Hozir boraman deding...
Buncha kech!
Hozirdan oldinroq kelish mumkinmi?
Masalan, nafasim tutilsa,
O‘limga tutilsam, masalan...
O‘shanda aybdor qilasan kimni?
O‘lgan men yomonmi?
Kelmagan senmi?
Buncha kech!
Hozirdan oldinroq kelish mumkinmi?
Masalan, nafasim tutilsa,
O‘limga tutilsam, masalan...
O‘shanda aybdor qilasan kimni?
O‘lgan men yomonmi?
Kelmagan senmi?
Qizlar yolg'iz qolishdan qo'rqishmaydi..
Ular 30..35 yoshida xiyonatkor er bilan faqat farzandlar uchun yashashdan qo'rqishadi)

Forwarded from Epistemik Dekolonizatsiya
Kitoblar ham marketing qurboni bo‘ladimi?
Ko‘pchilik marketing qurboni deyilganda biror tovarning reklamasiga uchib, sotib olgan va olgan tovarining sifatida ko‘ngli to‘lmaganini tushunadi. Kitob sohasida ham shunday. Ammo odatda o‘qirman marketing qurboni bo‘ladi, ya’ni maqtalgan, marketingda shishirilgan kitoblarni sotib olib, pulini va vaqtini isrof qilgan bo‘ladi. Lekin kitoblarning o‘zlari qanday qilib marketing qurboni bo‘lishi mumkin?
Saviyasi, sifati, murakkablik darajasi o‘ta yuqori, klassik kitoblar ommaga qolgan saviyasiz kitoblar kabi shishirilgan holda taqdim etilsa-yu, o‘sha saviyasiz kitoblarni o‘qib yurgan omma yuqori saviyali kitobni tushuna olmasa va kitob ommaga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmasa, marketing qurboni bo‘ladi. Buni oxirgi yillarda Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari misolida ko‘rish mumkin. Kitob atrofidagi mojarolar talaygina. Biroq hozir avval men tilga olmagan masala haqida. Instagramda ko‘p bukblogerlarning videolari va izohlarida “Muqaddima”ni tushunmadim, aqlim yetmadi, qiyin ekan, deganlarni ko‘p ko‘rdim. Profiliga qarasam, istisnosiz “Binafsha shu’lasi”, “Metin qoyalar”, Fotih Dumanning kitoblari, yana bir-ikki zikr kitoblari, nari borsa O‘tkir Xoshimovning bir-ikki kitobini o‘qigan bo‘ladi. 5-sinf saviyasidagi kitoblarni o‘qib yurganingdan keyin, albatta, “Muqaddima”ni tushunmaysan-da, devorgim keladi shunaqa paytlarda.
Muammo bunda emas, balki mazkur kitoblarni marketing qilib taqdim etayotganlarda. “Yevropadagi har bir xonadonda Injil bilan bir qatorda o‘qilgan”, “barcha zamonaviy fanlar asosi” deb ommaga reklama qilingach, oxirgi marta maktabda kitob o‘qiganlar ham “palonchi domla tavsiya qildi” deb o‘qiydi va hech nimani tushunmaydi. Undan ham achinarlisi, kitob va ilm sohasidan uzoq yuruvchi shartli liberallar “Muqaddima”ni Fotih Dumanning kitoblari bilan bir saviyada deb o‘ylab, ustidan kulib yuradi. Aslida, mingta Fotih Dumanning saviyasi “Muqaddima”ning hatto bir qatorini yozishga ham yetmaydi (Fotih Dumanga yovqarash qilmayapman, shunchaki voqelik shu va bir misol bu).....
Xuddi shu holat Bodriyyarning “Simulyakr va simulyatsiya”, Edvard Saidning “Orientalizm” kitoblari bilan ham yuz berishi mumkin. Ammo ularning marketingi asosan nashriyotlarning o‘zi tomonidan olib boriladi va “diniy blogger”lar aralashmasa, ommaning nazariga uncha tushmaydi va kerakli odamlargina o‘qiydi. Baribir bunaqa yuqori murakkablikdagi kitoblarni marketing qilayotganda, ehtiyot bo‘lish kerak, ko‘proq sotaman deb, ommaga ortiqcha maqtab yubormaslik lozim.