19–20 NOYABR KUNLARI YAKKABOG‘ TUMANIDA FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
19–20 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashqi davomida tabiiy (zilzila bilan bog‘liq) va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning kelib chiqishi ehtimoli yuzaga kelganda tezkor bartaraf etish hamda oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tuman FVDqTning boshqaruv organlari, kuch va vositalarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbirda tegishli xizmatlar va mas’ul tashkilotlar qatori Yakkabog‘ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda bajarishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAVSUMGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUHIM TOPSHIRIQLAR BELGILANDI
Bosh prokuratura hamda Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan elektr ta’minoti tizimining 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi. O‘rganishlar natijalari Energetika vaziri o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Dilshod Nosirov raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilinib, mazkur yo‘nalishda muhim topshiriqlar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida elektr tarmoqlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash, ehtimoliy avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish, noqonuniy ulanishlar va yo‘qotishlar darajasini sezilarli kamaytirish, shuningdek, iste’molchilar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Muhokama jarayonida ayrim hududlarda mavjud kamchiliklar aniqlanib, mas’ul rahbarlarga ularni qisqa muddatda bartaraf etish talabi qo‘yildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini uzluksiz va barqaror o‘tkazish maqsadida tizim bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EHTIYOJMAND OILALARGA MODDIY YORDAMLAR MANZILLI YETIB BORMOQDA!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini qoplash uchun 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.
Bu yordamlar nafaqat ijtimoiy ko‘mak, balki energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.
Videorolikda oilalar qanday qilib elektr va gazni tejamkor ishlatish, hisobni oshirmasdan qulay sharoit yaratish va kompensatsiya olish tartibi haqida sodda tarzda ko‘rsatib berilgan.
Tejamkorlik har bir oilaga foyda, har bir jamiyatga esa katta hissa!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAHALLARDA ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi kunlarda mamlakatimiz, ayniqsa Toshkent shahrida atmosfera havosidagi mayda dispersli zarrachalar miqdorining oshishi kuzatilmoqda.
“O‘zgidromet” tomonidan amalga oshirilgan doimiy monitoring natijalariga ko‘ra, bu holat bir vaqtning o‘zida kuchayib namoyon bo‘lgan bir nechta tabiiy omillar bilan bog‘liq.
Birinchi omil – keskin harorat almashishi va inversiya. Joriy haftada havo harorati tez o‘zgardi. Issiq kunlardan sovuq kunlarga o‘tish davrida inversiya deb ataluvchi tabiiy jarayon yuzaga keladi. Inversiya paytida sovuq havo pastda, issiq havo yuqorida qoladi va havo qavatlari aralashmaydi. Shu bois mayda zarrachalar past havoqatlamida to‘planib, qisqa vaqtda konsentratsiya keskin oshadi. Bu jarayon Toshkent, Olma-ota, Bishkek, Dushanbe kabi shaharlarda har yili noyabr–fevral oylarida kuzatiladi.
Ikkinchi omil – yog‘ingarchilikning yo‘qligi. Sinoptiklarimiz ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi boshidan beri Toshkentda deyarli yomg‘ir yog‘madi, yog‘ingarchilik hajmi esa iqlimiy me’yordan ancha past bo‘ldi. Yog‘ingarchilik yo‘qligi havodagi mayda zarrachalarning tabiiy yuvilishini to‘xtatadi va ularning uzoq vaqt atmosferada saqlanib turishiga olib keladi.
Uchinchi omil – arid jarayonlarning kuchayishi va tabiiy changlanish. O‘zbekiston tabiiy jihatdan quruq va yarimquruq iqlim hududida joylashgan. BMT ekspertlari bu mintaqani dunyoda arid jarayonlar eng tez kechayotgan makonlardan biri sifatida qayd etgan. Arid jarayonlar, o‘simlik qoplamining kamayishi va iqlim isishining ta’siri ostida shamol ta’siridagi tabiiy changlanish oshadi. Shuning uchun bu yil changlanish odatdagidan ko‘proq namoyon bo‘ldi, hatto shamol past bo‘lgan kunlarda ham PM10 ko‘rsatkichining o‘sishiga turtki berdi.
Sinoptiklarimiz prognoziga ko‘ra, amalgaoshgan inversiya jarayoni 24-noyabrgacha davom etishi mumkin. Shu vaqtgacha mayda zarrachalarning ma’lum darajada saqlanib turishi tabiiy va mavsumiy holdir.
Ob-havo barqarorlashishi bilan havo sifati o‘z-o‘zidan sezilarli yaxshilanadi.
Hozirda mahalliy hokimiyatlar, kommunal xizmatlar va mas’ul idoralar tomonidan quyidagi amaliy ishlar olib borilmoqda:
– ko‘cha va yo‘llarni namlash;
– yashil hududlarni qo‘shimcha sug‘orish;
– jamoat joylarini nam tozalash;
– aholi uchun tavsiyalarni yetkazish;
– atmosfera havosini doimiy monitoring qilish.
O‘zgidromet atmosfera havosi holatiga oidbarcha muhim ko‘rsatkichlarni kuniga ikki marta – ertalab va kechqurun rasmiy kanallar orqali e’lon qilib boradi.
Shuni takidlash joizki, kuzatilayotgan holat – tabiiy, vaqtinchalik va mavsumiy jarayon. Bunda barcha vakolatli davlat organlari tegishliligi bo‘yicha vaziyatni doimiy ravishda nazorat qilmoqdalar, zarurat tug‘ilganda esa aniq tashkiliy choralarini amalga oshirmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mazkur masalada har qanday muhim o‘zgarishlar haqida aholiga o‘z vaqtida axborot berib borilishini doimiy davom ettiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON, QOZOG‘ISTON VA QIRG‘IZISTON SUV-ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK PARAMETRLARI VA O‘ZARO QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA KELISHUVGA ERISHDI
Olmaota shahri, 2025-yil 22-noyabr - Olmaota shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov, Qozog‘iston Respublikasi Suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov, Qirg‘iziston Respublikasi Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qirg‘iziston Respublikasi Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Almaz Jeenaliyev ishtirok etdi.
Tomonlar suv-energetika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish parametrlari to‘g‘risida kelishib oldilar. To‘xtag‘ul suv omboridagi murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro elektr energiyasi yetkazib berish orqali bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, isitish mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish va kelgusi vegetatsiya mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaror qilishdi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston kuz-qish mavsumida Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishga tayyorligini tasdiqladi. Bu Qirg‘iziston tomoniga qishda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini kamaytirish va To‘xtag‘ul suv omborida suv to‘plash imkonini beradi. Jamg‘arilgan hajm vegetatsiya davrida janubiy hududlarning qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror sug‘orishni ta’minlash uchun Qozog‘iston va O‘zbekistonga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, mintaqada iste’molni kamaytirish va energiyani tejash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Muzokaralar ishtirokchilari hamkorlikdagi ishlar yaxshi qo‘shnichilik ruhida olib borilayotgani va butun Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlashga qaratilganini ta’kidladilar. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni tranzit, yetkazib berish va energiya tizimini muvozanatlash uchun texnik shartlarni ta’minlashga tayyorligini tasdiqladi.
Yig‘ilish yakunida 2026-yil vegetatsiya davri uchun qishki elektr energiyasi yetkazib berish va suv to‘plash hajmlarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi uch tomonlama bayonnoma imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Buxoro hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“CHOʻBOLONCHI” HAVO ELEKTR UZATISH TARMOG‘I MUKAMMAL TA’MIRLANMOQDA
Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz va barqaror yetkazib berishni ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan tizimli ravishda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumaladan, Yangibozor tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan “Madaniyat” podstansiyasidan chiqadigan 10 kVli “Choʻbolonchi” havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash jarayoni amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash doirasida elektr qurilmalari yangilanmoqda, eski simlar va yog‘och ustunlar bosqichma-bosqich zamonaviy temir-beton tayanchlariga almashtirilmoqda. Ushbu ishlar elektr tarmog‘ining mustahkamligi va xavfsizligini oshirib, iste’molchilarga yetkazilayotgan elektr energiyasi sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ushbu amali ishlar natijada tumanning “Qadriyat”, “Istiqlol”, “Iftixor”, “Oltin koʻl” hamda “Choʻbolonchi” mahallalari aholisi uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM