O'zbekistondagi yana taksonomik o'rni bahsli bo'lgan yana bir baliq turining taksonomiyasiga to'la-to'kis aniqlik kiritildi
O'zbekiston ichki suv havzalarida tarqalgan Alburnoides urug'iga mansub baliq turi uzoq vaqt Alburnoides bipunctatus eichwaldi kenja turi deb hisoblab kelingan. Keyinchalik A. eichwaldi mustaqil tur ekanligi ayon bo'lgach, bizdagi ushbu tur ayrim adabiyotlarda A. bipunctatus, boshqa bir adabiyotlarda esa A. eichwaldi deb deb yuritila boshlandi. Umuman Alburnoides urug'iga oid tadqiqotlar tahlili A. bipunctatus va A. eichwaldi ning Kaspiyosti va Yevropa suv havzalarida uchrashini ko'rsatgan. Ko'pgina olimlar Markaziy Osiyodagi Alburnoides turi butkul boshqa tur ekanligi haqida aytishgan.
Biz mana shularni hisobga olgan holda 2016-2019 yillar davomida Respublika bo'ylab turli suv havzalarida Alburnoides urug'i vakillarini yig'ib chiqdik va ularni ham morfologik, ham molekulyar jihatdan tekshirdik. Tadqiqotimiz natijasida bizda uchraydigan Alburnoides urug'ining vakili Afg'oniston va Eron hududidan o'qib o'tuvchi Hari daryosida tarqalgan A. holciki bo'lib chiqdi. Bizning natijalarimiz Levin va uning hammualliflari (2019) tomonidan Tojikistonda o'tkazilgan tadqiqot natijalariga to'la mos keladi.
Shunday qilib, biz o'lkamiz ixtiofaunasida taksonomik o'rni shubhali bo'lgan yana bir baliq turining taksonomiyasiga zamonaviy fan metodlari asosida aniqlik kiritishga muvaffaq bo'ldik. Dala amaliyoti davrida bizga manba yig'ishda yordam bergan BuxDU tayanch doktoranti Elbek Jalolovga, BuxTI talabasi Zuhriddin Obloqulovga hamda UrDU talabasi Akbarjon Ro'zimovga o'zimning samimiy minnatdorchiligimni bildirib o'taman.
Ushbu tadqiqotimiz natijalari xalqaro Journal of Applied Ichthyology jurnalida kuni kecha chop etildi.
P.S. Quyidagi rasmda Surxondaryo havzasidan tutilgan Alburnoides holciki va undan pastda biz namuna olgan hududlar (qizil rangda) tasvirlangan.
@hujayrauz

DNA_barcoding_revealed_a_wider_distribution_of_Alburnoides_holciki.pdf
1.2 MB
Maqola pullik jurnalda chop etilgani bois istagan odam kirib, to'liq holda ko'ra olmaydi. Shu bois uni to'liq holda kanalga joylashtiraman. Qiziqqanlar o'qib ko'rishlari mumkin.
@hujayrauz
@hujayrauz
Audio
Bugungi audiochatning yozib olingan ko‘rinishi. Qatnasha olmaganlar yoki ovozni yaxshi eshita olmaganlar qayta tinglab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Fikr va mulohazalaringizni shu fayl ostida qoldirishingiz ham mumkin.
@hujayrauz
@hujayrauz
#UNDP_Uzbekistan
#Bilasizmi, O‘zbekistonda 34 turdagi lola o‘sadi va ularning 20 xili milliy Qizil kitobga kiritilgan 🌷
Afsuski, bu go‘zal gullar, guldastalar uchun terilib piyozlari qazib olinavergach, yo‘qolib bormoqda. Bunday beparvolik yaqin kelajakda ularning butkul yo‘qolib kelishiga olib kelishi mumkin.
Aynan shu sababli biz tog‘ lolalarining ajoyib fotosuratlarini siz bilan baham ko‘rmoqchimiz va Sizni go‘zal yurtimizning bioxilma-xilligini saqlab, tog‘ gullarini uzmaslikka chorlamoqchimiz!
Fotosurat O‘zR Fanlar akademiyasi Botanika instituti nodir o‘simlik turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi mudiri Natalya Beshko tomonidan taqdim etildi.

Qadrli kanalimiz obunachilari, ushbu rasmda Geopora turkumiga mansub zamburug‘lar tasvirlangan.
Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim, shunga o‘xshash zamburug‘ni o‘z yashash hududingiz atrofida uchratgan bo‘lsangiz, iltimos, bizga xabar bersangiz. Biz mana shu zamburug‘ni izlayapmiz. Katta rahmat!

Janubiy Osiyo daryo delfini (Platanista gangetica) ning ikkita kenja turi bor: Gang daryo delfini (Platanista gangetica gangetica) va hind daryo delfini (Platanista gangetica minor).
Yaqinda o'tkazilgan taksonomik tadqiqotda ushbu ikki kenja tur aslida alohida mustaqil turlar (Platanista gangetica va Platanista minor) ekanligini ayon bo'ldi. Hind daryo delfini faqatgina Pokistondagi Hind daryosida, Gang daryo delfini esa Hindiston, Bangladesh va Nepal hududidan oqib o'tuvchi Gang, Brahmaputra, Meghna daryolarida uchraydi. Ikki tur geografik jihatdan alohida areallarda yashaydi. Molekulyar tadqiqot ushbu ikki tur genomi orasida so'nggi 0,55 mln yil davomida genlar oqimi kuzatilmaganini ko'rsatmoqda.
Ikkala tur ham Xalqaro qizil kitobga yo'qolib borayotgan turlar maqomida kiritilgan.

O'n yettinchi kun hisoboti
Xayriyamizning o'n yettinchi kuniga ham yetib oldik. O'tgan to'rt kunda 4 kishi xayriyada ishtirok etishdi. Barcha xayriya qilayotganlarga tashakkurlar! Ilm-fan uchun qilayotgan xayriyangizni Alloh barokatli qilsin!
O'n yettinchi kungi natija: 70 000 so'm, ya'ni 6.67 dollar
Jami: 1 697 220 so‘m, ya'ni 161.79 dollar
Marragacha 400 823 so'm (38.21 dollar) qoldi.
Marraga juda ham yaqin qoldik. Inshaalloh 200$ lik marraga yaqin kunlarda yetib olamiz. Fauna va florani o'rganish uchun xayriya qilayotgan barcha-barchaga katta rahmatlar 😊
Xayriya uchun karta raqami:
8600 1404 9337 6660
Baxtiyor Sheraliyev

Siz bilmaydigan biologik faktlar
Siz o'qigan barcha biologiya darsliklarida RNK ning DNK dan farqli ravishda bitta zanjirdan iborat ekanligi aytiladi, shunday emasmi? Bundan tashqari ko'pchilik RNK ning faqatgina 3 ta turi (i-RNK, t-RNK, r-RNK) mavjud xolos deb o'ylashadi. Aslida RNK ning bir necha o'nlab turlari mavjud (bular haqida alohida maqola qilamiz), qolaversa kamiga xuddi DNK kabi ikki komplementar zanjirga ega RNK turi ham mavjud. Xato o'qimadingiz, xuddi shunday RNK bor))
Ikki zanjirli RNK (iz-RNK) DNK kabi ikki komplementar zanjirdan iborat bo'lib, u deyarli barcha hujayralarda aniqlangan, unda DNK dan farqli ravishda timin o'rniga uratsil bo'ladi. iz-RNK ba'zi bir viruslarning genetik materiali hisoblanadi. Ayrim RNK li viruslarda ana shunaqa ikki zanjirli RNK uchraydi. Virus RNK si yoki kichik interferlovchi RNK (ki-RNK) kabi ikki zanjirli RNK lar eukariotlarda RNK interferensiyasiga sabab bo'ladi. Umurtqali organizmlardagi interferon oqsili sintezidagi RNK interferensiya jarayoni aynan mana shu iz-RNK lar ishtirokida kechadi.

Odatda bo‘sh vaqtlarimda youtube da hayvonlar haqidagi videolarni tomosha qilaman. Ba'zan esa hayvonlarga g‘amxo‘rlik qiladiganlarning faoliyatlari haqidagi roliklarni ko‘rib, hind kinosi ko‘rgandek ham yig‘lab, ham xursand bo‘lib o‘tiraman. Yovvoyi tabiatda hayvonning ozginagina olgan jarohati ham uni o‘limga mahkum qiladi.
Yaxshi odamlar esa mana shunday hayvonlarni qutqarish bilan shug‘ullanadilar. Mana bu qisqa videoda suvdagi bo‘ynidan jarohatlangan oqqushni tutib davolashgani haqida ko‘rsatilgan. Bolaligimni yodimga soldi. Men ham 3 sinfda o‘qigan vaqtimda qanoti singan (to‘g‘rirog‘i qanotidan o‘q yegan) laylakni uyda parvarishlaganim, uni davolashga uringanim, har kuni maktabdan kela solib zovurdan unga baliq tutib kelishlarim yodimga tushib ketdi...
Hayvonlar bizning eng yaqin do‘stlarimiz, jigarlarimiz, ularga g‘amxo‘rlik qilishga burchlimiz. Hayvonsevarlarga videoni tomosha qilishni tavsiya qilaman.
https://m.youtube.com/watch?v=T9p_UaUV8Jg

YouTube
Swan rescued after HORRIFIC bite injury
Swan rescues have become a rather common call for us recently and, sadly, this poor swan was one of the most horrific cases we've seen for a while...
We were called to a local park after multiple reports of a swan with bite wounds to the neck. Whilst Simon…

Mamlakatdagi eng asosiy kasblar uchta bo‘lsa, shularning biri jamoat tartibini saqlovchilardir. Men mana bu holatda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan YPX ni urishga HARAKAT QILGAN (hali urmagan) fuqaroning jazolanganini to‘la qo‘llab-quvvatlayman. Fuqarolarning bunaqa qilig‘iga aslo chidash kerak emas!
Tanganing boshqa tomoni ham bor. Kunda OAV larida xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlarni fuqarolar tarafidan ayamasdan do‘pposlab, reanimatsiyaga tushadigan holatga solinayotgani haqida ham o‘qiymiz. Lekin negadir shifokorni urayotganlarga bunaqa chora ko‘rilmaydi. Impotent SSV chiqib bir g‘ingshiydi, shu bilan tamom, maksimum jarima qo‘llaniladi.
Nega? Shifokorlar bizga o‘gaymi? Hukumat nega shifokorlarning himoyasi haqida melisalarnikichalik qayg‘urmaydi, nega?
Vatandoshlar, aslida shifokorlar bu dunyoda bizga hamma kasblardan ham eng kerakli insonlar hisoblanadi. Ularni qadrlamas ekanmiz, holat yaxshilanmaydi.

Hurmatli biologlar, yuqidagi rasmga diqqat bilan qarang va unda nima tasvirlanganini topishga harakat qiling. Yordam sifatida aytishim mumkin, bu yerda tasvir ancha kattalashtirib ko'rsatilgan.
@hujayrauz
@hujayrauz
Yuqoridagi rasm Triplophysa spp. balig'ining chap ko'krak suzgich qanotining yuza tomondan ko'rinishi edi.
Endi savolni yanada aniqlashtiraman. Nega baliq qanotining yuza qatlami bunday mayda bo'rtiqchalar (tubercle) bilan qoplangan?
Balki sizga yordam bo'larmikan degan maqsadda "Bu bo'rtiqchalar qachon hosil bo'ladi?" ko'rinishidagi qo'shimcha savolni ham qo'shib qo'yaman.

Baliqlardagi jinsiy dimorfizm
Baliqlarda ham jinsiy dimorfizm kuzatiladi. Ayrim guruh baliqlarda (masalan, Gambusia) bu yaqqol ko'zga tashlansa, ikkinchi bir guruh baliqlarida uni mutlaqo sezish qiyin bo'ladi.
O'zbekiston suv havzalarida uchrovchi Nemacheilidae oilasi Triplophysa urug'iga mansub baliq turlarida ushbu oilaning boshqa urug'lariga qaraganda jinsiy dimorfizmning kuchli namoyon bo'lishi bilan farqlanadi. Ko'payish davrida ushbu urug' vakillarining erkaklarida ko'krak suzgich qanoti yuzasida va ko'zning pastki qismida mayda bo'rtiqchalar (tubercle) hosil bo'ladi. Ushbu belgi (autapomorfiya) erkak baliqning jinsiy jihatdan voyaga yetganini, urg'ochisini urug'lantira olish qobiliyatiga ega ekanligini bildiradi.
Bu belgi urg'ochi va voyaga yetmagan baliqlarda yuzaga kelmaydi. Mana shu belgisiga qarab Triplophysa baliqlarida erkak va urg'ochi baliqlarni osongina ajratib olish mumkin.
P.S. Sizlarga xudo xohlasa ramazon oyi ichi mana shu baliqlarga oid ajoyib bir yangilik aytaman. Juda oz qoldi 😉

O'tgan yilgi bir vebinarimda ilm ostonasiga qadam qo'yayotganlarga maslahatlar bergandim...
Bugun nima bo'di-yu, 2-3 yil avval mendan maslahat so'rab yozgan bakalavrni bitirgan, magistraturaga kirgan yoshlar bilan yozishmalarimizni qayta o'qib chiqdim. Asosan "nima mavzuda ilmiy ish qilay?", "qaysi sohaga magistraturaga kiray?" kabi savollarni berishgan ekan. Barchalariga deyarli bir xilda "o'zingiz qiziqqan soha/mavzuni tanlang. Undan keyin maqsadni aniqlashtiring" degan ekanman.
Afsus, gaplashganlarimning 90 foizi o'shanda qanday bo'lsa hozir ham xuddi shunday holatda qolibdi. Na ilmda o'sish bo'lgan, na boshqada. Shundaylari borki, o'zi o'qiyotgan/ishlayotgan soha bo'yicha elementar narsalardan xabarsiz.
Buning hammasi maqsadning yo'qligidan. Ilm ostonasida turgan aziz uka-singillarim, yana o'sha gap, hammasidan avval maqsadni aniqlab olmas ekansiz, 10 yildan keyin ham o'sha turgan joyingizda turaverasiz, siljish bo'lmaydi.
O'sha vebinarda rasmdagi eshak haqida aytib berganlarimni eslang...

Avstraliyaning janubiy qismidan tovus o'rgimchaklar (Maratus) ning yangi turi kashf qilindi.
Tovus o'rgimchaklar sakrovchi o'rgimchaklar mansub bo'lib, hozirgacha Avstraliya va Xitoyda uchrashi qayd qilingan. Ularning kattaligi odatda 4-6 mm atrofida bo'ladi. Ushbu o'rgimchaklarda urg'ochisidan farqli ravishda erkagining bosh va qorin qismida turli rangli dog'lari bo'ladi. Yangi kashf qilingan o'rgimchakka Uolt Disney multqahramoni Nemo sharafiga Maratus nemo deb nom berildi. Shu bilan tovus o'rgimchaklarning soni 92 taga yetdi.
Bundan avval erkak tovus o'rgimchakning urg'ochisi e'tiborini jalb qilish uchun raqs tushayoti tasvirlangan videoni taqdim etgan edim.