hujayra.uz
4.63K subscribers
1.34K photos
218 videos
71 files
1.61K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
​​Hurmatli ixtiologlar, ishni soatlarimizni sozlab olishdan boshlaymiz!

Kecha xalqaro Baliqlar katalogi (Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma’lumotlar bazasining yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan yangi 2021 yilning 1-mart kuni holatiga ko’ra sayyoramizda 35 797 baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o'tgan oyda 1-fevral kuni bo’lgan edi. O’tgan 28 kun davomida baliqlar 29 turga boyigan. Joriy yil boshidan beri esa kashf etilgan yangi baliq turlari soni 72 tani tashkil qiladi.

P.S. quyidagi suratda joriy yil boshida Laosdagi Mekong havzasidan kashf etilgan, karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi yalangbaliqlar (Nemacheilidae) oilaga mansub 'Nemacheilus' argyrogaster balig'i tasvirlangan. Ushbu tur kashfiyotchisi bir necha kun avval aytganim Moris Kottelat bo'ladi, ushbu yangi tur haqidagi maqolasini uning o'zidan so'rab oldim. Xudo xohlasa ushbu olimni tez kunlarda ajoyib maqola orqali sizlarga tanishtiraman.Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro "Zootaxa" jurnalidan o’qishingiz mumkin.

@hujayrauz
Neandertallar odamlar kabi gapira olgan

Kecha 1-mart kuni Nature Ecology & Evolution jurnalida ajoyib bir maqola chop etildi. Unda aytilishicha, neandertal odamlar hozirgi odamlar kabi eshitish va gapirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ekan.

Tadqiqotchilar odam va neandertallarning bosh suyagidagi eshitishga aloqador sohalarni zamonaviy metodlar asosida chuqur tadqiq etgan holda, neandertallar hozirgi odamlar kabi so‘zlashib muloqot qila olganligini yozishmoqda. Avvallari ham homininlarning eshitish va gapirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar qilingan. Bunisi esa natijalarining aniqligi bilan ajralib turibdi.

Fan kundan-kunga odam evolutsiyasiyasi borasida oldinga siljib bormoqda. Kuzatamiz.

@hujayrauz
Avstraliya janubiy qirg'oqlarida uchraydigan bargli dengiz ajdari yoki lattachi baliq (Phycodurus eques) tashqi tuzilish jihatidan o'zi yashayotgan muhitga (aynan, dengiz suvo'tlariga) moslashgan. Bu uni dengizdagi yirtqichlar nigohidan pana qiladi.

@hujayrauz
Hozirgina Toshkentda Yuridikada o‘qiydigan 3-kurs talabasining ham ishlab, ham yashab turgan qurilishi bitmagan binoda ikkinchi qavatdan yiqilib vafot etgani haqidagi xabarni o‘qib qoldim. Miyam muzlab qoldi.

Bir necha kun avval Toshkentdagi turli universitetlarda o‘qiydigan 5 nafar yosh yigitlar ijara xonadonida noma'lum moddadan zaharlanish oqibatida vafot etgan edi.

O‘zbekistonda nafaqat ta'lim tizimi, balki talabalarga o‘qish va yashash uchun yaratilgan sharoit ham achinarli holatda! Birorta, aqalli biror dona universitetning o‘zidagi talabalarni to‘liq sig‘dira oladigan yotoqxonasi yo‘q. Talabalar, ayniqsa yigit talabalar majbur turli ijara uylarida yashaydi. Ayniqsa Toshkentdagi ahvol juda-juda achinarli. Ijara puli arzon bo‘lsa ham mayli edi. Talabaga ikkinchi sort odamga qilingan muomala qilishadi. Vafot etgan yosh yigitlarni o‘ylab juda ezildim...

Talaba ukalarim, sizning joningizning-ku bu hukumatga zig‘ircha qizig‘i yo‘q ekan, o‘zingiz uchun qizig‘i bo‘lsin! Agar davlatga sizning taqdiringiz qiziq bo‘lganida o‘limingizgacha kutib turmasdi. Bemalol yashab, o‘qishingiz uchun sharoit yaratib bergan bo‘lar edi. Kottakonlarga tog‘da saroy qurishga pul bor, lekin talabalarga yotoqxona qurib berishga kelganda pul yo‘q. O‘zingizni asrang, ukalar. Toshkentga kelib o‘qish shart emas. O‘z viloyatingizda o‘qisangiz ham bo‘ladi yoki til o‘rganib chet elda o‘qing.

Bolalari vafot etgan ota-onalarning holini tasavvur qilyapman. Taksiga bolasining o‘ligini solib, 10 soatlik Surxon yo‘lidagi jigargo‘shasining muzlagan tanasini quchib yig‘lab ketayotgan otaning yurak azobini his qilyapman. Alloh o‘zi sabr bersin. O‘zi Toshkentni jinim suymasdi, endi yana ham battar yomon ko‘rib ketyapman... 😒

@hujayrauz
Kanalning biologlarga mo‘ljallangan alohida yopiq guruhi bor. U yerda qat'iy qoidalarga amal qilingani bois u guruhni kanaldan uzib qo‘ygan edim. Biroq talab bo‘lavergach bugun kanaldagi mavzularni muhokama qilish uchun alohida guruh ochildi. Istasangiz guruhga qo‘shilishingiz mumkin. Qolaversa bundan keyin har bir post ostida ham guruhga o‘tib izoh yozish tugmasi bo‘ladi.

@hujayrauz_muhokama
Kecha fenogramma tuzish bo‘yicha ham maqola, ham video tayyorlab saytga joyladik. Mavzu sizga tushunarli bo‘ldimi? Fenogramma bo‘yicha masala berilsa ishlay olasizmi?
Anonymous Poll
22%
Tushundim. Masalani yecha olaman.
18%
Tushundim, lekin masala ishlashga ishonchim komil emas
13%
Tushunmadim, qiyin ekan
47%
Hali o‘qishga/ko‘rishga ulgurmadim
​​3-mart Xalqaro yovvoyi tabiat kuni

BMT Bosh assambleyasining 2013-yil 20-dekabrdagi rezolutsiyasiga ko'ra, har yili 3-martni "Xalqaro yovvoyi tabiat kuni" sifatida nishonlash belgilangan.

Nega aynan 3-mart?

Yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan yovvoyi hayvon va o'simlik turlarining xalqaro savdosi to'g'risida Konvensiya (Convention on International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora - CITES) aynan 1973-yil 3-mart kuni qabul qilingan. Mana shu konvensiya qabul qilinganligining 40 yilligi munosabati bilan bo'lgan tadbirda aynan 3-mart kuni "Xalqaro yovviyi tabiat kuni" sifatida belgilandi.

Ushbu konvensiyaga ko'ra ro'yxati shakllantirilgan hayvon va o'simliklarni biror davlat chegarasidan yashirincha olib o'tish, ularni noqonuniy ravishda sotish yoki sotib olish jinoyat hisoblanadi. Konvensiyaning 3 ta ilovasi mavjud bo'lib, unga 35 mingdan ortiq hayvon va o'simliklar kiritilgan. O'zbekiston ham ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Osiyo qit'asida uchta davlat: Shimoliy Koreya, Tojikiston va Turkmaniston ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilmagan.

Xalqaro yovvoyi tabiat kunida butun dunyo bo'yicha noyob va qirilib ketish xavfi ostida bo'lgan turlarning savdosiga qarshi kurash, ushbu turlarni himoya qilishga masalasi yana bir marta kun tartibiga olib chiqiladi.

@hujayrauz
Avstraliya hukumati qit'a uchun endemik bo‘lgan 13 turning, shulardan 12 tasi sutemizuvchi va bittasi reptiliya, Yer yuzidan batamom qirilib ketganini rasman tasdiqladi. Endi bu hayvonlarni faqatgina rasmlardagina ko‘ra olamiz, xolos.

Bugun The Guardian da chop etilgan maqola aynan shu haqida, o‘qing, tavsiya qilaman.

@hujayra
Ko'pchilikda "Qaysi o'simlik va hayvon turlari CITES ro'yxatiga kiritilgan? Buni qayerdan bilish mumkin?" degan savol tug'ilgan bo'lsa ajab emas. CITES ning rasmiy saytida uning I, II va III ilovalariga kiritilgan barcha o'simlik va hayvon turlarining ro'yxati keltirilgan. Ushbu ro'yxat so'nggi marta 2021-yil 14-fevral kuni yangilangan.

@hujayrauz
CITES o'zi nima ish qiladi?

Kecha CITES haqida yozganimdan keyin shunga o'xshash savollar yuzaga kelganini aniq. Shu bois hozir sizlarga CITES haqida qisqa va soddaroq qilib tushuntirib bermoqchiman.

Ushbu tashkilot butun dunyo bo'yicha yovvoyi holda yashaydigan yoki uchraydigan hayvon va o'simlik turlarining qirilib ketish xavfi ostida bo'lganlarining ro'yxatini Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI, ing. IUCN) dan oladi. Ushbu turlarning xalqaro savdosini, u importmi, eksportmi, reeksportmi, introduksiyami, xullas qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'iy nazar, xalqaro savdosini nazorat qiladi.

CITES o'z ro'yxatidagi hayvon va o'simliklarni uchta ilovaga ko'ra saralaydi. Ushbu ro'yxatga kiritilgan hayvon yoki o'simlikni hech kim o'zicha sotib ololmaydi yoki sota olmaydi. Mabodo aeroportdan o'tayotganingizda yuklaringiz orasida CITES ilovalarida ko'rsatilgan biror hayvon yoki o'simlik turi mavjud bo'ladigan bo'lsa, va uni davlat chegarasidan olib o'tishga biror hujjatingiz mavjud bo'lmasa, sizga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atiladi.

Misol bilan tushuntiraman. Amudaryoda uchraydigan Amudaryo katta va kichik soxta kurakburun baliqlari (Pseudoscaphirhynchus kaufmanni va P. hermanni) CITES ning II ilovasiga kiritilgan. Shu bilan birga bu turlar Xalqaro va O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bu turlarni hech kim o'zicha borib daryodan tutishi, ularni sotishi yoki sotib olishi, davlat chegarasidan o'lik yoki tirik holatda olib o'tishi qonunan taqiqlanadi.

Men aynan mana shu turlar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishi olib boraman. Xo'sh men bu holatda nima qilaman? Har yili noyabr oyida Qizil kitobga kiritilgan turlar bo'yicha ilmiy tadqiqot qiluvchilar Respublika tabiatni muhofaza qilish qo'mitasiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada qaysi turlar bo'yicha ilmiy qilayotganingiz va qaysi turdan nechtadan tutmoqchi ekanligingiz to'g'risida oldindan ma'lum qilasiz. Deylik men Amudaryo katta kurakburunidan 3 ta tutishim kerak. Vazirlar mahkamasining 2014-yil 20-oktabrda qabul qilgan 290-sonli qaroriga ushbu baliqning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobarida pul to'lanadi.

Ya'ni, 245 ming 5 barobar = 1 mln 225 ming so'm 3 ta baliq = 3 mln 675 ming so'm. Bu summa baliqni tutish uchun ruxsatnoma olishga to'lanadi. Agar mabodo mana shu baliqni chet el fuqarosi tutaman desa, u holda u har bir baliq uchun 500$ midqorida pul to'laydi. Endi men bu baliqni tutgach hozirgi o'zim ilmiy faoliyat yuritadigan Xitoydagi universitetimga olib kelib ilmiy tadqiqot olib boraman desam, CITES rusxatnomasi uchun alohida to'lov qilishimga to'g'ri keladi.

CITES ro'yxatiga kiritilgan hayvon yoki o'simliklarni ovlash, terish uchun ariza topshirilganda, albatta maqsad ko'rsatiladi. Ariza O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan ko'rib chiqib xulosa beriladi. Ya'ni o'sha hayvonni ovlashga ruxsat beradi yoki bermaydi. Ovlash mumkin degan tavsiyanoma berilgan taqdirdagina Respublika tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi ruxsatnoma beradi, aks holda esa rad etiladi. Mana shu ruxsatnoma qo'lga kiritilgandan keyin, bemalol baliq namunalarini xoh tirik, xoh o'lik holda bo'lsin bemalol davlat chegarasidan olib o'tish mumkin bo'ladi. CITES aynan mana shu jarayonni nazorat qiladi.

@hujayrauz
Hurmatli biologlar, sizlarga quvonchli xabar yetkazmoqchiman. 😊

Ushbu suratdagi baliq Triplophysa wulongensis deb nomlanuvchi fan uchun yangi tur. Ushbu yangi tur Xitoydagi Vujiang daryosidan kashf qilindi. Mazkur yangi turning mualliflaridan biri bo‘lish menga ham nasib qildi.

Yangi tur kashfiyoti haqidagi maqolamizni 2020-yil iyulda Zookeys xalqaro jurnaliga taqdim etgan edik. Uzoq tekshirishlardan so‘ng, muharrirlar yangi tur haqidagi maqolamizni kecha tasdiqlashdi. Tur kashfiyoti tez kunlarda rasman e'lon qilinadi.

@hujayrauz
Ilmiy yangilik saytiga kirsang, u yerda vataningdan yangi dinozavr turi topilganini o‘qisang. O, ilm kishiga bu qanday faxr bag‘ishlashini tasvirlay olmayman. Noming bundan ham balandroq marralarda jaralanglasin, ona Vatanim 😘.

Lekin kashfiyot mualliflari qatorida bitta ham o‘zbekning yo‘qligi mana shu xursandchilikka biroz soya soladi. Demak o‘zimizda birorta ham paleontolog yo‘q ekanda. Ham xursandman, ham xafa... G‘alati hissiyot 😒

@hujayrauz
Navoiy viloyatidan topilgan yangi Dzharatitanis kingi dinozavrning 92 mln yoshli yer qatlamidan topilgan dum umurtqa suyagi. Juda ham yaxshi saqlangan namuna.
Kofexo'rlarni xursand qilmaydigan xabar 😏

Clinical Nutrition nashrida chop etilgan bir maqolada yozilishicha, kuniga 5-6 finjondan ko'p qahva ichuvchi qahvaxo'rlarning organizmida ortiqcha yog' qatlami hosil bo'lishni boshlar ekan. Bu esa organizmda yurak-qon tomir xastaliklari kelib chiqish xavfini oshirar emish. Xullas, qahvani kamaytirmasak bo'lmaydi, qahvaxo'r o'rtoqlar.

Kamaytirishdan avval bir finjon qavha ichib asablarni tinchlantirmasak bo'lmaydi 😆

@hujayrauz
#qayta_nashr #naq_beshinchisi
Umumta’lim maktablari, litsey va kollejlarda genetika fanini o‘qitishda masala va mashqlar ishlash bo‘yicha qo‘llanmalarga ehtiyoj kamaymagan. Talabni-ku, gapirmasa bo‘ladi.

Keyingi yillari bir qator oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida genetika bilan birga biologiyaning boshqa sohalariga oid masalalar test savollaridan o‘rin olmoqda.

Ammo abituriyentlarning aksari bunday masalalarni yechishda ancha qiynaladi.

Biologiya fanidan xalqaro olimpiadaga saralash bosqichida ham deyarli barcha savollar genetika fanidan beriladi.

5-marta qayta nashr etilgan "Biologiya va genetikadan masalalar" fanga oid muammolaringizga tayyor yechimdir. Qo‘llanmadagi masalalar:
📌 Mavzulashtirilgan
📌Barcha masalalarning javoblari bilan
📌Murakkab masalalarning yechimi bilan berilgan.

Olsangiz, o‘qisangiz, puxta tayyorlansangiz, albatta, maqsadingizga yetasiz!

Nomi: "Biologiya va genetikadan masalalar"
Muallif: Baxtiyor Sheraliyev
Narxi: 16.000 so‘m
Xarid: @akademsavdo

@akademnashr
Hurmatli biologlar, Allohga shukur, mana vanihoyat kitob sotuvga chiqibdi. Mendan shu vaqtgacha juda ko'pchilik so'rayotgan edi. Endi bemalol @akademsavdo manziliga murojaat qilib, kitobni online sotib olishingiz mumkin. Yetkazib berish xizmati mavjud.

Repititor o'tadigan hamkasblarga kichik maslahat. @akademsavdo bilan bog'lanib kitobdan ko'proq miqdorda, nashriyot narxida sotib olishingiz mumkin. Ko'proq olayotganingizni aytib, yetkazib berish xizmatini maksimal darajada kamaytirib berishlarini so'rang. Chunki o'tgan galgi nashrida nashriyot ko'proq sotib olganlarga nashriyot narxida viloyatlarga tekinga yetkazib bergan.

Kelasi haftadan kitob ulgurji savdo orqali viloyatlarga ham yetkazilishi ko'zda tutilgan. Kitob do'konlariga yetib borgach kitob narxi nashriyot narxidan oshishi tabiiy, shu bois yuqoridagi imkoniyatdan foydalanishni tavsiya qilaman.

Kitob bo'yicha savol, raddiya, munosabat va murojaatlarni @hujayrauz_bot orqali bildirishingiz mumkin. Fikrlaringiz men uchun juda ham qiziq. Barchaga rahmat!

P.S. Bu gal plagiatorlarni va kitobni ko'chirib nashr qiladigan tayyoriga ayyorlarni hamda kitobni skaner qilib PDF qilib tarqataman deganlarni avvaldan ogohlantirib qo'ymoqchiman, O'zbekiston intelektual mulk agentligiga oldindan murojaat qilganmiz. Agar kimdir yuqoridagi harakatlarni sodir etishga urinib ko'rsa, o'sha zahoti agentlikka rasman ariza topshiriladi. Nashriyot kitob nashriga sarflagan mablag' hamda yetkazilgan zararni qoplatamiz.

@hujayrauz
Xalqaro Cell ilmiy jurnali (IF 38.637) kecha 4-mart kuni chop etilgan sonining muqovasida ajoyib bir rasmni chop etdi.

Suratga berilgan izohda jumladan quyidagicha so'zlar yozilgan: "Suvdan quruqlikka o'tish jarayoni umurtqali hayvonlar evolutsiyasida muhim kalit hisoblanadi. Ushbu nashrda Wang va boshqalar qo'ng'ir protorter (Protopterus annectens) ning 40 Gb li xromosoma genomi, Bi va boshqalar esa Senegal bichiri (Polypterus senegalus), Amerika chovburuni (Polyodon spathula), loyqa baliq (Amia calva) va timsoh baliq (Atractosteus spatula) kabi to'rtta muhim suyakli baliq turlarining genomini e'lon qilgan maqolalar chop etildi. Ushbu baliq genomlaridan foydalangan holda, ushbu ikki tadqiqot ishida tadqiqotchilar umurtqali hayvonlarning suvdan quruqlikka evolutsiya qilishidagi muhim irsiylangan genetik kodlarni ochib berishdi. Ushbu muqovada quruqlik hayvonlarining evolutsiyasini yoritishga xizmat qilgan yuqoridagi va boshqa genomi to'liq o'rganilgan baliq turlari tasvirlandi".

@hujayrauz
​​G'or ayiqlari evolutsiyada yana bir qadam oldingga siljish yuz berdi

Xalqaro olimlar jamoasi qirilib ketgan g'or ayig'i Ursus kudarensis ning Kavkaz tog'laridan topilgan 360 ming yoshli suyagidan DNK bo'laklarini ajratib, uning tarkibini o'qishga muvaffaq bo'lishdi.

Yangi topilgan namuna DNK si ushbu toshga aylangan suyak qoldiqlari O'rta Pleyston davrida yashagan Ursus kudarensis praekudarensis kenja turiga tegishli ekanligini ma'lum bo'ldi. Ushbu kenja tur So'nggi Pleyston davrida yashagan Ursus kudarensis kudarensis kenja turining ajdodi deb hisoblaniladi.

Ushbu kashfiyot davomida olimlar DNK molekulasi ular o'ylagandan ham uzoqroq muddat davomida saqlanishiga guvoh bo'lishgan. Bundan avvalgi natijalar 300 ming yoshli suyak qoldiqlaridan ajratib olingan edi. Tadqiqot mualliflari ushbu ayiqlar odamning o'zi Homo sapiens paydo bo'lishidan avval yashaganligi va qirilib ketganligini aytishmoqda.

Yangi tadqiqot natijalari avvalgi tadqiqotlarda ochilmagan ko'plab jihatlarni ochib bergani bilan ahamiyatli. Qolaversa g'or ayiqlari evolutsiyasi borasida olimlar ilgari surgan gipotezaning haqiqatga yaqin ekanligini mitoxondrial va yadro nukleotidlari asosida shakllantirilgan filogeneyasi orqali tasdiqlangan. Tadqiqot haqida batafsil Current Biology jurnalida chop etilgan maqolada00138-X) tanishishingiz mumkin.

@hujayrauz
​​Quruqlikda uxlovchi o'pkali baliqlar

Bundan bir necha kun avval kanalda quruq yerni kavlab, u yerdan pilla ichida yotgan baliqlarni kavlab olayotgan kishilar tavsirlangan videoni yuklab, bu haqida nima deb o'ylaysiz deb so'ragan edim. Shundan so'ng ushbu video haqida turli xil fikrlarni bildirganlar bo'ldi. Ana endi ushbu videodagi holatga ixtiolog sifatida munosabatimni bildirib o'tsam.

Videoda ko'rganingiz holat haqiqatdan real hodisa. Internet orqali tekshirib ko'rganimda video bundan to'rt yil avval (2017) Afrikaning Kongo daryo atrofidagi davlatlarning birida suratga olingan ekan. U yerda quruq yerdan kavlab olinayotgan baliq bu muguztishsimonlar (Ceratodontiformes) turkumiga mansub protopter (Protopterus) urug'iga mansub baliqlaridan biri. Ushbu urug'ga 4 ta tur kiradi. Ularning barchasi Afrikada tarqalgan. Ushbu baliqlar ikki xil nafas oluvchi baliqlar hisoblanadi. Ular ham jabra, ham o'pka bilan nafas oladi. Suv havzasida qurib qolganda o'ziga suv tubidan o'ra qazib, o'sha yerda ana shunday mavsumiy uyquga ketadi.

Agar sizga ushbu jarayon qiziq bo'lsa protopter baliqlari haqida yozilgan ushbu maqolani o'qishni tavsiya qilaman. Maqola hujayra.uz saytida chop etilgan.

@hujayrauz