Mening sherlarim
1 subscriber
8 photos
3 videos
3 links
Mening sherlarim
Download Telegram
Tasodiflar yo‘q bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Allohimning rejalarida,
Biz anglamas buyuk hikmat bor!

Sen qaydayu, men qayda edik,
Go‘yo Quyosh, go‘yo Oy, ayro.
Buni Xudo istamaganda,
Bo‘larmiding qarshimda paydo!

Duch kelmaydi daryoga daryo,
Qushlar sira ketmas to‘qnashib.
Borligimni bilgandek go‘yo,
Kelarmiding dovonlar oshib!

Charchagandim yo‘llaring kutib,
Muhabbatning ko‘zlari ojiz.
Mana endi bir lahza o‘tib,
Go‘yo eski tanishlardekmiz!

Sen qismatga ishonasanmi,
Ko‘rganmisan meni qaydadir!
Bilsang buni mo‘jiza emas,
Taqdir derlar, azizim, taqdir!
1
"Bir vaqtlar yurak yurakka so‘zlardi..."

Bir vaqtlar yurak yurakka so‘zlardi,
Qalblar sukunatda, dard-la ingrardi.
Yorni sog‘inib yozilardi doim maktub,
Hayot emas, ularga sevgi edi matlub.

Qog‘ozda emasdi sevgining satrlari,
U yurakdan o‘qilar, bo‘lmasdi xatolari.
Yo‘q soxta kulgilar, emoji-yu filtrlar,
Asl muhabbat deyilar bular.

Endi esa dillar virtual sevgiga ko‘chgan,
Yuzlar sun’iy — hislar ko‘ngildan o‘chgan.
Sevgi ham trend bo‘lar vaqtincha,
Shu sevgimi, do‘stim, seningcha?.

Avvalgi kechalar – yorni sog‘inardi dillar,
Bezakli emasdi qo‘ldagi gullar.
Mahbubin yuzing ko‘rmay baxtli edi ular,
Maktubin kutib, o‘rtanar edi ko‘ngillar.

Sog‘inch nima? – faqat statusdagi ibora,
Ishq – layklar orasida g‘arib qarar na chora.
Yozilmas endi yurakdan satrlar Yorga,
Muhabbat ham o‘ralgan o‘shal yolg‘onlarga.
QOʻRQAMAN..

Sochlaringni silasa birov.
Qirq kokiling bezasa qirov.
Suratinga termulib suluv.
Pinhon yigʻlashimdan qoʻrqaman.

Yuroqlashsa oʻtli nigohlar.
Unut boʻlsa ishqiy sharoblar.
Bu xolimga kulsa agʻyorlar.
Bilsang jonim shundan qoʻrqaman.


Xotirada qolsa sevgimiz.
Ayro boʻlsa nahot yoʻlimiz.
Xijronlarda yonsa dilimiz.
Ishon jonim yomon qoʻrqaman...


Roʻmolingni ochib birovlar.
Lablaringdan boʻsa olsalar.
Tanamda jon kuyib yonsalar.
Ayriliqdan juda qoʻrqaman.


Farzandlarga toʻlsa quchogʻing.
Shular boʻlsa yaqin yurogʻing.
Unut boʻlsam senga goʻzalim.
Shu xayoldan yomon qoʻrqaman..


Osmonlarga boʻlsam ravona.
Ishqing bilan toʻlib paymona.
Bezovta ruh boʻlib bezovta.
Qabrimda ham qoʻrqib yotaman


ONA... SIZNI UNUTGANIM ROST...

Oʻralashib roʻzgʻoz gʻoriga,
Yarolmadim otam koriga.
Quloq solib koʻngil toriga
Ona sizni unutganim rost.

Koʻnglingizni soʻramabman bir,
Bugun yomon qilyapti taʼsir.
Uloqtirdi olisga taqdir
Ona sizni unutganim rost.

Topganimni yotlarga tutib,
Bevafoning yoʻllarin kutib.
Qismat deya alamlar yutib
Ona sizni unutganim rost.

Bolam dedim. Toʻrt tomon chopdim,
Nafsning oʻpqon ogʻzini yopdim.
Bittagina haqiqat topdim
Ona sizni unutganim rost.

Olib beray yeysizmi kabob?
Poyingizda aslida savob.
Savolimga topolmay javob
Ona sizni unutganim rost.

Mushtiparim! Jannat hidligim,
Odmigina tanho didligim.
Unutibman oʻzim kimligim
Ona sizni unutganim rost.

Kelayapti ichimdan ovoz,
Topolmadim sizday koʻngli mos.
Eslabmanu butun dunyoni,
Ona sizni unutganim rost!
ONAM YIGʻLAMASIN 🥀

Xalovatin oʻylab yuragim yarim,
Nolalarim yozsam, yigʻlar daftarim.
Dildagi zorimni eshitgin, Tangrim,
Onam yigʻlamasin, farishta onam.

Mehr-muhabbati soʻnmas choʻgʻ uning,
Taqdirdan nolimas, koʻngli toʻq uning.
Qaragin, yigʻlashga kuchi yoʻq uning,
Onam yigʻlamasin, farishta onam.

Oʻksik yuragiga taratgin ziyo,
Ne qilar koʻngliga boqsang bir qiyo.
Qandayin bardoshing yetyapti, dunyo,
Onam yigʻlamasin, farishta onam.

Shundoq ham yillari koʻkka sovurildi,
Roʻzgʻor tashvishida joni qovurildi.
Faryodin eshitib, toshlar yorildi,
Onam yigʻlamasin, farishta onam.

Dardlarini olib yelkamga ortgin,
Gʻaflatdan qutqarib, qoʻlidan tortgin.
Yalingum, Allohim, dardin aritgin,
Onam yigʻlamasin, mehribon onam.
Afsus😔

Yor-yor kuyi qulogʻimga yoqqanida,
Koʻzlarimdan yoshlarim jim oqqanida,
Yuzlarimga oʻzga koʻzlar boqqanida,
Mening koʻnglim boshqasida deyolmadim!

Muhabbatni narxin arzon sotganimda,
Kunduzlari zulmatga tik boqqanimda,
Kimlargadir borligimcha yoqqanimda,
Mening koʻnglim boshqasida deyolmadim!

Ohori bor, zar liboslar kiyganimda,
Oʻtib ketar hoy-u havas tuyganimda,
Dilni emas, boyliklarni suyganimda,
Mening koʻnglim boshqasida deyolmadim!

Xotiralar kelib bagʻrim ezganida,
Armonlardan yurakkinam bezganida,
Yolgʻon soʻzlab, ishqim barcha sezganida,
Mening koʻnglim boshqasida deyolmadim!

Otam rizo boʻlsin deya farzandidan,
Onam shodlik koʻrsin deya dilbandidan,
Umid gulim uzilganda oʻz bandidan,
Mening koʻnglim boshqasida deyolmadim
***

Qismat uloqtirdi bizni har yerga,
Sen o‘zga hovliga oy bo‘lib to‘lding.
Sevdik sevildik lek bo‘lmadik birga,
Sen mening ushalmas armonim bo‘lding.

Ho‘p deding ne desa o‘zga ovchiga,
Nahotki so‘zingda turolmadingmi?
Bir so‘z deyolmasdan kelgan sovchiga,
Otang so‘zin ikki qilolmadingmi?

Endi sevmoqlikdan yo‘q zarra foyda,
Musofirda edim tuying kechasi.
Kutsang qaytar edim bir nech oyda,
Endi begonadir ishqning kuchasi.

Yozilmagan ekan birga bo‘lmoqlik,
Bizni faqat o‘lim ajratar derdik.
Ajraldik shart emas endi o‘lmoqlik,
Qismat deb taqdirga bizlar tan berdik.

Musofirdan qaytsam kuchangdan o‘tsam,
Suv sepib supurib kutmaysan meni.
Oynanga tosh otsam chiqmaysan kutsam,
Endi topolmayman u uydan seni.

Onam aytar qachon kelasan bolam,
Kelsang tuy qilamiz qiz topib quydim.
Onajon ko‘zimga tor bo‘ldi olam,
Endi sevolmayman qizlardan kuydim.

Yurak yig‘lar qo‘lim bormaydi ishga,
Haliyam o‘zimga kelolmayapman.
Qachon qaytishimni kuzgami, qishga,
Onajon o‘zim ham bilolmayapman.

Shunday deb onamga har kuni har xil,
Uzuq-yuluq gaplar aytaman endi.
Taqdirga tan bersa kuniksa kungil,
Hammasin unutsam qaytaman endi.

Qodirbek
VAQT QADRIHAYOT ZAVQI🕰

Ey doʻstlarim!umr oʻtar
Sipir,sidir koʻtar-koʻtar.
Olamga ham bir bor boqing,
Oʻzingizga bir kun yoqing.

Tugamaydi ishlaringiz
Oʻtib yoz-u qishlaringiz.
Menga oʻxshab dunyo kezing
Toʻkilmasdan tishlaringiz.

Vaqtni oʻzga xayr qiling,
Umrda bir sayr qiling.
Bola-chaqa oʻz kuniga
Boʻlaverar buni biling.

Dengiz koʻrmay ketgan qancha.
Sohilga ham demang ancha
Shu kemada siz ham turing.
Yigʻilganda bir kun aqcha.

Qoʻyavering uni - buni,
Oʻtar ekan mensiz kuni.
Shunday joyni koʻrib bildim
Aytmoqchiydim sizga shuni.

Zabonlarim soʻzga qaytar,
Oyoqlarim rahmat aytar.
Ketmayman deb turar koʻzim,
Uygʻoqmanmi? deydi oʻzim.

Suratimdan shuni sezing,
Hayotda bir dunyo kezing.
Koʻz gavharin aytmayabman,
Toʻysin jindek koʻngil koʻzing.

Har birimizga shu joyda suratga tushish nasib etsin.
Hayot zavqini tuyib,vaqt qadriga yetayotgan kasbdoshimiz
Berdiyeva Saodat ustozning
dil soʻzlari❤️.
Yakunin topmadim kayf-u safoni
Ko’rmadim yorlarda aslo vafoni .
Angladim barini kuzatib chetdan
Charm yaxshiroqdir bu qotgan betdan .
Joy namoz tomonga boshlanmadi yo’l
Quronni ochmoqqa yaramadi qo’l .
Ayb o’zimdadir yo’qdir gumonim
Oz bo’lsada bor, butmas iymonim .
Tunni tongga ulab ichdim alamdan
Endi ichmayman deb qaytdim qasamdan .
Singillar va’dada turolmadi hech
Unutdim barini kechdan ko’ra kech .
Dostlarim sotishdi birinma ketin
Hechkimni kosasi emasdir metin.
Chidadim bariga konikdim asta
Kechalar o’ylanib yuragim hasta.
Dodlasam dodimni eshitmas hech kim
Dardlarim ko’payib og’riydi ichim.
Savolim bergandim o’zimga o’zim
Javobin eshitib yoshlandi ko’zim.
Nechun men namozni qilaman kanda?
Javobin eshitdim……
O’qilmagan namozlar uchun
Jahannamda yonarman bir kun .
Qo‘lim ishga bormaydi,
Biroz g‘amga to‘lsalar,
Ko‘nglim hech yorishmaydi,
Onam kasal bo‘lsalar.

Manzilsiz bo‘lar yo‘lim,
Tongsiz bo‘ladi tunim,
Mazmunsiz o‘tar kunim,
Onam kasal bo‘lsalar.

Baxt neligin bilmayman,
Yuragimni tig‘layman,
Dunyolarga sig‘mayman,
Onam kasal bo‘lsalar.

Xoxlamayman yurishni,
Davr-u davron surishni,
Unutaman kulishni,
Onam kasal bo‘lsalar.

Yo‘qolar huzur rohat,
O‘tmas tomoqdan ovqat,
Mahzun bo‘laman faqat,
Onam kasal bo‘lsalar.

O‘zlaridir quvonchim,
Homush paytim yupanchim,
Yo‘qoladi ishonchim,
Onam kasal bo‘lsalar.

Quyoshdayin botishdan,
Yolg‘izlikni topshdan,
Qo‘rqaman yo‘qotishdan,
Onam kasal bo‘lsalar.

Qo‘lim ishga bormaydi,
Biroz g‘amga to‘lsalar.
Ko‘nglim hech yorishmaydi,
Onam kasal bo‘lsalar.

Muallif:Qodirbek
Oʻsha uyga...🚶‍♀‍➡️

Dilda gʻurur, nomus toʻla or edi,
Koʻzlarim zor, koʻnglim butkul hor edi,
Afsus buni aytolmadim iymanib,
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!

Chor tarafdan zarin baxtim ufurib,
Tilim zikr-u salovatga gupurib,
Har kun tongda ostonasin supurib,
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!

Oppoq  harir libos kiyib borardim,
Xizmat qilib, bitmas rahmat olardim,
Sarishtasi, bekasi boʻp qolardim,
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!

Labbay derdim kimdir asta chaqirsa,
Yer tishlarim, yorim tutab, baqirsa,
Taqdir qoʻlga tillo uzuk taqdirsa,
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!

Oʻzgagamas, menga boʻlsa yor-yorlar,
Qishimda ham gullar edi bahorlar,
Bugun dildan toʻkilyapti ohorlar,
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!

Hovlisida har yil rayhon oʻsgan ul,
Qancha baxtni oʻz bagʻriga bosgan ul?
Sevgilimni devorlari toʻsgan ul,
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!

Ne ham derdik, bugun ham jim zabonlar,
Toabadga menga boʻlmas makonlar,
Hozir emas, oʻtib ketgan zamonlar,
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!

Armonlarga toʻlib-toshdi baytlar,
Vujudimda yongan yurak tor edi.
Mumtozbegim sevgandi bir paytlar....
Oʻsha uyga kelin boʻlgim bor edi!😔

Мен яхшиман она

Холим сӯраб қалбингиз ӯртаманг,
Сӯлғин юзларимга узоқ қараманг,
Ичим ёндириб дардим сӯраманг?
Мен яхшиман, яхшиман она.

Дардларим билан қийнагим келмас,
Бир кам дунёда юрагим тӯлмас,
Ӯзимдан ӯтганин ӯзгалар билмас,
Мен яхшиман, яхшиман она.

Сиқилманг дейман-да жоним онам,
Мени,- деб қайғуга бӯлманг қарам.
Гар хаста бӯлсангиз қоронғу олам
Мен яхшиман, яхшиман она.

Ҳаёт синовлари тугамаса ҳам,
Мушт зарбидан ӯлмайди одам,
Кӯзларингиз қилгим келмайди нам,
Мен яхшиман, яхшиман она.

Елкангизга бошим қӯйиб бир дам,
Барча ташвишни унутай шу дам,
Сизни соғиндим, соғиндим бирам.
Мен яхшиман, яхшиман она
Otang kuyov sotvoladi boyligiga👊

Vadasi bor ekan yaqin oshnasida,
Kim to'yarmish kambag'alning oyligiga...
O'ylamagin men bo'lmasam boshqasida,
Otang kuyov sotvoladi boyligiga...

O'ylaringa yetolmaysan hali anglab,
Chin sevgini ko'rolmagan qalbi zanglab,
Seni baxting muhim emas o'zi tanlab,
Otang kuyov sotvoladi boyligiga...

Qo'ling so'rab borsam itdek qopgani rost,
Berib qolar desam so'zim chopgani rost,
Koshonasi zo'rlaridan topgani rost,
Otang kuyov sotvoladi boyliga...

Alam siqib yuragimni teshar bir o'q,
Kambag'alni mensimaydi foydasi yo'q,
Qachon bo'lsa qilavergin ko'nglingni to'q,
Otang kuyov sotvoladi boyliga...

Eh achindim bag'ri dilim tilmadim-u,
Anduhlarni yuragimga ilmadim-u,
Yashaydigan u-mi sen-mi bilmadim-u,
Otang kuyov sotvoladi boyliga...

Men taqdirga qo'ydim armon imzosini,
So'rashmadi ko'ngilginang rizosini,
Nazariga ilmay Sarvar Mirzosini,
Otang kuyov sotvoladi boyliga...

Muallif:Qodirbek
SABRIMGA HAVASIM KELAR...


Yaxshimi, yomonmi oʻtmoqda kunim,
Osuda oʻtmoqda shukurki tunim.
Yurakni tilganda doʻstlar betinim,
Sabrimga havasim kelar.

Yoʻllar boshlab borar qay tomonlarga
Duch kelsam,ojizman gar yomonlarga.
Oʻzim sababdurman, shul gumonlarga,
Sabrimga havasim kelar.

Kulsalar ustimdan qahqaha otib,
Yuragim yigʻlaydi,muzlagan qotib.
Oʻzimni oʻzimni qoʻydim yoʻqotib
Sabrimga havasim kelar.

Bardoshi yetmaydi, hastadir yurak,
Sizgamas, yuragim she'rimga kerak.
Haqiqat qidirib shu jonim halak
Sabrimga havasim kelar.

Dunyoning kuyiga oʻynab charchadim
Nelar peshonamga kelar bilmadim.
Bugun qadrim uchun toʻyib yigʻladim
Yana shu sabrimga havasim kelar.
Anamal issiq.😉🌞

Kuchada yurib bo‘lmas.🙅‍♂
Na uyda turib bo‘lmas 🙅
O‘shlab yo urib bo‘lmas🥊
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉

Asablar tarang bo‘ldi.🤯
Bosh qotib garang bo‘ldi. 🤨
Og‘riqli yarang bo‘ldi.🥵
Anamal issiq o‘lsin. 🌞😉

Olovdek atrof cho‘g‘dir🤬
Issiqqa davo yo‘qdir🤒
Hech joyda havo yo‘qdir🙅
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉

Quyosh ham lov-lov etdi🌞
Havo qirq beshga yetdi.🌡
Nafasim qaytib ketdi.🪭
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉

Kun botar ham tong otar🌄🌅
Shu holda bir kun o‘tar🙄
Suvlar ham qaynab yotar🚿
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉

Qarq pishgan tarvuz, qovun.🍉🍋‍🟩
Mazzayu issiqda kun🌞
Yeb quydi pashsha, chivin.🦟🪰
Anamal issiq o‘lsin. 🌞😉

Yurak tez o‘ynab ketdi.❤️‍🔥
Tanam ham qaynab ketdi.🤬
Sobitjon ham she'r bitdi.😉
Anamal issiq o‘lsin.🌞😉
1
"Асал...."

Эркатой қиз — шаддод ҳоним,
Севгига тўла жилва маконим,
Изҳорим айтаман учрашган оним,
Менга ёр бўласанми Асал?!

Ашкингга зумда бурканди олам,
Пинҳон суҳбатга гувоҳдир ой ҳам,
"Келин керак" дейди гоҳида онам,
Айтчи, менга ёр бўласанми Асал?!

Кунларни ўтказиб келди Шуаро,
Соғинч ҳам ҳеч бўлмайди адо,
Оний ҳафалик сени қучса мабодо,
Шўрлик менга ёр бўласанми Асал?!

Кўзинг мовий денгизга ўхшар,
Гўзал васлинг тенгсизга ўхшар,
Кулгусиз юзинг менсизга ўхшар,
Шўрлик менга ёр бўласанми Асал?!

Асир айладинг мени бир оний,
Севгингга ташланди дил тамомий,
Ўйчан холим бўлган энди фалоний,
Телба менга ёр бўласанми Асал?!

Ишқингда бўлдим мангу телбавор,
Сени севмоқ амри битилган азал,
Ёрим сенга айтаман яна бир бор,
Шўрлик менга ёр бўласанми Асал?!
Ko'payib ketdi...😞

Ko'zlab foyda-manfa'atlarni,
Chetga surib iffatlarni.
E'tibor uchun avratlarni,
Ochganlar ham ko'payib ketdi.

Qutilay deb kam-u kustdan,
Kechib xatto yor-u do'stdan.
Uch-turt so'm deb or-nomusdan,
Kechganlar ham ko'payib ketdi.

Kuldim - ko'rib ahvolini,
Shayton buzgan hayolini.
Osongina ro'molini,
Yechganlar ham ko'payib ketdi.
.
"Ул Ўтмиш..."

Фироқ алами ила ўзгарди тутмиш,
Тўрт девор мени ўғзига ютмиш,
Қалб сирим сатрни қучар бугун,
Хамон унутилмагай ул ўтмиш!

Мағрибга боқиб кўзлар толди,
Фиғон шеърларимни ёд олди,
Аламли эрсада тарих ёдда қолди,
Хамон унутилмагай ул ўтмиш!

Хабар бермадинг ҳеч бир бора,
Ҳасратдан дилгинам садпора,
Энди эртаклар-ла яшайсан начора,
Хамон унутилмагай ул ўтмиш!

Севгидан айрилиқ улуши етди,
Дилдор кайгадир севги дея кетди,
Ундан менга ҳотира насиб этди,
Хамон унутилмагай ул ўтмиш!

Бошгинамга тутинган фироқдир,
Севги бобида дилим чўлоқтир,
Ё Раб, ҳаёлимдан уни улоқтир,
Хамон унутилмагай ул ўтмиш!

Дардим ила чўқинган  тугун,
Ечмоқликка кучим етмас нечун,
Қалб сирим сатрни қучар бугун,
Хамон унутилмагай ул ўтмиш!
👍1