Huquqiy axborot | Lotin
6.26K subscribers
3.57K photos
175 videos
2 files
7.66K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi
Ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2522-2, 11.06.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda omnopon inyeksiyasi uchun 2 % 1 ml eritma ham imtiyozli asosda beriladi.

Ilgari faqat omnopon inyeksiyasi uchun 1 % 1 ml eritma berilgan.

Bundan tashqari, quyidagilar ham imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritildi:
👉 trifluoperazin (tabletka 5 mg);
👉 fluferazin (inyeksiya uchun eritma 25mg/1 ml);
👉 olanzapin (tabletka 5 mg).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.)

Amaldagi tartibga koʻra, telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikatsiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, telekommunikatsiya operatori mazkur arizalar roʻyxatga olingan kundan boshlab 10 kunda qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Ilgari bu muddat 30 kun edi.

Endilikda, agar abonent telefon aloqasidan foydalanish toʻxtatib quyilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlari boʻyicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bir tomonlama bekor qiladi.

Ilgari mazkur muddat bir oyni tashkil qilgan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3167, 11.06.2019-y.)

Qonunchilikka muvofiq, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun toʻlov, bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari (304 ming 095 soʻm) etib belgilandi.

Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (2019-yil 4-iyun, PF-5738)

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi tashkil etildi.

Boʻlim faoliyati Bosh vazir tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Boʻlim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Shargʻun shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni samarali hal etilishini taʼminlaydi.

Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarni ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, shaharlarda aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash kabi vazifalar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Shaharlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (480-son, 2019-yil 11-iyun) qabul qilindi.

“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi boshqaruv xodimlari soni 5 nafar, davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etildi.

Qaror bilan:
👉 EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar;
👉 “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUK tuzilmasi;
👉 “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUK ustavi tasdiqlandi.

Ustavga koʻra EIZni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek EIZ qatnashchilariga xizmat koʻrsatishdan hamda Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan foyda olish direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Akbarxon Abbasovich Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlandi.

A.Yuldashev bungacha Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining Energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari va sanoat xavfsizligi masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bu_muhim
Qaysi OTMlarda DXM orqali hujjat topshirish mumkin?

Bir necha oylardan buyon internet, OAV va bosma matbuot nashrlari sarlavhalari milliy oliy taʼlim oʻquv yurtlarga qabul qilish uchun hujjatlarni topishirish tartibidagi oʻzgarishlarga bagʻishlangan edi.

Muhim yangiliklardan biri — qator oliy taʼlim muassasalarga abituriyentning joylashishi va yashash joyidan qatʼiy nazar, onlayn tarza my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlari yordamida hujjat topshirish imkoniyati yaratilgani hisoblanadi.

Bugungi kunda respublikamizning har bir tumanida 201 ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50 dan ortiq shoxobchalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Quyidagi roʻyxatdagi OTMlarga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
3. Guliston davlat universiteti;
4. Fargʻona davlat universiteti;
5. Samarqand davlat universiteti.

Aytgancha, oʻtgan yili hujjatlarni tajriba tariqasida qabul qilish tartibi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan sinovdan oʻtkazildi.

Natijada — mamlakatimizning 7 mingdan ziyod oilalari 1,5 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni tejab qolishdi.

Mutaxassislarning oʻrtacha hisobiga koʻra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan OTMlarga hujjatlarni topshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi natijasida aynan shuncha mablagʻlar oilalar byudjetida saqlab qolingan.

Bir qator hujjatlar uchun qoʻshimcha harajatlar kamaytirildi — 086-sonli tibbiy maʼlumotnoma, yashash joyidan maʼlumotnoma, fotosuratlar, shuningdek, poytaxtga kelib-ketishga va bu yerda yashash bilan bogʻliq harajatlar qisqartirildi.

Shunday qilib, Oʻzbekiston aholisi mablagʻlari oilaviy byudjetda qolib, qoʻshimcha hujjatlar olish va universitetga kelib-ketish uchun sarflangan qimmatli vaqti tejaldi.

Bugun DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat soʻraladi:
- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);
- umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

Imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Baxriddin Tavasharovich Berdiyarovga Bank-moliya akademiyasi rektori vazifasini bajarish ham yuklandi.

Eslatib oʻtamiz, B. Berdiyarov ayni vaqtda mazkur Akademiyaning Moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bolalarni davlat maktablariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan (478-son, 2019-yil 11-iyun) Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Endilikda koʻchmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish boʻyicha bitimni notarial tasdiqlash uchun:
👉 koʻchmas mulkning kadastr pasporti (ilgari koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi);
👉 agar koʻchmas mulkning qurilishi tugallanmagan boʻlsa – yer uchastkasiga hamda qurilishi tugallanmagan obyektga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma (ilgari mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) taqdim etiladi.

Shuningdek, kiritilgan qoʻshimchaga muvofiq yuridik shaxslarning koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning oʻz xohishiga koʻra amalga oshiriladi hamda majburiy tusga ega emas.

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga quyidagicha oʻzgartirish kiritildi.

Yaʼni, endilikda qurilish organi hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishilgan dalolatnoma kelib tushishi bilan bir kunlik muddatda davlat kadastr korxonasi filiali koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda QR-kodli dalolatnoma va kadastrdan koʻchirmani Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi ularni ariza beruvchiga bir soat ichida qogʻoz yoki elektron koʻrinishda yetkazishi shart. Bunda QR-kodli elektron hujjatlar asli bilan bir xil kuchga ega (ilgari ariza beruvchiga faqatgina dalolatnomani qogʻoz yoki elektron koʻrinishda taqdim etish belgilangan boʻlib, elektron shakldagi hujjatlarni QR-kodlash nazarda tutilmagan edi).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida qarori (486-son, 11.06.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan:

👉 mazkur hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi;

👉 Chilonzor tumanida koʻp kvartirali uy-joylarni professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish boʻyicha tajriba joriy etilishi belgilandi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Maktabgacha taʼlim tizimiga ilgʻor axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi (487-son, 11.06.2019-y.)

Qarorga muvofiq, maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi vazirlik muassisligidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat etib qayta tashkil etildi.

Qaror bilan Innovatsion markazning asosiy vazifalaridan etib quyidagilar belgilandi:
👉 boshqaruvning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va maktabgacha taʼlim sohasiga joriy etish;
👉 taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimning tegishli ravishda ishlashini taʼminlash;
👉 maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Innovatsion markaz 2022-yil 1-yanvargacha, istisno tariqasida, barcha soliqlardan ozod etildi.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Shahrisabzda 2 ta oliy oʻquv yurtining filiali tashkil etildi

Hukumat qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi (2019-yil 11-iyun, 488-, 489-son)

Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Mazkur Filiallarda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu Filiallarning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi.

Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (484-son, 11.06.2019-y.) bilan 2019–2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi

Strategiya doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
👉 muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziladi;
👉 Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi;
👉 Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh soni 1000 ga yetkaziladi;
👉 davlat qoʻriqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy boʻgʻinli yagona tizimi ishlab chiqiladi;
👉 zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS–texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot maʼlumotlar bazasi ishga tushiriladi;
👉 har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklar geobotanik tekshiruvdan oʻtkaziladi;
👉 bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiya qilinadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (492-son, 13.06.2019-y.) bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, ilgari ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Ulugʻbek Ilyasovich Inoyatov Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi etib saylangan edi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Oliy taʼlim muassasalariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirilganida joriy yil bitiruvchilaridan hamda nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslardan toʻlov undirilmaydi.

Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 soʻm) miqdorida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali esa mazkur toʻlovning 90 foizi (91 ming 228 soʻm) unidiriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (490-son, 12.06.2019-y.) bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Filialda bakalavriatning 3 yillik dasturi boʻyicha yuridik kadrlar tayyorlanadi va oliy noyuridik maʼlumotga ega kadrlar maxsus 6 oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlanadi.

Bakalavriatga 18 yoshdan kichik va 25 katta boʻlmagan, sogʻligʻi holatiga koʻra xodim yoki harbiy xizmatchining majburiyatlarini bajara oladigan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada boʻlgan fuqarolar test sinovi asosida qabul qilinadi.

Bitiruvchilar Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida 5 yil ishlab berishi lozim.

Filialga qabul 15-iyundan 15-iyulgacha amalga oshiriladi.

Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
👉 pasport nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
👉 imtiyozni tasdiqlovchi hujjat agar mavjud boʻlsa;
👉 taʼlim muassasasini tugatganlik toʻgʻrisidagi hujjat;
👉 harbiy guvohnoma;
👉 doimiy propiska boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
👉 6 ta 3,5x4,5 sm fotosurat;
👉 sudlangan yoki sudlanmaganlik boʻyicha maʼlumotnoma.

Qayta tayyorlash kursiga kirish uchun talabgorlar ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qoʻmondoni nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.

Qayta tayyorlash kursiga kirish uchun suhbat oʻtkaziladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritildi (493-son, 13.06.2019-y.)

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli artistlari va badiiy xodimlariga:
👉 uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik taqdirlash puli;
👉 pensiyaga chiqishda – imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlar uchun eng kam oylik ish haqining 75 foizi (152 ming soʻm) miqdorida, artistlar va badiiy xodimlar uchun 50 foiz (101 ming 365 soʻm) miqdorida oylik ustama toʻlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (2019-yil 13-iyun, 494-son)

Qarorga muvofiq, foydalanishga topshirilganiga kamida 10 yil boʻlgan ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida quyidagi davriylikda majburiy tarzda bepul texnologik audit oʻtkaziladi:
👉 yirik turdagi ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida har 3 yilda bir marta;
👉 kichik turdagi ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida har 5 yilda bir marta.

Texnologik auditdan oʻtkazishning boshlanish sanasi texnologik audit oʻtkazuvchi va eksplautatsiya tashkilotlarining kelishuvlariga asosan belgilanadi.

Texnologik audit oʻtkazilishidan 20 kun oldin eksplautatsiya tashkilotlari tomonidan texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlar boʻyicha inventarizatsiya pasporti tayyorlanadi va tasdiqlanadi.

Inventarizatsiya pasporti texnologik audit oʻtkazishning boshlanish sanasidan 10 kun avval auditdan oʻtkazuvchiga taqdim etilishi shart.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin