"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
101K subscribers
18.2K photos
3.04K videos
14 files
7.43K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi “Agromarkaz” qishloq xoʻjaligi korxonalari majmuasida ham boʻldi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

U bunga qadar Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi edi.

Ulugʼbek Mustafoev bir necha yil davomida «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#24_soatlik_navbatchilik

Samarqand viloyatida iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida energetika tizimida 24 soatlik navbatchilik tartibi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur choralar elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Hozirda viloyat bo‘yicha 603 nafar malakali muhandis-texnik xodimlardan tashkil topgan 95 ta avariya brigadasi faoliyat yuritmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ISITISH MAVSUMIDA EHTIYOJMAND OILALARGA 1 MILLION SO’MDAN BIR MARTALIK YORDAM BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi.

Mazkur tashabbus orqali davlatimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, isitish mavsumi oldidan ularga yengillik yaratish maqsad qilingan.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ESG reytingiga ega kompaniya sifatida eʼtirof etildi

Jahonda nufuzli hisoblangan Sustainable Fitch (London) xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv sohasida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Sustainable Fitch – dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings’ning ixtisoslashgan bo‘limi bo‘lib, kompaniyalarni asosiy uchta yo‘nalish bo‘yicha baholaydi:

Ekologiya (E) – karbonat angidrid gazlarini samarali boshqarish, energiyadan oqilona foydalanish va barqaror resurslardan foydalanish amaliyotlari;

• Ijtimoiy sohasi (S) – xodimlar huquqlarini himoya qilish va inson kapitalini rivojlantirish;

• Boshqaruv (G) – ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobdorlik hamda samarali menejmentni yo‘lga qo‘yish.

Mazkur reyting Jamiyatga xalqaro investorlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlash, “yashil” va barqaror moliyaviy vositalardan foydalanish imkonini yaratadi.

Batafsil

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavsumni betalofat о‘tkazish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.

Bu borada Ohangaron shahrida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida tanishish mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BAG‘ISHLANGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati mutasaddilari, viloyat prokuraturasi mas’ullari hamda filial ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar, korrupsiyaning oldini olishda tizimli yondashuv, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar atroflicha yoritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda maishiy korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik xususida amaliy tavsiyalar berildi.

Shu bilan bir qatorda qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida zarur choralarni amalga oshirish bо‘yicha zarur kо‘rsatmalar berildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANIB, BELGILANGAN TARTIBDA CHORALAR KO‘RILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan hududlarda elektr energiyasidan qonuniy foydalanishni ta’minlash, yo‘qotishlarni kamaytirish va noqonuniy ulanishlarning oldini olish maqsadida doimiy reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida bir qator qoidabuzarliklar aniqlanib, ular bo‘yicha amaldagi tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Xususan, Andijon viloyati Baliqchi tumanida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Markaz” MFY da joylashgan YATT “A.H” ga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan shartnomasiz, noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Mazkur qoidabuzarlik oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 260 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Andijon shahri, Bobur shox ko‘chasi, 36-uy “Gumbaz parhez taomlari” MChJga o‘rnatilgan elektr hisoblagich ko‘zdan kechirilganda, hisoblagichga ulangan tok transformatorining "B" fazasi kuchlanish zanjiri uzilgani aniqlanib, holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Yana bir noqonuniy holat Andijon tumani, Sanoat MFY Fuqaro N.A ga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan shartnomasiz foydalanish holati qayd etildi. Noqonuniy ulanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 362 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Yuqorida o‘tkazilgan reydlar natijasida 3 ta holatda jami 646 million so‘m hajmdagi noqonuniy yo‘qotilgan elektr energiyasi aniqlanib, natijada Andijon viloyatida 646 ming kVt.soatga yo‘qotishlar kamaytirildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM