"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
100K subscribers
18.1K photos
3.03K videos
14 files
7.41K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOMONIDAN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

Bugun, 6-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar uchun Jamiyat rahbariyati va mas’ullari ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar dastlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni yanada takomillashtirish, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida keyingi yillarda Jamiyat tomonidan olib borilayotgan say-harakatlar va iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishtirildi.

Press-tur davomida mutaxassislar tomonidan ASKUE orqali iste’molning sutkalik, oylik va yillik nazorat yuritilishi, Jamiyatning 1154 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Batafsil

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan  aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.

Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida  “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ISTE’MOLCHILARNI BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI BILAN TA’MINLASH MAQSADIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RILDI

2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1404,5 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 504 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash, shuningdek, 1886,7 kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 1031 dona transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Shu bilan birga, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan 60 ta avariya-bartaraf etish xizmati brigadasi tarkibidagi 392 nafar muhandis va texnik xodimlar maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlandi. 30 ta maxsus va 76 ta yengil avtotransport vositasi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror ishlashi uchun shay holatga keltirildi.

Elektr energiyasi ta’minotida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida yetarli miqdorda zaxira materiallar shakllantirildi.

Natijada, Xorazm viloyati aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni elektr energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma to‘liq tayyor holatga keltirildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

AQSH Prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:

"Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi.

Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!".

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste’molchilar!

Elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq savol, murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallariga murojaat qilishingiz mumkin:

📞Elektr ta’minoti bo‘yicha: 1154
📞Gaz ta’minoti bo‘yicha: 1104 va 104

Ushbu qisqa raqamlar 24/7 rejimida faoliyat yuritadi va sizning murojaatlaringizga javob beradi.

Shuningdek, quyidagi Telegram’ manzillar orqali ham murojaat yo‘llashingiz mumkin:

⚡️Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha:🔵@hududgaz_murojaat_bot
👨‍👩‍👧‍👦Elektr ta’minoti bo‘yicha:🔵@HET_admin

—————
Уважаемые потребители!

Если у вас есть вопросы, обращения или предложения, связанные с электро- и газоснабжением, вы можете обратиться по следующим каналам связи:

📞По электроснабжению: 1154
📞По газоснабжению: 1104 и 104

Эти короткие номера работают круглосуточно и принимают ваши обращения.

Вы также можете подать заявку по следующим Telegram-адресам:

⚡️По обеспечению природным и сжиженным газом:🔵@hududgaz_murojaat_bot
👨‍👩‍👧‍👦По электроснабжению:🔵@HET_admin

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Ohangaron tumanida “Yashil makon” bog‘i barpo etilmoqda

Kecha, 8-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan Ohangaron–Olmaliq avtomobil yo‘lining 2,5 kilometr qismida 2000 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Loyiha doirasida mazkur hududda jami 3000 tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada “Yashil makon” bog‘i tashkil etiladi.

Energetika vazirligi tizimida respublika hududlari bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM