Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizlar uchun olimpiadaning amaliy qismidan video lavha olganman. Bu yerda o‘quvchilar aniqlagich yordamida o‘zlariga berilgan baliq namunalarini tur darajasida aniqlashmoqda.
@hujayrauz
@hujayrauz
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 11-iyun kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 867 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 11-may kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 31 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 4 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 177 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda may oyi so'ngida Tinch okeanning shimoliy-g'arbiy qismidan kashf etilgan ximeralar (Chimaeriformes) turkumiga mansub yangi tur Chimaera stellata balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Ichthyological Research jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun uning yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina medallarni topshirdik.
To‘rt davlat - Rossiya (5 ta), O‘zbekiston (3 ta), Xitoy (1 ta), Belarus (1 ta) o‘quvchilari oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Qo‘shimcha tarzda shuni aytishim mumkinki, milliy terma jamoamiz kumush va bronza medallarni ham qo‘lga kiritishdi.
Farg‘onaga qaytib olay, olimpiada haqida imkon qadar batafsil yozaman. Kanalga savollaridan namunalar qo‘yaman.

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, aziz dindoshlar!
Barchangizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, uzoq va mazmunli umr tilayman. Alloh mana shunday ulug‘ ayyomlarning ko‘pini birgalikda nishonlashni nasib qilsin!

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Ilm-fan ishtiyoqmandlari uchun ajoyib yangilik!
🌎 Ilm-fanga chanqoq insonlar uchun “Butunjahon Yoshlar Festivali-2024”ning navbatdagi tadbiri olimlar va soha mutaxassislari bilan tashkillashtirilmoqda
🧾 Uchrashuv 28-iyun kuni 10:00da Yoshlar ijod saroyining 2-konferensiya zalida bo‘lib o‘tadi.
Bilimingizni kengaytirish va ilm-fanning yetakchi mutaxassislaridan yangi g’oyalar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📝 Ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting
#YoshlarKuni #YouthDay
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Bilimingizni kengaytirish va ilm-fanning yetakchi mutaxassislaridan yangi g’oyalar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
#YoshlarKuni #YouthDay
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni
Halqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi parafiletik kelib chiqishga ega bo'lgan, asosan dengizlarda tarqalgan chuvalchanglardir. Ushbu chuvalchanglarning har bir tana qismida parapodiylari va ularda xitindan tashkil topgan ko'plab tuklar joylashgan. Sinf o'z ichida 10 mingdan ortiq turlarni jamlaydi. Atigi 168 turi (umumiy ko'p tuklilarning sal kam 2% ga yaqini) chuchuk suvlarda yashashi qayd etilgan. Eng keng tarqalgan turlaridan ko'pchilikka tanish bo'lgan nereida (Nereis virens) ni ko'rsatish mumkin (uzunligi 60-70 sm gacha keladi, rasmga qarang).
Ushbu sinf vakillari ekologik jihatdan turli ekologik tokchalarda yashashi, simbioz yashashning bir necha ko'rinishlariga egaligi, qolaversa taksonomiyasining o'ziga xosligi, parafiletik kelib chiqishga ega ekanligi, eng dastlabki qazilma holdagi vakillari kembriy davri yotqiziqlaridan topilganligi bilan biologlarni azaldan qiziqtirib keladi.
O'zining 60 yillik umrini ko'p tukli chuvalchanglarni o'rganishga bag'ishlagan Kristian Fauchald (1935-2015) sharafiga uning tug'ilgan kunini 2015-yilda uning vafotidan so'ng Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ushbu olim ko'p yillar Vashingtondagi Tabiat tarixi milliy muzeyida ko'p tukli chuvalchanglar bo'limi kuratori sifatida faoliyat yuritgan. U ko'p tukli chuvalchanglarning biologiyasi, ekologiyasi, ko'payishi hamda filogeneyasiga oid ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirgan.

Tabiiy suv havzalarida cho‘milishdan saqlaning!
Farg‘ona viloyatidan Katta Farg‘ona kanali oqib o‘tadi. Bu yil seryomg‘ir bo‘lgani bois hozir kanalda suv juda ko‘p, loyqa va juda tez oqmoqda.
Kuni kecha kanalning Rishton tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milaman deb uydan chiqqan ikki bola (9-sinf) dom-daraksiz yo‘qolgan. Butun boshli qishloq aholisi va maxsus xizmatlar bolalarni izlamoqda. Hozir bolalar ota-onasining holatini hatto tasavvur ham qila olmayman.
Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizga ko‘z-quloq bo‘ling, anhor, daryo va kanallarda cho‘milgani umuman ruxsat bermang.
O‘zi ochiq suv havzalari cho‘milish uchun xavfsiz emas, kamiga u suvlarda turli-tuman infeksiyalar ham bo‘ladi. O‘zini asraganni, xudo ham asraydi. Yozni turli talofatlarsiz o‘tkazib olaylik.

#Yozgi_maktab_Biotexnologiya_ITM 🤩 #CAT_Biotechnology_Summer_School 🤩
Hurmatli talabalar, Ilg’or Texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo’yicha Yozgi maktab 2024 nihoyat QAYTDI. Issiq kunlarda SALQIN qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo’ling!
📑Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo’lishi aniq. Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
💡Kimlar uchun: Biologiya, Farmatsevtika va aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun.
MUHIM: Bakalavr bosqichini kamida 1-yilini tugatgan bo'lishi SHART. Bakalavr va magistraturani 2024-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so'raladi.
🧬Qabul qilingan nomzodlar biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo va mikrobiologiyada qo’llaniladigan metodikalarni o’zlashtirishadi. Eng qiziqarlisi, kichik guruhlarda o’z loyihalarini shakllantirishadi.
👩🔬👨🔬Mentorlar: O’zbekistonda SARS-CoV-2 virusini aniqlash uchun PZR test sistema ishlab chiqilishida ishtirok etgan olim va laboratoriyaning yosh mutaxassislari.
🎓Alumni: Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
🔎Qabul jarayoni: - Ariza formasini 3 ta tildan birida to'ldiring -- > Inshoyingiz asosida suhbatga chaqirilasiz. Yakuniy tanlov suhbat asosida olib boriladi.
📅Boshlanish sanasi: 2024-yil 05-agustda boshlanadi.
MUHIM: Dasturga hujjat topshirishning eng oxirgi sanasi 30.07.2024 soat kechki 18:00 gacha. Ushbu vaqtdan so'ng topshirilgan arizalar ko'rib CHIQILMAYDI.
Til: Dastur asosan O'zbek tilida olib boriladi. Lekin Ingliz va Rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.
Natijalarni kuzatib borish: Natijalarni Ilg'or texnologiyalar markazi rasmiy telegram kanali hamda Yozgi maktab koordinatori Muzaffar Muminovning shaxsiy @biology_uz kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali JO'NATILMAYDI. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga zoom linki sms/telegram yoki email orqali jo'natilishi mumkin. Shu sababdan, telefon nomeringiz hamda email manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz.
📱Qo'shimcha ma'lumot: Ilg'or texnologiyalar markazi haqida qo'shimcha ma'lumot: https://cat-science.uz yoki https://www.facebook.com/uzadvanced/
2023-yildagi ma'lumotlarni berilgan linklar orqali tekshiring: https://t.me/uzadvanced/491 https://t.me/uzadvanced/492 https://t.me/uzadvanced/493 https://t.me/uzadvanced/495 https://t.me/uzadvanced/504 https://t.me/uzadvanced/514
Do'stlaringiz bilan bo'lishishni unutmang!

Ertaga Qozog'istonning Ostona shahrida 2024-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasiga chin dildan omad tilayman! Umid qilaman terma jamoamiz Buxoroda o'tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasidagi natijalarni yana bir bor takrorlashadi.
@hujayrauz
@hujayrauz
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 9-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 893 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 11-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 26 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 202 tani tashkil qiladi.
P.S. yuqoridagi rasmda iyun oyi so'ngida Xitoyning Zhu-Jiang havzasidan kashf etilgan soxta ugorsimonlar (Synbranchiformes) turkumi xartumtumshuqlilar (Mastacembelidae) oilasiga mansub yangi tur Sinobdella longitubulus balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Biodiversity Data Journal jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

May oyi yakunida "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizga guruh yig'ilayotgani haqida yozgan edim. Orada xalqaro olimpiada va o'quv yili yakuni bilan bo'lib shu ishni bir qancha vaqtga qoldirishimga to'g'ri kelgan edi. Hozir mana ta'tilga chiqib oldik, endi boshlasak bo'ladi.
Xullas, ilmiy tadqiqot qilmoqchi, ilmiy maqola yozishni o'rganmoqchi, xalqaro darajadagi jurnallar (Scopus va WoS tarkibidagi) uchun maqola yozmoqchi bo'lib turgan magistrantlar, doktorantlar hamda mustaqil tadqiqotchilarni ushbu kursga taklif qilaman.
Kursda nimalar o'rgatiladi?
👉 Tadqiqot gipotezasini shakllantirish, tadqiqotni tashkil etish;
👉 Xalqaro IMRAD yo'nalishidagi maqolaning tarkibiy qismlari bilan tanishish;
👉 Maqolaning "Kirish" (Introduction) qismini qanday yozish kerak, u nima bilan boshlanib nima bilan tugaydi?
👉 Maqolaning "Material va metodika" (Materials and Methods) qismi nimalardan tashkil topgan bo'lishi lozim?
👉 Maqolaning "Natijalar" (Results) qismiga aynan nimalarni yozish lozim, mana shu bo'limda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xatoliklar.
👉 Maqolaning "Muhokama" (Discussion) qismi nima va nima uchun muhim?
👉 Scopus va WOS tarkibidagi jurnallar ichidan maqola uchun munosib jurnal qanday saralanadi?
👉 Xalqaro darajadagi mashhur va tekin (!) jurnallarga maqola qanday yuboriladi?
👉 Maqolani yuborayotganda tadqiqotchilar yo'l qo'yadigan eng ko'p uchraydigan xatoliklar nimalardan iborat?
👉 Maqola taqrizi (Peer Review) nima va u nima uchun muhim?
👉 Taqrizlangan va taqrizlanmagan maqolaning farqi nima?
👉 Impakt faktor (IF) nima, soxta impakt faktorlarni qanday aniqlash mumkin?
👉 OAK jurnallari uchun maqola tayyorlash usullari.
👉 "Yirtqich nashrlar" nima va ulardan nega saqlanish lozim?
💻 Kurs qayerda bo'lib o'tadi?
- ZOOM platformasida
- Telegramda yopiq guruhda muhokama
💵 Kurs to'lovi qancha?
- 1 mln so'm
📅 Kurs qachon boshlanadi?
- 15-iyul dushanba kuni
Kursga qatnashishni istovchilar quyidagi manzilga yozishi mumkin:
- @hujayrauz_bot
@hujayrauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
hujayra.uz pinned «🚩 🚩 🚩 🚩 🚩 🚩 May oyi yakunida "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizga guruh yig'ilayotgani haqida yozgan edim. Orada xalqaro olimpiada va o'quv yili yakuni bilan bo'lib shu ishni bir qancha vaqtga qoldirishimga to'g'ri kelgan edi. Hozir mana ta'tilga chiqib…»
Hurmatli magistrant, doktorant hamda mustaqilchi tadqiqotchilar!
"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini bugun boshlamoqdamiz. Kursga qatnashishni istaganlar @hujayrauz_bot orqali murojaat qiling.
Ayrim tadqiqotchilar kurs to'loviga qiynalayotgani haqida yozishibdi. Bu muammo emas, agar hozir imkoningiz bo'lmasa keyinroq ham to'lasangiz bo'ladi.
Keyingi kurs xudo xohlasa sentabr oxirlarida tashkil etiladi.

Xayr IBO, xayr biologiya(((
Hozircha tafsilotlariga to'xtalmayman, lekin IBO natijalari haqida so'rab murojaat qilayotganlar diqqatiga ayta olishim mumkin bo'lgan yagona narsa shuki, O'zbekiston endi ortiq xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etmaydi. Har qalay hozircha shunday. Terma jamoamiz IBO dan diskvalifikatsiya qilindi. Uning Qozog'istonning Ostona shahridagi natijalari bekor qilindi. Eng yomoni IBOga a'zo davlatlar ro'yxatidan ham chiqarib yuborildik.
Ehh, bundan ko'ra umuman o'rin olmasak ham mayli edi. 😔

Ana endi izoh bersam bo‘ladi, boisi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining o‘zi holat haqida yozib chiqdi.
O‘zbekiston nega IBOdan chetlatildi? Chunki biznikilar g‘irromlik qilishdi, shu sabab haydaldik. Voqea qanday bo‘lganini tushuntiraman. Har bir davlatdan to‘rt ishtirokchi boradi. O‘quvchilar bilan terma jamoa ustozlari ham birga borishadi. Bu gal bizdan besh ustoz ketgandi.
IBOda savollar ingliz tilida tuziladi. Ertaga nazariy imtihon degan kuni o‘quvchilarning telefon va kompyuterlari olib qo‘yiladi, internetdan batamom ihotalanadi. Bu vaqtda terma jamoa ustozlari tuni bilan ertaga tushadigan nazariy savollarni o‘z tillariga tarjima qilib chiqishadi. Tarjima tugagach materiallar tashkilotchilarga topshiriladi. To imtihon o‘tmaguncha ustozlar o‘z o‘quvchilari bilan ko‘rishtirilmaydi, gaplashtirilmaydi.
Bizdan borgan ustozlar tarjima qilinayotgan matnga o‘quvchi uchun to‘g‘ri javobni topishiga yordam beradigan savolda yo‘q bo‘lgan belgi qo‘yishgan. Bu holat bilishim bo‘yicha bizdan borgan to‘rt o‘quvchidan biri uchun maxsus qilingan. Imtihon o‘tgan. Shundan so‘ng hakamlarda natijalar shubha uyg‘otgan. Savollar kitobini olib tekshirib ko‘rishganda to‘g‘ri javobga ortiqcha belgi qo‘yilganini payqashgan. Hamma ishkal shu yerdan boshlangan. Hakamlar bizni ustozlarga g‘irromlik qilishganini isbotlab berishgan, biznikilarning tan olishdan boshqa choralari qolmagan 🤦♂️.
Shu sabab biz IBO2024 dan sharmandalarcha chetlashtirildik. IBO qo‘mitasi bizning ustozlar bundan avvalgi yillarda ham g‘irromlik qilgan bo‘lishi mumkinligini iddao qilmoqda. Bu ham tekshirilishini va agar shunday hol aniqlansa berilgan medallar bekor qilinishini aytishgan va O‘zbekistonni IBOga a'zo 80 davlat ro‘yxatidan chiqarib yuborishgan.
Mana hammasi qanday bo‘lgan edi. To‘g‘risi bu juda sharmandali hol, shunday emasmi? Bir o‘quvchiga yordam beraman deb butun boshli davlatni sharmanda qilishdi.
Bir aqlli inson aytganidek, "Bitta ahmoq quduqqa tosh tashlaydi, endi uni qirqta aqlli ham chiqara olmaydi".

Yana bir kichik eskartma. Bu O‘zbekistonning IBOdan diskvalifikatsiya qilingan birinchi holat emas. Xuddi shunday g‘irromlikni 2010-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan olimpiadada ham qilganmiz va o‘shanda ham natijalarimiz bekor qilingan edi. Lekin bu gal a'zolikdan ham chiqarib yuborildik.
Eng qiziq joyi 2027-yil IBO bizda, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi (olimpiada kunlari hali aniqlashtirilmagandi). Hozirgina IBO saytini qarasam 2027-yilgi olimpiadaga mezbonlik qilish Polshaga berilibdi.
Akademik halollik juda ham muhim shart. Ilm-fanda akademik halollikka rioya qilmas ekanmiz, oqibati hech qachon yaxshi bo‘lmaydi. Mana shunday bir umr yuzimiz qora bo‘lib yuraveramiz.

Bo'lib o'tayotgan voqealar fonida akademik halollikning naqadar muhimligi yana bir karra kun tartibiga chiqmoqda. Shu bois ertaga 22-iyul dushanba kuni kech 21:30 da kanalimizda "Ta'limda akademik halollik" mavzusi audiochat tashkil qilmoqchimiz.
Audiochatda akademik halollik, ta'lim va ilm-fanda g'irromlik, plagiat, ko'chirmakashlik, qalbakilashtirish holatlarining sabab va oqibatlarini o'zaro tahlil qilamiz.
P.S. iltimos, ushbu xabarni mavzuga aloqador bo'lgan ta'lim xodimlari, o'qituvchilar, talabalar bo'lgan guruhlarga ulashsangiz. Zotan bu mavzu haqida endi har doim bong uramiz, eslatamiz, targ'ib qilamiz.
@hujayrauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM