HR UZEDU
822 subscribers
119 photos
76 videos
38 files
284 links
Мактабгача ва мактаб таълими тизими ходимларининг кадрларга оид ҳужжатларни юритиш соҳасида билимларини мустаҳкамлаш мақсадида тузилган
Download Telegram
#xushxabar

11-noyabr — O‘zbekistonda “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e'lon qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga tabrik yoʻlladi (https://t.me/uzauz/2736). Tabrikda davlatimiz rahbari 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni, deb eʼlon qilish toʻgʻrisida taklif bildirdi.

Amaldagi Mehnat kodeksining 131-moddasiga ko’ra, bayram (ishlanmaydigan) kunlar 9 ta:

1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Endi bayram - ishlanmaydigan kunlar soni 10 ta bo’lishi mumkin.

👉https://t.me/hr_uzedu