Mirzaobod tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, qisqa uzilishlarni kamaytirish hamda energetika tizimining ishonchliligini oshirish maqsadida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.
Bu ishlar nihoyasiga yetgach, nafaqat yog‘ingarchilik kunlarda, balki boshqa vaqtlarda ham aholini qiynab kelgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarga o‘rin qolmaydi.
👉 https://uza.uz/posts/787422
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT VILOYATIDA 2,7 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xodimlari hamda Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “G‘afur G‘ulom” MFY hududida joylashgan “I M” korxonasi tekshirilganda yangi ishlab chiqarish liniyasi uchun shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulangan holda hisolagich ma’lumotlarini “HET BILLING” dasturiy kompleksini bazasiga kiritmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi.
Natijada davlat manfaatlariga 2,7 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Euronews” telekanali “O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha keskin o‘sishi iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlamoqda” sarlavhali reportajni namoyish etdi.
Unda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov yurtimizda “yashil” energetikani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida intervyu berdi.
Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI ISTE’MOLCHILAR!
Elektr energiyasi ta’minotida siz yashab turgan xonadon, mahalla, tuman yoki shaharda sodir bo‘layotgan rejaviy va avariyaviy uzilishlardan tezkor va ishonchli ma’lumotga ega bо‘lishni istasangiz "Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" kanaliga obuna bo'ling va mazkur kanal o'rqali о‘z murojaatlaringizni yо‘llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tmoqchimiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" Telegram-kanalining (@HET_admin) orqali elektr ta’minoti korxonalariga ortiqcha qo‘ng‘iroqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz о‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan javob olish hamda muammoli masalalarga yechim topish imkoniyatiga ega bо‘lasiz.
Bundan tashqari, kanalimiz orqali sohadagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bо‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
УВАЖАЕМЫЕ ПОТРЕБИТЕЛИ!
Еще раз хотим напомнить, что со стороны АО «Региональные электрические сети» запущен Telegram-канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, где можно получить достоверную информацию о плановых или аварийных отключениях электроэнергии по адресу Вашего проживания (махалли, района или города).
Подписавшись на наш канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, Вы сможете без лишних телефонных звонков в электроснабжающие предприятия получить ответы на интересующие Вас вопросы от компетентных специалистов (@HET_admin), а также найти пути решения проблемной ситуации.
Кроме того, став подписчиком канала Вы всегда будете в курсе новостей и проводимых реформ в сфере электроснабжения.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘allaorol tumanida 3,87 mlrd so‘mlik noqonuniy elektr energiyasidan foydalanish holati aniqlandi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti hamda Jizzax hududiy filiali xodimlari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Korisquduq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro A.D. ga tegishli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro tomonidan elektr ta’minoti bo‘yicha amaldagi shartnoma rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa noqonuniy ravishda uskunalar ulab foydalanib kelgan.
Mazkur holat bo‘yicha iste’molchiga nisbatan 3,87 mlrd so‘mlik dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUDUDLARDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida tizimli ravishda ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo hududiy filiala tomonidan Guliston shahar “Ahillik” mahallasida filial xodimlari tashabbusi bilan navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Ushbu tashabbusda hududga 450 dan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va yashil hududlar yana ham kengaydi. Ekilgan ko‘chatlarning parvarishi bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
“Yashil makon” loyihasi doirasidagi bunday ezgu tashabbuslar Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM