Ohangaron tumanida “Yashil makon” bog‘i barpo etilmoqda
Kecha, 8-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan Ohangaron–Olmaliq avtomobil yo‘lining 2,5 kilometr qismida 2000 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Loyiha doirasida mazkur hududda jami 3000 tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada “Yashil makon” bog‘i tashkil etiladi.
Energetika vazirligi tizimida respublika hududlari bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Xususan, hududda mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2411,3 km elektr tarmog‘i hamda 730 ta transformator mukammal ta’mirdan chiqarildi hamda tasdiqlangan rejaga muvofiq 0,4 -10 kV kuchlanishli 4528 km elekt tarmoqlari hamda 1500 dan ortiq transformatorlar joriy ta’mirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KASABA UYUSHMALARI KUNI ARAFASIDA FIDOYILAR E’TIROF ETILDI
2020-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilda mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakati tashkil topganiga 120 yil to‘lishi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan yurtimiz bo‘ylab kasaba uyushmalari faollari va fidoyi mehnat qilayotgan faxriylar e’tirof etilib, taqdirlanmoqda.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Energosavdo filiali kasaba qo‘mitasi raisi Laisheva Alfiya kasaba uyushmalari tizimidagi fidokorona faoliyati, xodimlar manfaatlarini himoya qilish va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishdagi hissasi uchun munosib e’tirofga sazovor bo‘ldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati va kо‘p sonli jamoasi jonkuyar va fidoyi hamkasbimizni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Aqlli” elektr hisoblagichlar xato hisoblamaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Shoshilinch xabar: О‘zbekistonda ayrim elektr schyotchiklari ortiqcha kilovatt «yozyapti»! Ehtimol, siz ham ortiqcha tо‘layapsiz!” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Tavsiyaviy mazmunga ega bо‘lgan xabar sarlavhasida, gо‘yoki elektr energiyasi hisobi uchun о‘rnatilgan hisoblagichlar “ortiqcha” elektr energiyasi hisoblayotganini tushinaladi.
Aslida, tarqatilgan xabar mazmunida respublikamiz bо‘ylab о‘rnatilgan hisoblagichning tegishli tugmasi orqali mavjud funksiyalarni iste’molchi tomonidan aniqlash imkoniyatlari tushuntirilgan.
Shu о‘rinda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ iste’molchilarga о‘rnatilayotgan barcha turdagi hisobdonlar bir necha bosqichli sinov va tekshiruv jarayonlaridan о‘tishi va kamchilik aniqlanganda о‘rnatish va sotish uchun chiqarmasligi qat’iy nazorat qilinishini eslatib о‘tamiz.
Shu sababli, “О‘zbekistonda ayrim elektr schyotchiklari ortiqcha kilovatt «yozyapti»!” mazmundagi xabar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.
Iste’molchilardan hisoblagichlarda elektr energiyasi iste’moli hisobida qandaydir shubha bо‘lsa tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalariga yoki 1154 qisqa raqamli Call-markazi hamda telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @HET_admin orqali murojaat qilishlarini sо‘raymiz.
Ijtimoiy tarmoq egalari hamda adminlaridan fuqarolarni chalg‘ituvchi va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslikni, iste’molchilardan esa elektr energiyasiga oid ma’lumotlarni rasmiy axborot manbalaridan kuzatishlarni sо‘rab qolamiz.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

#rasmiy_xabar
Elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Bugun, soat 18:13 da Toshkent shahridagi 110 kVli “L-Dok-1” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyati Toshkent tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 kVli elektr uzatish kabel tarmoqlariga qurilish kompaniyasi texnikasi tomonidan shikast yetkazilgan (kabel quruvchilar tomonidan uzib yuborilgan).
Buning natijasida Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Ayni vaqtda tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur nosozlikni о‘z vaqtida bartaraf etish choralar kо‘rilmoqda.
Tez orada mazkur nosozlik bartaraf etilib, ta’minot tо‘liq tiklanishini bildiramiz.
Shu о‘rinda poytaxtdagi qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va quruvchilardan qazish ishlarini “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” MCHJ va uning tuman bо‘limlari bilan hamkorlikda tegishli ruxsatnoma olgan holda bajarishlarini sо‘raymiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
#rasmiy_xabar Elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda Bugun, soat 18:13 da Toshkent shahridagi 110 kVli “L-Dok-1” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlari…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AXBOROT 24 | AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTINI YAXSHILASHDA NAMANGAN VILOYATLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XODIMLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari o‘rtasida sport musoboqalari tashkil etildi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqalarda sportning futbol, shaxmat, shashka, turnikda tortilish va qo‘l kurash turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar kechdi. Ishtirokchilar o‘zining irodasi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM