"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
101K subscribers
18.2K photos
3.04K videos
14 files
7.42K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

TAXTAKO‘PIRDA YANGI ELEKTR TAʼMINOTI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Yangi majmuada asosiy binodan tashqari oʻquv maydoni, mashinalar turar joyi va omborxonalar barpo etildi. Bu yerda barcha zarur ish sharoitlari yaratilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bino ochilishiga bagʻishlangan marosimda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda chekka hududlarda shahar va tuman elektr taʼminot boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu kuni tuman elektr taʼminoti korxonasiga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi xizmat avtomashinasi tantanali ravishda topshirildi.

Majmuada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, texnik va texnologik uskunalar imkoniyatlari muhandis-texnik va ishchi-xodimlarning samarali mehnat qilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, korxona mutaxassislarini oʻqitish, operativ-dispetcherlik xizmatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, maʼnaviyat va maʼrifat xonalarining tashkil etilgani ish samaradorligini yanada oshirishga zamin yaratadi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!


Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!

Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

MTRK tizimida: «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «Toshkent», «Dunyo bo‘ylab», «O‘zbekiston tarixi» hamda 12 ta hududiy telekanallar.

Nodavlat telekanallarda: «MY5», «Sevimli», «Uzreport TV», «Milliiy TV», «Zo‘r TV».

Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida:

Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: fb.com/Mirziyoyev
Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh
YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Rasman. Prezident farmoni bilan quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

(a) 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31 dekabr – chorshanba;

(b) 2026-yilda:

(i) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):  2-yanvar – juma, 28-may – payshanba, 29-may – juma, 31-avgust – dushanba;

(ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba, 30-may – shanba, 31-dekabr – payshanba.

2. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

(a) ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8 mart – Xotin-qizlar kunibayrami 2026-yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21-mart – Navro‘z bayrami hamda 9-may – Xotira va qadrlash kunibayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026-yil 9-mart, 23-mart va 11-may – dushanba kunlariga ko‘chirilishi;

(b) ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026 yilda 12 dekabr – shanba kunidan 31 dekabr – payshanba kuniga ko‘chirilsin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Har bir  bir xonadonda yorug‘lik bo‘lishi ortida mutaxassislarning mashaqqatli mehnati, mas’uliyati va kasbiga bo‘lgan sadoqati mujassam.

Xususan, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining jonkuyar xodimlari  shaharning “Sheyxon” MFY Qo’riq ko’chasi iste’molchilarini me’yor darajasidagi elektr ta’minoti bilan ta’minlash uchun kech kirganligi va ob - havoning sovuqligiga qaramay mehnat qilishmoqda.

Bugungi ishni ertaga qoldirmaydigan fidoyi xodimlar tomonidan hududga 10 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlanib,  1200 metr uzinlikdagi elektr simlari tortildi hamda 100 kVA quvvatdagi transformator punktni o’rnatilib ishga tushurildi.


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Elektr va gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor

Mazkur jinoyatlar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

NUROTA TUMANIDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI FOSH ETILDI


Tumanda o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida “Nurfaxr” mahallasida yashovchi fuqaro yashash xonadonida elektr ta'minotini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 94 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.

Shuningdek, hududning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida ham elektr energiyasi iste’moli tekshirilganda, hisoblagichdan tashqari tarmoqdan foydalanish holati aniqlanib, 85 million so’m hisoblandi.

To‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“QO’SHCHINOR” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Aholi xonadonlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Andijon tumani elektr ta’minoti tomonidan Qo'shchinor MFY hududida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 0,3 km uzunlikdagi 10 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, aholi ishtirokida hashar yo‘li bilan olib kelingan quvvati 160 kVA bo‘lgan transformatorni ishga tushirish bo‘yicha zarur texnik tadbirlar bajarilmoqda.

Ushbu ishlar yakunlangach, hududdagi iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati va ishonchliligi yanada yaxshilanadi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM