#Yozgi_maktab_Biotexnologiya_ITM 🤩 #CAT_Biotechnology_Summer_School 🤩
Hurmatli talabalar, Ilg’or Texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo’yicha Yozgi maktab 2024 nihoyat QAYTDI. Issiq kunlarda SALQIN qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo’ling!
📑Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo’lishi aniq. Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
💡Kimlar uchun: Biologiya, Farmatsevtika va aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun.
MUHIM: Bakalavr bosqichini kamida 1-yilini tugatgan bo'lishi SHART. Bakalavr va magistraturani 2024-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so'raladi.
🧬Qabul qilingan nomzodlar biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo va mikrobiologiyada qo’llaniladigan metodikalarni o’zlashtirishadi. Eng qiziqarlisi, kichik guruhlarda o’z loyihalarini shakllantirishadi.
👩🔬👨🔬Mentorlar: O’zbekistonda SARS-CoV-2 virusini aniqlash uchun PZR test sistema ishlab chiqilishida ishtirok etgan olim va laboratoriyaning yosh mutaxassislari.
🎓Alumni: Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
🔎Qabul jarayoni: - Ariza formasini 3 ta tildan birida to'ldiring -- > Inshoyingiz asosida suhbatga chaqirilasiz. Yakuniy tanlov suhbat asosida olib boriladi.
📅Boshlanish sanasi: 2024-yil 05-agustda boshlanadi.
MUHIM: Dasturga hujjat topshirishning eng oxirgi sanasi 30.07.2024 soat kechki 18:00 gacha. Ushbu vaqtdan so'ng topshirilgan arizalar ko'rib CHIQILMAYDI.
Til: Dastur asosan O'zbek tilida olib boriladi. Lekin Ingliz va Rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.
Natijalarni kuzatib borish: Natijalarni Ilg'or texnologiyalar markazi rasmiy telegram kanali hamda Yozgi maktab koordinatori Muzaffar Muminovning shaxsiy @biology_uz kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali JO'NATILMAYDI. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga zoom linki sms/telegram yoki email orqali jo'natilishi mumkin. Shu sababdan, telefon nomeringiz hamda email manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz.
📱Qo'shimcha ma'lumot: Ilg'or texnologiyalar markazi haqida qo'shimcha ma'lumot: https://cat-science.uz yoki https://www.facebook.com/uzadvanced/
2023-yildagi ma'lumotlarni berilgan linklar orqali tekshiring: https://t.me/uzadvanced/491 https://t.me/uzadvanced/492 https://t.me/uzadvanced/493 https://t.me/uzadvanced/495 https://t.me/uzadvanced/504 https://t.me/uzadvanced/514
Do'stlaringiz bilan bo'lishishni unutmang!

Ertaga Qozog'istonning Ostona shahrida 2024-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasiga chin dildan omad tilayman! Umid qilaman terma jamoamiz Buxoroda o'tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasidagi natijalarni yana bir bor takrorlashadi.
@hujayrauz
@hujayrauz
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 9-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 893 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 11-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 26 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 202 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda iyun oyi so'ngida Xitoyning Zhu-Jiang havzasidan kashf etilgan soxta ugorsimonlar (Synbranchiformes) turkumi xartumtumshuqlilar (Mastacembelidae) oilasiga mansub yangi tur Sinobdella longitubulus balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Biodiversity Data Journal jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

May oyi yakunida "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizga guruh yig'ilayotgani haqida yozgan edim. Orada xalqaro olimpiada va o'quv yili yakuni bilan bo'lib shu ishni bir qancha vaqtga qoldirishimga to'g'ri kelgan edi. Hozir mana ta'tilga chiqib oldik, endi boshlasak bo'ladi.
Xullas, ilmiy tadqiqot qilmoqchi, ilmiy maqola yozishni o'rganmoqchi, xalqaro darajadagi jurnallar (Scopus va WoS tarkibidagi) uchun maqola yozmoqchi bo'lib turgan magistrantlar, doktorantlar hamda mustaqil tadqiqotchilarni ushbu kursga taklif qilaman.
Kursda nimalar o'rgatiladi?
👉 Tadqiqot gipotezasini shakllantirish, tadqiqotni tashkil etish;
👉 Xalqaro IMRAD yo'nalishidagi maqolaning tarkibiy qismlari bilan tanishish;
👉 Maqolaning "Kirish" (Introduction) qismini qanday yozish kerak, u nima bilan boshlanib nima bilan tugaydi?
👉 Maqolaning "Material va metodika" (Materials and Methods) qismi nimalardan tashkil topgan bo'lishi lozim?
👉 Maqolaning "Natijalar" (Results) qismiga aynan nimalarni yozish lozim, mana shu bo'limda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xatoliklar.
👉 Maqolaning "Muhokama" (Discussion) qismi nima va nima uchun muhim?
👉 Scopus va WOS tarkibidagi jurnallar ichidan maqola uchun munosib jurnal qanday saralanadi?
👉 Xalqaro darajadagi mashhur va tekin (!) jurnallarga maqola qanday yuboriladi?
👉 Maqolani yuborayotganda tadqiqotchilar yo'l qo'yadigan eng ko'p uchraydigan xatoliklar nimalardan iborat?
👉 Maqola taqrizi (Peer Review) nima va u nima uchun muhim?
👉 Taqrizlangan va taqrizlanmagan maqolaning farqi nima?
👉 Impakt faktor (IF) nima, soxta impakt faktorlarni qanday aniqlash mumkin?
👉 OAK jurnallari uchun maqola tayyorlash usullari.
👉 "Yirtqich nashrlar" nima va ulardan nega saqlanish lozim?
💻 Kurs qayerda bo'lib o'tadi?
- ZOOM platformasida
- Telegramda yopiq guruhda muhokama
💵 Kurs to'lovi qancha?
- 1 mln so'm
📅 Kurs qachon boshlanadi?
- 15-iyul dushanba kuni
Kursga qatnashishni istovchilar quyidagi manzilga yozishi mumkin:
- @hujayrauz_bot
@hujayrauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
hujayra.uz pinned «🚩 🚩 🚩 🚩 🚩 🚩 May oyi yakunida "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizga guruh yig'ilayotgani haqida yozgan edim. Orada xalqaro olimpiada va o'quv yili yakuni bilan bo'lib shu ishni bir qancha vaqtga qoldirishimga to'g'ri kelgan edi. Hozir mana ta'tilga chiqib…»
Hurmatli magistrant, doktorant hamda mustaqilchi tadqiqotchilar!
"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini bugun boshlamoqdamiz. Kursga qatnashishni istaganlar @hujayrauz_bot orqali murojaat qiling.
Ayrim tadqiqotchilar kurs to'loviga qiynalayotgani haqida yozishibdi. Bu muammo emas, agar hozir imkoningiz bo'lmasa keyinroq ham to'lasangiz bo'ladi.
Keyingi kurs xudo xohlasa sentabr oxirlarida tashkil etiladi.

Xayr IBO, xayr biologiya(((
Hozircha tafsilotlariga to'xtalmayman, lekin IBO natijalari haqida so'rab murojaat qilayotganlar diqqatiga ayta olishim mumkin bo'lgan yagona narsa shuki, O'zbekiston endi ortiq xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etmaydi. Har qalay hozircha shunday. Terma jamoamiz IBO dan diskvalifikatsiya qilindi. Uning Qozog'istonning Ostona shahridagi natijalari bekor qilindi. Eng yomoni IBOga a'zo davlatlar ro'yxatidan ham chiqarib yuborildik.
Ehh, bundan ko'ra umuman o'rin olmasak ham mayli edi. 😔

Ana endi izoh bersam bo‘ladi, boisi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining o‘zi holat haqida yozib chiqdi.
O‘zbekiston nega IBOdan chetlatildi? Chunki biznikilar g‘irromlik qilishdi, shu sabab haydaldik. Voqea qanday bo‘lganini tushuntiraman. Har bir davlatdan to‘rt ishtirokchi boradi. O‘quvchilar bilan terma jamoa ustozlari ham birga borishadi. Bu gal bizdan besh ustoz ketgandi.
IBOda savollar ingliz tilida tuziladi. Ertaga nazariy imtihon degan kuni o‘quvchilarning telefon va kompyuterlari olib qo‘yiladi, internetdan batamom ihotalanadi. Bu vaqtda terma jamoa ustozlari tuni bilan ertaga tushadigan nazariy savollarni o‘z tillariga tarjima qilib chiqishadi. Tarjima tugagach materiallar tashkilotchilarga topshiriladi. To imtihon o‘tmaguncha ustozlar o‘z o‘quvchilari bilan ko‘rishtirilmaydi, gaplashtirilmaydi.
Bizdan borgan ustozlar tarjima qilinayotgan matnga o‘quvchi uchun to‘g‘ri javobni topishiga yordam beradigan savolda yo‘q bo‘lgan belgi qo‘yishgan. Bu holat bilishim bo‘yicha bizdan borgan to‘rt o‘quvchidan biri uchun maxsus qilingan. Imtihon o‘tgan. Shundan so‘ng hakamlarda natijalar shubha uyg‘otgan. Savollar kitobini olib tekshirib ko‘rishganda to‘g‘ri javobga ortiqcha belgi qo‘yilganini payqashgan. Hamma ishkal shu yerdan boshlangan. Hakamlar bizni ustozlarga g‘irromlik qilishganini isbotlab berishgan, biznikilarning tan olishdan boshqa choralari qolmagan 🤦♂️.
Shu sabab biz IBO2024 dan sharmandalarcha chetlashtirildik. IBO qo‘mitasi bizning ustozlar bundan avvalgi yillarda ham g‘irromlik qilgan bo‘lishi mumkinligini iddao qilmoqda. Bu ham tekshirilishini va agar shunday hol aniqlansa berilgan medallar bekor qilinishini aytishgan va O‘zbekistonni IBOga a'zo 80 davlat ro‘yxatidan chiqarib yuborishgan.
Mana hammasi qanday bo‘lgan edi. To‘g‘risi bu juda sharmandali hol, shunday emasmi? Bir o‘quvchiga yordam beraman deb butun boshli davlatni sharmanda qilishdi.
Bir aqlli inson aytganidek, "Bitta ahmoq quduqqa tosh tashlaydi, endi uni qirqta aqlli ham chiqara olmaydi".

Yana bir kichik eskartma. Bu O‘zbekistonning IBOdan diskvalifikatsiya qilingan birinchi holat emas. Xuddi shunday g‘irromlikni 2010-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan olimpiadada ham qilganmiz va o‘shanda ham natijalarimiz bekor qilingan edi. Lekin bu gal a'zolikdan ham chiqarib yuborildik.
Eng qiziq joyi 2027-yil IBO bizda, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi (olimpiada kunlari hali aniqlashtirilmagandi). Hozirgina IBO saytini qarasam 2027-yilgi olimpiadaga mezbonlik qilish Polshaga berilibdi.
Akademik halollik juda ham muhim shart. Ilm-fanda akademik halollikka rioya qilmas ekanmiz, oqibati hech qachon yaxshi bo‘lmaydi. Mana shunday bir umr yuzimiz qora bo‘lib yuraveramiz.

Bo'lib o'tayotgan voqealar fonida akademik halollikning naqadar muhimligi yana bir karra kun tartibiga chiqmoqda. Shu bois ertaga 22-iyul dushanba kuni kech 21:30 da kanalimizda "Ta'limda akademik halollik" mavzusi audiochat tashkil qilmoqchimiz.
Audiochatda akademik halollik, ta'lim va ilm-fanda g'irromlik, plagiat, ko'chirmakashlik, qalbakilashtirish holatlarining sabab va oqibatlarini o'zaro tahlil qilamiz.
P.S. iltimos, ushbu xabarni mavzuga aloqador bo'lgan ta'lim xodimlari, o'qituvchilar, talabalar bo'lgan guruhlarga ulashsangiz. Zotan bu mavzu haqida endi har doim bong uramiz, eslatamiz, targ'ib qilamiz.
@hujayrauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'limda akademik halollik
hujayra.uz
"Ta'limda akademik halollik" mavzusidagi audiochatimizning fayli.
Audiochatda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarini saralash boshqarmasi boshlig'i Umid Raxmonov o'zining Facebook sahifasida quyidagilarni xabar qildi:
#Navbatdagixushxabar
Joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 🥇 1 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Sovrindorlar bilan tanishing:
🥇Rahimov Daler Rahmonovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 10-sinf o'quvchisi - OLTIN;
🥈Baxodirov Axror Mardonbekovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 11-sinf o'quvchisi - KUMUSH;
🥈Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o'quvchisi - KUMUSH;
🥉Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 10-sinf o'quvchisi - BRONZA MEDALI
Ushbu yutuq bilan sovrindorlarni, ularning ota-onasi hamda ustozlarini muborakbod etamiz.
*****
Kimyogarlarimizning yutuqlaridan behad suyundim. Barakalla! Chin dildan tabriklayman!

Forwarded from Bir kuni men...
Kuvad sindromi haqida eshitganmisiz?
Ayrim holatlarda homilador ayolning yaqinlari, ko'pincha eri, ba'zan esa otasi, homiladorlikka xos bo'lgan o'zgarishlarni o'zlarida his qila boshlashadi. Ularda ishtahaning yo'qolishi yoki haddan ortiq kuchayishi, ich qotishi yoki ketishi, ertalabki holsizlik, qorin och bo'lsa ham ko'ngil aynishi, qusish, ayrim narsalar/taomlarning hidini yoqtirmaslik va bundan ko'ngil behuzur bo'lishi kabi belgilar namoyon bo'ladi. Olimlarning ta'kidlashlaricha 11% erkaklarda mana shunday "simpatik homiladorlik" kuzatilar ekan. Aynan mana shu "kasallik"ka fanda Kuvad sindromi deyiladi.
Juda yaxshi eslayman, birinchi farzandimizga homiladorlik vaqtimizda men ayni shu sindrom bilan "og'riganman". O'sha vaqtda Xitoyda edik. Xudoga shukur, ayolimda homiladorlik vaqtida birorta ham nojo'ya holat kuzatilmagan, na toksikoz, na ko'ngil aynib qayd qilish, na nimadir yeyish hissining ortishi, homiladorlikni odatdagidek kechirgan. Lekin hamma tomoshani men qo'yganman 😂.
Xitoyda yashaganlar biladi, ularda bizdagi oddiy bodringdan farqli yana bir bodring navi keng foydalaniladi. U uzun-uzun, sirti qalin va g'adir-budir bo'ladi. Shu bodringning hidiga chiday olmaydigan bo'lib qolganman. Uyda shu bodringni ko'rsam yoki hidini sezsam ko'nglim aynirdi. "Yo'qot bu bodringni" yoki "Men yo'g'imda ye shu zormondani, hidiga chiday olmayapman, ko'rsam qusay deyapman" deb homilador ayolimga baqirardim 😆. Kamiga kech bo'lganda oddiy yogurtga qulupnay va kivi qo'shib yeyish hissi kuchayardi (do'konda sotiladigan tayyor qulupnayli yogurtni esa yegim kelmasdi). Agar kechasi shunaqa qilib yemasam tuni bilan uyqim kelmas, yogurtga to'g'rab qo'shilgan qulupnay va kivi ko'z oldimdan o'tib chiqardi.
Bunaqa vaqtda xotinim "homilador menu, lekin toksikozini siz boshdan kechiryapsiz" deb kulardi. "Ko'rdingmi, seni o'ylab shuncha mashaqqatni o'z bo'ynimga olganman" deb javob qilardim.
O'shanda hali Kuvad sindromi haqida bilmasdim. O'zimdagi bu o'zgarishlarni shunchaki tasodif deb hisoblaganman. Lekin qizim tug'ilgach bu his batamom yo'qoldi. Ana u hidi rasvo (chindan ham o'shanda shunaqa tuyulgan) bodringni yana maza qilib yeydigan bo'ldim. Qulupnayli yogurt yeyish hissi ham yo'qoldi.
Sizdachi, shunga o'xshash holat kuzatilganmi? Yoki biror yaqiningizda Kuvad sindromi kuzatilayotganiga guvoh bo'lganmisiz?
@birkunimen

10-avgust Xalqaro sherlar kuni
Sher (arslon) - Panthera leo (Linnaeus, 1758) mushuksimonlar (Felidae) oilasining eng yirik vakillaridan biri. Tabiiy holda Afrika va Hindistonda tarqalgan. Xalqaro Qizil kitobga zaif holatdagi turlar (Vulnerable) maqomi bilan kiritilgan. So'nggi 30 yilda sherlar populyatsiyasi teng baravarga qisqargani aytiladi. Afrikadagi ayrim populyatsiyalari keskin qisqarib bormoqda. Masalan, 1990-yillarda Kongodagi Odzala-Kokoua milliy bog'i sherlar eng keng tarqalgan hudud hisoblangan bo'lsa, 2014-yilgi sanoq vaqtida bir dona ham sher qayd qilinmagan. Umumiy holda Afrikada 23-39 mingta atrofida sher qolgan deb hisoblanadi. Hindistonda ham ahvol yaxshi emas, ularning soni yildan-yilga qisqarmoqda, 2017-yilgi sanoq vaqtida atigi 650 ga yaqin sher qayd qilingan xolos.

Bugun Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 13-avgust kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 936 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 9-iyul kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 35 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 43 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 237 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda iyul oyi so'ngida Laos va Tailand hududidan oqib o'tuvchi Mekong havzasining Nam Leuk daryosidan kashf etilgan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi eshvoylar (Cobitidae) oilasiga mansub yangi tur Lepidocephalichthys balios balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Raffles Bulletin of Zoology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

Bugun Sankt-Peterburg shahridagi dunyodagi eng yirik zoologik kolleksiyalardan biri bo‘lgan Rossiya Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining Ixtiologiya laboratoriyasidagi baliqlar kolleksiyasida saqlanuvchi Markaziy Osiyo suv havzalaridan kashf etilgan baliqlarning tipik namunalarini o‘rgangani keldim.
Ertadan ish boshlayman. Sizlarga mamlakatimiz suv havzalaridan kashf etilgan baliqlarning eng dastlabki namunalarini rasmlari bilan bo‘lishaman. Kamida 150 yillik yoshli baliqlar bilan ko‘rishishni o‘ylab halitdan hayajondaman 😊