HUDUDLARDA MAXSUS TEXNIKA VA AVTORANSPORT VOSITALARI KUZ-QISH MAVSUMIGA SHAY HOLATGA KELTIRILMOQDA
Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yil kuz-qish mavumiga tayorgarlik kо‘rish hamda ichte’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, hududlarda vujudga kelishi mumkmin bо‘lgan avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish masadida tezkor chiqish brigadalar tashkil etilgan bо‘lib, ularga jami 1361 ta maxsus texnika va avtoransport vositalari biriktirilgan.
Kuz-qish mavsumida zarur holatlarda noqulay ob-havo sharoitida vujudga kelgan avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etishda texnika vositalarning to‘liq shayligi muhim hisoblanadi.
Shuni inobatga olgan holda, Jamiyatning hududiy filial va korxonalarida tezkor chiqish brigadalariga qarashli maxsus texnika va avtoransport vositalari navbatdan tashqari texnik ko`rikdan o`tkazilib barcha texnikalar kо‘zdan kechirilib zarur tavsiyalar berilmoqda.
Shu bilan bir qatorda tuman, shahar yо‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari mutasaddilari bilan hamkorlikda haydovchilar о‘rtasida yо‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“YANGI О‘ZBEKISTON” MASSIVLARI: OBOD BО‘LAYOTGAN MANZILLAR
"Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali xodimlari tomonidan Guliston shahridagi “Yangi О‘zbekiston” massivini tashqi elektr tarmoqlari bilan ta’minlash maqsadida quvvati 110/35/10 kV bо‘lgan podstansiya hamda uzunligi 37 km bо‘lgan 110 kV yuqori kuchlanishli tarmoq qurish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Samarqand viloyatida iste’molchilarni kuz–qish mavsumida uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ravishda tayyorgarlik ko‘rilyapti.
Jumladan, elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va taqsimlash qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur ta’mirlash va yangilash ishlari bajarilmoqda. Shu bilan birga hududlarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida viloyat telekanalining “Maxsus reportaj” axborot dasturi lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19–20 NOYABR KUNLARI YAKKABOG‘ TUMANIDA FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
19–20 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashqi davomida tabiiy (zilzila bilan bog‘liq) va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning kelib chiqishi ehtimoli yuzaga kelganda tezkor bartaraf etish hamda oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tuman FVDqTning boshqaruv organlari, kuch va vositalarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbirda tegishli xizmatlar va mas’ul tashkilotlar qatori Yakkabog‘ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda bajarishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAVSUMGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUHIM TOPSHIRIQLAR BELGILANDI
Bosh prokuratura hamda Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan elektr ta’minoti tizimining 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi. O‘rganishlar natijalari Energetika vaziri o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Dilshod Nosirov raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilinib, mazkur yo‘nalishda muhim topshiriqlar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida elektr tarmoqlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash, ehtimoliy avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish, noqonuniy ulanishlar va yo‘qotishlar darajasini sezilarli kamaytirish, shuningdek, iste’molchilar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Muhokama jarayonida ayrim hududlarda mavjud kamchiliklar aniqlanib, mas’ul rahbarlarga ularni qisqa muddatda bartaraf etish talabi qo‘yildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini uzluksiz va barqaror o‘tkazish maqsadida tizim bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM