"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
100K subscribers
18.2K photos
3.05K videos
14 files
7.44K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

MARG‘ILONLIK FUQARO ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANIB KELGANLIGI ANIQLANDI


Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti, “Energosavdo” bo‘limi xodimlari va Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, kuni kecha Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Gо‘ravol” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan elektr energiyasi hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, noqonuniy holatda foydalanib qelganligi aniqlandi.

Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 473 million so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ELEKTR ENERGIYASINI TEJASHNI BOLALIKDAN O‘RGANAMIZ

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

УЧИМСЯ ЭКОНОМИТЬ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИЮ С ДЕТСТВА


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ HUDUDIY FILIAL VA KORXONALARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA


Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali jamoasi tomonidan keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida filial xodimlari tomonidan belgilangan hududlarda manzarali va mahalliy iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur tashabbus nafaqat shahar va tumanlarning obodonlashtirilishiga, balki ekologik muvozanatni saqlashga ham munosib hissa qo‘shdi.

Ko‘chat ekish jarayonida xodimlar bir-biri bilan hamjihatlikda ishlashdi, ekilgan nihollarga sifatli parvarish ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Shuningdek, ushbu ezgu tadbir aholining ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
📌📌📌📌📌📌 Tezkor! HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksini takomilashtirish doirasida texnik ishlar olib borilmoqda. Shu sababli, Jamiyatning “HET BILLING” mobil ilovasi hamda…
“HET BILLING” dasturiy kompleksini takomilashtirish doirasida texnik ishlar tо‘liq yakunlandi.

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “HET BILLING” mobil ilovasi hamda rasmiy veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” tо‘liq ishga tushirildi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun yana bir bor uzr so‘raymiz.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Mirzaobod tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, qisqa uzilishlarni kamaytirish hamda energetika tizimining ishonchliligini oshirish maqsadida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.

Bu ishlar nihoyasiga yetgach, nafaqat yog‘ingarchilik kunlarda, balki boshqa vaqtlarda ham aholini qiynab kelgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarga o‘rin qolmaydi.

👉 https://uza.uz/posts/787422

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

TOSHKENT VILOYATIDA 2,7 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xodimlari hamda Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “G‘afur G‘ulom” MFY hududida joylashgan “I M” korxonasi tekshirilganda yangi ishlab chiqarish liniyasi uchun shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulangan holda hisolagich ma’lumotlarini “HET BILLING” dasturiy kompleksini bazasiga kiritmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi.

Natijada davlat manfaatlariga 2,7 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM