Huquqiy axborot | Lotin
6.25K subscribers
3.57K photos
176 videos
2 files
7.67K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi
Fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish davri, shu jumladan chet elda oʻqish davri pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Mazkur davrlar fuqarolarning umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshiladi.

Nogiron boʻlib qolgan shaxslar stajiga esa ushbu davrlar ish staji muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning ayrim qarorlariga oliy taʼlim muassasalarining taʼlim berish jarayoniga noyob isteʼdodli va mahoratli mutaxassislarni jalb etishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (473-son, 08.06.2019-y.)

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari uchun tanlovlarda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, oliy taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimlar lavozimi uchun tanlovlarda, istisno tariqasida tasviriy va amaliy sanʼat sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega shaxslar hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari qatnashishi mumkinligi belgilandi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Oʻqituvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun pul toʻlaydilarmi?

Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.

Tibbiy koʻrikdan oʻtish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 11-iyun holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8518.68 (+5.11) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9652.52 (+145.42) ↑

🇷🇺 1 RUB = 131.33 (+0.92) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 8-iyun, 474-son)

Qaror bilan Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga koʻra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash, litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Inspeksiya boshligʻi Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Hukumat tomonidan tayinlanadi.

Qaror bilan shuningdek, Inspeksiyaning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi hamda Isteʼmol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Bunda, Jamgʻarma mablagʻlari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish kabi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident qaroriga muvofiq, ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilinishi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan “Ayollar mehnati toʻliq yoki qisman qoʻllanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxati”ni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 865-1, 10.06.2019-y.).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (475-son, 08.06.2019-y.) bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Roʻyxatda shu paytgacha 84 ta tashkilot mavjud edi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi?
Qonunchilikka muvofiq, maktablarning 1 – 4 sinf chet tillarini oʻrganish xonasida quyidagi jihozlar boʻlishi lozim:

👉 oʻqituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk);
👉 ovoz chiqargich (dinamik);
👉 optik sichqoncha;
👉 videoproyektor;
👉 proyektor uchun ekran;
👉 kompyuter uchun TV-tyuner.

Shuningdek, quyidagi qoʻshimcha uskunalar:
👉 statsionar DVD-magnitola;
👉 oʻquv koʻrgazmali qurollar (lugʻat, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda oʻzbek xalq ertaklari);
👉 elektron doska.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega:

👉 onkologik kasalliklarga chalinganlar;
👉 sil kasalligiga chalinganlar;
👉 moxov kasalligiga chalinganlar;
👉 endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
👉 ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
👉 OIV kasalligini yuqtirganlar;
👉 yurak klapanini protezlash va organlarni koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
👉 oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar;
👉 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 1941—1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
👉 Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
👉 baynalmilalchi jangchilar;
👉 harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2522-2, 11.06.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda omnopon inyeksiyasi uchun 2 % 1 ml eritma ham imtiyozli asosda beriladi.

Ilgari faqat omnopon inyeksiyasi uchun 1 % 1 ml eritma berilgan.

Bundan tashqari, quyidagilar ham imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritildi:
👉 trifluoperazin (tabletka 5 mg);
👉 fluferazin (inyeksiya uchun eritma 25mg/1 ml);
👉 olanzapin (tabletka 5 mg).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.)

Amaldagi tartibga koʻra, telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikatsiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, telekommunikatsiya operatori mazkur arizalar roʻyxatga olingan kundan boshlab 10 kunda qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Ilgari bu muddat 30 kun edi.

Endilikda, agar abonent telefon aloqasidan foydalanish toʻxtatib quyilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlari boʻyicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bir tomonlama bekor qiladi.

Ilgari mazkur muddat bir oyni tashkil qilgan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3167, 11.06.2019-y.)

Qonunchilikka muvofiq, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun toʻlov, bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari (304 ming 095 soʻm) etib belgilandi.

Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (2019-yil 4-iyun, PF-5738)

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi tashkil etildi.

Boʻlim faoliyati Bosh vazir tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Boʻlim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Shargʻun shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni samarali hal etilishini taʼminlaydi.

Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarni ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, shaharlarda aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash kabi vazifalar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Shaharlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (480-son, 2019-yil 11-iyun) qabul qilindi.

“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi boshqaruv xodimlari soni 5 nafar, davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etildi.

Qaror bilan:
👉 EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar;
👉 “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUK tuzilmasi;
👉 “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUK ustavi tasdiqlandi.

Ustavga koʻra EIZni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek EIZ qatnashchilariga xizmat koʻrsatishdan hamda Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan foyda olish direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Akbarxon Abbasovich Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlandi.

A.Yuldashev bungacha Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining Energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari va sanoat xavfsizligi masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bu_muhim
Qaysi OTMlarda DXM orqali hujjat topshirish mumkin?

Bir necha oylardan buyon internet, OAV va bosma matbuot nashrlari sarlavhalari milliy oliy taʼlim oʻquv yurtlarga qabul qilish uchun hujjatlarni topishirish tartibidagi oʻzgarishlarga bagʻishlangan edi.

Muhim yangiliklardan biri — qator oliy taʼlim muassasalarga abituriyentning joylashishi va yashash joyidan qatʼiy nazar, onlayn tarza my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlari yordamida hujjat topshirish imkoniyati yaratilgani hisoblanadi.

Bugungi kunda respublikamizning har bir tumanida 201 ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50 dan ortiq shoxobchalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Quyidagi roʻyxatdagi OTMlarga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
3. Guliston davlat universiteti;
4. Fargʻona davlat universiteti;
5. Samarqand davlat universiteti.

Aytgancha, oʻtgan yili hujjatlarni tajriba tariqasida qabul qilish tartibi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan sinovdan oʻtkazildi.

Natijada — mamlakatimizning 7 mingdan ziyod oilalari 1,5 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni tejab qolishdi.

Mutaxassislarning oʻrtacha hisobiga koʻra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan OTMlarga hujjatlarni topshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi natijasida aynan shuncha mablagʻlar oilalar byudjetida saqlab qolingan.

Bir qator hujjatlar uchun qoʻshimcha harajatlar kamaytirildi — 086-sonli tibbiy maʼlumotnoma, yashash joyidan maʼlumotnoma, fotosuratlar, shuningdek, poytaxtga kelib-ketishga va bu yerda yashash bilan bogʻliq harajatlar qisqartirildi.

Shunday qilib, Oʻzbekiston aholisi mablagʻlari oilaviy byudjetda qolib, qoʻshimcha hujjatlar olish va universitetga kelib-ketish uchun sarflangan qimmatli vaqti tejaldi.

Bugun DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat soʻraladi:
- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);
- umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

Imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Baxriddin Tavasharovich Berdiyarovga Bank-moliya akademiyasi rektori vazifasini bajarish ham yuklandi.

Eslatib oʻtamiz, B. Berdiyarov ayni vaqtda mazkur Akademiyaning Moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bolalarni davlat maktablariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan (478-son, 2019-yil 11-iyun) Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Endilikda koʻchmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish boʻyicha bitimni notarial tasdiqlash uchun:
👉 koʻchmas mulkning kadastr pasporti (ilgari koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi);
👉 agar koʻchmas mulkning qurilishi tugallanmagan boʻlsa – yer uchastkasiga hamda qurilishi tugallanmagan obyektga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma (ilgari mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) taqdim etiladi.

Shuningdek, kiritilgan qoʻshimchaga muvofiq yuridik shaxslarning koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning oʻz xohishiga koʻra amalga oshiriladi hamda majburiy tusga ega emas.

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga quyidagicha oʻzgartirish kiritildi.

Yaʼni, endilikda qurilish organi hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishilgan dalolatnoma kelib tushishi bilan bir kunlik muddatda davlat kadastr korxonasi filiali koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda QR-kodli dalolatnoma va kadastrdan koʻchirmani Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi ularni ariza beruvchiga bir soat ichida qogʻoz yoki elektron koʻrinishda yetkazishi shart. Bunda QR-kodli elektron hujjatlar asli bilan bir xil kuchga ega (ilgari ariza beruvchiga faqatgina dalolatnomani qogʻoz yoki elektron koʻrinishda taqdim etish belgilangan boʻlib, elektron shakldagi hujjatlarni QR-kodlash nazarda tutilmagan edi).

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin