"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
101K subscribers
18.2K photos
3.04K videos
14 files
7.43K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“TARAQQIYOT NUQTASI” MUNOZARA KLUBINING NAVBATDAGI SONI "KUZ-QISHGA TAYYORMIZMI?" MAVZUSIGA BAG‘ISHLANDI

Unda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va kо‘p kvartirali uy-joy fondlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, energetika va kommunal xizmatlarning barqaror ishlashini ta’minlash yо‘nalishida qilingan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bо‘yicha kо‘rilgan choralar kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

"О‘zbekiston 24" telekanalida mazkur tadbir yuzasidan maxsus reportaj efirga uzatildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Hududlarda “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” kampaniyasi doirasidagi tadbirlar bо‘lib о‘tmoqda


Ma’lumki, har yili 25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunidan boshlab 10 dekabr – Inson huquqlari kuniga qadar dunyo bo‘ylab “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” global kampaniyasi o‘tkaziladi.

Mazkur Kampaniya doirasida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha mamlakatning barcha hududlarida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida turli tadbirlar, muloqot maydonlari va o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida xodimlar uchun ma’rifiy seminar tashkil etildi.

Jizzax shahar IIBning mutaxassisi, viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi vakili shuningdek “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali mutasaddilari va xodimlari ishtirok etgan tadbirda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy himoya mexanizmlari, mavjud reabilitatsiya xizmatlari hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida muhim ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, zo‘ravonlikka qarshi kurash uzluksiz jarayon ekanini qayd etib o‘tdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar о‘zlarining qiziqtirgan svollariga javoblar olishdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ELEKTR TA’MINOTINI BARQARORLASHTIRISH VA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Samarqand tumanida amalga oshirilayotgan texnik yangilanishlar, ta’mirlash ishlari va mavsumiy tayyorgarlik jarayonlari xususida “Samarqand” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturi lavhasida tanishish mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Bugun sun’iy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sun’iy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Erishilgan natijalar:

– sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida qariyb 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan 4,5 karra o‘sib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi;

IT sohasida ta’lim berayotgan oliy ta’lim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va ko‘nikmalarini oshirdi;

– mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika o‘qituvchisi Yangi O‘zbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini o‘tmoqda;

– raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi;

– Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qo‘yish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;

startaplar soni 10 barobar o‘sdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan birinchi yashil ma’lumotlar markazini barpo etish boshlandi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari muhokama qilindi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarni tanishtirib borish maqsadida о‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomida energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishini qо‘llab-quvvatlash, shuningdek, sun’iy intellektni keng joriy qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi.

Qayd etish kerakki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining raqamlashtirishga mas’ul о‘rinbosari bir vaqtni о‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bо‘lishi belgilangan bо‘lib, ayni paytda Jamiyatda bu borada elektr energiyasi hisobi va dasturiy ta’minot yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tadbirda raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari, shu jumladan, mazkur yо‘nalishda о‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari tо‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

HUDUDLARDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORAT QILINMOQDA

Farg‘ona viloyatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda Bosh prokuratura va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan Qo‘qon shahar hududida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida, shahar eleltr tarmoqlari korxonasi mavsumga tayyorgarligi, yoqilg‘i zaxiralari bilan ta’minlanganligi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida va tezkorlik bilan bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM