HisobUzb
31 subscribers
31 photos
7 videos
3 files
53 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Siz bu kanalda Iqtisodiyot (Buxgalteriya, Audit, Iqtisod, soliq, Moliya va Marketing) sohasi haqida so'ngi ma'lumotlar va darslarni olasiz!

@Eshmanov_Furqat
Download Telegram
2/2

Mehnat bozori
- Ishchi kuchi, ya’ni mehnat ham maxsus tovar bo‘lganligi uchun uning ham o‘z bozori
bor. Mehnat bozorida ishchi kuchi sotiladi. Bunday bozorda aholini ishga joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi mehnat birjalari, korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi. Mehnat birjasi ishchi kuchiga ehtiyoji bor, bo‘sh ishchi o‘rinlari mavjud bo‘lgan korxona va ish
qidirib yurgan kishilar o‘rtasida vositachilik faoliyatini olib boradi.

🔹Mehnat birjasi— korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o‘rtasida vositachilik
faoliyatini olib boruvchi tashkilot.
🔹Mehnat bozori — ishchi kuchi oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriladigan bozor

Moliya bozori - Pulni maxsus, hammabop tovar deb aytgan edik. Demak, uning ham o‘z bozori bo‘ladi. Bu bozorni moliya bozori deb atashadi. Moliya bozorida pullar qarzga beriladi yoki qarzga olinadi. Bunday xizmatlarni banklar amalga oshiradi. Moliya bozorida oddiy pullardan tashqari “qimmatbaho qog‘ozlar” — aksiya, obligatsiya, veksel deb ataluvchi maxsus pullar sotiladi va sotib olinadi. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosini tashkil qilish bilan fond birjalari shug‘ullanadi. Shuningdek, moliya bozorida xorijiy davlat pullari —valutalar ham sotiladi va sotib olinadi. Bu ishni banklarning valuta almashtirish shoxobchalari amalga oshiradi.

🔹Qimmatbaho qog‘oz — ma’lum miqdordagi mablag‘ga yoki mulkka egalikni yoki
ularga nisbatan munosabatni tasdiqlovchi maxsus pul ko‘rinishidagi hujjat.
🔹Fond birjalari — qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdisini tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi vositachi tashkilot.
🔹Moliya bozori — pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriladigan bozor.

Intellektual tovarlar bozori - Intellektual tovarlar bozorida — aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar va xizmatlar sotiladi. Bunday tovarlarga ilmiy g‘oyalar va san’at asarlari, turli xil ma’lumotlar, texnik loyiha hamda kashfiyotlar, kompyuter dasturlari, kino, konsert tomoshalari va hokazo aqliy mehnat natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar kiradi.
Shu bilan birga, alohida olingan tovarlar bozorlari ham bo‘ladi. Masalan, neft bozori, paxta bozori, g‘alla bozori, rangli metallar bozori va boshqalar. Bozorlar hududiy qamrov darajasiga qarab mahalliy, hududiy, milliy va xalqaro bozorlarga bo‘linadi.
Bozorlar, odatda, ikkita katta sinfga ajratib o‘rganiladi. Ular tovar va xizmatlar bozori hamda ishlab chiqarish omillari bozoridir.

🔹Intellektual tovarlar bozori — aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar oldi-sotdi jarayoni amalga oshiriladigan bozor.

👉@HisobUzb
Iste’molchilar — aholi, oila-uy xo‘jaliklari o‘zlari uchun kerakli xizmatlarni, iste’mol
tovarlarini va turli xil mulklarni xaridor sifatida bozordan sotib oladilar. Ikkinchi tomondan,
aholi o‘ziga tegishli mulkni bozorda sotadi. Shuningdek, odamlar turli xil korxonalarda
mehnat qilib evaziga ish haqi oladilar, ya’ni sotuvchi sifatida o‘z ishchi kuchini sotadilar.
Demak, iste’molchilar — aholi va uy xo‘jaliklari bozorda ham xaridor, ham sotuvchi
sifatida qatnashar ekan.

Iste’molchilar — yaratilgan tovar va xizmatlarni bevosita iste’mol qiluvchi yoki
ulardan foydalanuvchilar. Iste’molchilar, asosan, o‘z oilalari bilan hayot kechirganligi
bois, ularni boshqacha oila-uy xo‘jaliklari deb ham atashadi.

Davlat - Bozorda davlat (hukumat) jamiyatning boshqaruv organi, tabiiy resurslar egasi sifatida
alohida o‘rin tutadi. Shu sabab, davlat bozorning uchinchi ishtirokchisi sifatida alohida
ajratiladi. Davlat ham bir tomondan tabiiy resurslarni, davlat idoralari va mahkamalarining
xizmatlarini, turli xil davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni, davlat mulkini sotsa,
ikkinchi tomondan davlat korxonalari ehtiyojlari uchun bozordan tovarlar, xizmatlar va
ishchi kuchi sotib oladi. Davlat aholi va korxonalarga o‘z idoralari va mahkamalari orqali
ko‘rsatgan xizmatlari evaziga turli xil majburiy to‘lovlar, soliqlar ko‘rinishida haq undirib
oladi. Masalan, bir qarashda aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgandek ko‘rinadi.
Aslini olganda esa bu xizmat uchun har birimiz daromadimizdan chegirib qolinadigan
soliq ko‘rinishida haq to‘laymiz.
Shuningdek, bozorning har uchala ishtirokchisi — davlat, ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar bozor orqali bir-birlariga pul qarz beradilar hamda oladilar, bir-birlarining
qimmatli qog‘ozlarini sotib oladilar va sotadilar. Shu tariqa, bozorning har uchala
ishtirokchisi orasida oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘lib, bozorni davriy ravishda harakatga
keltirib turadi.

Bozor infratuzilmalari - Bozor vazifalarini amalga oshirishda bevosita qatnashmasdan unga yordam beruvchi,
xizmat ko‘rsatuvchi korxona,tashkilot va muassasalarning hammasi bitta nom — bozor
infratuzilmalari nomi bilan ataladi. Bozor infratuzilmalariga banklar, sug‘urta kompaniyalari,
tovar, fond va boshqa turdagi birjalar, savdo uylari, bojxona idoralari, hisob-kitob, moliya,
huquqiy maslahat xizmati ko‘rsatadigan turli tashkilotlar, turli xil maxsus savdolarni tashkil
qiluvchi muassasalar va tashkilotlar kiradi.

Bozor infratuzilmalari — bozor vazifalarini amalga oshirishda bevosita qatnashmasdan,
unga yordam beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar.

👉@HisobUzb
Oila budjeti — oilaning ma’lum davrdagi daromad manbalari va xarajatlari keltirilgan
moliyaviy rejasi.

Oilaning daromad manbalari - Kishining ma’lum vaqt davomida (bir oyda yoki bir yilda) ishlab topgan va qo‘lga kiritgan
barcha moddiy hamda pul tushumlari daromad deb ataladi. Daromad bevosita mehnat yoki
biror mulk (boylik)ni ishlatish evaziga hosil qilinishi mumkin. Bu darsda daromadning bevosita
mehnat evaziga hosil qilinadigan turi haqida to‘xtalamiz. Ish haqi mehnat evaziga olinadigan
daromad bo‘lib, u iste’molchilar daromadining asosiy qismini tashkil qiladi.

Daromad — kishi (oila)ning ma’lum vaqt davomida ishlab topgan va qo‘lga kiritgan
barcha moddiy hamda pul tushumlari.

Ish haqining quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
— Ishchining tayyorlagan mahsuloti miqdori yoki bajargan ishiga qarab to‘lanadigan
pul miqdori — ishbay ish haqi.
— Ishchining ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan pul miqdori — vaqtbay
ish haqi.
Davlat tashkilotlarida ishlovchilar, asosan, oylik maosh ko‘rinishidagi vaqtbay ish
haqi oladilar. Zavod va fabrikalarning ishchilariga ko‘pincha ishbay ish haqi belgilanadi.
O‘qituvchilar, odatda, o‘tgan darslari uchun vaqtbay ish haqi olishadi. Shuningdek, ba’zi
korxona va tashkilotlarda ishchilarga qat’iy oylik maosh tayinlanishi bilan bir qatorda,
bajarilgan ish hajmiga bog‘liq ravishda qo‘shimcha ishbay ish haqi ham beriladi.
Oila daromadlari har doim ham pul ko‘rinishida bo‘lavermaydi. Masalan, oila o‘z
tomorqasida sabzavot ekinlari yetishtirib, iste’mol qilishadi. Bu bilan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri
tushum ko‘rinishidagi daromadni o‘zlashtirishyapti.
Har bir ishlovchi butun ish faoliyati davomida ish haqining bir qismini pensiya
jamg‘armasiga o‘tkazib boradi. Vaqt o‘tishi bilan ishlovchi qarib ishlashga layoqatsiz
bo‘lib qolgan paytida unga ana shu jamg‘arma hisobidan qarilik nafaqasi— har oyda
ma’lum miqdorda pul berib turiladi. Stipendiya talabalarga o‘qish davrida, nafaqalar esa
ishsizlik, kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra vaqtincha ishlay olmaydigan kishilarga,
ko‘p bolali yoki kam ta’minlangan oilalarga davlat va korxonalar tomonidan beriladigan
yordam pulidir. Uy xo‘jaliklarining daromadini ish haqidan tashqari nafaqa, stipendiya,
ishsizlik yoki kam ta’minlanganlik nafaqasi kabi boshqa daromadlar tashkil qiladi. Davlat
tomonidan beriladigan yordam pullari boshqacha ijtimoiy transfertlar deb ham ataladi.

👉@HisobUzb
Ish haqi —korxona tomonidan yollanib ishlayotgan xodimga bajarilgan ish uchun
to‘lanadigan pul.
Ishbay ish haqi — ishchiga tayyorlagan mahsulot miqdoriga qarab to‘lanadigan
pul miqdori.
Vaqtbay ish haqi — ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan pul miqdori.
Oylik maosh — ishchiga bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy belgilangan
vaqtbay ish haqi miqdori.

👉@HisobUzb
🙏1
Hayit hamda juma ayyomingiz muborak bo'lsin!!!
#Diqqat!

❗️ Chet davlatlarga kirishga to'siq (Zapret, deport) bor yoki yo'qligini tekshirib beramiz! Bexavotir pulingizga kuymasdan borasiz.

Bizda mavjud xizmatlar:
Barcha chet davlatlarga zapretni tekshirib berish; 🇷🇺🇹🇷🇰🇿...
INN olib berish;
JSHSHIR aniqlash yoki yangi ochib berish;
Online mehnat daftarcha ochib berish;
My.soliq.uz portalida tadbirkorlar hisobotlariga ko'maklashish;
My.gov.uz portalidagi barcha xizmatlar;
Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish;
Pensiya yoki ish haqlarini hisoblab berish;
Yer va mol mulk soliqlari;
Buxgalteriya xizmatlari.

Murojat uchun:
📞 +99889997477
📱 Admin

👉 @HisobUzb
#Diqqat #dolzarb

2/1

1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi, ijtimoiy normalar kiritiladi!

O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz narxlarini liberallashtirgan holda, ularning iste’moliga ijtimoiy normalar joriy etiladi. 16 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda energetika vaziri o‘rinbosari Umid Madaminov AOKAdagi brifingda ma’lum qildi.

Energoresurslar tariflari qariyb 5 yildan buyon – 2019 yil avgustidan beri o‘zgarmay kelayotgan edi. O‘tgan vaqt davomida yangi tariflarni joriy etish turli sabablar bilan ortga surib kelinayotgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Xurshid Mustafoyevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda elektr energiyasining tannarxi qariyb 1000 so‘mni, tabiiy gaz tannarxi esa 2000 so‘mni tashkil etmoqda.

Qaror bilan, 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun quyidagicha ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritiladi:

Elektr energiyasi: oyiga 200 kWh gacha;
tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgacha;
tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgacha.

Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktyabr–fevral oylari deb belgilandi.

Ijtimoiy me’yor doirasida aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.

2024 yil 1 maydan kuchga kiradigan tariflar:

Elektr energiyasi

Maishiy iste’molchilar uchun tariflar (1 kWh uchun, oyiga):

— 200 kWh'gacha – 450 so‘m (hozirda 295 so‘m);
— 201 kWh'dan 1000 kWh'gacha – 900 so‘m;
— 1001 kWh'dan 5000 kWh'gacha – 1350 so‘m;
— 5001 kWh'dan 10 000 kWh'gacha – 1575 so‘m;
— 10 001 kWh'dan keyin – 1800 so‘m.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida to‘lashda davom etadi.

Iste’molchilarning I va II guruhlari (1000 so‘m) hamda yuridik shaxslar uchun (900 so‘m) 2023 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan tariflar 2024 yil 1 maydan keyin o‘zgarishsiz qoladi.

Tabiiy gaz

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun tabiiy gaz tariflari (1 kubometr uchun, oyiga):

— 500 kubometrgacha – 650 so‘m (hozirda 380 so‘m);
— 500 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 so‘m.

Mart–oktyabr oylarida:

— 100 kubometrgacha – 650 so‘m;
— 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 so‘m.


Suyultirilgan gaz tarifi 1 kg uchun 1600 so‘m bo‘ladi (hozirda 1120 so‘m).

2024 yil 1 iyundan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz 1800 so‘mdan yetkazib beriladi.

👉@HisobUzb👈
👍2
2/2

2025 yil 1 apreldan kuchga kiradigan tariflar:

Hujjat bilan energoresurslarning 2025 yil 1 apreldan boshlab kuchga kiradigan tariflari ham tasdiqlandi.

Elektr energiyasi

Maishiy iste’molchilar uchun tariflar (1 kWh uchun, oyiga):

— 200 kWh'gacha – 600 so‘m;
— 201 kWh'dan 1000 kWh'gacha – 1000 so‘m;
— 1001 kWh'dan 5000 kWh'gacha – 1500 so‘m;
— 5001 kWh'dan 10 000 kWh'gacha – 1750 so‘m;
— 10 001 kWh'dan keyin – 2000 so‘m.


Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida to‘lashda davom etadi.

Iste’molchilarning I va II guruhlari uchun tarif (1000 so‘m) 2025 yil 1 apreldan o‘zgarishsiz qoladi. Bu sanadan boshlab yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif ham 1000 so‘m deb belgilanadi.

Tabiiy gaz

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun tabiiy gaz tariflari (1 kubometr uchun, oyiga):

— 500 kubometrgacha – 1000 so‘m;
— 500 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1800 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 2100 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2500 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 3000 so‘m.


Mart–oktyabr oylarida:

— 100 kubometrgacha – 1000 so‘m;
— 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1800 so‘m;
— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 2100 so‘m;
— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2500 so‘m;
— 10 001 kubometrdan keyin – 3000 so‘m.


Suyultirilgan gaz tarifi 1 kg uchun 2000 so‘m bo‘ladi.

2025 yil 1 apreldan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz 2500 so‘mdan yetkazib beriladi.

👉@HisobUzb👈
Joriy yil 1-maydan boshlab amal qilinadigan aholi iste'moli uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz infografikasi!

@HisobUzb
#Online_Buxgalteriya

❗️ Tadbirkorlar sizlarga sifatli va tezkor buxgalteriya xizmatini taklif etamiz!

Bizda mavjud xizmatlar:

#Buxgalteriya_xizmatlari (Barcha turdagi);
My.soliq.uz portalida tadbirkorlar hisobotlarini yuborish;
My.gov.uz portalidagi barcha xizmatlar;
Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish;
Pensiya yoki ish haqlarini hisoblab berish;
Yer va mol mulk soliqlari;
Barcha chet davlatlarga zapretni tekshirib berish; 🇷🇺🇹🇷🇰🇿...
INN olib berish;
JSHSHIR aniqlash yoki yangi ochib berish;
Online mehnat daftarcha ochib berish va yuritish...

Murojat uchun:
📞 +998998494294
📱 @Eshmanov_Furqat

👉 @HisobUzb
The owner of this channel has been inactive for the last 11 months. If they remain inactive for the next 10 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Микроқарзлар қолдиғи ўсишда тезлашган

Март ойида банкларнинг кредит қўйилмалари 11,8 трлн.сўмга, 551,8 трлн.сўмгача ўсган. Бунда чакана кредитлар қолдиғи 3,0 трлн.сўмга, корпоратив кредитлар қолдиғи 8,8 трлн.сўмга кўпайган.

Макропруденциал чекловлар киритилиши олдидан чакана кредитларнинг ўсиши кескин тезлашган (+3,4 трлн.сўм). Ипотека ажратиш секинлашган (+523 млрд.сўм), негизини автокредитлар ташкил этувчи истеъмол кредитлар қолдиғи эса қисқаришда давом этмоқда (-568 млрд.сўм).

Кредит қўйилмаларнинг энг катта ўсиши учта давлат банки - Агробанк (+3,9 трлн.сўм), Ўзсаноатқурилишбанк (+2,3 трлн.сўм) ва Микрокредитбанк (+697 млрд.сўм) ҳисобига тўғри келган.

Банклар чорак охири бўлгани учун муаммоли кредитлар ҳажми ва улушини камайтиришга уринишган. 1 апрель ҳолатиг NPL ҳажми 23,5 трлн.сўм, улуши эса 4,3%ни ташкил этмоқда.
Talon-toroj boshqa birov huquqli bo‘lgan hokimiyatni amalga oshirish bo‘lsa, zulm (teraniya) – huquqdan tashqari hokimiyatni amalga oshirishdir, bunga hech kim huquqli bo‘la olmaydi. Teraniya - birovning qo‘lidagi hokimiyatni unga bo‘ysunganlarning farovonligi uchun emas, balki o‘zining shaxsiy, alohida manfaati uchun ishlatishidir.

Jon Lokk "Boshqaruv haqida ikki risola"

@Hamid_Sodiq
Alhamdulillah! Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdik!
Mehnat kodeksi bilan tanishishni boshlaymiz!
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda to‘lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

@HisobUzb
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

1-modda.
Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

@HisobUzb
Buxgalteriya xizmatlari!

YATTni 1% lik soliqqa o‘tkazib beramiz;
Soliq hisobotlari;
Buxgalteriyani kirim-chiqimdan balansgacha tayyorlash, 1C dasturida yuritish;
Soliq maslahatlari;
My.gov.uz , My.soliq.uz va boshqa barcha elektron saytlardan xizmatlar;
1-6-12-oylik ishonchnomalar;

@Eshmanov_Furqat
+998998494294

@HisobUzb