"HUDUDGAZ NAVOIY" gaz ta'minoti filiali
724 subscribers
4.89K photos
959 videos
9 files
2.26K links
Xalqqa fidoyi xizmat - oliy saodat kaliti!
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi


“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

🔹2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigi;

🔹2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining “bazaviy me’yorlari”.

🗓 2024-yil 1-maygacha yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko‘rib chiqiladi.

Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.

✔️Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

🔸noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi;

🔸elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt⋅soatgacha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi


“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-132-son, 30.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, 5 ta yo‘nalishdan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

🔹ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati;

🔹amaliy tadbirlar rejasi.

🗓 2024-yil 1-noyabrdan:

davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi;

Prezident qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

⚠️ 2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 "Hududgazta’minot" AJ ning haftalik dayjesti

(
📆 1-6 sentyabr kunlari)

🗓 1-sentabr

⭕️ O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi keng nishonlanmoqda;

⭕️ "Hududgazta’minot" AJ jamoasi Neft va gaz sanoati xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi;

⭕️ Parkent tumanida tabiiy gaz taʼminotida energiya tejamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha maxsus shtab tashkil etildi;
_______

🗓 4-sentabr

⭕️ Energotejamkor gaz jihozini o'rnatib, tabiiy gazning tejalishiga erishish mumkinligini bilasizmi?;

⭕️ Buxoroda olib borilayotgan mavsumga tayyorgarlik jarayonlari infografika shaklida;

⭕️ #Qonunchilikdagi_yangiliklar
Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi;
_______

🗓 5-sentabr

⭕️ “Jaloyir” MFYda 6,5 kilometr gaz quvurlari rekonstruksiya qilinmoqda;

⭕️ Jizzаxdа suyultirilgаn gаz yetkаzib berish hаjmi oshаdi;

⭕️ Marhamat tumanida mavsumga tayyorgarlik yakuniga yetkazildi;
_______

🗓 6-sentabr

⭕️ Navoiyda 7 228 ta aholi xonadonlari gaz taʼminoti uch bosqichlidan ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi;

⭕️ #Bir_kub_gaz_tejang
“10 yildan buyon eski yondirgichdan foydalanib kelgan ekanman”.
Kosonlik Sirojiddin Primov oila byudjetiga anchagina zarar keltirganini tushunib yetdi
;

⭕️ Sharof Rashidov tumani hududidagi mahalallarni 2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish reja tadbirlari bo‘yicha 3.9 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib amalda 3.2 km gaz quvurini montaj ishlari bajarildi.


💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM