"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
74.2K subscribers
15.7K photos
2.59K videos
14 files
6.55K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
Namangan davlat texnika universitetida «Kar'era markazi» loyihasi doirasida navbatdagi rahbar va talabalar muloqoti oʼtkazildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbir mehmoni «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Namangan hududiy filiali direktori Аdhamjon Qoraboev boʼldi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbar oʼrinbosari Otabek Rahimov mazkur loyiha yoshlarni davlat xizmatiga qiziqtirish, ularning mutaxassisliklari boʼyicha munosib ish oʼrinlariga ega boʼlishlariga amaliy yordam koʼrsatish maqsadida tashkil etilayotganini taʼkidladi.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabr kungi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qurilish – ta’mirlash ishlari Andijon tumanining “Ekin Tekin” MFY hududida davom etmoqda.
Ushbu mahallaga quvvati 160 kVA bo’lgan tranformator punkti hamda 64 dona temir-beton tayanchlar o’rnatilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI!

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ jamoasi milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi "Milliy libos – millat ko‘zgusi" chellenjini davom ettirmoqda!

Har bir milliy libos – bu tarix, an’ana va madaniyatning mujassami. Libosimizga qarab, bizning kim ekanligimizni anglash mumkin. Bugun esa energetik xodimlarimiz ham o‘z milliy qiyofasi bilan iftixor bilan namoyon bo‘lmoqda!

Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Olmazor tumanidagi qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “V.K.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qurilish obyektini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz