hujayra.uz
4.8K subscribers
1.23K photos
182 videos
71 files
1.57K links
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Download Telegram
​​1-aprel Xalqaro suv baqalari kuni

Janubiy Amerikadagi And tog' tizmasi hududida And hushtakchilari yoki suv baqalari (Telmatobius) deb nomlanadigan dumsiz baqalar urug'ining vakillari uchraydi. Ushbu baqalarning ayni vaqtda 61 turi aniqlangan. Ularning barchasi TMXI ning Qizil ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, 86% i deyarli butunlay qirilib ketish xavfi ostida turibdi. Ulardan 8 turi ehtimol batamom qirilib ketgan bo'lishi mumkin. Jumladan, Ekvadorda Vellard suv baqasi (T. vellardi) 1968-yildan beri qayd etilmagan. Mutaxassislar ushbu urug' vakillarining himoyasi uchun anchadan beri bong urib kelishadi.

Prussiyalik tabiatshunos F.J.F. Mayen ilk marta 1831-yil 1-aprel kuni Peruning Palka hududidagi g'orlardan birida ushbu suv baqalarining sayrashini eshitganini qayd etgan. Ushbu kun Telmatobius urug'i vakillari haqida fanga ma'lum bo'lgan dastlabki kun bo'lganligi bois, uni 2020-yildan boshlab xalqaro suv baqalari kuni sifatida nishonlash joriy qilindi.

Suv baqalari ayni vaqtda himoyaga muhtoj amfibiyalar ichida peshqadam bo'lib, dunyoning bir qancha hayvonot bog'larida ko'paytirilmoqda.

P.S. Rasmda Titikaka suv baqasi (Telmatobius culeus) tasvirlangan.

@hujayrauz
Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 2-aprel kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 779 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 5-mart kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 29 kun davomida baliqlar soni 20 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 87 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda mart oyi so'ngida Boliviya hududidagi Amazonka havzasiga kiruvchi Madeira daryosining yuqori oqimidan kashf etilgan xarassisimonlar (Characiformes) turkumiga mansub piranyalarning yangi turi Serrasalmus magallanesi balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Journal of ichthyology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
Qadrdon do'stlar! Mana muborak Ramazon oyi ham ortda qoldi. To'g'risi u qanday tez o'tganini sezmay ham qoldim, menimcha ko'pchilikda shunday bo'lgan bo'lsa ajab emas.

Barchangizni bugungi Ramazon hayiti bayrami bilan chin dildan qutlayman. Har doim salomat bo'ling. Zotan, ilm-fan, hayot tashvishlari, xursandchiliklar faqatgina kishi salomat bo'lgandagina ko'ngilga sig'adi. Shu bois hech qachon kasal bo'lmanglar. Mana shunday farahbaxsh bayramlarning ko'pini birgalikda nishonlash barchamizga nasib qildin.

Hayit muborak!

@hujayrauz
"Soqol o‘stiruvchi turli moylarning foydasi bormi?"

Ko‘p bo‘lmasa-da ba'zan shunga o‘xshash savollarni yo‘llab turishadi. Odatda javob yozmas edim, chunki javobi kunday ravshan bo‘lgan narsalarga vaqt sarflash to‘g‘ri deb o‘ylamayman. Shunday bo‘lsa ham bugun bu savolga qisqagina javob bermoqchiman.

Hech qanday moy yoki soqol o‘stiruvchi moddalar sizning yo‘q soqolingizni o‘stirmaydi. Bu eng keng tarqalgan mif. Chunki bu moylarning soqol o‘stirishga aqalli zig‘ircha ta'siri borligini isbotlaydigan birorta ham ilmiy dalillar mavjud emas. Shu bois soqolingiz siyrak bo‘lsa bunday yolg‘onlarga pul sarflab yurmang.

Soqol o‘sishi avvalo genetikaga, organizmdagi testosteron gormoni miqdoriga va ana undan keyin sizning turmush tarzingizga bog‘liq.

@hujayrauz
Bugun ham vaqtingiz bor!

FarDUda o‘tkazilayotgan olimpiadada ishtirok eting. 1, 2 va 3-o‘rinni olganlar FarDUga imtihonsiz o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Qo‘shimcha savollarga 👉 bu yerdan 👈 javob topishingiz mumkin.

@hujayrauz
22-aprel Yer kuni

Quyosh sistemasidagi uchinchi sayyora hisoblangan Yer hozirgacha tiriklik tarqalgan yagona sayyora bo'lib turibdi. Yerimizning yoshi 4.54 mlrd yoshda deb hisoblangan. Yer yuzidagi mavjud biologik turlarning 99% i bugungi kunga kelib qirilib ketgan. Yerda yashayotgan soni 8 mlrd ga yaqinlashib qolgan Homo sapiens degan tur uning biosfera va tabiiy resurslariga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Ushbu kunda mana shu hurmatli H. sapiens degan turdan o'zi yashayotgan uy - Yerga, uni kelajak avlodlarga va boshqa biologik turlarga "sog'lom" holda yetkazish masalalariga ozgina bo'lsa ham e'tibor qaratish so'raladi.

Siz ham Yerning dodini berayotgan mana shu H. sapiens larni taniysizmi?

@hujayrauz
📷📷📷📷

🌟 Kimyo fanidan Milliy sertifikat kitobimiz nashrdan chiqdi!

👁 Milliy sertifikat sizga nima beradi?

🤩 A va A+ darajadagi sertifikat abituriyentlar uchun yoʻnalishdan kelib chiqqan holda maksimal ball beradi.
🤩 Shu fandan dars beradigan ustozlarning oyliklariga qoʻshimcha tarzda 20% ustama beradi.

Kitobda nimalar mujassam?

🤩 BMBA talablariga mos ravishda kimyoning umumiy kimyo, anorganik kimyo va organik kimyo boʻlimlaridan tuzilgan ochiq va yopiq test topshiriqlarini oʻz ichiga oladi.

Kitobdan namuna

📞 Murojaat uchun:
+998932477508
+998970204222

✍️ @unfluer1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha "Bulletin of the Peabody Museum of Natural History" jurnalida Thomas J. Near va Christine E. Thacker hammuallifligidagi "Tirik va qazilma holdagi shu'laqanotli baliqlar (Actinopterygii)ning filogenetik klassifikatsiyasi" [asl. Phylogenetic Classification of Living and Fossil Ray-Finned Fishes (Actinopterygii)] nomli maqola chop etildi.

Maqolaning hajmi katta (300 sahifa), lekin men juda-juda qiziqadigan baliqlar makrotaksonomiyasi haqida. Shu uchun kecha maqolani yuklab olganimdan beri o'qib, varaqlab chiqmoqdaman. Maqolani o'qir ekanman, yuragimda biroz og'riqli jizzillash beradigan g'alati hissiyotni his qilyapman. Bunga uch omil sabab bo'lmoqda: (i) ilm-fanga kech kirib kelganim; (ii) ingliz tilini kech o'rganganim [hali ham mukammal bilmayman]; (iii) hamon ilm-fan bilan o'zim istaganchalik shug'ullana olmayotganim...

Hozir baliqlarning mikrotaksonomiyasi bilan mashg'ulman, tur (species), juda borsa urug' (genus) darajasida faoliyat olib bormoqdaman. Lekin biolog bo'layotganimdagi eng katta orzu - makrotaksonomiya (bevosita evolyutsiya) bilan shug'ullanmayotganim yurakka og'riq beradi. Mana bu maqoladan keyin esa og'riq kuchaydi. Biroq hali kech emasligiga umid qilaman.

Maqolaning o'zi haqida aytadigan bo'lsam, unda shu'laqanotli baliqlar sinfining (hozirgi mavjud umurtqalilarning yarmidan ko'pini tashkil qiladi) umumiy klassifikatsiyasidagi nomenklaturaviy chalkashliklar va kladalar nomlanishidagi turli-tumanlikni bartaraf etish, kladalar nomlanishining etimologiyasi, morfologik autapomorfik xususiyatlarini tahlil etishga urg'u berilgan. Ishda umumiy holda 1749 nomdagi adabiyotlar tahlil qilingan va shu asosida shu'laqanotli baliqlar sinfining klassifikatsiyasi qaytadan ko'rib chiqilgan.

Ayni vaqtda doktorlik (DSc) dissertatsiyamni tayyorlash jarayonidaman. Mavzu Orol dengizi havzasida tarqalgan Cobitoidei kenja turkumi vakillarining taksonomiyasi va sistematika haqida bo'lib, mazkur yangi maqola dissertatsiyamdagi ayrim jihatlarga o'z ta'sirini ko'rsatar ekan. Har qanday ilmiy tadqiqot ishi o'zida sohaga oid eng so'nggi tadqiqot natijalarini aks ettirgani maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa sifatida ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan bakalavr yoki magistraturada o'qiyotgan uka-singillarimda fan bilan jiddiy shug'ullanishni bugundan boshlang, ingliz tilini chuqur o'rganishni hozirdan boshlang deb qolaman. Ertaga buning foydasini o'zingiz tushunasiz.

