hujayra.uz
4.68K subscribers
1.33K photos
218 videos
71 files
1.6K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
January 12, 2019
January 12, 2019
January 12, 2019
January 12, 2019
January 12, 2019
January 12, 2019
January 13, 2019
​​Baliqlar migratsiyasi

Aksariyat baliqlar mutazam ravishda migratsiya qilishadi. Migratsiya muddati kunlik yoki yillik bo'lishi, masofasi esa bir necha metrdan bir necha ming kilometrgacha yetishi mumkin. Migratsiya odatda ozuqa izlab yoki ko'payish uchun amalga oshiriladi, lekin shunday bo'lsada, ayrim baliq turlari hali fanga noma'lum boshqa sabablarga ko'ra ham migratsiya qilishadi.

Migratsiya qiluvchi baliqlarning quyidagi xillari mavjud:

1️⃣ Diadrom baliqlar - sho'r suvdan chuchuk suvga yoki aksincha migratsiya qiluvchilar. Diadrom baliqlarning uch xili farqlanadi.
anadrom baliqlar - dengizda yashovchi, ko'payish uchun chuchuk suvga migratsiya qiluvchi baliqlar;
katadrom baliqlar - chuchuk suvda yashovchi, dengizda ko'payuvchi baliqlar;
amfidrom baliqlar - hayoti davomida sho'r va chuchuk suvli muhitni doimiy almashtirib turadigan baliqlar, lekin bu almashtirish ko'payish bilan bog'liq bo'lmaydi.
2️⃣ Potamodrom baliqlar - faqat chuchuk suvda migratsiya qiluvchi baliqlar.
3️⃣ Okeanodrom baliqlar - faqatgina sho'r suvda migratsiya qiluvchi baliqlar.

Anadrom baliqlarga Tinch okeani lososlari (Oncorhynchus) misol bo'ladi. Ushbu baliqlar dengizda 1-6 yil yashaydi, shundan so'ng o'zlari tug'ilgan chuchuk suv havzasiga ko'payish uchun migratsiya qiladi va ko'payishib, o'sha yerda halok bo'ladi. Ular migratsiya davomida yuzlab kilometr masofani oqimga qarshi suzib o'tkazadilar. Anadromlarga yana kumja, uch tikanli tikan baliq, alozalar misol bo'ladi.

Katadrom baliqlarga misol tariqasida ugor (Anguilla) urug'iga mansub baliqlarni keltirish mumkin. Ularning lichinkasi bir necha oy, ba'zan yil umrini okeanda o'tkazadi, shundan so'ng chuchuk suvga migratsiya qiladi.

Amfidrom baliqlarga buqa-akula (Carcharhinus leucas) misol bo'ladi. Ushbu baliq ikkita chuchuk suv havzasida uchraydi, birinchisi Markaziy Amerikadagi Nikaragua ko'li bo'lsa, ikkinchisi Afrikadafi Zambezi darosidir. Birinchi holatda u Atlantika okeaniga, ikkinchisida esa Hind okeaniga migratsiya qiladi.

Bundan tashqari kundalik vertikal migratsiya turi ham mavjud, masalan, dengizdagi aksariyat baliqlar kechasi suv yuzasiga ko'tarilib oziqlanadi va kunduzi yana suv ostiga qaytadi. Dengiz va okeanlarda yashovchi tunets balig'i har yili katta masofaga - shimoldan janubga yoki aksincha migratsiya qiladi, ushbu migratsiya suv haroratining o'zgarishi bilan bog'liq deb hisoblanadi. Chuchuk suvdagi migratsiya juda qisqa, odatda daryolardan ko'llarga yoki aksincha bo'ladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
January 14, 2019
January 14, 2019
​​O'ziga xos rekord
#bilasizmi

Sizga bugun quyidagi Eng, eng eng turkumiga oid ma'lumotni taqdim qilamiz. Siz juda ko'p marotaba qaysidir ko'rsatkichga ko'ra hayvon yoki o'simliklarni saralanganini ko'rgansiz, shunday emasmi? Unda quyidagi ro'yxatga qarab gap nima haqida ketayotganini taxmin qila olasizmi?

Demak, quyidagi ko'rsatgich keltirilgan hayvonlar kesimida quyidagichani tashkil etadi:

🦈 akulalar - 10
🐺 bo'ri - 10
🦁 sher - 100
🐘 fil - 100
🦛 begemot - 500
🐊 timsoh - 1 000
🐛 tasmasimon chuvalchanglar - 2 000
🐛 to'garak chuvalchanglar - 2 500
🐌 shilliqqurt - 10 000
🐞 qandalalar - 10 000
🦟 se-se pashshasi - 10 000
🐕 itlar - 25 000
🐍 ilonlar - 50 000
👤 odamlar - 475 000
🦟 chivinlar - 725 000

Ushbu ro'yxat orqali nima ifodalangan bo'lishi mumkin? Javoblaringizni @hujayrauz_group guruhida yozing. Biz esa javobni ertaga xuddi shu vaqtda e'lon qilamiz.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
January 15, 2019
January 15, 2019
​​🏆 TANLOV NATIJALARI 🏆

Mana bir oy davomida hujayra.uz sayti tomonidan tashkil etilgan "Biologlarning ilmiy-ommabop maqolalar tanlovi"ni juda ko'pchilik hayajon bilan kuzatib keldi. Bugun ushbu tanlov natijalarni e'lon qilish vaqti yetdi. Avvalo shu ta'kidlab o'tish kerakki, tanlovga kelgan maqolalarni juda sinchikovlik, ziyraklik va adolatlilik mezonlari asosida baholab borgan hakamlarimiz, jumladan, hakamlar raisi Davronbek Sultonov, hakamlar a'zolari Muqaddasxon Eshonxonova, Sarvar Po'latov, Marg'uba Sulaymonova, Nilufar Qurbonova va Sadoqat Qo'chqorovalarning o'rni beqiyos bo'ldi. Qolaversa har bir ishtirokchi g'oliblik uchun qo'lidan kelgancha harakat qildi. Demak, g'oliblar bilan tanishing.

🥇 1-o'rin:
Dilbar Otamurodova - Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahar 12-maktab biologiya fani o'qituvchisi

🥈2-o'rin:
Feruzaxon Qurbonova
- Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 21-maktab oliy toifali biologiya fani o'qituvchisi

🥉3-o'rin:
Barno Sharipova
- Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 54-maktab biologiya fani o'qituvchisi

🏅 4-o'rin:
Mirmuxsin Axtamov
- Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 2-bosqich talabasi

🏆 Tanlovning eng yosh ishtirokchisi nominatsiyasi
Murodjon Sulaymonov
- Farg'ona shahar 4-maktab internat 5-sinf o'quvchisi

Quyidagi har bir ishtirokchining hakamlar tomonidan qo'yilgan ballari o'rtachasi, saytdagi maqolasi o'qilganlik ko'rsatkichidan to'plagan bali va @hujayrauz kanalida muxlislar tomonidan qo'yilgan ballarning o'rtacha reyting ko'rsatkichi ifodalangan. Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar, ishtirokchilarning maqolalarini o'qib, baholab borgan muxlislarga va alohida holatda ishtirokchilarimizning maqolalarini baholab borgan hakamlarimizga minnatdorchilik bildirib o'tamiz.

G'oliblarimizga sovrinlar muborak bo'lsin! Keyingi tanlovda uchrashguncha, azizlar 🙋‍♂️

Hujayra.uz ma'muriyati
January 15, 2019
​​O'ziga xos rekord (javobi)
#bilasizmi

Sizga kecha quyidagi Eng, eng eng turkumiga oid ma'lumotni taqdim qilgan edik. Sizdan bir qancha javoblarni oldik, ularning ichida to'g'ri javobga yaqinlari ham bor edi albatta.

Demak, quyidagi ko'rsatgich keltirilgan hayvonlar kesimida quyidagichani tashkil etadi:

🦈 akulalar - 10
🐺 bo'ri - 10
🦁 sher - 100
🐘 fil - 100
🦛 begemot - 500
🐊 timsoh - 1 000
🐛 tasmasimon chuvalchanglar - 2 000
🐛 to'garak chuvalchanglar - 2 500
🐌 shilliqqurt - 10 000
🐞 qandalalar - 10 000
🦟 se-se pashshasi - 10 000
🐕 itlar - 25 000
🐍 ilonlar - 50 000
👤 odamlar - 475 000
🦟 chivinlar - 725 000

Ushbu ro'yxat orqali nima ifodalangan bo'lishi mumkin?

JAVOB:

Ushbu ro'yxatda dahshatli hayvonlar ro'yxati va ularning har yili nechta odamning o'limiga sababchi bo'lishi ko'rsatilgan. Ana shunaqa!
Chivinlar bu ro'yxatda qolgan barcha hayvonlarning umumiy ko'rsatkichidan ham yuqori o'rinni egallashi ko'rinib turibdi. Har yili 600 000 dan ortiq kishi maleriya kasalligidan halok bo'ladi, bunda esa chivinlarning xizmati beqiyos. Bekorga kichkina demang bizni deyishmagan ko'rinadi 🤕

Manba

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
January 16, 2019
January 16, 2019
​​Qiziqarli biologiya
#bilasizmi?

Dukkakdoshlarga mansub bo'lgan barchamizga ma'lum oq akatsiya aslida oq akatsiya emasligini bilasizmi? Agar bu haqida eshitmagan bo'lsangiz ushbu post siz uchun qiziq bo'lishi tayin.

Aslida biz biladigan oq akatsiyaning akatsiya turkumiga hech qanday aloqasi yo'q. U aslida robiniya turkumiga mansub bo'lib, oddiy robiniya (Robinia pseudoacacia) deb nomlanadi. U shu bilan birga robiniya soxta akatsiyasi deb ham nomlashadi. Xo'sh shunday ekan, qanday qilib u oq akatsiya bo'lib qoldi?

Ushbu o'simlikning vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. U keyinchalik ko'pgina boshqa mo'tadil iqlim mintaqalariga iqlimlashtiriladi. Rossiyaga kirib kelgan o'simlik dastlab oq akatsiya deb yanglish nomlangani va nom uzoq vaqt davomida saqlanib qolgani bois ana shunday o'ziga botanik xatolik yuzaga keladi.

Oddiy robiniya o'simligini fanga 1753 yilda buyuk botanik Karl Linney kiritgan. U robiniya turkumini fransuz ota-bola botaniklar Jan Roben va Vespasian Roben sharafiga robiniya deb ataydi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
January 17, 2019
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
January 17, 2019
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
January 17, 2019
​​Tibbiyotning zamonaviy usullari

Yurak 4 kameradan iborat, 2 ta bo'lmacha va 2 ta qorincha. Ona qornidagi bolaning qon aylanish tizimi mo'jizaviy ravishda o'ziga hos yaratilgan. Ona qornidagi bolada bo'lmachalarni bog’lanish turadigan ochiq teshik bo'ladi va u bola tug'ilgandan keyin yopilib ketadi. Ayrim holatlarda ana shu yopilish jarayoni amalga oshmay qoladi. Shunda bolada tug'ma yurak nuqsoni (порок сердца) bor deymiz. Bu teshikni berkitilmasa bolada turli kasalliklarga chalinish ehtimoli yuqori bo'ladi va jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi mumkin. Hozirgi kunda texnologiya rivojlanganligi sabab bunday operatsiyalar sondagi tomirdan uzun "sim" kirgizish orqali davolanadi va bu muvaffaqiyatli operatsiya hisoblanadi. Videoda ana shu operatsiya tushunarli qilib ko'rsatilgan.

Manba: Norvegiyadagi o'zbekistonlik oftalmolog vrach Bek Olimjonning facebookdagi sahifasi

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
January 18, 2019
​​Kichik e'lon

Hurmatli Farg'ona shahri va unga yaqin tumanlarda faoliyat yuritayotgan biolog qadrdonlar. 2019 yil 22-yanvar kuni soat 10:00 da Farg'ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasida "DNK barkoding va uning ahamiyati" mavzusida ma'ruza tashkil etmoqdamiz.

Ma'ruzada quyidagilar haqida so'z boradi:
— Biologik turlarning ayni vaqtdagi real miqdori;
— Biologik turlarni klassifikatsiyalashdagi muammolar;
— Biologik turlarni klassifikatsiyalashning zamonaviy metodlari;
— DNK barkoding nima?
— DNK barkoding orqali turlarni klassifikatsiyalashning samarali tomonlari;
— Bioinformatikaning biologiya fanida tutgan o'rni;
— Biologiyaning ayni vaqtdagi dolzarb fan muammolari.

Agar ushbu mavzular sizga qiziq bo'lsa Sizni ma'ruzaga taklif qilamiz.

Manzil: Farg'ona shahri Murabbiylar ko'chasi 19-uy
Farg'ona davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi 3-qavat

Murojaat uchun:
Sultonov Davronbek +99890 303 58 32

P.S. ma'ruza qatnashishni istaganlar avvalroq ko'rsatilgan raqamga ma'lum qilib qo'yishingizni so'raymiz.
January 18, 2019
​​Aniqlik kiritamiz!
#muxlis_savoli

Savol: Qo'tos va buyvol bitta hayvonmi? Shunga aniqlik kiritib bersangiz.

Javob: Ushbu savolga qisqagina qilib, yo'q ular alohida-alohida turlar deb javob berish mumkin. Lekin savolning boshqa bir jihati ham bor. Savolda nazarda tutilgan ikki hayvon ham juft tuyoqlilar turkumi kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar kenja turkumining bo'sh (quvur) shoxlilar oilasiga mansub hisoblanadi. Qo'tos (Bos mutus) bo'sh shoxlilar oilasining haqiqiy buqalar (Bos) urug'iga kiruvchi alohida mustaqil tur. Qo'toslarning vatani Tibet tog'lari hisoblanadi. Ular tabiiy holda faqatgina Xitoyning Tibet platosi hududida uchraydi xolos. Lekin juda ko'plab boshqa davlatlarda ular turli katta va kichik qo'riqxonalarda va hayvonot bog'larida parvarishlanadi.

Buyvol esa bu bitta hayvonning nomi emas. Bu bo'sh shoxlilar oilasiga mansub butun boshli ikkita urug'ning umumiy nomi hisoblanadi. Buyvollar nomi ostida Osiyo buyvollari (Bubalus) va Afrika buyvollari (Syncerus) jamlangan. Birinchi urug' o'z ichiga 4 ta alohida turni: 1) Osiyo buyvoli (Bubalus bubalis), 2) Tamarau (Bubalus mindorensis), 3) Anoa (Bubalus depressicornis), 4) tog' anoasi (Bubalus quarlesi); ikkinchi urug' esa o'z ichiga bitta turni - Afrika buyvoli (Syncerus caffer) oladi.

Buyvollar va qo'toslarni osongina farqlab olish mumkin. Qo'toslarning terisi uzun yunglar bilan qoplangan, buyvollarda esa bunday uzun yunglar bo'lmaydi. Buni quyidagi rasmdan ham ko'rish mumkin.

Hurmatli hujayra.uz muxlislari, sizlarda ham savollar bo’lsa bizga murojaat qiling. Imkoniyat darajasida savollaringizga ilmiy asosda javob berishga harakat qilamiz.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
January 21, 2019