorning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi.

Unga muvofiq qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.

Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi.

Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni uni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda qoplanishi kerak.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.

Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga oʻtkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga koʻra mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratilmaydi:

👉 ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;

👉 alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;

👉 savdo-vositachilikni amalga oshirish;

👉 umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;

👉 ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;

👉 maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti;

👉 mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (396-son, 13.05.2019 -y.) bilan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, kafolatni olish uchun shirkatlar tuman hokimligiga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

Hokimliklar 1 ish kunida hujjatlarni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimiga va moliya boʻlimiga yuboradi.

Mazkur organlar 5 ish kunida: ⬇️

👉 tanqidiy mulohazalar boʻlganida – rad etish sabablarini koʻrsatib hujjatlarni takroran taqdim etish uchun muddatni koʻrsatib hokimlikka yuboradi;

👉 tanqidiy mulohazalar boʻlmaganida – loyihalarning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani hokimlikka yuboradi.

Hokimliklar 5 ish kunida shirkatlarga kafolat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Shirkatlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelganida tijorat banki 3 ish kunida hokimliklarni xabardor qiladi.

Hokimlik 5 ish kunida xatni koʻrib chiqadi va shirkatning qarzini bankka qaytarish boʻyicha qaror qabul qiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi

Hukumat qarori bilan Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (2019-yil 16-may, 410-son).

Nizomga muvofiq, import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi quyidagicha:

👉 Davlat bojxona xizmati organlari soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisida maʼlumotlarni – Davlat soliq qoʻmitasiga, soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzstandart” agentligiga bojxona rasmiylashtiruvidan keyin uch kun muddatda taqdim etadi.

👉 Ushbu maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasida har bir import qiluvchi boʻyicha nazorat kartochkalari yuritiladi. Bunda maxsus dasturiy mahsulot orqali maʼlumotlar tahlil qilinadi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi (yuqori, oʻrtacha, past).

👉 Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.

👉 Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar faoliyati kameral nazoratdan oʻtkaziladi.

👉 Soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir ish kuni mobaynida talabnoma yuboriladi.

👉 Taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-oʻrganish oʻtkaziladi.

👉 Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar uch kundan kechiktirilmay huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (402-son, 15.05.2019-y.) bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, Qoʻmita monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qoʻmita Bosh vazirga hamda ayrim masalalar boʻyicha Prezidentga boʻysunadi.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Qoʻmita tarkibiga kiradi.

Qoʻmita xoʻjalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni taʼminlaydi.

Qoʻmita mulkchilik shaklidan qatʼi nazar monopoliya sohasida tadbirkorlar faoliyatini tekshiradi.

Qoʻmita raisi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Hukumat tomonidan doimiy ravishda Qoʻmita faoliyatining samaradorligi baholanib boriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda mulk egalariga ularning tanlashiga koʻra hamda tomonlarning kelishuvi boʻyicha ijtimoiy normadan (16 kvadrat metrdan) kam boʻlmagan teng qiymatli boshqa qulay uy-joy beriladi.

Dov-daraxtlarning qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uylar (kvartiralar), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymati toʻlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari boʻyicha bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi (412-, 413-, 415-son, 17.05.2019-y.).

Shunga koʻra, Kattaqoʻrgʻon tumanida sement ishlab chiqarish boʻyicha umumiy qiymati 340 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish natijasida 600 yangi ish oʻrni yaratiladi.

Mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Hengyuan cement” qoʻshma korxonasi 2021-yil 1-yanvarga qadar:

👉 yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi toʻlashdan;

👉 yer qaʼri uchastkasidan foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun toʻlanadigan “tijoratbop topilma bonusi” toʻlashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, 2021-yil 1-iyulga qadar viloyatda Bulungʻur suv omborini quriladi. Bu boʻyicha loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Loyihaning umumiy qiymati 46 mln AQSH dollaridan ziyodni tashkil etadi. Suv omborini ishga tushirish natijasida 51 nafar kishi yangi ish oʻrniga ega boʻladi.

2019–2022 yillarda Samarqand shahrida quriladigan, taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllari, barpo etiladigan tonnel va koʻpriklarning manzilli roʻyxati tasdiqlandi.

Shunga binoan, jami 2,7 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ uzunligi 103 km.ni tashkil etuvchi avtomobil yoʻllarining qurilish va taʼmirlanishi, tonnel va koʻpriklar barpo etilishi uchun sarflanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan (202 ming 730 soʻmdan) ikki baravarigacha (405 ming 460 soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga tibbiy xizmatlar qismida yagona soliq toʻlovidan ozod etiladi.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov miqdori shu xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan belgilanadi.

Bunda, belgilangan toʻlov miqdori tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan xizmatlarning ushbu turi uchun belgilangan toʻlovning cheklangan miqdoridan yuqori boʻlmasligi lozim.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yoʻl-patrul xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatilishi mumkin:

👉 yoʻl harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

👉 transport vositasi, haydovchi yoki yoʻlovchi qidiruvda ekanligi, yoʻl transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda;

👉 yoʻl transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini koʻrgan haydovchi yoki yoʻlovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

👉 vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash boʻyicha koʻrsatmalarini bajarish jarayonida;

👉 transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda;

👉 maxsus tadbirlarni oʻtkazish jarayonida;

👉 transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga koʻra transport vositalarining toʻxtatilishi taqiqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin