hujayra.uz
4.72K subscribers
1.32K photos
218 videos
71 files
1.6K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
​​Yadrocha

Yadrocha
- barcha eukariot organizmlar yadrosida uchraydigan yadroning membranasiz subbirligidir. DNK ning rRNK hosil bo'ladigan qismidan hosil bo'ladi, ribonukleoproteidlar va oqsillar kompleksidan iborat. Asosiy vazifasi ribosoma sintezini amalga oshirish.

Yadrocha ribosoma biogenezida ishtirok etuvchi quyidagi asosiy uch komponentdan iborat:
fibrillyar markaz
zich fibrillyar komponent
donador komponent

Yadrochaning kashf etilishiga oid ma'lumot turli adabiyotlarda turlicha holatda keladi. Lekin 1898 yilda Tomas Montgomeri tomonidan yadrochaga bag'ishlangan monumental monografiya yozilgan bo'lib, u yerda yadro va yadrochaning turli biologik obyektlardan olingan 346 ta tasviri berilgan. Lekin uning vazifasi uzoq yillar mavhumligicha qolgan. 1964 yilda Jon Gardon va Donald Broun afrika shilliq baqasi Xenopus laevis tuxum hujayrasini o'rganayotganda ularning 25% da yadrocha bo'lmasligini aniqlashdi va bu tuxumlar rivojlanishning dastlabki bosqichida halok bo'lishi ma'lum bo'ldi. Tuxum hujayralarning 50% da bittadan, 25% da ikkitadan yadrocha borligini kuzatgan olimlar, ularning rivojlanishi, yashashida yadrochalarning ahamiyati mavjudligini xulosa qilishdi.

Bugungi kunda yadrochaning ko'plab funksiyalari aniqlangan bo'lib, yadrocha hujayraga kirgan virus oqsillariga o'zaro ta'sir ko'rsatishi, hujayraning stress jarayoniga javob reaksiyasini berishida qatnashuvi, saraton, neyrodegerativ, autoimmun kasalliklarining kelib chiqishida qatnashishi shular jumlasidandir.

Mitozning profazasida yadrochaning komponentlari siklinga bog'liq kinaza 1 va siklin B oqsil komplekslari ta'sirida bir-biridan ajralib ketadi. Telofaza oxiriga kelib yadro qobig'i shakllanayotgan vaqtda xromosomalarning yadrocha hosil qiladigan hududlari yaqida qaytadan yig'iladi. Bu jarayonda ham ma'lum oqsillar ishtirok etadi.

Protistlarda evglenalar va hemimastigidlarda yadrocha mitoz davomida ham saqlanib qoladi.

🕵️‍ Kanalga ulanish uchun: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​​​Savolning javobi
#botanika #bilasizmi

Kecha O'zbekiston florasidan bo'lgan bir o'simlik haqida so'rovnoma qilgan edik. Haqiqatdan ham rasmdagi o'simlik haqida maktab darsliklarida bir necha bor yozilgan. Bu ko'p yillik o't o'simlik kampirchopon edi.

So'rovnomada qatnashganlarning 14% buni to'g'ri topdilar 👏

🕵‍♂ Kanalga ulanish uchun: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Kutubxona

Hurmatli hujayra.uz kanali a'zolari, shaxsiy elektron kutubxonamda biologiyaning turli sohalariga oid ingliz va rus tilida (o'zbek tilida juda kam, lekin bor) yozilgan har xil adabiyotlar mavjud. Agar istasangiz, bu narsa Sizlar uchun qiziq bo'lsa ularni kanalga yuklab boraman. Shu yerdan o'zingizga yuklab olsangiz bo'ladi. Shu haqida munosabatingizni bildirsangiz. Rahmat!

👍 - yaxshi bo'lar edi.
🇺🇿 - faqat o'zbekchalarini
👎 - shart emas, internetdan ham topsa bo'ladi.
​​Biologiyaning zamonaviy muammolari

Bugungi kunga kelib biologiya fani oldida o'z yechimi kutayotgan yuzlab muammolar mavjud. Bundan keyin Sizlarni mana shu muammolar ro'yxati bilan qo'ldan kelgancha tanishtirib borishga harakat qilaman.

1. Alkaloidlar - hozirgi vaqtgacha ushbu moddani ishlab chiqaruvchi tirik organizmlar tanasida bu modda qanday funksiyani bajarishi ma'lum emas.

2. Bo'g'imoyoqlilarning boshi - zoologiya ilmiy asosda rivojlana boshlagandan beri mavjud bo'lgan muammo, bunda olimlarning ushbu tip vakillaridagi boshning qismlari, ularning vazifasi va evolutsion jihatdan bog'ligi haqidagi munozaralari hali hanuz muammoligicha qolmoqda.

3. Kitsimon akula - ushbu akula turida faqatgina o'ng tomon tuxumdonlar ishlaydi, lekin buning ilmiy sababi olimlarini hozirgacha qiziqitirib kelmoqda.

4. Biologik qarish - bu haqida bir qancha gipotezalar mavjud, jumladan olimlar ushbu jarayonni genetik jihatdan dasturlanganini, uning oqsil denaturatsiya bilan bog'liqligini va boshqa sabablarni keltirishadi, lekin hozirgacha buning aniq ilmiy sababi topilmagan.

5. Ko'k kit - ushbu yirik hayvonlarning nikoh mavsumi, ko'payishiga oid ma'lumotlar deyarli yo'q.

6. Botanika/o'simliklar - olimlarimiz haligacha gul qanday paydo bo'ldi degan savolga javob bera olishgani yo'q.

7. Hujayra o'lchami - hujayralar bo'linishiga bo'lganda davr oralig'idagi o'sishini qanday nazorat qiladi, aynan qaysi omil uni ma'lum hajmgacha o'sishga majburlaydi? Bu ham biologlarni qiynayotgan eng yirik muammolardan hisoblanadi.

8. Kembriy "portlashi" - ushbu davrning dastlabki qatlamlarida qazilma hayvonlarning qoldiqlari maksimal darajada ko'p ekanligi olimlarning hayratiga sabab bo'lgan. Undan oldingi davrlar qatlamlaridan hayvon va o'simlik qoldiqlari nisbatan oz topilgan, lekin birdaniga skeletli organizm turlarini ortishiga nima sabab bo'lgani hozircha ulkan sirligicha qolmoqda.

9. Bilish va qaror qabul qilish - miyaning aynan qaysi qismi va qanday qilib xulq-atvorni hosil qiladi, uni qanday nazorat qiladi? Organizmning avvalgi tajribalari bilish va qaror qabulishiga qanday ta'sir o'tkazadi? Genetik va tashqi-muhit omillarichi? Bularning barchasi biologiyaning ayni vaqtdagi asosiy muammolaridan biridir.

10. Jins evolutsiyasi - aynan qaysi omil jinsiy ko'payishga turki bo'lgan, jins qanday hosil bo'lganva rivojlangan? Bu savolga ham hali hanuz aniq javob bera olganimiz yo'q.

🕵️‍ Kanalga ulanish uchun: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
O'zbekiston Qizil Kitobi.pdf
11.2 MB
📚 O'zbekiston Qizil kitobi (hayvonlar)
🇺🇿 O'zbek, rus va ingliz tilida.
🔗 Hajmi: 11,1 MB

Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Avtoxor o'qotar bodring

👉 O'z mevasini o'zining kuchi bilan tarqatadigan o'simliklarni avtoxor o'simliklar deyiladi.

👉 Qovoqdoshlar oilasiga mansub o'z turkumining yagona vakili bo'lgan o'qotar bodring (Ecballium elaterium) ham avtoxor o'simlik hisoblanadi.

👉 Ushbu ko'p yillik yoki bir yillik o't o'simlik Azor orollarida, O'rta Yer dengizi, Kichik Osiyoda, Rossiyaning janubi, Kavkaz va Markaziy Osiyoda yo'l yoqalarida, axlat tashlangan joylarda, ekinlar orasida begona o't sifatida o'sadi.

👉 Oiladoshlari kabi ayrim jinsli, bir uyli, palak otib o'sadi, gullari sariq, iyuldan sentabrgacha gullaydi. Mevalari avgust oyida pishadi.

👉 O'qotar bodringni mashhur qilgan xususiyati bu uning urug'larini o'z kuchi bilan "otib" tarqatishidir. Yetilgan bodring bandidan uzilayotganda uning bandga birikkan qismidan meva ichidagi urug'lari 95 km/soat tezlikda otilib chiqib 6-10 metrgacha bo'lgan joyga tarqaladi. Bitta bodring ichida 20-40 tagacha urug' bo'ladi.

👉 Ushbu xususiyatidan tashqari bu o'simlikning yer ustki qismi va ildizi dorivor o'simlik sifatida qo'llaniladi. O'simlikdan oshlash, siydik haydash hamda gelmentlarga, bakteriyalarga va shishlarga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.

👉 O'qotar bodring zaharli (❗️) hisoblangani uchun uni faqat shifokor tavsiyasi va nazorati bilan qo'llash kerak.

🎥 Quyidagi videoda o'qotar bodring qanday qilib urug'larini otishini ko'rishingiz mumkin. 👇👇👇

🕵‍♂ Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Qiziqarli botanika

O'rta yer dengizi atrofida o'suvchi seratoniya daraxtining qo'zoq mevasida yetiluvchi urug'larining massasi standart 0,2 grammni tashkil etadi.

Shu bois bu o'simlik urug'lari olmoslarni o'lchaydigan tarozi toshi sifatida qo'llanilib turadi.

P.S. olmoslar karat o'lchov birligida o'lchanadi. Bir karat 0,2 grammga teng.

🕵‍♂ Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Odam anatomiyasi
#bilasizmi

👉 Odam tanasida 600 ga yaqin skelet muskuli bo'lib, gapirayotganda ularning 72 tasi ishtirok etadi.

👉 Kulganingizda 17 ta muskul ishlasa, qovog'ingiz solib norozi yuz ifodasida tursangiz 43 ta muskulni ishlatayotgan bo'lasiz.

🕵‍♂ Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Qiziqarli fiziologiya
#bilasizmi

Organizmlarni tana hajmi ortib borgan sari nafas olish chastotasi qisqarib boradi:

👉 kulrang kalamush - bir daqiqada 85-110 marta

👉 odam - bir daqiqada 16-20 marta

👉 Afrika fili - bir daqiqada 4-6 marta

👉 Ko'k kit - 8 daqiqada 1 marta

🕵‍♂ Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Методы_эколого_энтомологических.pdf
4.1 MB
📚 Ekologo-entomologik tadqiqot usullari
🇷🇺 Rus tilida
🔗 Hajmi: 4,1 MB

Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Dengiz yulduzlari

Bizning maktab zoologiya darsliklarida ninaterililar tipi, xususan dengiz yulduzlari sinfi haqida yozilmagani uchun aksariyat yoshlarimiz bu hayvonlar haqida bilmaydi. Shu bois ushbu postda mazkur hayvonlar haqida qisqacha bo'lsa ham ma'lumot berishga qaror qildik.

👉 Dengiz yulduzlari sinfi umurtqasiz hayvonlar guruhiga mansub bo'lib, bugungi kungi kunda 7 turkum, 37 oila, 332 urug'ga mansub 1781 tur hayvonni o'z ichiga oladi. Ular eng qadimiy organizmlar guruhidan bo'lib, dastlabki vakillarining qoldiqlari 450 mln yoshli Ordovik davri yer yotqiziqlaridan topilgan.

👉 Deyarli barcha vakillari tropik dengiz va okean suvlarining 6 000 metrgacha bo'lgan qismida yashaydi. Ular yirtqichlik bilan kun ko'radigan bentos organizmlardir.

👉 Asosan 5 ta tarmoqqa bo'lingan nurlari yoki "qo'llari" bo'lib, ularning ichida hazm qilish organlari joylashgan. Og'iz teshigi tanasining ostki qismida markazda joylashgan bo'ladi.

👉 Dengiz yulduzlarining maxsus sezgi organlari mavjud emas, miyasi ham yo'q. Og'iz atrofida nerv halqasi va nurlar bo'ylab ketgan radial nerv tolalai mavjud.

👉 Regeneratsiya xususiyati kuchli rivojlangan. Yo'qotilgan qismini ko'p o'tmay qayta tiklay oladi.

👉 Mutaxassislarning baholashicha dengiz yulduzlari har doim ham atrof-muhitga foydali ta'sir ko'rsatmaydilar. Jumladan 1980-yillardan keyin Avstraliya va Polineziya atroflariga Yaponiya tomondan okean oqimi bilan kemalarga yopishib kelib qolgan dengiz yulduzlari korall riflarining o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Lichinkalari esa ikki pallali molluskalarni deyarli qirilib ketish darajasida yeb tugatishgan.

👉 2006 yilda Polineziya atrofidagi dengiz yulduzlarining migratsiyasi o'rganilganda ularning faoliyati tufayli mintaqadagi korall riflari uch yil ichida 50% dan 5% gacha kamayib ketgani aniqlangan.

👉 Dengiz yulduzlari 20 yilgacha yashashi mumkin.

🎥 Quyidagi videoda qirg'oqqa chiqib qolgan dengiz yulduzining harakatlanishini ko'rishingiz mumkin. 👇👇👇

🕵🏻 Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Qirg'oqqa chiqib qolgan dengiz yulduzining harakatlanishi

@hujayrauz
​​Bu o'simlikni taniysizmi?
#botanika #bilasizmi

O'zbekiston o'simliklarini o'rganishni davom ettiramiz. Quyidagi o'simlik haqida siz albatta o'qigansiz. Uning sifatlari haqidagi testlarni ishlagansiz. Agar uni tanigan bo'lsangiz, uning nomini belgilang.
1️⃣ sassiq kovrak
2️⃣ yersovun
3️⃣ alqor
4️⃣ quyonsuyak

🕵️‍ Kanalga ulanish uchun: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Qiziqarli zoologiya
#bilasizmi

Hammamiz mehnatkash hasharot sifatida biladigan chumolilar paydo bo'lganiga 168 mln yil bo'lgan.

Ularning Yer yuzida 22 000 ga yaqin turi bor.

Chumolilarning o'zini alohida mirmekologiya fani o'rganadi.

🕵‍♂ Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Biologiya 10 sinf o'zbek - 2017.pdf
6.6 MB
📚 Biologiya 10 sinf darsligi
🇺🇿 O'zbek tilida
🔗 Hajmi: 6,6 MB

Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Organizmlar orasidagi munosabat

MUTUALIZM - bu ikki har xil turdagi organizmlarning o'zaro simbiotik yashash shakli bo'lib, bunda har ikki individ sherigining faoliyatidan foyda ko'radi. Mutualistik yashash tarzi turli xilda namoyon bo'lishi mumkin:

Ko'p hollarda, sheriklardan biri ikkinchisidan ozuqa yetkazuvchi sifatida foydalansa, ikkinchi birinchisidan dushmanlardan himoya yoki o'sish va ko'yishida uchun qulay muhit sifatida foydalanadi. Boshqa bir xilida esa oziqlanuvchi sherigini parazitlardan tozalashi, o'simlik bo'lsa uni changlantirishi yoki mevalarini tarqatishi mumkin. Mutualistik munosabatlarda har ikki organizm ham munosabatga egoistik yondashadi va buning natijasida bir-biriga foyda keltiradi. Mutualistik munosabatda yashovchi organizmlar odatda birga uchraydi, ekosistemada birining mavjudligi ikkinchisining ham borligini bildiradi.

Mutualizm tushunchasini ilk marotaba belgiyalik zoolog Pyer Jozef van Beneden 1876 yilda o'zining "Hayvonlarning parazitlari va hamtovoqlari" kitobida ishlatgan.

Misol

👉 Masxaraboz baliq va aktiniyalarning simbiotik yashashi bunga yorqin misol bo'la oladi. Dastlab baliq aktiniya paypaslagichlariga astagina tegib, uni o'zini birozgina jarohatlashiga imkon beradi. Bunda u aktiniya yuzasidagi shilliq qavat tarkibini teri yuzasi bilan aniqlab oladi, bu shilliq qavat aktiniyaga o'zini-o'zi jarohatlamasligi uchun zarur. Shundan keyin baliq o'z terisida shunday shilliq modda ishlab chiqara boshlaydi va dushman xavf solganda qo'rqmasdan aktiniya paypaslagichlari orasiga yashirinadi. Baliq aktiniya paypaslagichlari orasida suv ventilyatsiyani amalga oshiradi va unga hazm bo'lmagan ozuqa qoldiqlarini beradi. Baliq esa undan himoya maqsadida foydalanadi. Masxaraboz baliqlar odatda o'z aktiniyalaridan uzoqqa ketib qolmaydilar.

🕵🏻 Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Savolning javobi

Ushbu rasmdagi o'simlik zirkdoshlar oilasiga mansub ko'p yillik ildizpoyali o't yersovun edi.

So'rovnomada qatnashganlarning 10,5% i o'simlik nomini to'g'ri topdilar 👏

🕵‍♂ Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​O'rmon shifokori - qizilishton

Qizilishtonlar turkumiga 450 ga yaqin qush mansub bo'lib, ularning aksariyati o'rmonlarda yashaydi.

👉 Oyoq panja barmoqlari zigodaktiliya tipida bo'lganligi, ya'ni ikkitasi orqaga, ikkitasi oldinga qaragan, daraxt tanasida bemalol vertikal holatda turib po'stloq ostidan hasharotlarni terib yeyaveradi.

👉 Qizilishtonlar odatda ovoz chiqarmaydi, lekin ularning daraxt tanasini "taqqillatishidan" bilib olish mumkin. Ular daraxt tanasiga bir sekundda 20-25 marta ura oladilar (!), agar boshqa qush bir sekundda xuddi shuncha marotaba, shunday tezlikda qattiq jismga tumshug'i bilan ursa aytish mumkinki miyasining "qatig'i" chiqib qoladi.

👉 Qizilishtonlarni "o'rmon shifokori" deyilishga sabab, bir qush bir o'tirishda 1000 tagacha hasharotni daraxt tanasidan terib yeyishi mumkin ekan.

👉 O'zbekistonda oqqanot qizilishton turining 2 ta: tog' va tekislik kenja turlari uchraydi.

🕵️‍ Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
​​Organizmlar orasidagi munosabat

Fakultativ simbioz - bunda ham ikki har xil turdagi organizm o'zaro simbiotik yashab, bir biriga foyda keltiradi. Mutualizmdan farqli ravishda bularning hayoti bir-biriga bog'liq emas, ya'ni simbioz munosabat istalgan vaqtda to'xtatilishi mumkin.

Ushbu munosabat tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, uning ahamiyati juda yuqori.

Misol

👉 Ayrim krablar ustilariga aktiniyalarni qo'ndirib olib ularni o'zlari bilan olib yuradilar. Aktiniya krabni dushmanlardan himoya qilish uchun yordam beradi, krab esa aktiniyani yangi ozuqa muhitiga ko'chishiga qarashadi.

👉 Ayrim mayda baliq turlari (rif olabug'asi, kapalak baliq, buqabaliq va boshqalar) yirikroq baliqlarni tashqi parazitlardan tozalaydi.

👉 Ayrim chumoli turlari o'simlik shiralarining ajratmalari bilan oziqlanadi va ularni qushlardan himoya qiladi.

👉 Asalarilar gullarni changlantiradi va ularning nektari bilan oziqlanadi.

🕵🏻 Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA