Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI DAVLAT XIZMATCHILARI, NAVBATDAGI O'QUV DASTURINI E'TIBORINGIZGA XAVOLA QILAMIZ!
Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ENERGETIKA SOHASIDAGI ISLOHOTLAR AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar “O'zbekiston 24" telekanalining "Ortqa qaytmas islohotlar” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari kiberxavfsizlik boyicha malakasini oshirdi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik boyicha mas’ul mutaxassislari “Kiberxavfsizlik markazi” DUKda “Davlat tashkilotlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari” mavzusida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Kurs davomida mutaxassislar axborot xavfsizligi sohasidagi eng so’nggi milliy va xalqaro standartlar, yangilangan meyoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy kiberhimoya vositalari va kiberkriminalistika usullari bilan chuqur tanishdilar.
Shu bilan bir qatorda kurslar davomida davlat tashkilotlari axborot tizimlarini kompleks himoya qilish, dolzarb kibertahdidlarni aniqlash va ularga samarali javob berish mexanizmlari to‘g‘risida ham ko‘nikmalar shakllantirildi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, olingan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar mutaxassislarga jamiyatda kiberxavfsizlik tizimini mustahkamlash, ichki jarayonlarni xalqaro talablar darajasida takomillashtirish hamda raqamli infratuzilma barqarorligini ta’minlashda muhim rol oynash imkonini beradi.
Bu esa, o’z navbatida, jamiyatning umumiy axborot xavfsizligi darajasini sezilarli darajada oshirishga va zamonaviy raqamli tahdidlarga qarshi bardoshliligini kuchaytirishga hamda jamiyatning raqamli xizmatlarini uzluksiz ishlaniga xizmat qiladi.
О‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga Markazning maxsus sertifikatlari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda. Faqat hamjihat bo‘lib, o‘zaro hurmat, birdamlik va strategik yondashuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erishishimiz mumkin.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
Наша сила – в единстве, наш путь к успеху – в дружбе и сотрудничестве. Только сплотившись, опираясь на взаимное уважение, солидарность и стратегическое видение, мы сможем достичь наших благородных целей.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatida 89 ta mahallaning elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 191 ta transformator va 10 540 ta temir-beton ustunlarini oʻrnatish hamda 393,5 km elektr uzatish tarmog‘ini yangidan qurilishi belgilangan.
Bugungi kungacha 188 ta transformator hududlarga chiqarilib, 180 tasi oʻrnatildi. 378,7 km tarmoq qurildi.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
– Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
– Prezidentimizning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi
– “Qambarota GES-1” — Markaziy Osiyoni birlashtirgan mega loyiha
– Energetika vazirligi innovatsion faoliyat bo‘yicha eng ilg‘or vazirliklar uchligida
– Gaz ta’minoti va raqamlashtirish: OAV uchun press-tur
– Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan qurilish obyekti aniqlandi
– Bo‘stonliqda 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda
– Energiya resurslarini tejash — barqaror tizimning asosi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuz–qish mavsumida iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan tizimli ravishda tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va taqsimlash qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazildi, zarur ta’mirlash va yangilash ishlari bajarildi.
Bu haqida batafsil "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi lavhasida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025/2026-yil isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilmoqda
Aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash maqsadida 1 mln 162 mingdan ortiq ro‘yxat shakllantirildi.
Bir martalik moddiy yordam to‘lash uchun 1,2 trln so‘mlik mablag‘ tijorat bakiga to‘liq moliyalashtirib berildi.
30-oktyabr kuni plastik kartasi bor aholiga butun summa o‘tkazib berildi. Bank plastik kartasi bo‘lmaganlarga oilalarga naqd pul ko‘rinishida “sayyor kassalar” tomonidan pullar to‘lab berilmoqda.
O‘tgan davrda kompensatsiya to‘lash uchun kelib tushgan 1,7 mln arizalar ko‘rib chiqildi va bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 362 ming oilalarga 21,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lovlari to‘landi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 444 ming oila kompensatsiya olish uchun murojaat qilgan, shundan 208 mingtasiga 23,3 mlrd so‘m (faqatgina isitish davri noyabr-fevral oylari uchun) kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“XONCHARBOG`” MAHALLASIGA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILDI
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan hududlarda iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Jumladan, Olmazor tuman elektr ta`minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning”Xonchorbog`” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yuklama bilan ishlab kelayotgan transformator punktiga qo‘shimcha ravishda yangi transformator punkti o‘rnatildi.
Tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan quvvati 630 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va undan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlarini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Tez orada mazkur loyiha o‘z yakuniga yetkazilib, yangi transformator va tarmoqlar iste'molchilarga foydalanishlari uchun topshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM