XODIMLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari o‘rtasida sport musoboqalari tashkil etildi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqalarda sportning futbol, shaxmat, shashka, turnikda tortilish va qo‘l kurash turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar kechdi. Ishtirokchilar o‘zining irodasi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 11 noyabr ‒ О‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ayni yo'nalishda faoliyat olib borayotgan etakchi va faollarni, tashabbuskor xodimlarni samimiy muborakbod etadi.
Soha xodimlarining himoyasini ta’minlash, ularning moddiy-ma’naviy qо‘llab-quvvatlash, huquqiy manfaatlarini ifoda etishda ijtimoiy sheriklikning barcha prinsiplariga amal qilinishini ta’minlanishida olib borayotgan fidokorona mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIQINDIDAN QARZI BOR ISTE’MOLCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI ELEKTR TA’MINOTIDAN UZILMAYDI
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musordan qarzi borlar elektrdan uzilyapti” sarlavhali xabar e’lon qilinmoqda. Tarmoqlardagi ushbu sarlavha mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilib yozilgan.
Avval xabar berganimizdek, chiqindidan qarzi bor iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr ta’minotidan uzilmaydi. Aksincha, chiqindidan qarzdor iste’molchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgandan keyin 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, ushbu abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi.
Iste’molchi tomonidan chiqindidan qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq vaqtinchalik cheklov darhol yechiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ENERGETIKA SOHASIDAGI ISLOHOTLAR AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy kо‘rsatuvining navbatdagi sonida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston va Andijonda o‘tkazilgan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 2,5 mlrd. so‘mdga yaqin elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlatlari aniqlandi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati va bo‘lim xodimlari hamda “Energosavdo” filiali Qoraqalpog‘iston hamda Andijon bo‘linmalari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida faoliyat yurituvchi “M.A.X” fermer xo‘jaligi tomonidan o‘z balansida bo‘lgan transformatordan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi hamda korxonaga nisbatan 9,9 mln. so‘m zarar yetkazilganlik holatlari bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Andijon viloyati Asaka shahridagi “A.T” fermer xo‘jaligiga qarashli go‘sht do‘koni faoliyati o‘rganiliganda elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma imzolamasdan o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan foydalanib kelingani aniqlandi. Natijada davlat manfaatlariga 1.4 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAXSUS REPORTAJ | HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EHTIYOJMAND OILALARGA MODDIY YORDAMLAR MANZILLI YETIB BORMOQDA!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini qoplash uchun 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.
Bu yordamlar nafaqat ijtimoiy ko‘mak, balki energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.
Videorolikda oilalar qanday qilib elektr va gazni tejamkor ishlatish, hisobni oshirmasdan qulay sharoit yaratish va kompensatsiya olish tartibi haqida sodda tarzda ko‘rsatib berilgan.
Tejamkorlik har bir oilaga foyda, har bir jamiyatga esa katta hissa!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini qoplash uchun 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari ham amalga oshirilmoqda.
Bu yordamlar nafaqat ijtimoiy ko‘mak, balki energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.
Videorolikda oilalar qanday qilib elektr va gazni tejamkor ishlatish, hisobni oshirmasdan qulay sharoit yaratish va kompensatsiya olish tartibi haqida sodda tarzda ko‘rsatib berilgan.
Tejamkorlik har bir oilaga foyda, har bir jamiyatga esa katta hissa!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAXSUS REPORTAJ | AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASHGA QARATILGAN TADBIRLAR
Toshkent shahrida elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mavjud tarmoqlarni yangilash, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Xususan, Yashnobod va Sergeli tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot «O`zbekiston 24» telekanalining «Maxsus reportaj» informatsion dasturi lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA
Mamlakatimizda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu dastur bo‘yicha birgina Bulung‘ur tumanidagi Gulobod, O‘roqli, Bo‘dana mahallalarida 9 ta transformator punkti hamda 448 ta temir beton ustunlari o‘rnatilib, 24,4 kilometr yangi tarmoq tortish ishlari olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM