"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
101K subscribers
18.2K photos
3.04K videos
14 files
7.43K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 noyabrdagi 598-sonli “Toshkent shahar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 110/35/10 kV “Qorasu” podstansiyasida keng kо‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida mavjud 16 MVA va 25 MVA quvvatga ega bо‘lgan kuch transformatorlari о‘rniga har biri 63 MVA quvvatli yangi, zamonaviy kuch transformatorlari о‘rnatilib, podstansiyaning barcha elektr qurilmalari va boshqaruv tizimlari yangilanmoqda.

Ushbu ishlar natijasida podstansiyada 85 MVA qо‘shimcha quvvat yaratiladi hamda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining 11 250 aholi va ulgurji iste’molchilarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yanada yaxshilanadi.

Ish jarayonidan lavhalarda podstansiyada olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, yangi kuch transformatorlarini о‘rnatish hamda zamonaviy elektr uskunalarini joriy etish jarayonlari aks etgan.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Studiya 24 | Energetika sohasida barqarorlik: amaliy ishlar va erishilgan natijalar

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ayni damda “Izza” mavzesidagi elektroset stolbasi yonmoqda" mazmunda xabar tarqaldi.

Maʼlum boʻlishicha, Uchtepa tumanining ayrim qismlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 10 kV yuqori kuchlanishli "Tulpor" fiderining Izza mavzesidan oʻtuvchi qismining temir-beton tayanch ustuni izolyatori kuchli yomgʻir natijasida chaqnagan.

Ayni paytda tuman elektr tarmoqlari korxonasining tezkor brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

AQSH prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etish uchun Vashingtonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyevni AQSH davlat kotibining о‘rinbosari Kristofer Landau kutib oldi.

Shundan sо‘ng davlat rahbari AQShda ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlar bilan koʻrishdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

JIZZAX VILOYATIDA 2025-2026-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.

Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA “SAF KO‘RIGI” O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Andijon viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan 4-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Markaziy avtoturargoxida Andijon shahar Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari mas’ul xizmatlarining “Saf ko‘rigi” o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Andijon shahar hokimligi rahbariyati ishtirok etdi. Ko‘rik davomida mas’ul xizmatlarning kuch-vositalari, maxsus texnikalari, shaxsiy tarkibi va moddiy-texnik zaxiralari mavsumga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali energetika xizmati tomonidan 40 nafardan ortiq xodim va 15 dan ziyod maxsus texnika ishtirok etdi. Mazkur “Saf ko‘rigi” yakunida filialning tayyorgarlik darajasi “TAYYOR” deb baholandi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM