"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
101K subscribers
18.2K photos
3.04K videos
14 files
7.42K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

ENERGETIKLAR  OB-HAVOGA SHAROITIGA QARAMASDAN XALQ XIZMATDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali ishchi-xodimlari noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan kuchaytirilgan tartibda mehnat qilishmoqda.

Qalin qor yuki tufayli elektr tarmoqlari ustiga yiqilgan va simlarni bosib qolgan daraxt shoxlari maxsus texnikalar yordamida kesib tozalanmoqda.

Daraxtlar orasida qolib ketgan, uzilgan elektr simlari ehtiyotkorlik bilan chiqarilib, qayta ulash va sozlash ishlari bajarilmoqda.

Xodimlar hatto ko‘rish darajasi past va harorat sovuq bo‘lgan yarim tunda ham iste’molchilar xonadoniga yorug‘lik qaytishi uchun bor kuchini safarbar etgan.

Ushbu fidokorona mehnat tufayli talofat ko‘rgan hududlarda elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Hurmatli energetiklar!

Sizlarni kasb bayramingiz — Energetiklar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.


So‘nggi yillarda yurtimiz energetika sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, muhim loyihalar hayotga tatbiq etildi, ishlab chiqarish quvvatlari bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda, infratuzilma obyektlari yangilanyapti. Bu yutuqlar sizlarning fidokorona mehnatingiz, mas’uliyat va jonkuyarligingiz samarasi ekani shubhasiz. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz tufayli millionlab xonadonlar yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlanmoqda, iqtisodiyotimiz barqaror ishlamoqda.

Shu bilan birga, sohada yechimini kutayotgan masalalar, yanada takomillashtirishni talab etadigan yo‘nalishlar ham mavjud. Oldimizda hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli va samarali bajarish yo‘lida barchamiz bir jamoa bo‘lib, hamjihatlik va mas’uliyat bilan ish olib borishimiz zarur.

Ishonchim komilki, sizlarning bilim, tajriba va fidoyiligingiz bilan oldimizga qo‘yilgan barcha marralarga albatta yetamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, sabr-toqat va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman. Doimo el-yurt ishonchini oqlab, sharafli kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilishingizni tilab qolaman.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

JIZZAX VILOYATIGA QO‘SHIMCHA ZAXIRA MATERIALLARI VA QURILMALARI YETKAZIB BERILDI

Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Jizzax viloyatiga qo‘shimcha moddiy-texnik zaxira resurslari yetkazib berildi.

Turli quvvatdagi yangi transformatorlar yuqori va past kuchlanishli izolyatorlar, har xil turdagi elektr simlari va kabellar hamda boshqa zaruriy ehtiyot qismlar filial ombori tomonidan qabul qilib olindi.

Ushbu zaxira materiallari viloyatning chekka hududlarida, xususan, noqulay ob-havo sharoitida yuzaga keladigan avariyalarni qisqa daqiqalar ichida bartaraf etish imkonini kengaytiradi.

Ayni paytda ushbu materiallar tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga (TETK) taqsimlab berilmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ENERGETIKLAR - ZAMONNING YORQIN QALB QAHRAMONLARI!

Inson hayotidagi eng ulug‘ vazifa – o‘z kasbi orqali atrofdagilarga yaxshilik va farovonlik olib kirishdir.

Ammo, har kuni hayotini xavf ostiga qo‘yib, har bir uyga yorug‘lik, har bir ko‘chaga hayot nafasi – elektrni olib keluvchi energetiklar, bu fazilatning timsolidir. Ularning mehnati nafaqat loyihalar va raqamlarda, balki har birimizning uyimizda, ish joyimizda, hayotning har bir daqiqasida davom etayotgan yorug‘likdir.

"Energetik" – nafaqat kasb, balki mas’uliyat, fidoyilik va doimiy tayyorgarlikning nomidir. Har qanday ob-havo, har qanday sharoitda, kechayu kunduz, uzoq tepaliklar va qiyin yo‘llarni yengib, ular xalqimizga energiya uzatmoqda.

22-dekabr - "Energetiklar kuni" munosabati bilan barcha energetiklarni kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Sizning jasoratingiz, mehnatsevarligingiz va fidoyiligingiz butun jamiyat uchun namunadir.

Sog‘ligingiz, baxtingiz va muvaffaqiyatingiz doim yorug‘ bo‘lsin!

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM