Huquqiy axborot | Lotin
6.17K subscribers
3.56K photos
168 videos
2 files
7.63K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Xalqaro_kun

Bugun Xalqaro yoshlar kuni

🗓 1999 yil 17 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi o‘zining 54/120-sonli rezolyutsiyasi bilan Xalqaro yoshlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi vazirlar konferensiyasining 12 avgustni Xalqaro yoshlar kuni deb eʼlon qilish haqidagi tavsiyasini maʼqulladi.

Ushbu kunda jahon hamjamiyatining diqqat-eʼtibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, milliy qonunchiligimizga ko‘ra 30 iyun O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan.

Shuningdek, joriy yil 30 iyunda Prezident Farmoniga asosan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️COVID-19 ga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

📋 Hukumatning tegishli qarori (474-son, 11.08.2020 y) bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati kengaytirilib, 5 turdagi tibbiyot buyumlari qo‘shildi.

💊 Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga ham tegishli o‘zgarishlar kiritildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_Lotin
#Kun_tarixi

🗓 13 avgust (2019 yil)

"Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida" Qonun qabul qilingan.

🔰 Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

👉 doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;

👉 yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.

➡️ Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya taʼsis etildi

“Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4802-son, 11.08.2020 y.) qabul qilindi.

🏢 Qarorga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.

📌 Markazning asosiy vazifalaridan biri islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʼrifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazishdir.

💼 Markaz direktori Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

☑️ Qaror bilan Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining tarkibi tasdiqlandi.

Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.

🧾 Qarorga ko‘ra, Imom Moturudiy nomidagi xalqaro stipendiya xorijiy tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun taʼsis etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi

“Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (480-son, 12.08.2020 y.) qabul qilindi.

🏢 Qarorga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi.

Ushbu kollejlar faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

♻️ Qarorga ko‘ra, mazkur kollejlarda taʼlim jarayoni ikki bosqichda: umumiy o‘rta taʼlim (VII-XI sinflar) hamda o‘rta professional taʼlim (XI sinfdan keyingi bir yillik taʼlim) bosqichlarida amalga oshiriladi.

⚽️ Shuningdek, ushbu kollejlarda 2020/2021 o‘quv yilidan futbol bo‘limlari tashkil etiladi va ularda futbol bo‘yicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.

📋 Qaror bilan Olimpiya zaxiralari kollejiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

🏫 Nizomga ko‘ra, o‘quvchilar kollejga 7-sinfdan tanlov asosida qabul qilinadi.

☑️ Tanlov kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida ikki bosqichda: umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

💼 Kollej bitiruvchilariga o‘rta professional taʼlim bosqichini tamomlaganlik to‘g‘risida beriladigan diplom kelgusida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Haydovchi YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatda avtomobil kabinasidan chiqishi shartmi?

❗️Qonunchilikka ko‘ra, YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini faqat quyidagi hollarda talab qilishga haqli:

👉 transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;

👉 haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;

👉 transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

👉 transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

👉 haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

👉 haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori vositalari taʼsirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda).

⚠️ Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati cheklangan holatlar bundan mustasno.

Yo‘l harakati qatnashchilari mazkur holatlardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishishga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

Men ishlayotgan korxonada shtatlar qisqarganligi sababli ogohlantirish xati berib, meni ishdan bo‘shatishdi. Mening ikki yoshli farzandim borligi sababli menga boshqa ish berishi kerak emasmidi? Qayerga murojaat qilsam bo‘ladi? (R. S. Samarqand shahri)

Mehnat kodeksiga muvofiq, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Bunda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.

Shu bilan birga, Kodeksda homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda ayrim kafolatlar belgilangan.

Jumladan, homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, korxonaning butunlay tugatilishi hollarida mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi mumkin.

Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to‘lovlar bilan taʼminlagan holda amalga oshiradi.

Ushbu holatda Siz mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqlisiz.

Mazkur bir oylik muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, sud tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Maʼlumot uchun, daʼvogarlar mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar yuzasidan sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bu_qiziq

Ajrashish taqiqlanadi

Yer yuzidagi faqat ikkita davlatda ajrashish qonun bilan taqiqlangan. Bular Vatikan va Filippin.

🇻🇦 Vatikanda 1629 yilda Rim papasi Klement VII tomonidan ajrashishni taqiqlash to‘g‘risida qonun qabul qilingan. 2015 yilda Papa Fransisk tomonidan bu qonunga bir muncha o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda mamlakat fuqarolariga alohida hollarda ajrashishga ruxsat berilishi mumkin.

🇵🇭 Filippinda ham bu qonun katolik mazhabi taʼsirida qabul qilingan. Faqat musulmonlar uchun katta sarf-xarajat va hujjatbozlik evaziga nikohni bekor qilishga ruxsat berilar edi. Keyingi yillarda mamlakatda ajrashishlarni soddalashtirish masalasi parlament tomonidan tez-tez muhokama qilinmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“COVID markaz” xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, markaziy va oilaviy poliklinikalar qoshida tashkil etilgan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilangan:

👉 vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;

👉 o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;

👉 kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln so‘m;

👉 boshqa xodimlarga – 500 ming so‘m.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Talabalar kontrakt pulini 4 ga bo‘lib to‘lashi mumkin

Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

• OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 baravarga qisqartiriladi;

• O‘zbekiston OTMlariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kvota bosqichma-bosqich 2 baravarga oshiriladi;

• respublika OTMlari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida 4 marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#So‘ragan_edingiz

📲 Assalom alaykum. Men xotinim bilan ajrashganman. Ikki nafar farzandim ham u bilan birga yashaydi. Hozirda sobiq xotinim boshqa turmush qurganligi sababli bolalarimni menga ko‘rsatmayapti. Bolalarimni ko‘rishim va ularning maktabdagi o‘qishi haqida maʼlumot olishim mumkinmi? (K.A. Qarshi shahar)

Oila kodeksiga muvofiq, boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va taʼlim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.

📝 Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish (shu jumladan bola bilan ko‘rishish) tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir.

📌 Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.

⚖️ Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

ℹ️ Boladan alohida yashayotgan ota (ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan o‘z bolasi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega.

Yuqoridagilarga asosan, bolalaringiz bilan ko‘rishish masalasida sobiq turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘zaro kelishuvga erisholmagan taqdiringizda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqlisiz.

Shu bilan birga, bolalaringizni maktabdagi o‘qishi to‘g‘risida taʼlim muassasasidan axborot olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

YPX xodimi avtomobilni nega to‘xtatganini tushuntirishi shart

❗️YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini tushuntirishga majbur.

🔍 YPX xodimi tomonidan transport vositasi hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha choralar ko‘radi.

➡️ Qoida buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovchiga dastlab sodir etgan qoida buzilishini tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘rishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi

“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda)(O‘RQ-633, 17.08.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida identifikatsiya qilinadi.

🔰 Shuningdek, Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini taʼminlash tartibi belgilanib, ular, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

👉 ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam ko‘rsatishni;

👉 vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitari-gigiyena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur ashyolar bilan taʼminlashni;

👉 ishga joylashishda, taʼlim olishda, kasbiy jihatdan yo‘naltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam ko‘rsatishni;

👉 ijtimoiy jihatdan qayta integratsiyaga, shu jumladan qarindoshlarni izlashida yordam ko‘rsatishni.

Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek ko‘rilgan xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi maʼlumotlar oshkor etilmasligi belgilandi.

▫️Qonun rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush eʼlon qilingan.

Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik taʼlim muassasalaridagi korrupsiya ko‘rinishi haqidagi maʼlumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborish mumkin.

Bunda, yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qatʼiy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maxsus platforma havolasiga o‘tish manzili: http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga elchixonalar biriktirildi

“Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4810-son, 17.08.2020 y.) qabul qilindi.

💰 Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatida 2020–2022 yillarda umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik 84 ta investitsiya loyihalari, bundan tashqari umumiy qiymati 516,8 mln dollarlik 26 ta istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

🗓 2021 yil 1 aprelga qadar 26 ta yirik investitsiya loyihalari bilan bir vaqtda viloyatning har bir tumanida qo‘shimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining (EIZ) qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan bo‘sh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytiriladigan hududlar belgilandi.

💼 Qarorga ko‘ra, EIZga O‘zbekistonning tegishlicha xorijdagi diplomatik vakolatxonalari biriktirildi.

📂 Biriktirilgan elchixonalar viloyat hokimligi bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan EIZda yangi investitsiya loyihalarini joylashtiradi.

➡️ Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Infratuzilma jamg‘armasi tashkil etilib, uning mablag‘lari EIZning kengaytirilgan hududlarida infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

📌 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida eksport qiluvchilarga temir yo‘l yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Haydovchi YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatda avtomobil kabinasidan chiqishi shartmi?

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xalqaro_kun

🗓 19 avgust

Bugun – Xalqaro insonparvarlik yordami kuni

📌 BMT Bosh Assambleyasining 2008 yil 11 dekabrdagi 63-sessiyasida qabul qilingan A/RES/63/139 sonli rezolyutsiyasiga asosan 19 avgust Xalqaro insonparvarlik yordami kuni (World Humanitarian Day) deb eʼlon qilingan.

2003 yil 19 avgust kuni BMTning Bag‘dod shahridagi vakolatxonasida yuz bergan terrorchilik harakati natijasida 22 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan, ular orasida tashkilotning taniqli vakili Serjiu Viyeyra di Mellu ham bor edi.

Ushbu kunda o‘z insonparvarlik burchini bajarish yo‘lida jonini fido qilganlar, millionlab insonlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatayotganlar eʼtirof etiladi.

Shuningdek, kun dunyo bo‘ylab insonparvarlik yordamiga doimiy ehtiyoj borligini va bu borada xalqaro hamkorlik qilish muhimligini eslatib turadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

🔸 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 679 330 so‘m;
🔸 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 238 610 so‘m;
🔸 eng kam yoshga doir pensiyalar – 466 680 so‘m;
🔸 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – 466 680 so‘m;
🔸 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 286 390 so‘mdan iborat.

Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan, 2020 yil 1 sentyabrdan pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshirildi va quyidagicha belgilandi:

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 262 470 so‘m;
🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 513 350 so‘m;
🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 513 350 so‘m;
🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 315 030 so‘m.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2020

Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar ro‘yxati

Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, test sinovlari 40 ta stadion va xiyobonlar (65 ta sektor)da o‘tkaziladi:

◽️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 ta hudud (4 ta sektor);
◽️ Andijon viloyati – 1 ta hudud (6 ta sektor);
◽️ Namangan viloyati – 4 ta hudud (4 ta sektor);
◽️ Farg‘ona viloyati – 6 ta hudud (6 ta sektor);
◽️ Buxoro viloyati – 3 ta hudud (3 ta sektor);
◽️ Xorazm viloyati – 2 ta hudud (3 ta sektor);
◽️ Surxondaryo viloyati – 4 ta hudud (4 ta sektor);
◽️ Qashqadaryo viloyati – 1 ta hudud (4 ta sektor);
◽️ Jizzax viloyati – 2 ta hudud (3 ta sektor);
◽️ Navoiy viloyati – 2 ta hudud (2 ta sektor);
◽️ Samarqand viloyati – 4 ta hudud (7 ta sektor);
◽️ Sirdaryo viloyati – 2 ta hudud (2 ta sektor);
◽️ Toshkent shahri – 6 ta hudud (17 ta sektor).

🏟 2020-2021-o‘quv yili qabulida OTMning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar ro‘yxati:

👉 https://dtm.uz/page/stadionlar_royxati_2020

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi

“O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (494-son, 18.08.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi hamda Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

♻️ Muvofiqlashtiruvchi kengash, jumladan, chora-tadbirlar dasturining bajarilishini tahlil qiladi hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam ko‘rsatadi.

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Turkiya Hukumatining texnik ko‘magi kengaytiriladi va yetakchi turk ekspertlari jalb qilinadi:

👉 sog‘liqni saqlash infratuzilmasi obyektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish;

👉 seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish;

👉 yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish;

👉 “elektron hukumat” sohasida Turkiyaning eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish.

🏢 2020 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 20 avgust (1999 yil)

Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan

Qonunga muvofiq, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari, telegraf va boshqa xabarlarning sir tutilishini buzishga hech kimning haqqi yo‘q.

❗️Barcha operatorlar va provayderlar ushbu so‘zlashuvlar va xabarlarning sir tutilishiga rioya etilishini taʼminlashlari shart.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatilayotgan xabarlar to‘g‘risidagi maʼlumot, shuningdek xabarlarning o‘zi faqat bunday xabarlarni jo‘natuvchilar va ularni oluvchilarga yoki ularning qonuniy vakillariga berilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin