HR UZEDU
937 subscribers
118 photos
75 videos
34 files
276 links
Мактабгача ва мактаб таълими тизими ходимларининг кадрларга оид ҳужжатларни юритиш соҳасида билимларини мустаҳкамлаш мақсадида тузилган
Download Telegram
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor
Men Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasiman. Hozir o’zim ishlayotgan tashkilotda amaliyot o’tamoqdaman. Shu tashkilotda to’liq stavka ishlasam bo’ladimi, chunki baribir kun bo’yi shu yerdamanku?

Жавоб:
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта-махсус таълим вазирининг “Олий таълим тўғрисида”ги низомни тасдиқлаш ҳақидаги 9-сонли буйруғи (афсуслар бўлсинким, ушбу ҳужжат рус тилида, https://www.lex.uz/docs/327039) 50-бандига мувофиқ кундузги таълим шаклида таҳсил олаётган талабалар ўқишдан бўш вақтларида олий ўқув юрти ва бошқа ташкилотларда меҳнат шартномаси тузган ҳолда ишлашлари мумкинлиги белгиланган. Бундан келиб чиқадики, талабалар бемалол ишлашлари мумкин. Яъни меҳнат қонунчилигига кўра талаба фақат таълимдан бўш вақтида ишлаш ҳуқуқига эга.

❗️“Юридик таълим муассасалари (ҳарбий, махсус олий таълим муассасаларидан ташқари) талабалари томонидан таништирув ва битирув малакавий амалиётни, шунингдек стажировкани ўташ тартиби тўғрисида”ги Низом
(https://lex.uz/docs/2308284#2309161) га кўра, амалиёт — назарий билимларни мустаҳкамлаш, амалий кўникма ва маҳорат ҳосил қилиш, амалиётда ишлашга тайёр бўлишни таъминлашга қаратилган ўқув жараёнининг бир қисми.

💡Эътибор беринг, амалиёт ўқув жараёнининг бир қисмидир. Демак, Сиз амалиётдан бўш вақтингиздагина ишлай оласиз. Яъни амалиёт ва ишни бирдек қўшиб юбора олмайсиз.

Чунки амалиёт даврида Сиз меҳнат функцияларингизни эмас, амалиётни ўташ дастурини бажариш режа-жадвалида кўрсатиб ўтилган ишни бажарасиз.

💻 Murojaatlar uchun:
@MehnathuquqiBot
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇
https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Talabani o’rindoshlik asosida ishga olish kerakmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

❗️Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi. Ya’ni o‘rindoshlik qachonki xodimning asosiy ish joyi bo‘lgan taqdirdagina rasmiylashtiriladi. Ta’lim muassasasida shaxs ishlamaydi, balki o‘qiydi, shuning uchun bu vaziyatda oliy o‘quv yurti asosiy ish joyi hisoblanmaydi.

⚠️ Demak, talabaning asosiy ish joyi bo’lsagina uni o’rindosh sifatida rasmiylashtiriladi, agar asosiy ish joyi bo’lmasa (yana bir bor qaytarib o'tamiz, o’qish joyi ish joyi hisoblanmaydi) talabani asosiy xodim qilib rasmiylashtirish kerak.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Ходим бюллетенда бўлган вақтида меҳнат шартномасини бекор қилса бўладими?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

⚠️ Ходим бюллетен яъни вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида у билан меҳнат шартномасини бекор қилиш шартномани қайси асос билан бекор қилинишига боғлиқ.

Меҳнат кодекси 100-моддасининг учинчи қисмига кўра, ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилишга йўл қўйилмайди, корхона бутунлай тугатилган ҳоллар бундан мустасно.

⚠️Эътибор беринг! Гап бу ерда меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилиш ҳақида кетмоқда.

❗️Демак, ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида бўлганда бошқа асослар билан, масалан, тарафларнинг келишувига кўра (97.1), ходимнинг ташаббуси билан (99), муддатли меҳнат шартномасини муддати тугаши муносабати билан (105), тарафлар ихтиёрига боғлиқ бўлмаган ҳолатлар бўйича (106) меҳнат шартномасини бекор қилиш мумкин.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Ходимимиз меҳнат шартномасини ўз ташаббуси билан бекор қилиш тўғрисида ариза ёзди. Лекин мен ишдан бўшашга ариза ёздим, ишга чиқмасликка ҳаққим бор деб, ишга чиқмаяпти. Бу ҳолатда қандай йўл тутайлик?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

📌 Меҳнат кодексининг 99-моддасига кўра, ходим номуайян муддатга тузилган меҳнат шартномасини ҳам, муддати тугагунга қадар муддатли меҳнат шартномасини ҳам, икки ҳафта олдин иш берувчини ёзма равишда огоҳлантириб, бекор қилишга ҳақлидир. Огоҳлантириш муддати тугагандан сўнг ходим ишни тўхтатишга ҳақли.

⚠️ Эътибор беринг! Ходим огоҳлантириш муддати тугагандан сўнг ишни тўхтатишга ҳақли. Агар ходим узрсиз сабабларга кўра ишга чиқмаса, бу меҳнат интизомини бушиш сифатида баҳоланади.

📌 Бундан ташқари, Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги 12-сонли «Судлар томонидан меҳнат шартномаси (контракти)ни бекор қилишни тартибга солувчи қонунларнинг қўлланилиши ҳақида»ги қарорининг 15-бандига кўра👇

👉ходимнинг огоҳлантириш муддати ўтмасдан ўзбошимчалик билан ишни ташлаши у томонидан меҳнат мажбуриятларини бузиш деб баҳоланади.

💡Демак, бу холатда ходимга нисбатан Меҳнат кодексининг 181-моддасида назарда тутилган интизомий жазо чораларини қўллашингиз мумкин. Ҳаттоки меҳнат шартномасини Меҳнат кодекси 100-моддаси 2-қисмининг 3 ёки 4-банди билан бекор ҳам қилишингиз мумкин.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor? Talaba faqat o’rindoshlik asosida ishlaydimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Haqiqatdan ham ayrim ish beruvchilar talabalarni faqat o’rindoshlik asosida ishga olish kerak deb hisoblashadi. Bu mutlaqo xato. Buni quyidagicha asoslaymiz. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori ilovasiga ko’ra:

asosiy ish joyi — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot;

o’rindoshlik asosida ishlash — xodimning o’zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo’sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to’lanadigan ishni bajarishi.

Talabaning ta’lim olish jarayoni mehnat faoliyati hisoblanmaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim to’g’risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug’i 50-bandiga muvofiq “talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin”.

Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Lekin mehnat qonunchiligiga ko’ra talaba faqat ta’limdan bo’sh vaqtida ishlash huquqiga ega.


Demak, talaba mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan va mehnat daftarchasi yuritilayotgan yer uning asosiy ish joyi hisoblanadi. Agar talabaning asosiy ish joyi bo'lsa, ana o'shandagina uni o'rindoshlik asosida ishga olish mumkin.

💻Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor? Men hozir bola parvarish ta’tilidaman. 2-farzandimga homiladorman. Menga yana dekret puli to’lab beriladimi? To’lansa puli qanday hisoblanadi, chunki 2 yildan beri ishga chiqmasdan bola parvarish ta’tilidamanku?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Ha Sizga dekret puli to’lab beriladi. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 46-bandiga ko’ra https://lex.uz/docs/357102, xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi.

Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi (batafsil ma'lumot uchun Nizomning 40-78-bandlariga qarang)

💻Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Ходим билан муддатли меҳнат шартномаси тузилган. Шартнома муддати тугамоқда. Лекин ходим ҳозир больничнийда. Ҳали бери чиқмаса ҳам керак. Шартномани бекор қила оламизми?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

⚠️ МК 100-моддаси 3-қисмига кўра, иш берувчининг ташаббуси билан ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонунлар ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини бекор қилишга йўл қўйилмайди, корхона бутунлай тугатилган ҳоллар бундан мустасно.

❗️Бошқа асослар билан (МК 87, 89, 97.1, 99, 105, 106) меҳнат шартномасини ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида бекор қилиш мумкин.

❗️МК 105-моддасига кўра, муддатли меҳнат шартномаси муддати тугаши билан бекор қилинади. Агар муддат тугагандан кейин ҳам меҳнатга оид муносабатлар давом этаверса ва тарафлардан бирортаси 1 ҳафта давомида унинг бекор қилинишини талаб қилмаган бўлса, шартнома номуайян муддатга узайтирилган деб ҳисобланади. Демак, муддат тугаши билан бемалол шартномани бекор қилаверинг.

❗️Лекин, больничний пули касалликнинг бутун даврига тўлаб берилади. Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик бўйича нафақа меҳнат қобилияти йўқолган биринчи кундан то у тиклангунга қадар ёки тиббий-ижтимоий эксперт комиссияси (ТИЭК) томонидан ногиронлик белгилангунга қадар, ҳатто бу даврда ходим билан меҳнат шартномаси бекор қилинган ҳолларда ҳам берилади. Асос: «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги низомнинг 11-банди (рўйхат рақами 1136, 14.05.2002 й.).

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi

Жавоб:

❗️ Avvalo, savolingizni yanada aniqlashtirib olsak. Chunki og'zaki nutqda garchi juda qo'pol xato bo'lsada, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ham, ma'muriy qamoqqa olishni ham yoki ehtiyot choralarini ham qamoq deb yuritilaveradi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksidan qamoq jinoiy jazosi chiqarib tashlangan bo'lsada hali ham ozodlikdan mahrum qilindi degan jumlani qamaldi deb noto'g'ri ishlatishadi

⚠️Diqqat! Qamoqqa olish va uy qamog'i (Jinoyat-protsessual kodeksi 242 va 242-1-moddalari) kabi ehtiyot choralarini, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo va Jinoyat kodeksi 48-1-moddasidagi ozodlikni cheklash hamda 50-moddasidagi ozodlikdan mahrum qilish jinoiy jazolarini bir-biri bilan adashtirmang va chalkashtirmang❗️ Batafsil ma'lumot uchun yuqorida keltirilgan moddalarni o'qib, tahlil qilib chiqing!

Demak, savolingizga to'xtalib o'tsak. Siz savolda so'ragan qamoqni 3 xil ma'noda tushunishimiz mumkin:

1. Jinoiy jazo ya'ni ozodlikdan mahrum qilish

2. Ehtiyot chorasi ya'ni qamoqqa olish yoki uy qamog'i

3. Ma'muriy jazo ya'ni ma’muriy qamoqqa olish.

Xodim ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Chunki, aybsizlik prezumpsiyasiga ko’ra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.


❗️ Jinoyat-protsessual kodeksi 237-moddasiga ko’ra, ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog‘i; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o‘zida ana shu choralardan faqat bittasi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.

❗️JPK ning 243-moddasida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi belgilangan.

❗️Qachon shaxsning aybi aniqlanib, sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsagina mehnat shartnomasi MK 106-moddasi 3-bandi bilan bekor qilinishi mumkin. Ya’ni aytaylik xodimga sud hukmi bilan jarima yoki ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi lekin xodim ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo’lgani yo’q. Demak, bu holatda shartnomani bekor qila olmaymiz. Xodimga muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, xodim ishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'lsa bu holatda shartnomani bekor qilsa bo'ladi.

❗️Agar xodim Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo'llanilsachi? Bu holatda 2 xil yechim bor.

Agar ma’muriy qamoq tayinlangan xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa, bu xodim bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari bilan bekor qilish mumkin.

Xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa (masalan, xodim dam olish kuni mayda bezorilik sodir qilib 15 sutka ma'muriy qamoq tayinlangan) shartnomani MK 106-moddasi 3 yoki 5-bandi bilan bekor qila olmaymiz.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Xodim ta’til vaqtida ishlashi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Bu savolga 2 xil tomondan yondashamiz. Birinchi variant. Agar xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqsa, o’rindoshlik joyida ishlashi mumkin. MK 143-moddasiga ko’ra, ta'til o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda o’rindoshlarga ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi. E’tibor bering, xodimning xohishi asosida deyilmoqda. Ya’ni xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqib, o’rindoshlik joyida ishlashi mumkin.

Ikkinchi variant. Xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqsa, asosiy ish joyida ta’til davomida ishlay olmaydi. Buni quyidagicha asoslaymiz.

Mehnat kodeksi 126-moddasiga ko’ra, dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. E’tibor bering, mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan vaqt deyilmoqda.

MK 133-moddasiga ko’ra, barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.

E’tibor bering,dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun deyilmoqda.

Demak, xodim ta’til vaqtida ta’tilga chiqqan ish joyida ishlay olmaydi. Buning uchun xodimni ta’tildan chaqirib olsih zarur. MK 147-moddasiga ko’ra ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 143-moddasi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi kerak.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor 📩
Ўриндошлик ва бир неча касбда ва лавозимда ишлашнинг фарқли жиҳатларини тушунтириб берсангиз?
https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:
Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октябрдаги 297-сонли қарори билан тасдиқланган “Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисидаги низом” билан тартибга солинади.
Бу икки тушунчанинг фарқли жиҳатлари қуйидагича:
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor 2 ойлик огоҳлантириш муддати давомида ходим меҳнат таътили олиши мумкин?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Ҳа олиши мумкин, чеклов йўқ.

Фақатгина меҳнат шартномаси ходимнинг айбли ҳаракатлари туфайли бекор қилинганда (100-модда иккинчи қисмининг 3 ва 4-бандлари) йиллик асосий ва қўшимча меҳнат таътилидан асли ҳолида фойдаланишга йўл қўйилмайди.

❗️Демак, ҳодим 2 ойлик огоҳлантириш муддати давомида таътил олиши мумкин.

🤔 Хўш, таътил даврида огоҳлантириш муддати тугаса, шартнома бекор қилинадими

Меҳнат кодексининг 100-моддаси 3-қисмига кўра ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилишга йўл қўйилмайди, корхона бутунлай тугатилган ҳоллар бундан мустасно.

⚠️Диққат! Таътил муддати огоҳлантириш муддатига қўшилади. Лекин, ходим таътилда бўлган даврида иш берувчининг ташаббуси билан шартномани бекор қилишга йўл қўйилмайди. Ходим таътилдан қайтгачгина шартнома бекор қилинади.


⚠️ Диққат! Меҳнат кодексининг 102-моддаси 6-қисмига кўра, ходимни огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, шунингдек унинг давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди, меҳнатга оид муносабатларнинг корхона тугатилганлиги натижасида бекор қилиниши бундан мустасно.

⚠️❗️Эътибор беринг, огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди дейилмоқда. Демак, таътил вақти огоҳлантириш муддатига киради. Лекин, юқорида таъкидлаб ўтганимиздек, ходим таътилда бўлган даврида иш берувчининг ташаббуси билан шартномани бекор қилиб бўлмайди, шунинг учун ходим таътилдан қайтгач шартнома бекор қилинади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Xodim qisqarishga tushdi, o’zaro kelishuv asosida 2 oylik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi. Xodimga yana kompensatsiya to’lanishi kerakmi, agar to’lansa qancha? Xodimning o’rtacha ish haqi – 3 mln.

Javob :

❗️Mehnat kodeksining 67-moddasida mehnat shartnomasi alohida asoslarga (89-moddaning to‘rtinchi qismi, 100-modda ikkinchi qismining 1,2 va 6-bandlari, 106-moddaning 2-bandi) ko‘ra bekor qilinganda moddiy madad berish uchun belgilangan qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan. Unga ko’ra, yuqoridagi asoslarga ko’ra shartnoma bekor qilinsa xodimga barcha hisob-kitoblar (ish haqi, foydalanilmagan ta'tillar uchun kompensatsiya) to'langanidan tashqari ish qidirish davrida 2 oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi (e’tibor bering, xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi deyilmoqda. Shartnoma 1 noyabrdan bekor qilingan bo‘lsa, ishdan bo‘shatish nafaqasi noyabr oyi uchun beriladi va dekabr uchun ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi).

❗️Agar xodim yuqoridagi asoslardan biri bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan 3 oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladilar.

📌Sizning holatingizda ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilinishi niyati haqida, xodimni Mehnat kodeksi 102-moddasining birinchi qismiga ko’ra kamida 2 oy oldin ogohlantirishi shart va bu ogohlantirish muddati ularga muvofiq keladigan pullik kompensatsiyaga faqatgina taraflar kelishuviga ko’ra almashtirilishi mumkin.

📌Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda, xodimning Mehnat kodeksi 67-moddasining 1 va 3 -qismlarida nazarda tutilgan moddiy madad olishga oid qo‘shimcha kafolatlari saqlanib qoladi, hamda u mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng 2 va 3 oylar davomida ishga joylashmagan taqdirda unga 2 va 3 oylar uchun ilgarigi ish joyidan o‘rtacha ish haqini to‘lash muddatlari ham o‘zgarmaydi.

❗️Xulosa qiladigan bo’lsak, Sizning vaziyatingizda o’zaro kelishuv asosida 2 oylik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va qisqarishga tushgan xodim bilan shartnoma bekor qilindi.

👉Bunda, MK 67 va 109-moddalardagi kafolatlar ham saqlanib qoladi. Xodimning o’rtacha ish haqi – 3 mln. Demak, unga ish qidirish davrida 2 oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi.

💡 Yana bir bor e’tibor bering, xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi deyilmoqda ya'ni 2 oylik davrning birinchi oyini ishdan bo'shatish nafaqasi qamrab oladi. Demak, 3+3=6 mln, agar xodimingiz mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan 3 oy uchun ham o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi: 3+3+3=9 mln. Demak, Sizning holatingizda xodimga 2 oylik pullik kompensatsiyadan tashqari yana 9️⃣ mln berilishi kerak (3-oy uchun agar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, agar ro'yxatdan o'tmasa unda faqat 6 million to'lanadi, agar shartnoma bekor qiliniboq ishga kirganda esa faqatgina ishdan bo'shatish nafaqasining o'zi 3 mln to'lanadi )

P.S. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqida tushuntirish bilan tanishib chiqing! https://lex.uz/docs/-569455

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Telegram (https://t.me/mehnathuquqi)
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor Аттестациядан ўта олмаган ходимларга қандай ҳуқуқ ва кафолатлар берилган?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

⚠️ Ходим аттестациядан ўта олмаса, Меҳнат шартномасини 100-модда 2-қисм 2 банди яъни ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги туфайли бекор қилиш шарт дегани эмас. Чунки 100-модда яъни меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилиш бу иш берувчининг ҳуқуқидир. Яъни айтайлик ходимнинг малакаси етарли эмас. Иш берувчи истаса у билан шартномани бекор қилади, истаса ходимга имкон бериши мумкин.

❗️Айтайлик, иш берувчи малакаси етарли бўлмаган ходимни ишлатмоқчи эмас? Бунда нима бўлади? Ходим қандай ҳуқуқ ва кафолатларга эга?

1. Агар ходим малакаси етарли бўлмаганлиги учун бажараётган ишига нолойиқ деб топилганлиги сабабли МК 100-моддаси 2-қисмининг 2-бандига кўра меҳнат шартномаси бекор қилинаётган бўлса, унга мутахассислиги бўйича камроқ малакали иш таклиф этилиши, у ҳам мавжуд бўлмаса, корхонада мавжуд бўлган камроқ малакали бошқа иш таклиф этилиши шарт. Асос: МК 92-моддаси.

2. Ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонунлар ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилишга йўл қўйилмайди. Асос:МК 100-моддаси.

3. Иш берувчи ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги муносабати билан шартномани бекор қилганда ходимни камида 2 ҳафта олдин огоҳлантириши шарт. Асос: МК 102-моддаси.

4. Ходимни огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, шунингдек унинг давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди. Асос:МК 102-моддаси.

5. Ходим билан иш берувчи ўртасидаги келишувга кўра 2 ҳафталик огоҳлантириш унинг муддатига мувофиқ келадиган пуллик компенсация билан алмаштирилиши мумкин. Асос:МК 102-моддаси.

6. Меҳнат шартномаси МК 100-моддаси 2-қисмининг 2-банди асосида бекор қилинишида иш берувчи ушбу асосларга кўра меҳнат шартномаларини бекор қилиш тўғрисидаги огоҳлантиришнинг бутун муддати давомида ходимни ишга жойлаштириш чораларини кўриши шарт Асос:МК 102-моддаси.

7. Ходимга бошқа иш қидириш учун ҳафтада камида 1 кун шу вақт учун иш ҳақи сақланган ҳолда ишга чиқмаслик ҳуқуқи берилади. Асос:МК 102-моддаси.

8. Ходимга ўртача ойлик иш ҳақидан кам бўлмаган миқдорда ишдан бўшатиш нафақаси тўланиши шарт. Асос: МК 109-моддаси.

9. Иш қидириш даврида икки ойдан ортиқ бўлмаган давр мобайнида ходимларнинг ўртача ойлик иш ҳақи сақланиб қолади, бунда ходимга тўланган бир ойлик ишдан бўшатиш нафақаси ҳам қўшиб ҳисобга олинади. Асос:МК 67-моддаси.

10. Ходим меҳнат шартномаси бекор қилинган кундан бошлаб 30 календарь кун мобайнида маҳаллий меҳнат органида иш қидираётган шахс сифатида рўйхатдан ўтса, маҳаллий меҳнат органи берган маълумотномага биноан 3-ой учун ҳам олдинги иш жойларидан ўртача иш ҳақи олиш ҳуқуқига эга бўлади. Асос: МК 67-моддаси.

11. Ходимга у билан меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ҳақидаги буйруқнинг нусхаси берилган кундан бошлаб, ходим 1 ой ичида судга ёки меҳнат низолари комиссиясига мурожаат этиш ҳуқуқи бор.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor 4 ойлик ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугагандан ходим ўз лавозим вазифаларига киришган. Ходимга меҳнат таътили периоди шу 4 ой қўшиладими ёки олиб ташланадими?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

📌Меҳнат кодексининг 142-моддасига (йиллик асосий таътилни олиш ҳуқуқини берадиган иш стажини ҳисоблаб чиқариш) кўра ходим ҳақиқатда ишламаган бўлса ҳам, лекин унинг иш жойи (лавозими) сақланган вақт йиллик асосий таътилни олиш ҳуқуқини берувчи иш стажига киради.

⚠️Демак, аёлларга туққунга қадар 70 календарь кун ва туққанидан кейин 56 календарь кун (туғиш қийин кечган ёки икки ва ундан ортиқ бола туғилган ҳолларда — 70 календарь кун) муддати билан берилган ҳомиладорлик ва туғиш таътиллари йиллик асосий таътилни олиш ҳуқуқини берувчи иш стажига киради.

⚠️ Диққат! Ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугаганидан кейин аёлнинг хоҳишига кўра, унга боласи 2 ёшга тўлгунга қадар бериладиган болани парваришлаш учун таътил вақти, башарти жамоа шартномасида, корхонанинг бошқа локал ҳужжатида ёхуд меҳнат шартномасида ўзгача ҳол назарда тутилмаган бўлса, кейинги ҳақ тўланадиган йиллик таътил олиш ҳуқуқини берадиган иш стажига қўшилмайди.

📌Лекин болани парваришлаш таътиллари даврида аёлнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Бу таътиллар меҳнат стажига лекин ҳаммасини жамлаганда кўпи билан 6 йил, шу жумладан мутахассислиги бўйича иш стажига ҳам қўшилади.

📌Мисол: Агар 30 йиллик меҳнат стажига эга бўлган ишлаётган аёл иш стажининг 9 йили мобайнида жами 3 болани парваришлаш таътилларида бўлган бўлса, у ҳолда пенсия тайинлаш учун иш стажини ҳисоблашда унга жами 27 йил иш стажи ҳисобланади (30 йил — 9 йил) + 6 йил = 27 йил.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi