#Bilasizmi
❗️Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-1-moddasiga muvofiq ish joylarida, sog‘liqni saqlash, taʼlim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish (maxsus joylar bundan mustasno) — BHMning uchdan bir qismi miqdorida (74 333 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

✅ Maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
• qonuniylik;
• mutanosiblik;
• ishonchlilik;
• tinglanish imkoniyatining mavjudligi;
• maʼmuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi;
• manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi;
• byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi;
• mazmunan qamrab olish;
• maʼmuriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi;
• teng huquqlilik;
• ishonchning himoya qilinishi;
• maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi;
• tekshirish.
❗️Muhim! Maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik maʼmuriy hujjatlar (harakatlar) bekor qilinishiga yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi.

Xodimning ish haqidan ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladimi?
Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
✅ Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin: ⬇️
👉 belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish uchun;
👉 sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
👉 oldindan berilgan maqsadli pullar (masalan, xizmat safarlari uchun berilgan va ishlatilmay qolingan avans) boʻyicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha toʻlangan summani qaytarib olish uchun;
👉 mehnat taʼtili boʻyicha hisob-kitob qilish uchun;
👉 xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun;
👉 intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.
Ish haqidan ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimning ish haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim. Ushbu cheklov aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (398-son, 22.06.2020 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga muvofiq, kooperatsiyalarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
👉 Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilmayotgan bo‘sh yer maydonlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxirasiga o‘tkazilishini taʼminlaydi;
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari kooperatsiyalar va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
👉 Kooperatsiyalar paxtani qabul qilib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksport qilish bo‘yicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi.
Tegishli Hukumat qarorlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga belgilangan imtiyozlar kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi.
Kooperatsiyalarga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkil etilmagan hududlardagi paxta tozalash korxonalari ixtiyoriy ravishda aʼzo bo‘ladi.
Kooperatsiyalar aʼzolari tomonidan yetishtirilgan paxtani paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) ko‘rsatiladi.
Qaror bilan shuningdek, Fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

❗️Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin
✅ O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining
👉 Davlat bayrog‘iga;
👉 Davlat gerbiga;
👉 Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish
⚖️ 5 mln 575 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚡️ Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (402-son, 23.06.2020 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi: ⬇️
🔻 kam taʼminlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
🔻 to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
🔻 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
🔻 shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
🔻 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
🔻 nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
🔻 oliy maʼlumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).
✅ Nizom bilan tavsiyanoma olish tartibi belgilandi.
☑️ Unga ko‘ra, har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi.
➡️ Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10 mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadi.
🌐 Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxati har yili 15 iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
⏳Tavsiyanoma oliy maʼlumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
❗️Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

⚡️ Toshkentda yana bir xalqaro universitet tashkil etildi
🏢 Hukumat qarori (23.06.2020 yil, 404-son) bilan “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti tashkil etildi.
☑️ Qarorga muvofiq, yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini joriy etish orqali respublika iqtisodiyoti real sektorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
❕Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
🏫 Universitetga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlarini o‘tkazish va chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish uchun xorijiy hamkor sifatida “The Times Higher Education World University Rankings” reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarini belgilash va Universitet bazasida ularning filiallarini ochish huquqi berildi.
✅ Universitetda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari bo‘yicha o‘zbek, ingliz hamda boshqa tillarda amalga oshiriladi.
🧾 Universitet bitiruvchilariga uning xorijiy hamkor universitetlarining O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi yoki belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
📂 Universitetning magistratura taʼlim bosqichi bitiruvchilari Xalq taʼlim vazirligi hamda Vazirlari Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbar kadrlari zaxirasiga kiritiladi.
📌 Bundan tashqari, Xalq taʼlimi vazirligiga istisno tariqasida universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun eng yaxshi shartlarni taklif etgan potensial investorni tanlash hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyat shartlarini belgilash huquqi berildi.

⚠️ 2020 yil 1 fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
👉 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 soʻm;
👉 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 soʻm;
👉 eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 soʻm;
👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 soʻm;
👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 soʻmdan iborat.
Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 soʻmni tashkil qiladi.

Shaxslar qanday hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin?
🔰 Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:
👉 ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
👉 uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
👉 ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir ko‘rsatsa;
👉 muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
👉 o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
❗️Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

Voyaga yetmaganlarning xususiy mulki haqida nima bilasiz?

#Qabul_2020
Respublikaning 8 ta tumanida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish DXMlarda amalga oshiriladi
🔰 Davlat komissiyasining bayoni bilan quyidagi 8 ta tumanda Davlat xizmatlari markazlari orqali 2020/2021 o‘quv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:
👉 Mo‘ynoq tumani DXM;
👉 Konimex tumani DXM;
👉 Tomdi tumani DXM;
👉 Uzun tumani DXM;
👉 Boysun tumani DXM;
👉 So‘x tumani DXM;
👉 Farg‘ona tumani DXM;
👉 Sardoba tumani DXM.
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi

Quyidagi ishlarda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
👉 yer osti, suv osti, xavfli balandlikda yoki yopiq muhitda bajarish;
👉 xavfli mexanizmlar, asbob va uskunalar bilan bogʻliq boʻlgan;
👉 xavfli buyumlar yoki jarayonlar, harorat, shovqin yoki toʻlqinlanish darajasining yuqori taʼsirida voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga zarar yetkazishga olib keladigan zararli sharoitlardagi;
👉 ogʻir mehnat sharoitlarida bajariladigan (ish vaqtining davomiyligi uzoq boʻlgan, tungi ishlar va boshqalar bilan bogʻliq boʻlgan);
👉 oʻzining xususiyati bilan bunday toifadagi xodimlarning axloq-odobiga zarar yetkazadigan;
👉 belgilab qoʻyilgan normadan ortiq ogʻir yuk koʻtarishi va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda.
18 yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari bilan bogʻliq ishlar roʻyxati va 18 yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalari chegarasi Bandlik va mehnat munosabatlari va Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan belgilanadi.

Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

🔰 Quyidagi xodimlarga taʼtil ularning xohishiga koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda berilishi kerak:
🔸 oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
🔸 I va II guruh nogironlariga;
🔸 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
🔸 oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga;
🔸 taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotganlarga;
🔸 jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

❗️ Daʼvogarlar mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

❗️Maʼmuriy bayonnoma planshet orqali rasmiylashtirilishi mumkin
“Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (407-son, 24.06.2020 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga muvofiq, “Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv” loyihasi bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
🔰 Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:
♻️ maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli organlar, sudlar va majburiy ijro byurosi, shuningdek, boshqa tashkilotlarning elektron axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish;
🖥 maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish yuritishda foydalaniladigan protsessual hujjatlarning yagona elektron bazalarini shakllantirish;
✂️ maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritishda ortiqcha bosqichlarni bekor qilish va muddatlarni qisqartirish orqali ish yuritish tartibini soddalashtirish.
🏢 Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirish va yuritish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilandi.
📌 Loyihani Toshkent shahri hududida amalga oshirish doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
📃 Unga ko‘ra, vakolatli mansabdor shaxs huquqbuzarlikni aniqlashi bilan birgalikda maxsus mobil qurilma (planshet) orqali maʼmuriy bayonnomani tuzadi va huquqbuzarga ushbu bayonnomaning elektron yoki qog‘oz shaklini taqdim etadi.
✍️ Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs agar uni o‘zi sodir etganligiga eʼtiroz bildirmasa, bayonnomani planshetdagi maxsus skanerlovchi uskuna orqali barmoq izlarini tushirish yo‘li yoki elektron grafik imzosi bilan tasdiqlaydi.
💰 Shuningdek, huquqbuzarga “Elektron hukumat” ning yagona billing tizimi orqali masofaviy to‘lash imkoniyati yaratiladi.
☑️ Qarorda soddalashtirilgan tartibda ish yuritilmaydigan holatlar ham belgilab berildi.
❕Jumladan, soddalashtirilgan tartibda ish yuritishga huquqbuzar yoki jabrlanuvchi eʼtiroz bildirganda, huquqbuzarlik uchun jarimadan boshqa turdagi jazo nazarda tutilgan holatlarda ish soddalashtirilgan tartibda yuritilmaydi.

#Adliya_tabrigi
Hurmatli jurnalistlar, sizni 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!
Kasbingizning asl mohiyati so‘z orqali jamoatchilik aloqalarini rivojlantirish, kishilar ongiga taʼsir o‘tkazishdan iboratdir. Eʼtirof etish joiz, fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashga, yoshlarning huquqiy ongini oshirishga, ularni rostni yolg‘ondan ajratishga qodir etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Bundan keyingi faoliyatingiz ham ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishiga tilakdoshmiz. Sizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Adliya vazirligi jamoasi

❗️Xususiy muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlariga soliq imtiyozlari beriladi
2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.

Haydovchilarga harakatlanish tezligi bilan bogʻliq quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
🔸 tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;
🔸 tezlikni transport vositasiga oʻrnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida koʻrsatilganidan oshirish;
🔸 zaruriyat boʻlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;
🔸 yoʻl-transport hodisasining oldini olish zaruriyati boʻlmaganda keskin tormoz berish.

Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlari yana-da takomillashtiriladi

Ayrim bemorlar dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi