ANDIJON VILOYATIDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARINI ANIQLASH BO‘YICHA REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Kuz–qish mavsumini betalofat o‘tkazish, shuningdek, elektr energiyasidan qonuniy va oqilona foydalanishni nazorat qilish maqsadida Andijon viloyati bo‘ylab muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari tomonidan joriy yilning 11–12-noyabr kunlari Andijon shahri bo‘ylab o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 100 ga yaqin iste’molchi ko‘rikdan o‘tkazildi. O’rganish jarayonida 21 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Xususan о‘rganishlar davomida, hisoblagich ulanish sxemasi buzilishi, tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib foydalanish, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilsh hamda hisoblagichga pult moslamasi o‘rnatilib, hisoblagich sun’iy ravishda to‘xtatilgan holda elektr energiyasidan foydalanilgan holatlari aniqlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida yo‘qotilgan elektr energiyasi hajmi qayta hisob-kitob qilinib, yetkazilgan zarar miqdori 301,6 million so‘mni tashkil etgani aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga yuborildi.
Shu kabi reyd tadbirlari viloyat bo‘ylab muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLIDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR O‘Z VAQTIDA YECHIM TOPMOQDA
Mamlakatimizda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish, ularning murojaatlari va takliflariga tezkor javob berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu yo‘nalishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali rahbariyati va xodimlari tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Xususan, Urganch tumani “Bo‘ston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida hududda elektr ta’minotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda tuman elektr ta’minoti tomonidan quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatilib, ayni damda tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbir natijasida “Bo‘ston” mahallasidagi iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti barqarorlashib, kuchlanish darajasi yaxshilanishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI DAVLAT XIZMATCHILARI, NAVBATDAGI O'QUV DASTURINI E'TIBORINGIZGA XAVOLA QILAMIZ!
Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ENERGETIKA SOHASIDAGI ISLOHOTLAR AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar “O'zbekiston 24" telekanalining "Ortqa qaytmas islohotlar” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari kiberxavfsizlik boyicha malakasini oshirdi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik boyicha mas’ul mutaxassislari “Kiberxavfsizlik markazi” DUKda “Davlat tashkilotlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari” mavzusida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Kurs davomida mutaxassislar axborot xavfsizligi sohasidagi eng so’nggi milliy va xalqaro standartlar, yangilangan meyoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy kiberhimoya vositalari va kiberkriminalistika usullari bilan chuqur tanishdilar.
Shu bilan bir qatorda kurslar davomida davlat tashkilotlari axborot tizimlarini kompleks himoya qilish, dolzarb kibertahdidlarni aniqlash va ularga samarali javob berish mexanizmlari to‘g‘risida ham ko‘nikmalar shakllantirildi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, olingan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar mutaxassislarga jamiyatda kiberxavfsizlik tizimini mustahkamlash, ichki jarayonlarni xalqaro talablar darajasida takomillashtirish hamda raqamli infratuzilma barqarorligini ta’minlashda muhim rol oynash imkonini beradi.
Bu esa, o’z navbatida, jamiyatning umumiy axborot xavfsizligi darajasini sezilarli darajada oshirishga va zamonaviy raqamli tahdidlarga qarshi bardoshliligini kuchaytirishga hamda jamiyatning raqamli xizmatlarini uzluksiz ishlaniga xizmat qiladi.
О‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga Markazning maxsus sertifikatlari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda. Faqat hamjihat bo‘lib, o‘zaro hurmat, birdamlik va strategik yondashuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erishishimiz mumkin.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
Наша сила – в единстве, наш путь к успеху – в дружбе и сотрудничестве. Только сплотившись, опираясь на взаимное уважение, солидарность и стратегическое видение, мы сможем достичь наших благородных целей.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatida 89 ta mahallaning elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 191 ta transformator va 10 540 ta temir-beton ustunlarini oʻrnatish hamda 393,5 km elektr uzatish tarmog‘ini yangidan qurilishi belgilangan.
Bugungi kungacha 188 ta transformator hududlarga chiqarilib, 180 tasi oʻrnatildi. 378,7 km tarmoq qurildi.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM