Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
201 videos
2 files
7.8K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

👉 qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

👉 noturar joylarni;

👉 36 kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi

“Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

📌 Farmonga muvofiq, belgilangan sanitariya-gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020-yilning 1-iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi va yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obyektlari hamda boshqalar) faoliyati boshlanadi.

♻️ Fuqarolariga Oʻzbekistonga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar roʻyxatini belgilab olgan holda kirish turizmi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

🔰 Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) uchun:

🔺 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar foyda soligʻi stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;

🔺 2020 va 2021-yil yakunlari boʻyicha zararlarni Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda oʻtkazish huquqi beriladi;

🚫 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi.

▫️ Shuningdek, joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻimni toʻlashni 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda toʻlash asosida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi huquqi

Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi huquqlari: ⬇️
👉 tovarni shunday markali tovarga almashtirib olish;
👉 tovarni boshqa markali (modelli) tovarga almashtirib, narxini qayta hisob-kitob qilish;
👉 nuqsonlarni bepul bartaraf etishni yoki xarajatlarni qoplashni talab qilish;
👉 narxni nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
👉 shartnomani bekor qilish va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Mazkur huquqlarni amalga oshirish uchun tovarning nuqsoni quyidagi muddatlarda aniqlangan boʻlishi lozim, yaʼni: ⬇️
👉 tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida;
👉 kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar boʻyicha 6 oy mobaynida;
👉 koʻchmas mulk isteʼmolchiga sotilgan kundan boshlab 2 yil ichida;
👉 mavsumiy tovarlar uchun Hukumat tomonidan belgilangan muddatda.

Nuqsonli tovar sotuvchiga quyidagilar bilan birga qaytariladi: ⬇️
👉 tovarning kassa (tovar) cheki;
👉 tovarning texnik pasporti (kafolat muddati belgilangan tovarlar uchun).

Isteʼmolchi tovarda kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi): ⬇️
👉 uni ayni shunday markali tovarga 7 kunlik muddatda;
👉 tovar sifatini qoʻshimcha tekshirish zarur boʻlganida 20 kun ichida;
👉 ayni shunday markali tovar boʻlmaganda 1 oy ichida;
👉 choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda esa ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin 2 oydan kechiktirmay almashtirib berishi shart.

Isteʼmolchi sifatli nooziq-ovqat tovarini (masalan, sovun, idish-tovoq, oʻyinchoqlar, kanselyariya mollari va shu kabilar) sotib olgan kunidan boshlab 10 kun ichida ayni shunday tovarga almashtirib olishga haqli.

Agar sotuvchida bunday tovar mavjud boʻlmasa, isteʼmolchi toʻlangan pulni qaytarib olishi mumkin.

Almashtirilayotgan tovarlarning narxida tafovut boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinadi.

Sotuvchi tomonidan nuqsonli tovarni almashtirib berish rad etilsa: ⬇️
👉 vakolatli organlarga;
👉 sud organlariga murojaat qilish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi sotayotgan tovar (ish, xizmat) lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart.

Tovar (ish, xizmat) haqidagi maʼlumotda quyidagilar koʻrsatilishi shart: ⬇️
👉 tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart boʻlgan normativ hujjatning nomi;
👉 tovar (ish, xizmat)ning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan, oʻziga xos xususiyatlari roʻyxati;
👉 bahosi (tarifi) va sotib olish shartlari;
👉 ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
👉 tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
👉 tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin isteʼmolchi nima ishlar qilishi zarurligi;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, roʻyxatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;
👉 ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular isteʼmolchidan daʼvo qabul qilishga vakolat bergan korxonalarning manzillari;
👉 tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;
👉 teatr-konsert tadbirlari oʻtkazilayotganda fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisidagi axborot.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi isteʼmolchi tegishli talab qoʻygan paytdan eʼtiboran 20 kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, 10 kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

👉 so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
👉 belgilanmagan transport vositalarida yetkazib berilgan bo‘lsa;
👉 veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
👉 ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi maʼlumotnomasi bo‘lmasa;
👉 veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi bo‘lmasa;
👉 oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, parrandalarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
👉 xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan bo‘lsa;
👉 veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan reklamaga qanday cheklov bor?

🚫 Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi reklama taqiqlanadi:

🔸 faqat voyaga yetganlarga mo‘ljallangan yoki voyaga yetmaganlarning olishi yoxud isteʼmol qilishi taqiqlangan mahsulotni voyaga yetmaganlar isteʼmol qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama;

🔸 voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga daʼvat qiluvchi reklama;

🔸 haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanilgan reklama.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini (schyotchik) ko‘zdan kechirish soat 08-00 dan 20-00 gacha amalga oshiriladi.

📋 Majburiy ijro byurosi xodimini tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘ymaslik holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

⚠️ Isteʼmolchi mazkur dalolatnoma bilan tanishishi lozim.

Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, dalolatnomada bu qayd etiladi.

❗️Rad etish holati ikki guvoh yoki mahalla yig‘ini vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak.

🔰 Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega va bu dalolatnomaga qayd etilishi shart.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Xodimlarga 15 ish kunidan kam boʻlmagan muddat bilan yillik asosiy taʼtil beriladi.

Quyidagilarga yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi:
👉 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga – 30 kalendar kun;
👉 ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun.

Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni eʼtiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan taʼtillar belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi. 2019-yil 15-avgustdan kompensatsiya miqdori 75 000 soʻmni tashkil etadi.

Kompensatsiya olish huquqiga ega shaxslar roʻyxati: ⬇️
👉 urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;
👉 I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Kompensatsiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ⬇️
👉 ariza;
👉 pasport nusxasi;
👉 imtiyozga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);
👉 tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib boʻlish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);
👉 avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;
👉 haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏡 Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qancha?

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi
va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi viloyat hokimliklari tomonidan 1 kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – 23 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.

Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki 18 kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi.

Ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Mol-mulk solig‘i haqida nima bilasiz?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tezlikka rioya qiling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Notoʻgʻri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Davlat organi hujjatiga ishonib harakat qilgan shaxsning ishonchi Qonun bilan himoya qilinadi

📃“Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, manfaatdor shaxs davlat organi tomonidan berilgan maʼmuriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, maʼmuriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, o‘z mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki maʼmuriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan bo‘lsa, uning ishonchi himoya qilinishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:
👉 xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;
👉 xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelishi.

Quyidagilar uchun dastlabki sinov belgilanmaydi:
👉 homilador ayollar;
👉 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
👉 korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
👉 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘qishni tamomlagach 3 yil ichida birinchi marta ishga kirayotganida;
👉 xodimlar bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan maʼmuriy hujjat shaklidan xabardormisiz?

☑️ “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, maʼmuriy hujjat qoida tariqasida yozma shaklda qabul qilinadi.

📝 Yozma maʼmuriy hujjat maʼmuriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial organ aʼzolari tomonidan imzolanishi va maʼmuriy organning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega:

👉 Onkologik kasalliklarga chalinganlar;

👉 Sil kasalligiga chalinganlar;

👉 Moxov kasalligiga chalinganlar;

👉 Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;

👉 Ruhiy kasalliklarga chalinganlar;

/👉OIV kasalligini yuqtirganlar;

👉 Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;

👉 O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

👉 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

👉 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;

👉 Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;

👉 Baynalmilalchi jangchilar;

👉 Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Transport vositalariga davlat raqami belgilarini berganlik uchun to‘lovlar miqdori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Yoʻl harakati qatnashchilari yoʻl-patrul xizmati (YPX) xodimlari bilan munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:
👉 YPX xodimi tomonidan toʻxtatish asoslari hamda qoidalarning qaysi bandi buzganligi toʻgʻrisida tushuntirish berishni talab qilish;
👉 transport vositasini toʻxtatgan YPX xodimidan oʻzini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini koʻrsatishini va koʻkrak nishon belgisini maʼlum qilishini talab qilish;
👉 xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;
👉 YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatini oʻziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (taqiqlangan belgi mavjud hududlardan tashqari);
👉 qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatga kirishish;
👉 sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
👉 huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini koʻrsatishni talab qilish;
👉 huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
👉 asossiz toʻxtatib turilmasligini talab qilish;
👉 YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi koʻzdan kechirish jarayonida ishtirok etish;
👉 oʻzi toʻxtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi dislokatsiya koʻchirmasi bilan shu joyning oʻzida tanishish;
👉 maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilganidan soʻng YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf boʻlimi boshligʻidan dislokatsiya haqida yozma maʼlumot berishni talab qilish;
👉 oʻziga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va boshqa ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan oʻz hisobidan nusxa koʻchirish yoki ularni fotosuratga olish;
👉 YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish;
👉 oʻzi guvohi boʻlgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy maʼlumotni bayon qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin