XODIMLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari o‘rtasida sport musoboqalari tashkil etildi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqalarda sportning futbol, shaxmat, shashka, turnikda tortilish va qo‘l kurash turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar kechdi. Ishtirokchilar o‘zining irodasi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 11 noyabr ‒ О‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ayni yo'nalishda faoliyat olib borayotgan etakchi va faollarni, tashabbuskor xodimlarni samimiy muborakbod etadi.
Soha xodimlarining himoyasini ta’minlash, ularning moddiy-ma’naviy qо‘llab-quvvatlash, huquqiy manfaatlarini ifoda etishda ijtimoiy sheriklikning barcha prinsiplariga amal qilinishini ta’minlanishida olib borayotgan fidokorona mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIQINDIDAN QARZI BOR ISTE’MOLCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI ELEKTR TA’MINOTIDAN UZILMAYDI
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musordan qarzi borlar elektrdan uzilyapti” sarlavhali xabar e’lon qilinmoqda. Tarmoqlardagi ushbu sarlavha mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilib yozilgan.
Avval xabar berganimizdek, chiqindidan qarzi bor iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr ta’minotidan uzilmaydi. Aksincha, chiqindidan qarzdor iste’molchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgandan keyin 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, ushbu abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi.
Iste’molchi tomonidan chiqindidan qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq vaqtinchalik cheklov darhol yechiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ENERGETIKA SOHASIDAGI ISLOHOTLAR AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy kо‘rsatuvining navbatdagi sonida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston va Andijonda o‘tkazilgan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 2,5 mlrd. so‘mdga yaqin elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlatlari aniqlandi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati va bo‘lim xodimlari hamda “Energosavdo” filiali Qoraqalpog‘iston hamda Andijon bo‘linmalari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida faoliyat yurituvchi “M.A.X” fermer xo‘jaligi tomonidan o‘z balansida bo‘lgan transformatordan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi hamda korxonaga nisbatan 9,9 mln. so‘m zarar yetkazilganlik holatlari bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Andijon viloyati Asaka shahridagi “A.T” fermer xo‘jaligiga qarashli go‘sht do‘koni faoliyati o‘rganiliganda elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma imzolamasdan o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan foydalanib kelingani aniqlandi. Natijada davlat manfaatlariga 1.4 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAXSUS REPORTAJ | HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EHTIYOJMAND OILALARGA MODDIY YORDAMLAR MANZILLI YETIB BORMOQDA!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini qoplash uchun 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.
Bu yordamlar nafaqat ijtimoiy ko‘mak, balki energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.
Videorolikda oilalar qanday qilib elektr va gazni tejamkor ishlatish, hisobni oshirmasdan qulay sharoit yaratish va kompensatsiya olish tartibi haqida sodda tarzda ko‘rsatib berilgan.
Tejamkorlik har bir oilaga foyda, har bir jamiyatga esa katta hissa!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini qoplash uchun 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.
Bu yordamlar nafaqat ijtimoiy ko‘mak, balki energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.
Videorolikda oilalar qanday qilib elektr va gazni tejamkor ishlatish, hisobni oshirmasdan qulay sharoit yaratish va kompensatsiya olish tartibi haqida sodda tarzda ko‘rsatib berilgan.
Tejamkorlik har bir oilaga foyda, har bir jamiyatga esa katta hissa!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAXSUS REPORTAJ | AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASHGA QARATILGAN TADBIRLAR
Toshkent shahrida elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mavjud tarmoqlarni yangilash, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Xususan, Yashnobod va Sergeli tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot «O`zbekiston 24» telekanalining «Maxsus reportaj» informatsion dasturi lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA
Mamlakatimizda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu dastur bo‘yicha birgina Bulung‘ur tumanidagi Gulobod, O‘roqli, Bo‘dana mahallalarida 9 ta transformator punkti hamda 448 ta temir beton ustunlari o‘rnatilib, 24,4 kilometr yangi tarmoq tortish ishlari olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QIZILTEPA TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH VA MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Xususan,tumanning Bashir mahallasida belgilangan dastur doirasida 12 km uzunlikdagi yangi havo elektr uzatish tarmog'i, 2 dona transformator punktini o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Hududdagi 214 dona simyog'och ustunlar o'rniga yangi temir-beton tayanchlar tiklandi.
Ushbu amaliy ishlar Navoiy viloyatining barcha hududlarida davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori asosida 48 ta mahallalarda 71 dona transformator punktlari o'rnatildi va 5000 ga yaqin temir-beton tayanchlari qurilib, 244,5 km elektr uzatish tarmog’i tortildi.
Shu bilan bir qatorda, Vazirlar mahkamasining tegishli qarori asosida hududlar kesimida 153 ta transformator punkti o’rnatilib, 250 km uzinlikdagi elektr uzatish tarmog’i qurildi.
Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz energiya bilan ta'minlash maqsadida, jamiyat tarkibidagi 830 dona past kuchlanishli trasnformator punktlari, 2 900 km dan ortiq uzatish tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Batafsil “O'zbekiston 24" telekanalining "Ortqa qaytmas islohotlar” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SHAVKAT MIRZIYOYEV: MARKAZIY OSIYO YANGI DAVR OSTONASIDA
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 13 noyabr kungi 234-sonida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasida ta’kidlanishicha, mintaqa mamlakatlari uzoq yillardan keyin birinchi marta birgalikda oldinga yurish, umumiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi bosqichga kirib keldi.
Davlat rahbari fikricha, bu jarayon “o‘z-o‘zidan” emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari siyosiy irodasi, aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari natijasidir. Mintaqada o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti mustahkamlanib, hamkorlik keng ko‘lamdagi zaruratga aylandi.
Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari yangi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini yaratganini, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammit esa barqaror, o‘zaro bog‘liq va farovon Markaziy Osiyoni barpo etishda muhim bosqich bo‘lishini qayd etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM