Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“GEOFIZIKA” MAHALLASI HUDUDIDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILDI
Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, tumanning “Geofizika” mahallasi hududini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi ochiq turdagi simlar, zamonaviy SIP rusumidagi kabelga almashtirildi.
Bundan tashqari, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan salqi simlar tarangligini meyoriy holatga keltirish, avariya holatiga kelib qolgan tayanchlarni mustahkamlash ishlari ham olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ KUCHAYTIRILGAN ISH REJIMIDA FAOLIYAT YURITMOQDA
Jamiyat tarkibidagi barcha hududiy korxona va filiallari, jumladan, tezkor chiqish brigadalari, Call-markaz va bashqa zaruriy bо‘limlar sovuq ob-havo sharoitida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Elektr tarmoqlarida qo‘shimcha texnik ko‘riklar o‘tkazilib, taqsimlash tarmoqlari mavjud sharoitga moslashtirildi.
Shuningdek, tarmoqlarni yangilash bо‘yicha davlat dasturlari bо‘yicha ishlar ham davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
20-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi
Elektr stansiyalari orqali jami 272,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Iste’molchilarga 249,2 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Tabiiy gaz iste’moli 145,5 mln kub metrni tashkil qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUJRON MAHALLASI ISTE’MOLCHILARINING MUROJAATI IJOBIY YECHIM TOPDI
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kujron mahallasida yangi zamonaviy elektr uzatish tarmoqlari hamda yangi transformator punkti o‘rnatilmoqda.
Mahalla aholisi tomonidan ko‘p yillar davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar va kuchlanish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Mazkur murojaatlarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida amaliy ishlar tashkil etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan ushbu mahalladagi muammolarni bartaraf etish, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida ishlar boshlab yuborildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND VILOYATIDA 1,7 MLRD. SО‘MGA YAQIN ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Samarqand hududiy filiali Korrupsiyaga qarshish kurashish va komplayens nazorati xizmati (bo'limi), Bosh prokuratura hamda Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti xodimlari bilan hamkorlikda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan elektr energiyasidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Samarqand tumanida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “S G E” MCHJ elektr hisoblash uskunasi navbatdagi ko'rikdan o'tkazilganda hisoblagich o'zboshimchalik bilan almashtirilib, billing dasturiga kiritilmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi.
Natijada, davlat manfaatlariga jami 1,689 mlrd. sо‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAR QANDAY OB-HAVODA HAM ELEKTR ENERGIYASI XODIMLARI XALQ XIZMATIDA
Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bog‘ot tumanida joylashgan “Dosov” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Markaz” havo elektr tarmog‘ida nosozlik holati yuzaga kelgan.
Mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida Bog‘ot tuman elektr ta’minotining tezkor chiqish brigadalari zudlik bilan jalb etildi va hozirda tiklash ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik to‘liq bartaraf etilgach, elektr energiyasi iste’molchilarga belgilangan tartibda qayta yetkazib beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JIZZAX HUDUDIY FILIALIGA MAXSUS ELEKTROMOBILLAR TOPSHIRILDI
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo‘lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi.
Bugun mazkur maxsus elektromobillarning 30 donasi Jizzax hududiy filialiga tanatanali ravishda topshirildi.
Tadbirda ishtirokchilar so‘nggi yillarda aholini elektr engergiyasi bilan ta'minlash borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar zamirida Prezidentimizning soha rivojiga qaratayotgan doimiy e'tibori turganligini mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdilar.
Ushbu maxsus texniklar hududning tuman shahar elektr ta’minoti bo‘limlariga teng taqsimlanadi hamda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM