HIKMAT LEARNING HUB ©
481 subscribers
903 photos
45 videos
92 files
948 links
Ta'limda texnologiyani qo'llash va tadqiqot asoslari haqida kanal va kurslar. https://www.hikmatonline.com/
Download Telegram
Tarixni qanday qilib his qilish mumkin?

Muzey shundoqqina suvning bo'yida ekan, u yerda 4 ta qadimiy korabl ham bor ekan. 100 va 130 yoshli korabllarning hali ham yo'lovchi tashishga qodirligini ko'rib hayratga tushdim va albatta tarixni his qildim. Tarixni his qilish uchun buyumlarga tegib ko'rish, maxsus yozuvlarni o'qish, tarixiy rolni bajarayotgan odamlar bilan suhbatlashib ko'rish mumkin. Sizningcha bu yerda qanday tarixiy rollar bor edi?

@hikmatlearning
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarixiy rollar va his-tuyg'ular

Kema kapitani, girgitton va ... qaroqchilar, ha, haqiqiy qaroqchilar kemasi! 🏴‍☠️ Unda sizga qaroqchilik tarixi va dengizchilik haqida quruq ma'ruza o'qilmaydi. Buning o'rniga siz "Qirolicha Anna" kemasiga chiqib, haqiqiy qaroqchilarga aylanasiz!

Tasavvur qiling, bola darslikdagi "Qaroqchilar 18-asrda yashagan" degan faktni yodlamaydi. U kemaning yog'och hidi, suv sachrashi, kema kapitanining ovozi va g'alaba tuyg'usi orqali tarixni 5 ta tuyg'usi bilan his qiladi.

Xazina qidirish: Sarguzashtlardagi muammolarni birgalikda yechishadi. Xarita o'qishni, joy nomlarini o'rganishadi.
Himoyachilik: Kemaning suv zambaraklaridan dushmanlarga qarata o't ochib, kemaning nomini himoya qilishadi.
Xotira va motivatsiya: Har bir mitti qaroqchi sarguzasht oxirida kemaning xazina sandig'idan o'zi xohlagan buyumni esdalik sifatida oladi. Siz oxirgi marta qaysi muzeyda bo'ldingiz va u sizda qanday taassurot qoldirdi?

@hikmatlearning
🔥41
Gʻoyadan to dunyo gigantigacha

Har qanday biznes gʻoya qanday qilib global imperiyaga aylanishini bilasizmi? Bu stendda ana shu qadamlar oddiy xarita shaklida koʻrsatilgan. Bu bosqichlardan universitetlar reytingini ko'tarishda ham foydalansa bo'ladi. Har qanday muvaffaqiyatli loyiha 6 ta ketma-ket bosqichni bosib oʻtadi:

Gʻoya oʻylab topish — Aniq bir muammoga yechim beradigan gʻoya topish.
Moliyalashtirish — Dastlabki sarmoyani topish.
Boshlash — Kichik jamoa bilan ilk mahsulotni yaratish.
Rivojlantirish — Mahsulot sifatini oshirish va mijozlar bazasini shakllantirish.
Kengaytirish — Yangi xizmatlar qoʻshish, reklamani kuchaytirish va jamoani kattalashtirish.
Xalqaro darajaga chiqish — Dunyo bozorini egallash va oʻz sohasida yetakchiga aylanish.

Bizning go'yamizdan xabardormisiz? Unday bo'lsa, kurslarimizda qatnashish yoki ularni targ'ib qilish orqali faoliyatimizni rivojlantirishga hissa qo'shing. Moliyalashtirish hal qilsa bo'ladigan narsa. Istagan odam albatta ilojini topadi.

@hikmatlearning
Starbucks tajribasi

Howard Schultz dastlab Sietldagi kichik qahvaxonaga marketing direktori boʻlib ishga kirgan. Keyinchalik uni sotib olib, shunchaki qahva emas, qahva ichish madaniyati va shinam muhitni sotish orqali uni dunyodagi eng yirik qahvaxona tarmogʻiga aylantirgan. Ular yuqoridagi bosqichlardan qanday o'tishgan va bizga qanday maslahat berishadi?

GʻOYA: Yuqori sifatli kofe va haqiqiy italyancha ichimliklarni taqdim etadigan qahvaxona muhitini yaratish.
MOLIYALASHTIRISH: Mahalliy investorlardan pul yigʻish orqali bo'lgan.
BOSHLASH: Shaharning eng kuchli marketing jamoasi yordamida bittagina qahva shoxobchasidan boshlashgan.
RIVOJLANTIRISH: Shunchaki qahva sotmang; kayfiyat va taassurot yarating. Do'kon binosini shinam, uy-ro'zg'orga xos va qulay muhitda bezating. Qahvani quvonch manbai sifatida targʻib qiling.
KENGAYTIRISH: Koʻproq doʻkonlar oching va xodimlarga oʻzlarini qadrli his qilishlariga yordam beradigan boshqa imtiyozlarni qoʻshing, shunda mijozlar ham mamnun boʻlishadi.

@hikmatlearning
Outdoor Research tajribasi va maslahatlar

Aslida hamma g'oyalar muammodan boshlanadi. Ron Gregg 1980-yilda togʻga chiqqanda, sherigining kiyimi sifatizligi sababli barmogʻi muzlab qolishiga sal qoladi. Keyingi yili u oʻzi sifatli va chidamli togʻ kiyimlarini ishlab chiqarishni boshlaydi va katta brendga asos soladi.

GʻOYA TOPISH: Alpinistlarni muzlashdan himoya qiladigan mukammalroq oyoq kiyim qoplamalarini yaratish.
MOLIYALASHTIRISH: Shaxsiy jamgʻarmalar va kichik biznes grantiga tayangan.
BOSHLASH: Qulay, zamonaviy, chidamli oyoq qoplamasi ishlab chiqish.
RIVOJLANTIRISH: Mahsulotingizni ochiq havodagi sport turlari haqidagi katta jurnalning orqa sahifasida joylashtiring va mahsulot qanday tez sotilib ketishini kuzating.
KENGAYTIRISH: Mahsulotlar turini kengaytiring. Ochiq havodagi sport uchun mahsulotlar liniyasini ishlab chiqing va sotishni yoʻlga qo'ying.

@hikmatlearning
3
Sizning taribangiz o'zingiz va tashkilotingiz uchun sarmoya

Ta'limda haqiqiy o'sish qachon yuz beradi? Biz pedagoglar o'zimiz o'rgangan eski qoliplardan, komfort zonasidan chiqib, zamonaviy dunyo talab qiladigan yangi bilimlarga qadam qo'yganimizdagina rivojlanish, haqiqiy o'sish bo'ladi. BMTning 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadi (SDGs) shunchaki global g'oya emas, u zamonaviy dars va ta'limning yangi tili! Siz ana shu 17 ta SDG bo'yicha malaka oshirish kursimizda shunchaki nazariya emas, o'z faoliyatingizni haqiqiy transformatsiya qilishning 6 ta bosqichini bosib o'tasiz.

Sizning kasbiy rivojlanishingizdagi 6 ta bosqich:
1️⃣ G'oya. Darslaringizga 17 ta SDG (ekologiya, tenglik, sifatli ta'lim va boshqa) mavzularini qanday qilib qiziqarli integratsiya qilishni o'rganasiz.
2️⃣ O'zingizga sarmoya. O'z malakangiz va kelajagingiz uchun eng katta sarmoyani — vaqtingizni va harakatingizni kiritasiz.
3️⃣ Birinchi qadam. Yangicha metodika bilan tanishasiz. Xato qilishdan qo'rqmay, interaktiv dars rejalarini tuzasiz.
4️⃣ Amaliyot va rivojlanish. Nazariyani o'z sinfingizda va pedagogik faoliyatingizda qo'llab, o'quvchilaringizda do'stona va tanqidiy fikrlash muhitini yaratasiz.
5️⃣ Tajriba ulashish. Hamkasblaringiz bilan tajriba almashib, ta'limdagi yangi tushunchalar bilan qurollanasiz.
6️⃣ Xalqaro daraja. Siz shunchaki dars o'tadigan o'qituvchi emas, global fikrlaydigan, BMT maqsadlarini tushunadigan va ta'limda o'zgarish qila oladigan zamonaviy liderga aylanasiz!

O'z darslaringizni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz? Agar shunday bo'lsa, kanalimizni kuzatib boring.

@hikmatlearning
NEYROPLASTIKA NIMA?
Neyroplastika miyaning hayot davomida o'zgarishi, qayta tashkil topishi va yangi neyron aloqalarini hosil qilishning tabiiy qobiliyati. Bunday qobiliyat asab hujayralariga yangi bilim olish, tajribalar orttirish, atrof-muhit o'zgarishi yoki miya shikastlanishidan keyin tiklanishga javoban o'z tuzilishi va funksiyasini moslash imkonini beradi. Oddiy til bilan aytadigan bo'lsak, yoshingiz ulg'aygan sari miyaning o'zgarishlarga uchrashi. O'tgan hafta oxirida ajoyib bir konferensiyada qatnashdim va hamma narsa o'z qo'limizda ekanligiga yana bir marta amin bo'ldim. Aqlni doim charxlab turish kerak ekan.

@hikmatlearning
🔥51👍1
Neyroplastika nega muhim?

Ko'pchilik "Miyaning rivojlanishi 25 yoshda to'xtaydi" degan qarashga ishonadi. Ammo zamonaviy neyrobiologiya buni rad etadi. Ya'ni aslida miya juda moslashuvchan bo'ladi. Miyaning tajriba, yangi bilim va muhit ta'sirida o'z tuzilishi va faoliyatini o'zgartirish, yangi neyron aloqalarini hosil qilish qobiliyati albatta muhim. Sababi, har safar yangi til, musiqa chalish yoki kasb o'rganilganda miyada yangi neyron yo'llari tashkil topadi. Yosh o'tishi bilan o'rganish qobiliyati yo'qolmaydi.
Insult yoki miya jarohatidan keyin miyaning sog'lom sohalari zararlangan hududlar funksiyasini o'z bo'yniga olishi mumkin. Yoki yomon odatlarni tashlab, yangilarini shakllantirish aynan miyaning moslashuvchanligi evaziga amalga oshadi. Bu intizom va yaxshi odatlarni rivojlantirish uchun zarur.

Siz muntazam ravishda yangi bilim olish uchun nimalar qilasiz?

@hikmatlearning
🔥4
Haqiqiy hayot qanday bo'ladi?

Faylasuf Alfredo Sousa shunday deb yozgan edi: "Uzoq vaqt davomida menga haqiqiy hayot endi boshlanayotgandek tuyulardi. Lekin yo'l davomida doim to'siqlar paydo bo'laverardi: Oldin shoshilinch bir narsani hal qilish, bajarish kerak bo'lgan vazifa, sarflash kerak bo'lgan vaqt, to'lash kerak bo'lgan qarz. Keyin esa go'yo hayot boshlanadigandek tuyulardi. Oxir-oqibat, men bu to'siqlar mening hayotim ekanligini angladim."

Hayotingizni boricha qabul qiling va undan zavqlaning. @hikmatlearning
Dunyoda sun’iy intellekt boʻyicha yagona universitet borligini bilarmidingiz?

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Muhammad bin Zayd nomidagi Sun'iy intellekt universiteti AI sohasiga bag'ishlangan dunyodagi yagona tadqiqot universiteti hisoblanadi. BAA rahbarlari kelajakni oldindan ko'ra bilgan holda ushbu dargohni tashkil etishgan. Maqsad bitta: dunyodagi eng iqtidorli yoshlarni bir joyga yig'ib, kelajak texnologiyalarini shu yerning o'zida yaratish.

Bu universitet dunyo reytingida sun'iy intellekt, robototexnika va mashina tilini o'rgatish bo'yicha 8-o'rinda, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida esa 1-o'rinda turadi. Bu shunchaki diplom beradigan joy emas. Bu yerda talabalar bugungi kunning eng og'ir muammolariga yechim topishadi va ertangi dunyoni o'zgartiradigan loyihalarni amalga oshirishadi.

Ular PhD uchun to'liq stipendiyalar ham berishadi. Qisqasi, agar kelajak texnologiyalarini yaratuvchilaridan biriga aylanishni istasangiz, manzil aniq!

@hikmatlearning
🔥6
Xalqaro PhD talabalari uchun eng jozibador stipendiyalarni qayerdan topish mumkin? Qisqa va lo'nda javob yuqorida.

@hikmatlearning
👏5🔥2
Assalomu-alaykum, qadrdonlar,

Dam olish kunlaringiz yaxshi o'tyaptimi? Bugun bir voqea esimga tushib ketdi. Ancha yillar avval uyimizda amerikalik aspirant qiz mehmonga kelib bir necha oy yashagandi. Shu paytda qaynonamlar undan so'ragandilar: Kir yuvishni bilasizmi? U ha, bilaman, dedi. Xo'p, qanday qilib yuvasiz? Kir mashinada. Yaxshi, guruch pishirishni bilasizmi? Ha, bilaman. Qanday qilib pishirasiz? Guruch pishiradigan mashinada. O'shanda kulib qo'ygandim.

Hozir qarasam, o'zimning uyimda ham kirni yuvib va quritib beradigan mashina, idish-tovoq yuvadigan, guruch pishiradigan, go'sht qovuradigan (airfryer), o‘zi pol yuvadigan (Eufy), o'zi chang yutadigan (Roomba), havoni ham tozalab beradigan qurilmalar bor ekan. O'zi o't o'radigan robotni hali ko'rmadim, lekin shinaqasi ham chiqibdi.

Ba'zan texnologiya maishiy tashvishlarni o'z bo'yniga olib, biz uchun eng qimmatli vaqtni tejashga yordam beradi. Fikrimga qo'shilasizmi? 😉

@hikmatlearning
💯62🔥2😁1
Adabiyotlar tahlilidan maqsad nima?

Adabiyotlar tahlilini yozish xuddi sopolak o‘yiniga o‘xshaydi, tadqiqotga tartib bilan sakrab-sakrab poydevor qo‘yiladi.

O‘z pozitsiyangizni aniq ko'rsatish.
Siz nima uchun bu mavzuga qiziqasiz va qaysi burchakdan bu mavzuga qarayapsiz? Tadqiqotchi sifatida o‘zingizning tajribangiz, qarashlaringiz va qiziqishlaringiz mavzuga qanday ta’sir qilishini tushunib olishingiz va ko'rsatib berishingiz shart.

Maqsad va vazifalar
Bu adabiyotlar sharhi sizga va ilmiy ishingizga NIMA uchun kerak? Shunchaki manbalar ro‘yxatini tuzish uchun emas, balki "Bu tahlil orqali nimaga erishmoqchiman?" degan savolga aniq javob berasiz.

Mavzu, yo‘nalish va tadqiqot savoli
Nimani o‘rganmoqchisiz va aniq tadqiqot savolingiz nima?
Ko‘pchilik birdaniga maqolalarni o‘qib yig‘ishga tushib ketadi. Lekin aynan mana shu 3 ta qadamni aniqlab olsangiz, qaysi manbani o‘qish kerak, qaysinisini o‘tkazib yuborish mumkin, aniq bilib olasiz.

Biz bilan birga o'rganing: @hikmatlearning
🔥6
4-qadam: Nazariy va konseptual asos tadqiqotingizning ilmiy poydevori.

Dissertatsiyangiz yoki maqolangizda biror hodisani tahlil qilayotganingizda, avvaldan mavjud nazariyalardan (masalan, Jorj Lakoffning Metafora nazariyasi yoki Vygotskiyning konstruktivizm nazariyasi kabi yo'nalishingizda keng tarqalgan va kuchli asosga ega nazariyalardan foydalanasiz. Bu qadamda qaysi nazariyaga tayanib ish tutishingizni aniq belgilab olish juda ham muhim. U sizga to'plagan ma'lumotingizni tahlil qilish, muhokama qismini yozishda asos bo'lib xizmat qiladi. Mana shu 4-qadam eng og'ir qadam hisoblanadi, ya'ni siz nazaraiya va ma'lum bir yondoshuvsiz oldinga yura olmaysiz.

Keyingi qadamga tayyormisiz: tahlilni qanday dizayn qilasiz? Fikrlaringizni qanday tartibga solasiz?

Biz bilan birga bir qadam oldinda yuring: @hikmatlearning
🔥4🥰1
Zamonaviy (texno)feodalizm va krespostnoy qullik deganda nimani tushunish kerak?

Videoni diqqat bilan 33:20 daqiqadan boshlab tinglang. Ajoyib fikrlar bildirishibdi. Aynan talabalar, o'qituvchi va bo'lajak olimlarga tegishli joyi bor. SCOPUS da maqola nashr etish talabi haqidagi fikrlari odamga qattiq ta'sir qildi.

Longitudional (uzoq muddatli) tadqiqot olib boruvchi olima ayolning gaplari ham haqiqat. Jamshid Muslimov aytganiday, bo'lajak olim va olimalarni rag'batlantirish kerak. Yuqoridagi savolga javobni topish uchun videoni to'liq tomosha qilish kerak bo'ladi.

@hikmatlearning
Yuqoridagi videodan MUKBANG degan so'z haqida o'rgangan bo'lsangiz kerak. U nima degani? Qaysi tildan kirib kelgan va nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
0%
Yapon tilidan: "Mavsumiy taomlar"
87%
Koreys tilidan: "Yeyish" va "Eshitirish/Ko'rsatish"
13%
Xitoy tilidan: "Maza qilib taomlanish"
0%
Ingliz tilidan: "Ko'p ovqat yeyish shousi"
Mukbang videosida tomoshabinlarni o'ziga jalb qiluvchi eng muhim ovozli element nima?
Anonymous Quiz
0%
Fon musiqasi
93%
Taom chaynalishi, qisirlashi va yutilishi ovozlari
7%
Boshlovchining baland ovozda gapirishi
0%
Atrof-muhit shovqini
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
5-qadam: Adabiyotlar sharhi dizayni

Bu qadam mening eng sevimli qadamim. Bunda o‘qigan manbalaringizni qaysi tartibda yozishni rejalashtirasiz.
Adabiyotlar tahlilini qanday tartibga solish o'quvchiga eng tushunarli bo'lishi mumkin deb o'ylaysiz. Albatta, bunday tartibda yozish o'zingizga ham qulay bo'lishi kerak. U sizning aytmoqchi bo'lgan hikoyangini eng yaxshi usulda o'quvchiga yetkazib berishi lozim.

Xronologik tartibda: Yillar bo‘yicha (90-yillarda, 2000-yildan keyin, 2024-yildan boshlab kabi)

Mavzular asosida: Siz tanlagan mavzu bo'yicha nashr etilgan adabiyotlarni kategoriyalarga ajratasiz.

Metodologik: Tadqiqot usullari bo‘yicha bo‘lasiz: qunatitative, qualitative, mixed methods yoki tahlil metodlari bo'yicha tematik, diskurs, kontent tahlili kabi.

Ta'lim kontekstida biz ko'proq mavzular bo'yicha tahlil qilamiz. Tahlil metodlari esa turlicha bo'ladi. Dizaynni oldindan tanlash maqolani yozish vaqtida chalkashib ketmaslikning oldini oladi.

@hikmatlearning
🔥2
HIKMAT LEARNING HUB ©
Adabiyotlar tahlilidan maqsad nima? Adabiyotlar tahlilini yozish xuddi sopolak o‘yiniga o‘xshaydi, tadqiqotga tartib bilan sakrab-sakrab poydevor qo‘yiladi. O‘z pozitsiyangizni aniq ko'rsatish. Siz nima uchun bu mavzuga qiziqasiz va qaysi burchakdan bu…
6-qadam: Aniq kriteriyalar bo‘yicha manbalarni izlash va saralash.

Internetda millionlab maqolalar bor. Oltinchi qadamda siz filtr qo‘yasiz. Masalan: "Men faqat oxirgi 5 yilda chop etilgan, Scopus’dagi Q1 va Q2 jurnallardan olingan va aynan kognitiv tilshunoslikka oid 20 ta maqolani tahlil qilaman." Shunda keraksiz ma’lumotlar ummonida cho‘kib ketmaysiz.

Nazariyani to‘g‘ri tanlash (4-qadam), mantiqiy reja tuzish (5-qadam) va faqat sifatli manbalarni saralab olish (6-qadam) ilmiy ishingizning xalqaro jurnallar (Scopus/Web of Science) talabiga mos kelishini ta’minlaydi.

@hikmatlearning
🔥2