@hujayrauz
🚩🚩🚩🚩🚩🚩

Vanihoyat va'da qilingan kichik kurs!

"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursi haqida e'lon berganimda, kurs magistr, doktorant va mustaqil ilmiy tadqiqotchilar uchun deb aytgan edim. Lekin shunga qaramay bakalavrda o'qiydigan juda ko'plab uka-singillarimiz kursga qiziqish bildirib murojaat qilishdi. Shu munosabat bilan aynan bakalavrlar uchun "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" mavzusida bir martalik dars tashkil etyapman.

📌 Kursda kimlar qatnasha oladi?
- qaysi yo'nalishda o'qishidan qat'i nazar ilmiy ish qilishni istagan barcha bakalavr talabalar

Kursda nimalar o'rgatiladi?
➡️ Ilmiy tadqiqotga kirish, unda amal qilish lozim bo'lgan qoidalar;
➡️ Ilmiy mavzu qanday tanlanadi, nimalarga e'tibor berish kerak;
➡️ Ilmiy ish boshlashda zarur bo'lgan uch jihat;
➡️ Bakalavr maqola yoza oladimi?
➡️ Ilmiy maqola nima?
➡️ Maqola va tezis nimasi bilan farqlanadi?
➡️ Maqola qanday tarkibiy qismlardan iborat?
➡️ Maqola qanday yoziladi?
➡️ Maqola yozishda yo'l qo'yiladigan eng ko'p uchraydigan xatoliklar;
➡️ Maqola chop etish uchun jurnal qanday tanlanadi?
➡️ Plagiat nima va undan qanday saqlanish kerak?
➡️ Scopus va Web of Science nima?
➡️ Yirtqich nashrlardan qanday himoyalanish kerak?

🔜 Kurs qachon bo'lib o'tadi?
2024-yil 27-aprel shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da ZOOM platformasida bo'lib o'tadi. Dars ikki soat davom etadi.

Kursda qatnashish narxi qancha?
- 50 ming so'm

Kursga qanday yozilish mumkin?
9860 1901 0261 1554 karta raqamiga (Bakhtiyor Sheraliev nomida) to'lov qilasiz. To'lov srinshotini va ism-familyangizni @hujayrauz_bot ga yuborasiz. Sizga yopiq guruhga qo'shilish linki yuboriladi.

✉️ Qo'shimcha savollar bilan @hujayrauz_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onalik botaniklarga taklif!

Farg‘ona shahrida 40 gektar maydonda Farg‘ona san'at saroyi va uning bog‘i tashkil etilgan. Har gal bog‘ni aylanar ekanman bog‘dagi o‘simliklarni kuzataman. Bog‘ xodimlari tomonidan ekib parvarishlanayotgan manzarali daraxt va butalar o‘z yo‘liga, lekin bog‘dagi turli o‘tsimon o‘simliklarni alohida tadqiq etsa bo‘ladi.

Bizda negadir ilmiy tadqiqot mavzusini juda ideallashtirishga harakat qilishadi. Aslida o‘z atrofimizni tadqiq etishga e'tibor qaratsak ko‘proq yangilik qilgan bo‘lar edik. Men shu bog‘dan kamida 50 turdagi o‘tsimon o‘simlikni sanadim, oilalar soni ham 15 tadan kam emas. Murakkabguldoshlardan tortib ziradoshlar, ayiqtovontoshlar vakillarigacha uchraydi. Yer bag‘irlab o‘sadigan archalar, bir necha o‘n turdagi bug‘doydoshlar o‘sib yotibdi.

Urbanoflora tarkibining shakllanishini o‘rganishda Farg‘ona san'at saroyi bog‘i eng qulay obyekt bo‘la oladi. Fikrimcha bog‘ florasidan bemalol bitta PhD va kamida 3-4 ta MSc dissertatsiyasi tayyorlasa bo‘ladi.

@hujayrauz
25-aprel Xalqaro DNK kuni

Bundan 71 yil muqaddam 1953-yil 25-aprelda Jeyms Uotson, Frensis Krik, Moris Uilkins, Rozalind Franklinlarning DNK molekulasi haqidagi uchta (1, 2, 3) maqolalari Nature jurnalida chop qilinadi.

2003-yilda "Inson genomi loyihasi" (Human Genome Project) tomonidan ushbu kunni butun dunyoda "Xalqaro DNK kuni" sifatida nishonlash taklif qilinadi va mana 21 yildan beri bu kun nishonlab kelinmoqda.

DNK kuni muborak, hurmatli biologlar 😊👨‍🔬🧬

@hujayrauz
​​​​25-aprel Xalqaro pingvinlar kuni

Ha, bugun nafaqat DNK kuni, shu bilan birga Xalqaro pingvinlar kuni hamdir. Pingvinlar pingvinsimonlar (Sphenisciformes) turkumi pingvinlar (Spheniscidae) oilasi 6 ta urug'ga mansub 17-20 ta turdan (ayrim turlarning taksonomiyasi bahsli, shunday bo'lsa-da BirdLife International tashkiloti ularning 18 ta turi mavjud deb ko'rsatgan) iborat uchmaydigan qushlardir.

Pingvinlarning deyarli barcha turi janubiy yarimsharda yashaydi, faqatgina bitta turi - Galapagos pingvini (Spheniscus mendiculus) ekvator yaqinida Galapagos orollarida uchraydi. Hozirgi mavjud pingvinlar orasida eng yirigi imperator pingvini (Aptenodytes forsteri) bo'lib, voyaga yetgan vakilining bo'yi 1,1 metrgacha, og'irligi 35 kg gacha yetadi. Eng kichik pingvin esa mitti moviy pingvin (Eudyptula minor) bo'lib, uning bo'yi 33 sm gacha, og'irligi 1 kg gacha yetadi.

Pingvinlar koloniya bo'lib yashaydi. Tana tuzilishi yashash sharoitiga moslashgan. Terisi ostidagi 2-3 sm qalinlikda yog' qatlami hamda uning ustidagi uch qavatli suv o'tkazmaydigan patlari uni kuchli sovuqdan himoya qiladi. Barcha turlari suvga juda yaxshi sho'ng'iydi va suzadi. Asosan suvdagi baliqlar bilan oziqlanadi.

Pingvinlar 18 ta turining 16 tasi shu bu kungacha Xalqaro Qizil kitobning mutaxassislari tomonidan o'rganilgan va baholangan (ya'ni Qizil kitobga kiritilgan).

@hujayrauz
Bugun xalqaro DNK va pingvinlar kuni. Shu bilan birga bugun yana bir kun nishonlanadi? Nima deb o‘ylaysiz, u qanday kun?

P.S. Yordam sifatida aytaman, u odamning birinchi raqamli dushmani. 2021-yilda u sabab 619 ming odam halok bo‘lgan.
Anonymous Quiz
39%
Xalqaro viruslarga qarshi kurashish kuni
19%
Xalqaro mashinasiz yurish kuni
24%
Xalqaro bezgakka qarshi kurashish kuni
19%
Xalqaro GMO mahsulotlari kuni
hujayra.uz pinned «🚩🚩🚩🚩🚩🚩 Vanihoyat va'da qilingan kichik kurs! "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursi haqida e'lon berganimda, kurs magistr, doktorant va mustaqil ilmiy tadqiqotchilar uchun deb aytgan edim. Lekin shunga qaramay bakalavrda o'qiydigan juda ko'plab uka-singillarimiz…»
Kichik bildirish!

FarDUda o'qiyotgan talabalar uchun!

Ertaga kechga xudo xohlasa "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" bir martalik kursini o'tkazamiz. Lekin menga FarDUda o'qiydigan ayrim talabalarimiz oy yakuni bo'lgani bois kursga qatnashish uchun moliyaviy tomondan qiynalib turishganini, keyingi oy hisobidan to'lov qilsak bo'ladimi deb yozishmoqda.

Albatta bo'ladi. Agar hozir kurs to'loviga pulingiz bo'lmasa kelasi oy to'lasangiz ham bo'ladi. Bemalol xijolat bo'lmasdan @hujayrauz_bot ga yozing.

P.S. Bu imkoniyat hozircha faqat FarDU talabalari uchun.

FarDUdan murojaat qilayotgan talabalar, o'zingizning ism-sharifingiz va qaysi yo'nalish, kursda o'qishingiz haqida yozing.