"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
100K subscribers
18.2K photos
3.05K videos
14 files
7.44K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
📌📌📌📌📌📌

SAMARQANDDA YUNESKO BOSH KONFERENSIYASINING 43-SESSIYASI BO‘LIB O‘TADI!

Joriy yilning 30-oktabridan 13-noyabrigacha O‘zbekistonning qadimiy va navqiron Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi.

Mazkur yirik xalqaro anjumanga tayyorgarlik jarayonida shahar infratuzilmasini, ayniqsa, elektr ta’minot tizimini ishonchli holatga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning Samarqand hududiy filiali mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur joylarda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, teplovizor nazorati orqali aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, tizimning ishonchliligi yanada mustahkamlandi.

Xorijiy mehmonlar tashrif buyuradigan konferensiya majmualari, tarixiy obidalar va mehmonxonalarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida 20 ta UPS hamda 6 ta dizel generator qurilmasi o‘rnatildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Energetika tizimi kuz-qish mavsumidagi rejimga to‘liq o‘tgan — 24/7 rejimida navbatchilik tashkil etilgan.

Generatsiya quvvatlarini oshirish asosiy maqsadlarimizdan biri: 2016-yilgacha 3 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirilgan bo‘lsa, oxirgi 8 yilda 15 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.

Yil yakuni bilan jami ishga tushirilgan elektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 28 GVtga yetishi kutilmoqda.

Bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarishda “yashil” energiya manbalarining ulushi 23 foizni tashkil qilmoqda.

Yil yakuni bilan: 3 000 MVtdan ortiq quyosh va shamol, 1 167 MVt quvvatli IES, 1 500 MVtdan ortiq energiya saqlash tizimlari foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, bugungi kunga kelib, umumiy 40 MVt quvvatga ega 59 ta mikro GES ishga tushirilgan bo‘lsa, qo‘shimcha 15 MVt quvvatli 13 ta mikro GES ishga tushiriladi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Namangan hududiy filiali tomonidan hududda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.


Tо‘raqо‘rg‘on tumanida olib borilayotgan tizimli ishlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Xodimlarning muntazam ravishda tajriba almashishlarini ta’minlash, ularning malaka oshirishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida, 2025-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tizimli ishlar qilinmoqda.

Xususan, ayni kunlarda "Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filiali tomonidan Jamiyat tarkibiy korxona va filiallarining tuman va shahar elektr ta’minoti bosh muhandislari va muhandis-texnik xodimlari ishtirokida о‘quv-seminarlari tashkil etilgan.

Yoqilg‘i energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yо‘qotishlarni kamaytirish choralarini kо‘rish hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish mavzusida tashkil etilgan о‘quv dasturlarida tinglovchilar nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘liq tarzda о‘tkazmoqdalar.

Jumladan ishtirokchilar Yashnobod tumanidagi “Olmos” podstansiyada bо‘lib, zarur amaliy kо‘nikmalarga ega bо‘lishdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi 91-sonli “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-sonli Qarorga asosan Yunusobod tumanidagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali tomonidan  24 soatlik ish rejimi tashkil etilib, 110/35/10 kVli "Yunusobod" podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘zbekistonliklar 7 kun davomida elektr energiyasi uchun to‘lovni to‘lay olmaydi — agar qarzingiz kechiksa, bir hafta elektr energiyasiz qolasiz." mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mazkur ma’lumot mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi.

Ayni paytda Jamiyat tomonidan hech qanday yangi hisobga olish tizimiga o‘tish ishlari olib borilayotgani yo‘q.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ISITISH MAVSUMIDA EHTIYOJMAND OILALARGA 1 MILLION SO‘MDAN MODDIY YORDAM BERILADI

Prezident qaroriga ko‘ra, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila ro‘yxatga olindi.


Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud, yana 290 mingdan ortig‘i esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlangan.

Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi:
• boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 mingta;
• nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar – 76,3 mingta;
• og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta;
• yolg‘iz keksalar – 7 mingta;
• gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 mingta;
• bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;
• boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta;
• vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;
• faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;
• yolg‘iz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 120 mingta oilaga 270 ming so‘mdan yordam berilgan edi. Bu yilgi miqdor o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.

Mazkur dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

ENERGETIKA SOHASIDAGI AMALIY ISHLAR VA VAZIFALAR MUHOKAMASI

Avval xabar berilganidek, Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasidagi amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tafsilotlari haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Birozdan so‘ng Samarqand shahridagi Kongress markazida UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi boshlanadi. Umumsiyosiy munozaralarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Tadbirni jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube, Telegram va Facebookdagi rasmiy sahifalari orqali tomosha qiling.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM